6
Axloqiy me’yorlar va qoidalar o‘zida aniq tarixiy mazmun, muayyan jamiyatning ijtimoiy holatini aks ettiradi. Axloqiy madaniyat inson hulqining
aniq ko‘rinishiga ega bo‘lmasdan mavjud bo‘la olmaydi. Axloqiy madaniyat axloqiy ongdan tashqari kishilarning hulqi orqali reallashadi.
Jamiyatning axloqiy madaniyati mazmunan individ axloqiy madaniyatidan farq qiladi. Jamiyat axloqiy madaniyati axloqiy
qadriyatlar tizimini
ifodalaydi, shaxs axloqiy madaniyatida esa ana shu tizimning jihatlari individuallikda aks etadi. Bu ikki jihat bir-birini taqozo qiladi, bir-birini boyitadi.
Estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan bog‘langan munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat sohasi-bu,
insonning tevarak atrofini o‘rab olgan voqelikka nisbatan bo‘ladigan munosabatida o‘zini erkin namoyon etishdir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki,
inson predmetga, uning jinsi va turiga mos me’yorni topib gavdalantiradi, uni qayta ishlaydi.
Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab
tushuntirish mumkin.
Estetik munosabatlar va unga muvofiq keladigan estetik qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning unsurlari hisoblanadi. Estetik madaniyatning
xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning o‘ziga hosligi bilan shartlangandir. Faoliyat amal qilmog‘i uchun: faoliyat sub’ekti, faoliyat
ob’ekti, faoliyatning o‘zi bo‘lishi kerak.
Madaniyat tizimida fan - moddiy va ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, fan ma’naviy ishlab chiqarishning mahsuli sifatida o‘zida
insonning mohiyatli kuchlarini ifoda etib, madaniyat hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Fan madaniyat hodisasi sifatida bilimlarni ishlab chiqarish hususiyatlari nazarda tutiladi. Har qanday tasavvur va bilimlar singari fan ham ijtimoiy
praktika, ijtimoiy ehtiyoj tufayli yuzaga keladi.
Madaniyat tizimida din- insonning e’tiqod ramzi, oxirat va hayot tasavvurlarining ma’naviy va moddiy madaniyat sifatida namoyon bo‘lishidir.
Shuningdek, din barcha jamiyatlarda axloqni shakllantiruvchi soha bo‘lib keldi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishlarga ega bo‘ldi. Ibtidoiy davrlardan boshlab
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida shakllanib, jahondagi yirik madaniyatlar: budda, xristianlik, islom tsivilizatsiyalarini yaratdi.
Kasb mahorati madaniyati- aniq mehnat turi bilan bog‘liq maxsus nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar yig‘indisidan iborat.
Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur jamiyatdagi yosh avlodga yetkazishdan iborat.
Ekologik madaniyat – inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha «Madaniyatshunoslik»ka oid tadqiqotlarda eng faol
rivojlanib borayotgan sohadir. Ekologik madaniyatga, ayniqsa g‘arb olimlari alohida yondashib, atrof-muhit omillaridan kelib chiqqan holda
madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy sharoitlarga ko‘nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo‘jalik, yashash
binolari, mehnat qurollari, kiyim va urf–odatlar ma'lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o‘simliklar va hayvonot olami, temperatura va boshqa
ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va Afrikaning sahro va cho‘l hududlarida sut mahsulotlari go‘sht maqsulotlariga qaraganda muhim
o‘rin egallaydi. Dunyoning boshqa hududlarida esa, o‘simlikdan tayyorlangan ovqat go‘shtli ovqatlarga nisbatan yuqori o‘rinda turadi.
Umuman, insoniyat yer yuzida olg‘a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki ma'lum geografik sharoit bilan bog‘liq xo‘jalik–madaniy ko‘rinishi
paydo bo‘lgan. Insonlar ma'lum geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar.
8.
Madaniyat inson hayotida muhim vazifalarni bajaradi. Ular orasida quyidagilarni aloxida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.
Madaniyat, avvalo,
ijtimoiy vazifalarni, ya’ni shaxsni, odamni inson qilib shakllantirish va tarbiyalash vazifasini bajaradi. Madaniyat xar bir
shaxsning insoniyat yaratgan bilimlarni, ma’naviy qadriyatlarni, tartib-o‘oidalarni o‘zlashtirib olish, tarbiyalash, jamiyatning to‘la huquqli a’zosi sifatida
faoliyat yuritish o‘obiliyatini shakllantirish vazifasini bajaradi. Insonning tabiat hukmronligidan ajralib chiqishi madaniyatga xos ayrim elementlarning
shakllanishi bilan birga sodir bo‘ladi. Aynan madaniyat orqali xar bir shaxs jamiyatda to‘plangan tajribalarni, an’analar va urf-odatlarni turmush tarzini
o‘zlashtiradi, ular keyingi avlodlarga yetkaziladi.
Madaniyat axborotlarni o‘zlashtirish, bilish, tushunish vazifasini bajaradi. Madaniyat inson uchun dunyoni bilish, dunyo to‘²risida turli ma’lumotlar,
axborotlar olish, ularni avloddan avlodga o‘tib borishini ta’minlaydi.
Madaniyat tartibga soluvchi vazifani xam bajaradi, ya’ni kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilangan tartib-o‘oidalar, axloqiy-xuquqiy
normalar asosida tartibga solishga xizmat qiladi.
Madaniyat kishilar o‘rtasida o‘zaro fikr almashuv bilan bo²liq bo‘lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan vazifani bajaradi. Bu borada til asosiy vosita
rolini o‘ynaydi. Gap shundaki, madaniyatning bir qator soxalari – fan, san’at, texnika va boshqalarning o‘ziga xos tili bo‘lib, ularni bilmasdan turib
madaniyatni to‘laligicha bilib bo‘lmaydi.
Madaniyat aksiologik vazifani ham bajaradi, ya’ni kishilar tomonidan moddiy, ma’naviy, estetik, axlokiy qadriyatlarni egallashga, yomondan
yaxshini, be’mani, xunuk narsalardan go‘zallikni ajrata bilishga ko‘maklashadi.
Madaniyat ijodkorlikni rivojlantirish vazifasini xam bajaradi. Insonni mavjud madaniyatga tanqidiy-ijodiy qarash,
isloh qilish, takomillashtirish,
yangi bilimlar, qoidalar, qadriyatlar, tartib-qoidalar yaratishga undaydi.
Madaniyat kishilardagi jismoniy va ruxiy toliqishni xaydash, xordiq chiqarish, tiklanish, kayfiyatini ko‘tarish yo‘lidagi tadbirlar, o‘yinlar tashkil
etuvchi vazifalarni xam bajaradi.
Madaniyat doimo taraqqiy etuvchi ko‘p qirrali jarayon, uning tarkibiga kiruvchi elementlari o‘zgarib turadi. Shu jixatdan tadqiqotchilar madaniyatni
o‘ziga xos belgilari, sifatiga o‘arab bir necha turlarga bo‘ladilar. Madaniyatga sivilizatsion nutai nazardan yondashuvchi mutaxassislar insoniyat bir necha
sivilizatsiyalarni bosib o‘tganligini ta’kidlaydilar.
Madaniyatni tili, dini, an’analari, qadriyatlari, iqtisodiyoti yaqinligini inobatga olib milliy, mintaqaviy, davriy jixatdan bir necha turlarga bo‘lish
keng taro‘algan. Milliy madaniyatda til asosiy vosita sifatida olinsa, mintaqaviy madaniyatda diniy, axloqiy, badiiy, moddiy, geografik yao‘inlik,
umumiylik nazarda tutiladi. Madaniyatni iro‘iy omilni nazarda tutgan xolda bo‘lish holatlari xam uchraydi. Fransuz faylasufi J.Gobino jamiyat, madaniyat,
din, til to‘laligicha irqiy jihatlar bilan bo²liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan bo²liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan
eng yuo‘ori, ustun darajada deb xisoblaydi.
9.
Ko‘rinishlari bo‘yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi:
Ustun madaniyat – polietnik jamiyat a'zolarining ko‘pchiligi istifoda etadigan qadriyatlar, ishonch–e'tiqodlar, an'ana va urf–odatlardan iborat.
Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo‘jaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va
boshqalardan iborat.
Shahar madaniyati – yirik va qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan sanoat va ma'muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona
madaniyat mavjud emas. Chunki shaharlar faqat geografik va geopolitik (Yevropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar kengligi bilangina emas,
balki ishlab chiharish sohasiga ko‘ra ham farq qiladi: to‘qimachilik sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil
ishlab chiharishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo‘lgan shaharlar, kurort shaharlar, bularning har birida o‘ziga xos madaniyat mavjud.
7
Odat madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda kundalik hayot ko‘nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko‘rinishi
oilada, tengdoshlar, qarindosh-urug‘lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab ta'limidan va ommaviy axborot vositalari
orqali olingan ommabop
bilimlar va ko‘nikmalardan iborat bo‘ladi.
Ixtisoslashgan madaniyat – fan, san'at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to‘liq egallagan va o‘z sohalari bo‘yicha egallagan bilimlari orqali
alohida guruhlarni tashkil qiladigan vakillarning kasb mahoratidir.
Madaniyat paydo bo‘lishi va darajasiga ko‘ra, quyidagi shakllarga ega:
Yuksak (xos) madaniyat – oddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis
san'atni, mumtoz musiqani va adabiyotni o‘z ichiga oladi.
Xalq madaniyati – ommaviy va xalq oqzaki ijodi madaniyatini o‘z ichiga olgan madaniyat shakllari bo‘lib, keng ommaning mehnati va turmushiga
bog‘liq holda yaratilgan qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, qo‘shiqlar, folklor ansambllari,
xalq og‘zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eposlar va boshqa janrlar mansub.
Ommaviy madaniyat – baynalmilal va milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, keng auditoriyaga mo‘ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va
ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har qanday yangi hodisalarga ta'sir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, sirk, radio,
televideniye va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir.
10.
"Madaniyatshunoslik" fani diqqat markazida insonda ziyolilik hissini tarbiyalash vazifasi turadi. "Kishi qanchalik ziyoli bo‘lsa,— degandi
akademik D.S.Lixachev, - u shuncha ko‘p narsani tushunadi va o‘zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining
madaniy saviyasi qanchalik tor bo‘lsa, u hamma yangiliklarga va "juda qadim"ga nisbatan shunchalik befarq bo‘ladi, o‘zining eski odatlari bilan yashaydi.
Dunyoqarashi tor bo‘lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O‘tmishning madaniy qadriyatlarini va o‘zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash,
ko‘paytirish, estetik qimmatliklarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qimmatliklarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o‘zga madaniyatlarni bilish,
ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo‘shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan hurmat, to‘g‘ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir".
Insondagi birinchi ijtimoiy ehtiyoj tarbiyaga yoki tarbiyalanishga
bo‘lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyojni hamma ham, ayniqsa, go‘dakligi va bolaligida zarur narsa sifatida qabul qilavermaydi, shuningdek, madaniyatni
ham. Demak, tarbiya, madaniyat ham, insoniyatning mavjudlik, barhayotlik sharti sifatida jamiyatning ongli va madaniyatli qatlamlari tomonidan yaratiladi
hamda yoshlarga singdiriladi.
Tarbiya ob’ektida ijobiy fazilatlarni va ijodiy hislatlarni shakllantirish-pedagogikaning ham, madaniyatshunoslikning ham vazifasi.
Madaniyatshunoslikning amaliyot bilan bog‘liq yo‘nalishi —"prikladnaya kulturologiya" (amalda tatbis qilinadigan, amaliy madaniyatshunoslik) xuddi shu
joyda pedagogika bilan hamkorlik qiladi, uning boy tarbiyaviy ta’sir usullaridan foydalanadi.
11.
Madaniyatshunoslik tarixida madaniyat va sivilizatsiya tushuncha-larini bir-biri bilan aynanlashtirish, bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga
qaratilgan xilma-xil nazariyalar vujudga keldi. Bizningcha, madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, ulami bir xil hodisa sifatida
tavsiflash ham, ulami bir-biriga qarshi qo’yish ham to’g’ri emas.
«Sivilizatsiya» atamasi madaniyat
atamasiga nisbatan ancha keyin, ya’ni XVIII asr o’rtalarida vujudga keldi. Sivilizatsiya tushunchasini birinchi
bo’lib shotland faylasufi A. Fergyusson qo’llagan. U insoniyat tarixini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya davrlariga bo’ldi. A. Feigyusson sivilizatsiya
deganda ijtimoiy rivojlanishning oliy bosqichini tushungan. XVIII asr fransuz ma’rifatparvar-faylasuflari sivilizatsiya tushunchasini keng va tor ma’noda
qo’lladilar. Ular keng ma’nodagi sivilizatsiya deganda aql, adolat va diniy bag’rikenglik prinsiplariga asoslanadigan jamiyat taraqqiyotining yuqori
bosqichini nazarda tutdilar. Fransuz ma’rifatparvarlarining sivilizatsiya to’g’risidagi bunday tasavvurlari A. Fergyusson qarashlari bilan hamohang deyish
mumkin. Ularning fikricha, sivilizatsiya tor ma’noda «madaniyat» tushunchasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, insonga xos barcha sifatlar (o’tkir zehn, yuqori
ma’lumot, ko’rkamlik, muloyimlik) majmuasini ifodalaydi.
Keyinchalik sivilizatsiya tushunchasi yangicha mazmun bilan boyib bordi. Ingliz tarixchisi Amold Тoynbi sivilizatsiyaga madaniyatning muayyun
bosqichi sifatida qaradi, madaniyatning ma’naviy jihatlariga alohida urg’u berdi, dinni sivilizatsiyaning eng muhim elementi deb hisobladi.
Nemis madaniyatshunosi Osvald Shpengler o’zining «Yevropa quyoshining so’nishi» (1918-1922) asarida sivilizatsiyani inqirozga yuz tutgan, o’lib
va yemirilib borayotgan madaniyat sifatida ta’rifladi. Uning fikricha, madaniyat jonli organizm bo’lib, shaxs ijodiy qobiliyati va individualligini to’la
namoyon etadi, san’at va adabiyotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Sivilizatsiyada esa texnika va hissiz aql hukmronlik qilar ekan, bu
narsa badiiy ijodga imkon bermaydi, insonni hissiz maxluqqa aylantiradi. Тaniqli rus faylasufi Nikolay Berdyayev ham o’zining «Тarixning ma’nosi»
asarida shunday fikmi ilgari surgan edi.
Madaniyat va sivilizatsiya mohiyatini bilishda ularni bir-biri bilan qiyoslash, har birining nisbiy mustaqilligi va o’ziga xos xususiyatlarini ajratish
muxim metodalogik ahamiyatga molikdir.
Sivilizatsiyaga erishish, shubhasiz, madaniyatning biron-bir darajasiga erishish, madaniyat esa, o’z navbatida, insoniyatning sivilizatsiyaga
erishganlik ko’rsatkichidir. Madaniyat va sivilizatsiya elementlari inso-niyat tarixining juda uzoq davrlariga borib taqaladi: insoniyat yovvoyilikka qarshi
madaniyatni, varvarlikka qarshi sivilizatsiyani yaratdi. Yovvoyilik va varvarlik bir ma’noli tushunchalar emas: yovvoyilik
insoniy mohiyatdan
begonalashish, nooqilona emas, balki instinktiv ravishda faollik ko’rsatishdir; varvarlik — mavjud ijtimoiy tartib, me’yor, qoida, qonun va axloqni tan
olmaslik, yovuzlik, bosqinchilik va tajovuzkorlik ifodasidir