Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

3.2.Mahsuldor qatlamlarini ochish usullari 
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida hosil qilinadigan quduq tubi bosimi 
bilan qatlam bosimining nisbatlari muhim rol o‗ynaydi.
Bularga muvofiq ravishda mahsuldor qatlamlarni ochish usullari muhim 
hisoblanadi:
qatlamni repressiya sharoitida quduqlarni burg‗ilash (quduq tubining 
gidrostatik bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi); 
muvozanat bosim sharoitida burg‗ilash (gidrostatik quduq tubi bosimining 
qatlam bosimiga tengligi); 
qatlamga depressiya bosimi ostida burg‗ilash (qatlam bosimi gidrostatik 
bosimdan yuqori bo‗ladi). 
Shunday qilib mahsuldor qatlamlarni ochish muvozanatli bosim usulida 
(qatlamga repressiya sharoitida burg‗ilash) va movozanatlanmagan bosim ostidagi 
usullarda (qatlam bosimi va quduq tubining tenglik sharoitlarida hamda qatlamga 
depressiya sharoitida burg‗ilab) ochiladi. 


Qatlamni repressiya sharoitida burg‗ilash quduqqa qatlam flyuidlarining 
kirib kelishini oldini oladi hamda quduqni qazish rejimini taminlaydi. 
Bunda mahsuldor qatlamlarni ochishda qo‗llaniladigan an‘anaviy 
repressiyada ochish usulida bosimlar farqi burg‗ilash eritmalarining qatlamga kirishi 
uchun va ularni qatlamning kollektorlik xossasiga ta‘sir qilishiga sharoit yaratadi.
Neftgazpaydo bo‗lishini oldini olish maqsadida neft gaz sanoatidagi 
texnik xavfsizlik qoidalariga mos ravishda [24] qatlamni repressiya sharoitida 
ochishda quduq tubi zonasida minimal-kerakli gidrostatik bosim ustunini hosil qilish 
uchun burg‗ilash eritmasining talab qilingan zichligi aniqlanadi va bu bosim 
loyihaviy qatlam bosimining qiymatidan kichik bo‗lmasligi kerak: 
10% quduqning chuqurligi 1200 m.gacha (oraliqlar 0 metrdan 1200 m.gacha); 
5% quduqni burg‗ilash oralig‗i 1200 metrdan to loyihaviy chuqurlikgacha.
Tog‗ jinslarini murakkab uchastkalaridagi geologik qirqimlarini 
burg‗ilashda tushirish-ko‗tarish operatsiyalarini hisobga olib, eritmaning zichligini 
oshirishga ruxsat etiladi, lekin repressiyaning oshishi mahsuldor qatlamning 
kollektorlik xossalarini saqlanish darajasini ta‘minlanishi hisobga olinadi. 
Quduq tubi zonasida qatlamning o‗tkazuvchanligining pasayish 
sabablarini o‗rganish burg‗ilashni muvozanatlashmagan qatlam bosim sharoitida 
burg‗ilashni olib borishga olib keldi.
Mahsuldor qatlamlarni sifatli ochishning zamonaviy usullarini 
qo‗llashga olib keldi: qatlamni depressiya va muvozanat sharoitida burg‗ilash ya‘ni,
muvazanatlanmagan qatlam bosimi sharoitida. 
Mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini maksimal 
darajada saqlashning eng yaxshi usuli qatlamni depressiya sharoitida ochish 
hisoblanadi. Ikkinchidan mahsuldor qatlamni ochishda kollektorlik xossasining 
saqlanishini ta‘minlaydigan usul bu bosimlar tengligi sharoitida burg‗ilash 
hisoblanadi. 
Qatlamga depressiya sharoitida mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor 
qatlamni ochishning to‗liq davrida qatlam bosimi quduq tubi bosimidan yuqori 
bo‗lganda qatlamga beriladigan ortiqcha bosimni hosil bo‗lishining oldi olinadi. 


109
Qatlam bosimini gidrostatik bosimga tenglik sharoitida burg‗ilash eritmasining 
zichligi 1,0 g/sm3 bo‗lgan suv asosli yoki uglevodorod asosli yengillashtirishgan 
yuvuvchi suyuqliklar qo‗llaniladi. Bunda mahsuldor qatlamlarni qatlamga depressiya 
sharoitida ochishda kengroq uglevod asosidagi eritmalar qo‗llaniladi. 
Shunday qilib, qatlamni depressiya sharoitida burg‗ilash ishlatish obektlarining 
mahsuldor yotqiziqlarini ochishda qatlam flyuidlarini oqimini doimiy quduqqa kirib 
kelish (neft yoki gazni) jarayonlari bilan birlashtiriladi. Bunda burg‗ilash eritmasi 
qatlamdan kirib keladigan flyuidlardan va burg‗ilangan tog‗ jinslarining 
quyqumlaridan 
doimiy 
ravishda 
tozalanadi. 
Qatlam 
flyuidlari 
burg‗ilash 
eritmalaridan ajratilgandan keyin maxsus sig‗imlarda to‗planadi.
Qatlamni depressiya sharoitida burg‗ilashda maxsus yer usti va yer osti 
jihozlari qo‗llaniladi, quduq tubi bosimini va quduqqa kirib keladigan neft va gaz 
oqimining kirib kelish nazoratini ta‘minlaydi hamda quduq tubi bosimini boshqaradi 
va sig‗imning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi. 
Qatlam bosimining qiymati va qatlamga beriladigan depressiya kattaligi 
burg‗ilash kolonnasining ostki jamlanmasida joylashtirilgan maxsus manometrlar 
yordamida nazorati amalga oshiriladi. 
Tenglik bosimlar sharoitida burg‗ilashda mahsuldor gorizontlarni ochish 
jarayonida quduqqa qatlam flyuidlarining kirib kelishini oldini olish imkoniyati 
mavjud bo‗ladi. 
Shuning uchun ham suvli yoki uglevodorod asosidagi yengillashtirilgan 
burg‗ilash erimalari qo‗llaniladi. Bosimlar tengligi sharoitida mahsuldor qatlamlarni 
ochishning eng afzali uglevodorod asosli eritmalar hisoblanadi. 
Quduqlarda avariyasiz qazishni olib borishni ta‘minlashda quduqlarni 
burg‗ilash jarayonida neftgazpaydo bo‗lishini nazarot qiladigan va oldini oladigan 
maxsus jihozlardan foydalaniladi. 
Muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida burg‗ilashda neftgazpaydo 
bo‗lishini nazorat qilishda aylanuvchi preventorlardan foydalaniladi. 
Bosimlar tengligi va qatlamga depressiyada quduqlarni burg‗ilashni 
boshlashdan oldin mahsuldor qatlamning shipiga ishlatish kolonnasi tushiriladi va 


sementlanadi. Eng oxirgi vaqtlarda muvozanatlashmagan qatlam bosimi sharoitida 
burg‗ilash texnologiyasi ishlangan va qo‗llanilishi boshlab yuborilgan. Qatlamni 
depressiyada burg‗ilashda uzluksiz egiluvchan burg‗ilash quvurlaridan (koltyubing) 
foydalanish texnologiyasi keng qo‗llanilmoqda. 
Kon sharoitida mahsuldor qatlamlarni depressiya sharoitida ochish 
texnologiyasining natijalarini tahlil qiladigan bo‗lsak, mahsuldor qatlamning 
kollektorlik xossalarining maksimal darajada saqlanganligi ma‘lum ya‘ni, 
repressiyada ochilgan quduqlarni ekspluatatsiyasida mahsuldor qatlamning 
beraoluvchanligi yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi.
Bundan tashqari kon tajribasida olingan ma‘lumotlarni tahlil qiladigan bo‗lsak, 
mahsuldor qatlamlarning beraoluvchanlik ko‗rsatgichi repressiya sharoitida ochilgan 
quduqlarni ochishning geologik sharoitlarga bog‗liqligini ko‗ramiz. Bu usulda 
ochilgan quduqlarda kollektorlik xossalarini maksimal saqlanib qolinishi 
ta‘minlanadi. 
Murakkab geologik sharoitdagi samaralarda qatlamni repressiya sharoitida 
ochishda burg‗ilash ishlarining sifati va samaradorligi amalda pasayishi mumkin. Bu 
holat burg‗ilash eritmasi komponentlarining mahsuldor qatlamning quduq tubi 
zonasiga va qatlamga repressiya tufayli qatlamning o‗tkazuvchanligini katta 
qiymatga pasaytirishi bilan bog‗liqdir.
Shunday qilib, qatlamni repressiya sharoitida burg‗ilashda ifloslanish 
darajasining oshib ketishining oldini olish uchun mahsuldor qatlamni ochishda 
tenglik va qatlamga depressiya sharoitida ochishni qo‗llash maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
Mahsuldor qatlamlarni birlamchi ochish usulini tanlashni asoslash uchun 
mahsuldor qatlamni ochishda qo‗llaniladigan har xil usullarni qo‗llanilishi quduq 
qurilishini texnik – iqtisodiy ko‗rsatgichlari hisoblari bajarilib asoslaniladi. Aniq 
geologik sharoitda flyuidlarni qazib olishning rentabelligi va quduqning qurilish 
bahosi hamda quduqni ishlatish jarayonida kutiladigan mahsullik baholanadi [23]. 
Mahsuldor qatlamlarni past kollektorlik xossalarida flyuidlarni qazib olish 
nuqtai nazaridan quduqni depressiyada yoki tenglikda ochishda quduq qurilishining 


111
qimmatlashishiga qaramasdan bu usullarning qo‗llanilishi quduq qurilishi va 
ishlatilishi bo‗yicha texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarning samaradorligi bo‗yicha 
baholanadi.
Keltirilgan tahlillarimizga muvofiq mahsuldor qatlamni ochishning har xil 
usullari taqqoslanganda mahsuldor qatlamning ochishning eng afzal usuli aniq 
geologik sharoitdan kelib chiqib tanlanadi. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish