123
katta bo‗lganda eng oxirgisini burg‗ilashda yuvuvchi suyuqlikning zichligi katta
olinadi.
Agar mahsuldor qatlamni burg‗ilash uchun narxi yuqori maxsus suyuqlikdan
foydalanilganda, yuqorida ko‗rib chiqilgan usullarga nisbatan uning iste‘mol hajmi
va narxi katta bo‗ladi. Ikkinchidan mahsuldor qatlam
amalda tamponaj eritmalari
bilan ifloslanishi mumkin chunki, burg‗ilash jarayoniga nisbatan sementlash
jarayonida ortiqcha bosim yuqori bo‗ladi.
Uchinchidan bu usul – sementlanmagan va kuchsiz sementlangan
kollektorlarni mustahkamligini va butunligini ta‘minlamaydi;
-oqimni olish uchun hosil qilingan depressiya bosimining ta‘sirida
kollektor
buziladi va quduqqa qatlam suyuqligi bilan birgalikda parchalangan mahsulotlarni
ya‘ni, qumlarni va juda silliq illi zarrachalarni olib chiqadi.
Ba‘zida mahsuldor qatlamlarni tamponaj eritmalari bilan ifloslanishini oldini
olish uchun 3.5 - rasm, v – da ko‗rsatilgan ochish usullari qo‗llaniladi. Oldingi
usullardan farqi ishlatish kolonnasining pastki qismiga oldindan frezerlangan
yoriqli
quvurlar tushiriladi va quduqda mahsuldor qatlamning shipidan yuqori qismi
semenlanadi. Bu usulni faqat birinchi ikkita holatlarda qo‗llash mumkin. Yuvuvchi
suyuqlikning tarkibi va zichligi uchinchi usulda ko‗rib chiqqanimiz kabi tanlanadi.
Qatlamlarni birlamchi ochishda 3.5 – rasm, d –da ko‗rsatilganini qo‗llash.
Mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan tog‗ jinsining qalinligini burg‗ilashni
boshlaguncha u mustahkamlash kolonnasi bilan mustahkamlanadi va quvurning orqa
halqasi sementlanadi. Qatlam burg‗ilangandan keyin quduqqa ichma-ich (yashirin)
mustahkalash kolonnasi tushiriladi va sementlanadi. Undan keyin ikkilamchi
ochishning birorta usuli qo‗llanilib mustahkamlash
quvuri va sement halqasi
teshiladi, qatlam va quduq tizimida gidrodinamik aloqa o‗rnatiladi hamda qatlam
suyuqligi olinadi. Agar yashirish kolonnaning pastki oralig‗i quduq tubidan to
kesimgacha sementlanganda ya‘ni, mahsuldor qatlamdan yuqorida joylashgan (100 –
300 m. oralig‗i) qismi sementlanganda eng oxirgi tamponaj eritmaisning ta‘sirida
to‗liq ifloslanishining oldi olinadi.
Agar yashirin kolonnaning diametrini uchinchi ko‗rib chiqilgan usul bo‗yicha
ishlatish kolonnasining diametriga teng o‗lchamda kolonna tushirilganda quduqning
qurilish bahosi katta qiymatga oshib ketadi. Bu usul katta depressiya hosil qilinganda
kollektorlarning buzilishini oldini olishga imkoniyat bermaydi.
Qatlam suyuqligi filtratsiyalanadigan stvol yuzalarini kattalashtirganimizda
quduqning debiti oshadi. Filtratsiyalanish yuzalarini oshirishning
bir nechta usullari
mavjud. Ulardan biri – asosiy quduqdan mahsuldor qatlamga kiruvchi bir nechta yon
stvollarni qirqish yo‗li bilan debit oshiriladi. Yon stvolni qirqish qatlam faqat bir
suyuqlik bilan to‗yinganda va mustag‗kam joylashgan tog‗ jinslarida amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: