Majburiyatlar hisobining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari


-rasm. Joriy kreditorlik qarzlari tarkibi



Download 267,93 Kb.
bet4/18
Sana22.07.2022
Hajmi267,93 Kb.
#837679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DIPLOM ISHI (2)

1-rasm. Joriy kreditorlik qarzlari tarkibi 3
1sonli BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ga binoan qarzlarni baholashning asosi bo’lib, sotib olingan aktivlar, xizmat va ishlarning tannarxi yoki qiymati hisoblanadi.
Qarzlar qisqa (joriy) va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Joriy qarzlar–bu kreditor talabiga ko’ra bir yil ichida to’lanadigan qarzlardir. Uzoq muddatli qarzlarga to’lov muddati bir yildan ortiq bo’lgan qarzlar kiradi.
Majburiyat fuqarolik huquqi me’yorlari fuqarolik huquqiy munosabatlari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlarning eng keng tarqalgan shaklidir. Majburiyat huquqiy munosabat bo’lib, uning ta’sirida bir tomon (qarzdor) boshqa tomon (kreditor) foydasiga, masalan, mulkni o’tkazish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, pul to’lash kabi muayyan harakatni bajarish yoxud muayyan harakatdan chetlanishga majbur bo’ladi, kreditor esa qarzdordan majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega. Majburiyatlar tegishli ravishda va o’rnatilgan muddatda qonun va shartnoma ko’rsatmalariga muvofiq, bunday ko’rsatmalar mavjud bo’lmaganda esa odatda qo’yiladigan talablarga muvofiq tarzda bajarilishi lozim. Majburiyatlarni bajarish muddati va usuli qonun yoki shartnoma asosida o’rnatiladi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullariga quyidagilar kiritiladi: jarima, garov, kafillik, kafolat, chegirib qolish.
Shunday qilib, majburiyatlar vositasida tadbirkor o’z ishini oqilona tashkil etgan holda uni barcha zaruriy narsalar bilan ta’minlaydi, o’z tovarini sotadi va buning oqibatida boshqa shaxslar oldida yuzaga kelgan majburiyatlarni bajaradi. Korxonalar majburiyatlarini hisoblash tizimiga makroiqtisodiy yondashuv hisobot ma’lumotlarini taqdim etish metodlarining tarmoq va umuman mamlakatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Milliy iqtisodiy maqsadlar iqtisodiy tanazzul vaqtida kapital qo’yilmalarni ko’payishini rag’batlantiruvchi moliyaviy hisobotni talab etadi.
Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan majburiyat xo’jalik faoliyatida yuz bergan voqeani o’zida aks ettirib, bu axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga taqdim etilishi lozim. O’z navbatida, majburiyatlar paydo bo’lishi, o’zgarishi va bekor qilinishi holatlari moliyaviy hisobotda umumiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.
Korxonalar xo’jalik faoliyati faktlarining umumiy majmui qismi sifatida iqtisodiy yoki yuridik faktlar haqida gapira olamiz. Bunda buxgalteriya axborotlaridan tashqari iqtisodiy yoki yuridik mazmunli faktlar bir-biridan mustaqil ravishda ko’rib chiqilishi mumkin.
Korxonalarning xo’jalik operatsiyalari va boshqa xo’jalik faoliyati faktlarini ko’rib chiqishda ikki ko’rish burchagi ostida odatda ularning mutlaqo farqli talqinini olamiz. Masalan, korxonaga yetkazib beruvchilardan molmulk tushumi iqtisodiy nuqtai nazardan firma mablag’lari hajmi ortganini, uning ishlab chiqarish quvvatlari va potentsiali o’sishini anglatadi. Mol yetkazib beruvchilar oldida qarzdorlikning yuzaga kelishi ular tomonidan korxonaga taqdim etilgan qarz hajmining oshishini anglatadi. Firmaning ixtiyoriy qarzi yuzaga kelganidan tortib to qaytarilgunga qadar amalda tashkilot tomonidan olingan qarzni o’zida aks ettiradi. Ixtiyoriy foizlardan xoli kreditorlik qarzi korxonalarning vaqtinchalik daromadi hisoblangan bepul qarzdir.
“Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari” deb nomlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartida majburiyatni odatda, aktiv olinganda yoki xo’jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olish to’g’risida bitimga kirishgan daqiqadan paydo bo’ladi, deb ko’rsatilgan.
Majburiyatlarning yuridik va iqtisodiy mazmuni xo’jalik yurituvchi subyektlar majburiyatlarining moliyaviy hisobot maqsadlari uchun zarurligini taqozo etadi. Hisob nazariyasida majburiyatlar asoslar bo’yicha tasniflangan bo’lishi mumkin. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan fikrmulohazalarni umumlashtirib, majburiyatlarni quyidagicha guruhlashni taklif qilamiz:

  • ularda hisob subyektlari korxonalarning ishtirok etishi varianti bo’yicha;

  • tashkilotning moliyaviy ahvoliga ta’sir ko’rsatishi davomiyligi bo’yicha;

  • muddatlari bo’yicha;

Iqtisodiy ma’nosiga ko’ra majburiyatlar korxona tomonidan olingan yoki olinishi mumkin (kreditorlik qarzi), taqdim etilgan va taqdim etilishi mumkin (debitorlik qarzi), kelgusida monetar kabi nomonetar aktivlar oqimini shakllantiruvchi qarzlar hajmini o’zida aks ettiradi.
Masalan, mol yetkazib beruvchilardan pulini kelgusida to’lash sharti bylan tovarlar olishda xaridor amalda ushbu tovarlarga egalik huquqi yuzaga kelganidan to mol yetkazib beruvchilarga pul o’tkazilguncha bo’lgan muddatga qadar amalga oshirilgan etkazma hajmida qarz oladi. Buning ustiga, agar tuzilgan shartnoma shartlarida tijorat kreditlash yoki mol yetkazib beruvchilar yo’qotishlarini qoplashning boshqa variantlari ko’zda tutilmasa, pulning vaqt bo’yicha qiymati omili ta’sirida xaridor mol yetkazib beruvchilardan mutlaqo bepul qarz oladi.
Shunga o’xshash sotuvchi kelgusida tulash sharti bilan tovar sotishda tovar sotilganidan to xaridor tomonidan pul to’langunga qadar muddat mobaynida bir tomondan tovarga egalik huquqini yo’qotadi, ikkinchi tomondan, sotilgan mulk narxini tashkil etuvchi pulga ega bo’lmaydi. Shundan kelib chiqilsa, moliyaviy hisobotda aks ettirilgan debitorlik qarzi amalda korxona aylanmasidan chiqarilgan (chetga jalb qilingan) mablag’ hajmini ko’rsatadi.
Majburiyatlar iqtisodiy talqini buxgalteriya axborotlarini shakllantirishda ularni baholashga pulning vaqtinchalik qiymati tamoyiliga qurilgan mutanosib yondashuvlarni taqozo etadi. Baholash miqdorlarining hisobkitobi bu erda yo “bugungi” summalarni “ertangi” pullarda hisoblashni o’stirish jarayonini, yoki “ertangi” summalarni “bugungi” pullarda diskontlash jarayonini talab qiladi. Bunday yondashuv (albatta muayyan darajadagi nisbiylik bilan) majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan to ular qaytarilgungacha bo’lgan davr uchun olinishi lozim bo’lgan summaning qanchalik qadrsizlanishini ko’rishga imkon beradi.



Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish