Mahsuldor qatlamlarni ochish va


Burg„ilash eritmasining tarkibiga bog„liq holda mahsuldor qatlamlarni



Download 7,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/204
Sana30.03.2022
Hajmi7,46 Mb.
#517239
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   204
Bog'liq
fayl 1759 20210908

 
3.8.Burg„ilash eritmasining tarkibiga bog„liq holda mahsuldor qatlamlarni 
ochishdagi samaralar 
Neft va gaz konlarida mahsuldor qatlamlarni ochishda granullangan, yoriqli va 
aralash turdagi qatlamlarni ochishga to‗g‗ri keladi. Filtratsiya kanallarining 
o‗lchamlari mikronning bir ulushidan bir necha santimetrgacha (kovaklar va yoriqlar) 
oraliqlarda o‗zgaradi. Tog‗ jinsi kollektorlarining minerologik tarkibi har xil 
shakllidir – kvarsli va polimiktiv qumoqtoshlar, alevrolitlar, argillitlar, karbonatli tog‗ 
jinslaridan tashkil topgan. Ba‘zi bir minerallar burg‗ilash eritmalari bilan reaksiyaga 
kirishganda filtratsiya kanallarining parametrlari o‗zgaradi. 
Neftgazlilik qatlamlarining tarkibida hamma vaqt har xil moddalarga to‗yingan 
suvlar mavjud bo‗ladi ya‘ni, bu suvlar burg‗ilash eritmasi bilan osongina 
reaksiyalanganda cho‗kmalar paydo bo‗ladi va natijada ular salbiy ta‘sir qilganda 
filtratsiya kanallarini berkitib qo‗yadi. Mahsuldor qatlamlar birinchi marta izlov-
qidiruv quduqlarini burg‗ilash jarayonini olib borishda ochiladi ya‘ni, burg‗ilanib 
ishlatish jarayoniga uyumlarni kiritishda. Bunda asosan suvli asosdagi loyli 
burg‗ilash (baritli, gematitli normal zichlikdagi yoki bur bilan og‗irlashtirilgan) 
eritmalari qo‗llaniladi. 
Qatlamdagi bosim gidrostatik bosimga yoki undan past bo‗lganda mahsuldor 
qatlamlarni ochishda ρ = 1150...1250 kg/m3 zichlikdagi loyli eritmalar qo‗llaniladi, 
bosim gidrostatik bosimdan yuqori bo‗lganda bur bilan og‗irlashtirilgan ( ρ = 
1440...1450 kg/m3) loyli eritmalar, baritli va gematitli ( ρ = 1800...2200 kg/m3) 
eritmalar qo‗llaniladi. Bir xil loyli eritmalar – qumoqtoshlar, alevrolitlar, har xil 
tarkibli, tuzilishli va tuzilmali, tarkibi va turi sementlangan moddalar, sortirovka 
qilingan va maydalangan materiallarning qirralari ishlangan va boshqa xossalari, 
xuddi shu turdagi salbiy ta‘sir qiluvchi hajmiy va filtratsiya xossalariga qarab har xil 
qatlamlarni – kollektorlarni ochishda qo‗llaniladi. 


131
Loyli eritmalarni qo‗llab karbonat kollektorlari va boshqa yoriqli turdagi 
kollektorlar ochiladi. Karbonatli tog‗ jinslarida faqat granulli va yoriqli turdagi 
g‗ovakliklarning tuzilmasidan karsli turdagi g‗ovakliklar mavjud bo‗ladi ya‘ni, 
karbonatli tog‗ jinslari asosan yirik bo‗shliqli o‗zgaruvchan tuzilmalar shakllida ham 
joylashadi. 
Hozirgi vaqtda bu xususiyatlari mahsuldor qatlamlarni ochishda e‘tiborga 
olinmaydi, oraliqdagi natijalar – quduqlarni muvaffaqiyatli burg‗ilashni tugallash – 
burg‗ilash tashkilotlarining asosiy ko‗rsatgichlaridan hisoblanadi. Mahsuldor 
qatlamlarni ochishda yuqorida keltirilgan ya‘ni, tarkibida har xil kimyoviy reagentlar 
va polimerlar bo‗lganda qo‗llanilganda qatlamlarning tubi zonasidagi fil‘tratsiya 
xossalarini yomonlashtirishga olib keladi. 
Qidiruv va ishlatish maydonlarida ochilgan neftlilik va gazlilik qatlamlarning 
holatlarini tahlil qilib chiqqanimizda har xil burg‗ilash eritmalarini mahsuldor 
qatlamlarning g‗ovaklik muhitini o‗tkazuvchanligiga ta‘sir qilishi tizimli 
tadqiqotlanganda asosan mahsuldor qatlamlarni ochish kollektorlarning geologik-
fizik xossalari va suyuqlik bilan to‗yingan fizik-kimyoviy tavsiflarini hisobga 
olmasdan ochilgani to‗g‗risida xulosa qilishga olib keladi. 
Neft va gazni geologik qidiruv ishlaridagi asosiy maqsad mahsuldor 
qatlamlarni haqiqiy neftgazliligi va kollektorlik xossalarini o‗rnatishdan iboratdir. 
Bu maqsadga erishish uchun qatlamlarni sifatli ochish va sinash orqali erishiladi. 
Istiqbolli maydon qirqimlarini ochish va sinashda shunday usullar qo‗llanilishi 
zarurki, bunda kollektorlarning tabiiy o‗tkazuvchanligini saqlanishini, shu bilan 
birgalikda neft va gazning sanoat oqimini sinashda ishonchli natijalar olingan 
bo‗lishi kerak. 
Faqatgina shunday ma‘lumotlar kollektorning haqiqiy holatini yoritadi hamda 
neft va gazning olinadigan zaxiralarini va umumiy baholashda foydalanishi mumkin. 
Burg‗ilash jarayonida kollektorlarning geologik – fizik xossalarini va to‗yingan 
flyuidlarning fizik - kimyoviy tavsiflarini yetarlicha hisobga olmaslik obektning 
haqiqiy neftgazliligi haqida umuman noto‗g‗ri xulosa chiqarishga olib keladi hamda 
qirqimdagi ba‘zi bir mahsuldor qatlamlar qoldirilgan bo‗lishi mumkin. 


Neft kon amaliyotida shunday samaralar uchraydiki, qaysiki, quduqlarni 
burg‗ilab ochishda neftgazni jadal paydo bo‗lish holati belgilanadi, quduq ishlatishga 
topshirilgandan keyin neft va gaz oqimini umuman bermaydi yoki juda past 
mahsullikka ega bo‗ladi. Bunga o‗xshash holatlar uyumlarni alohida ishlashning 
texnik-iqtisodiy ko‗rsatgichlarini pasaytirib yuboradi va istiqbolli maydonlarda 
neftgazlilikni o‗z vaqtida aniqlanishini ushlab qoladi. 
Suvli asosli burg‗ilash eritmalarining ko‗p yillik qo‗llanilishi va laboratoriya 
sharoitida olib borilgan tadqiqotlar ochish davrida qatlamga kirib borgan filtratlar va 
burg‗ilash eritmalari qatlamning kollektorlik xossalarini yomonlashishining asosiy 
sabablaridan hisoblanadi [41]. 
Laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlarning natijalarini ko‗rib chiqadigan 
bo‗lsak, qatlamga kirib borgan suv g‗ovaklik muhitining 50% va undan ham ko‗proq 
tabiiy o‗tkazuvchanligini pasaytiradi. 
Tadqiqot ma‘lumotlari ko‗rsatadiki, burg‗ilash eritmasiga qo‗shilgan har xil 
reagentlar eritmaning tuzilmali-mexanik xossalarini yaxshilaydi, kollektorning tabiiy 
o‗tkazuvchanligini pasaytiradi. 
Burg‗ilash eritmalarining qayta ishlashda qo‗llanilgan kimyoviy reagentlari va 
tuzlarning berkituvchi xossalari tadqiqotlangan. Bunda o‗nta turdagi suvli 
eritmalarning kimyoviy tarkibi va har xil konsentratsiyadagi tuzlar o‗rganilgan. 
Tadqiqot 
natijalarni 
taqqoslash 
uchun 
texnik suvlarning tog‗ jinsining 
o‗tkazuvchanligiga ta‘sir qilish holati o‗rganilgan [44]. 
Tadqiqotlar natijasida olingan hamma ma‘lumotlar har xil darajadagi kimyoviy 
reagentlarning hammasi tog‗ jinslarining o‗tkazuvchanligini pasaytiradi. G‗ovaklik 
muhitini yuqori darajada berkituvchi eritmalarga gipan, USHR, KSSB, TPFN 
hisoblanadi. 
Kimyoviy 
reagentli 
suvli 
eritmalar 
texnik 
suvga 
nisbatan 
o‗tkazuvchanlikni pasaytiradi, unga ta‘sir qilgandan keyin o‗tkazuvchanlikning 
tiklanish koeffitsiyenti 60%ni tashkil qiladi. 
Gipanning suvli eritmasini berkituvchi xossasi uni eritmaning tarkibidagi 
ulushi oshishi bilan keskin oshadi. Gipanning 10% li eritmasi haydalgandan keyin 
tog‗ jinsi namunasining o‗tkazuvchanligi umuman yo‗qolgan. Ma‘lumotlarning 


133
tahlilidan ko‗ramizki, reagentli va tuzli eritmalar tadqiqotlanganda eng kam 
o‗tkazuvchanlikka xrom kaliyli yoki natriy va kalsiy xlorid eritmalari salbiy ta‘sir 
ko‗rsatgan [45]. 
Bir qator holatlarda loyli eritmalar qo‗llanilganda quduq tubi zonasida tog‗ 
jinsining o‗tkazuvchanligi kolmatatsiya evaziga qaytmas holatda pasaygan va 
quduqning mahsulligini katta qiymatga kamaytirib yuborgan. Loyli burg‗ilash 
eritmasining qattiq fazalari qatlamga kirib borganda ochiladigan qatlamning 
g‗ovakliklarini qaytmas bekitib qo‗ygan va natijada o‗tkazuvchanlik nolgacha tushib 
ketishi mumkin. 
Granulli kollektorlarning g‗ovaklik kanallarini kolmatatsiyalanish mexanizmini 
to‗liq tassavvur qilish uchun kolmatatsiya bo‗lgan qatlamda mikroskopik tadqiqot 
olib borilgan. Yuqori o‗tkazuvchan qatlamlarda tog‗ jinsi namunasining kolmatatsiya 
chuqurligi o‗rtacha T>-6 mm.ni, past o‗tkazuvchan qatlamlarda esa - 1,5-2 mm.ni 
tashkil qilgan. 
Tadqiqot ma‘lumotlariga asosan mahsuldor qatlamlarni burg‗ilashda 
o‗tkazuvchanlikning nisbiy o‗zgarishi [12]:
dastlabki o‗tkazuvchanlik 0,1-0,5 mkm, ochilgandan keyingi o‗tkazuvchanlik 
50-30 % gacha kamaygan; 
dastlabki o‗tkazuvchanlik 1,0-2,0 mkm, ochilgandan keyingi o‗tkazuvchanlik 
25-20 %.gacha kamaygan; 
Shuni belgilash kerakki, mahsuldor qatlamda past o‗tkazuvchan qatlamchalar 
mavjud bo‗lganda ko‗pchilik holatlarda quduqning mahsulligi qaytmas kamaygan. 
Mahsuldor qatlam zonasiga burg‗ilash eritmasining filtratlarini kirib borishi 
natijasida quduq tubi zonasida sodir bo‗ladigan mexanizm holatlarini o‗rganish shuni 
ko‗rsatadiki, bo‗shliq fazosini suv egallagan bo‗ladi. Buning evaziga neft (gaz) 
quduqlarini o‗zlashtirishda quduq tubi tomon harakatlanganda yengishi qiyin 
bo‗lgan to‗siqqa uchraydi ya‘ni, suv mahsuldor qatlamga kirib borgandan kiyin siqib 
chiqarilmaydi hamda uning bir qismi quduq tubi zonasida qoladi va quduqning 
debitini pasaytiradi. O‗tkazuvchanlik ko‗rsatgichi past bo‗lganda suv g‗ovaklik 
kanallariga kirib borib kapillyar kanallarga shimilgandan keyin katta miqdordagi suv 


qatlamlardan va qatlamchalardan qazib olinmaydi va uning evaziga debit pasayib 
ketadi. 
Mahsuldor qatlamlarda yondosh bo‗lgan tog‗ jinsining katta miqdordagi 
loyliligi uni ochish uchun maxsus yondoshuvni talab qiladi. Quduq tubi zonasiga
kirib borgan filtratlar loyni bo‗kishga chaqiradi, g‗ovaklililik kanallarini qisqarishga 
hamda dispergirlanishi va suyuqlik oqimi bilan loyli zarralarni siljishi natijasida 
kapillyar kanllarini berkitib qo‗yadi. 
Eng katta kollektorlarning o‗tkazuvchanligini pasayishi loylarni bo‗kishi 
natijasida quduqning tubi zonasida past o‗tkazuvchan tog‗ jinslarida sodir bo‗ladi. 
Quduqlarning devorida davriy ravishda gidrodinamik bosimini o‗zgarishi 
natijasiga bog‗liq ravishda suvni (filtratlarni) va neftni o‗zaro dispergirlanishi sodir 
bo‗ladi hamda aniq sharoitlarda quduq tubi zonasida g‗ovaklik fazosida mustahkam 
(barqaror) emulsiya shakllanadi. Bunga neftning tarkibida mavjud bo‗lgan asfalt - 
smolali moddalar to‗siq ko‗rsatadi va emulgator hisoblanadi. 
Ba‘zida aniq bir sharoitlarda qatlamga burg‗ilangan tog‗ jinslari ham kirib 
boradi. Loyli eritmalardan foydalanilganda tog‗ jinsining alohida zarralari quduq tubi 
sirtidan quduq tubidagi loyli quyqumlarning qatlamiga qiyinchilik bilan to‗planadi. 
Bunda dolotaning zarbali ta‘sir qilishini qiyinlashtiradi va ezilgan tog‗ jinsini 
qaytadan maydalash holati sodir bo‗ladi. 
Bunday sharoitda tabiiy holda oldindan tassavvur qilish mumkinki, 
quyqumlarning bir qismi qatlamdagi asosan yoriqli kollektorlarga kirib boradi va 
cho‗kma hosil qiladi. Yuqorida ko‗rsatib o‗tkanimizdek suv (suv asosidagi burg‗ilash 
eritmalarining filtratlari) qatlam - kollektorning past o‗tkazuvchan govakli 
kanallariga kirib boradi va tabiiy o‗tkazuvchanlikni pasaytirib yuboradi. 
Suv quduq devorining g‗ovaklik kanallarining sirt yuzasida kapillyar kuchlar 
va adsorbsiyali qatlamlarni shakllanishi evaziga bog‗lanadi. Ko‗rinib taribdiki, tog‗ 
jinsi – kollektorlarning qattiq tanasining xususiyati tufayli suv bilan o‗zaro 
reaksiyalanib ularni xossasini aniqlaydi: kimyoviy tarkibi, kristallik panjarisining 
turlari, sirt yuzasining holati.


135
Sirt holatlari uchun qaysiki, suyuqlik va qattiq fazaning o‗zaro ta‘siriga 
muvofiq o‗zaro reaksiyalanuvchi yuzalarning qutblanishi muhim qiymatga ega 
bo‗ladi: kompensiyalanmagan elektr statik zaryadlar jism sirtida qanchalik ko‗p 
joylashganda u jadal gidratatsiyalanadi. Jismning (tananing) suv bilan namlanish 
xususiyati uni yuzasining holatiga bog‗liq bo‗ladi. 
Bir qator holatlarda qattiq fazaning molekulalari suv bilan o‗zaro reaksiyaga 
kirishadi. Buning natijasida qattiq jismning ionlarini eritmaga o‗tishi uning sirt 
yuzasida zaryadlarni egallaydi. Bundan tashqari yangi kimyoviy moddalar hosil 
bo‗ladi (kristalli gidratlar, gidrooksidlar va boshqalar) va sirt yuzasi suv bilan yaxshi 
namlanadi. Tog‗ jinslari - kollektorlar bilan suvni o‗zaro reaksiyalanishida ularga 
begona ionlarning mavjudligi ta‘sir ko‗rsatadi. Tog‗ jinsining sirt yuzasidagi 
adsorbsiyali suvning qatlami suv bilan tegishib turganligi va uning bug‗larining 
kondensatsiyalanishi evaziga to‗g‗ri-to‗g‗ri paydo bo‗ladi. 
Termodinamik xossasi bo‗yicha qattiq bog‗langan suvlar amaliyotda yangi 
fazolar ko‗rinishida bo‗ladi. Adsorbsiyalangan suv odatda ba‘zi bir anomallik 
xossalari bilan farqlanadi. Suv gidrofillangan yuza bilan tegishib ketganda shu 
yuzaning 
gidratatsiyalanishi 
sodir bo‗ladi ya‘ni, suv molekulalarining 
adsorbsiyalanishi. 
Sirt yuzasidagi mikrorelef (burtmalar, to‗siqlar, yoriqlar) adsorbsiyalangan 
suvning molekulalarini siljishiga katta qiyinchiliklarni hosil qiladi. Suv 
molekulasining tortilgan tashqi uchlari yangi yuzalarni hosil qiladi va navbatdagi 
molekula qatlamini tortish uchun katta qarshilik ko‗rsatadi hamda uni qattiq yuzaning 
molekulyar maydonining kuch chiziqlariga yo‗naltirish bo‗yicha to‗g‗ri yo‗nalishni 
oladi. Suv molekulasining ikkinchi adsorbsiya qatlami uchinchiga, uchinchi esa – 
to‗rtinchiga va shu yo‗nalishda qattiq jismning maydon kuchining energiyasi Broun 
harakatining energiyasidan kichik bo‗lguncha davom etadi. 
Suyuqlikning chuqurligiga tortiluvchi suv molekulalarining zanjiridan tuzilgan 
adsorbsiya qatlami tuzilmasining xususiyatlari oddiy suvning xossalaridan keskin 
farq qiluvchi adsorbsiyalangan suv pardalarini ko‗p xossalari to‗g‗risida ma‘lumot 
beradi. 


Adsorbsiyalangan 
suvning 
yupqa 
qatlamini 
o‗zaro 
reaksiyalanish 
xususiyatlaridan biri tog‗ jinsi – kollektorlari bilan ularni yorilib chiqishida – 
bosimning paydo bo‗lishi ya‘ni, qattiq jismning mikro yoriqlarida hosil qilingan 
solvatli adsorbsiya qatlamlari hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda tasavvur 
qilish mumkinki, quduqlarni o‗zlashtirish va ishlatish jarayonida ma‘lum sharoitlarda 
adsorbsiya va kapillyar kuchlarning harakati natijasida tog‗ jinsi bilan bog‗langan 
qatlamidan katta bo‗lmagan miqdorda suv qazib olinishi mumkin. 

Download 7,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish