Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Mahsuldor qatlamlarni yon stvol bilan ochishning gorizontal holda



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

3.5.Mahsuldor qatlamlarni yon stvol bilan ochishning gorizontal holda
tugallanishi 
Yon stvollarni burg‗ilab gorizontal tugallash hozirgi vaqtda neft va gaz 
uyumlarida hamda konlarni so‗nggi bosqichda ishlatishda keng qo‗llanilmoqda. Yon 
stvollarni burg‗ilab gorizontal stvollar bilan mahsuldor qatlamlarni ochish 
xususiyatlari xuddi gorizontal quduqlarni qurish kabidir. 
Mahsuldor qatlamni gorizontal stvol yordamida ochishda kollektor xossalarini 
saqlanishini, quyqumlarni yer ustiga chiqarishni va avariyasiz burg‗ilashni maksimal 
darajada ta‘minlash zarur hisoblanadi. 


Konlarda olib borilgan tajriba ma‘lumotlari qatlamga repressiya bosimida yon 
stvollarda mahsuldor qatlamlarni gorizontal stvollar bilan ochishda biopolimerli 
eritmalardan foydalanilganda mahsuldor qatlamning kollektorlik xossasini yuqori 
samarada saqlanganligi ko‗rsatadi [8]. 
«Surgutneftegaz» OAJdagi konlarda olib borilgan tajriba ishlari biopolimerli 
eritmalardan foydalanib yon stvollarni gorizontal tugallab mahsuldor qatlamlarni 
ochish ishlari bu eritmani yuqori samarali ekanligini tasdiqlaydi. Biopolimerli 
eritmalarni qo‗llab olingan natijalar mahsuldor qatlamni polimer-loyli eritmalar bilan 
ochilgan yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlardagi samaraga nisbatan 1,5- 2,0 
marta yuqori ekanligini ko‗rsatadi [19]. 
IKF fiomasining va «SurgutNIPIneft». Institutining biopolimerli eritmalari 
ko‗p qo‗llanilmoqda. Shunday qilib yon stvolli gorizontal tugallangan quduqlarni 
burg‗ilashda biopolimerli eritmalar qo‗llanilganda yuqori samaraga ekanligini 
ko‗rsatadi va hozirgi vatqda gorizontal tugallashda keng foydalanilmoqdi. 
Quduqlarni yon stvollarini burg‗ilab gorizontal tugallashda nomustahkam 
bo‗lgan loyli yotqiziqlarni burg‗ilash sharoitida yon stvolning trayektoriyasini yuqori 
jadallikda burg‗ilashda ayniqsa, gorizontal yo‗nalishga o‗tishda murakkabliklar sodir 
bo‗lishi mumkin. 
Xuddi shunga o‗xshash geologik tuzilishga ega bo‗lgan konning uyumlarida 
gorizontal stvolni burg‗ilashda mahsuldor qatlamni ochishdan oldin nomustahkam 
bo‗lgan tog‗ jinslari izolyatsiya qilinadi ya‘ni, gorizontal stvol bilan ochiladigan 
yuqorida joylashgan nomustahkam bo‗lgan tog‗ jinsiga ta‘sir etish jarayoni 
chegaralanadi.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlarga muvofiq yon stvollarni burg‗ilash ilgari 
burg‗ilangan aniq diametrdagi ishlatish kolonnasi bilan mustahkamlangan (masalan 
respublikamizda burg‗ilangan aksariyat quduqlarning ishlatish kolonnasi 146 mm.li 
diametr bilan tugallangan) quduqlarda burg‗ilanganda mahsuldor qatlamlarni 
ochishdan oldin mustahkamlash kolonnasi bilan nomustahkam gorizontal stvol 
uchastkasi diametrining kichrayishi sababli, tog‗ jinslarini izolyatsiya qilish juda 
qiyin. 


119
Bunday sharoitda yon stvollarni gorizontal uchastkasini burg‗ilashda 
burg‗ilash eritmalariga yuqori talablar qo‗yiladi. Gorizontal trayektoriya bo‗yicha 
mahsuldor qatlamga kirishda katta egilish burchaklarini olish bilan bog‗liq holda yon 
stvollorni to‗qilishi, tog‗ jinslarini nurab ketishini oldini olish uchun burg‗ilash 
eritmasining zichligi oshiriladi. Ayniqsa, bu mahsuldor qatlamning oldida 
nomustahkam tog‗ jinslari uchraganda, burg‗ilash eritmasining zichligi oshirilganda 
qatlamga beriladigan repressiya bosimini oshishga olib keladi natijada, mahsuldor 
qatlamning o‗tkazuvchanligini pasaytiradi va ochishda esa eritmalarni qatlamga 
yutilishga olib kelishi mumkin. 
Yuqoridagi fikrlarga muvofiq nomustahkam bo‗lgan loyli yotqiziqlarning
mustahkamligi ta‘minlash va mahsuldor qatlamlarning kollektorlik xossalarini saqlab 
qolish uchun burg‗ilash eritmasining minimal zichligining retsepturasini tanlash 
asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Loyli tog‗ jinslarining to‗qilishi va nurab 
ketishini oldini olishda har xil geologik sharoitdan kelib chiqqan holda burg‗ilash 
eritmasining turini, uning tarkibini va xossalarini to‗g‗ri tanlash burg‗ilash 
jarayonining muvaffaqiyati amalga oshirilishini ta‘minlaydi. 
Loyni burg‗ilash eritmalari bilan fizik-kimyoviy o‗zaro ta‘sir qilish jarayoni 
loyli mineralli kristallarni gidratatsiyalanish va mikroyoriqlarda bo‗kish jarayonlarini 
boshlanishi hisoblanadi [44]. Loylarni bo‗kish jarayonini bostirish jarayoni fizik-
kimyoviy usulda amalga oshiriladi va ingibirlash jarayoni deb ataladi. 
Loyli tog‗ jinslarini gidratatsiyasini va yumshashini oldini olish uchun 
burg‗ilash eritmasining filtrati ingibirlash xossalariga ega bo‗lishi kerak. Reagentlarni 
va burg‗ilash eritmalarini ingibirlash xossalariga baho berishda har xil usullar 
mavjud, loyli tog‗ jinslarining hajmini har xil muhitlar (bo‗kishi) bilan o‗zaro 
reaksiyaga kirishganda uning xususiyatini o‗zgarishiga tayaniladi. Eng yaxshi 
ingibitor kaliy xlorid (KCl) hisoblanadi. Masalan, biopolimerning ingibirlash 
tarkibiga KCl va NAOH lar kiradi hamda unga ingibirlash xossasini beradi [10]. 
Bunda ko‗rsatib o‗tishimiz zarurki, kaliy ionlari boshqa kationlar bilan 
taqqoslanganda muhim ingibirlash ta‘sir etish xossasiga ega. Kaliy ionlari amalda 
gidratlanmaydi, shuning hisobiga u loyli yuzalarni ishonchli koagulyatsiya qilishga 


erishadi. Ikkinchidan kaliy kationining eng kichik o‗lchamlari loyli kristall 
panjarisining eng muhim joylariga kirib boradi va loyli yuzalarni salbiy zaryadlar 
bilan neytrallashtiradi [8]. 
Bunday kimyoviy o‗zaro reaksiyalanish natijasida loyning minerologik 
tabiatida o‗zgarish sodir bo‗ladi ya‘ni, suvni sezuvchan minerallarga aylanadi – 
yaxshi kristallangan gidro-ilviraga aylanadi. Bu jaaryon amalaiyotda qaytmas 
jarayoni hisoblanadi. 
Geologik ma‘lumotlarning mavjudligi asosida potensial nomustahkam loyli 
oraliq qirqimlarida yon stvollarni burg‗ilashda burg‗ilash eritmalarini turlarini to‗g‗ri 
tanlash zarur va uning ingibirlash faolligi shu tog‗ jinsi uchun yetarli bo‗lishi kerak. 
Bunday retsepturani ishlash jarayonida uning eritmasiga ingibirlash xossalari 
beriladi qaysiki, u burg‗ilash eritmalarining filtratlarini tog‗ jinsiga singib ketganda 
ham loyli yotqiziqlarni mustahkamligini ta‘minlashi zarur.
Buning uchun oldindan burg‗ilash eritmalarini filtratlarini tog‗ jinsining 
mustahkamligiga ta‘sir qilishi laboratoriya sharoitida tadqiqot qilinadi. Shunday qilib, 
yon stvollar gorizontal tugallanganda va mahsuldor qatlamlarni ochishdan oldin loyli 
nomustahkam tog‗ jinslari mavjud bo‗lganda, ingibirlashgan burg‗ilash eritmalari 
qo‗llaniladi qaysiki, filtratlar loyli yotqiziqning oralig‗idagi quduq devorining 
mustahkamligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi, mahsuldor qatlam oralig‗ida eritma 
uning kollektor xossalarini saqlashni ta‘minlaydi.

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish