Madaniyatshunoslik



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana06.02.2022
Hajmi0,95 Mb.
#432330
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Madaniyatshunoslik

23.

 
24.
Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning 
jamiyat aхloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam 
takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy 
tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. 
Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri 
bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, 
zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon 
Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda. 
Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning 
barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali 
namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu 
bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. 
Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay 
sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l 
siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta 
o’z shogirdining hatti - harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo’yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash 
bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti - harakati bilan; «Obbo shovvoz - ey, sal shoshilibsan - da, ha, mayli, zarari yo’q, 
shunaqasi ham bo’ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan - ku, padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», 
degan so’zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa, ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, o’zining 
odobsizligini ko’rsatmoqda. 
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir - biriga ta’siri, tarbiya va o’z - o’zini tarbiya vositasi sifatida 
diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. 
Bunda ota - onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan 
boshlanadi. 
Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro 
munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni 
bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi. 
Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy 
arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. 
Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro 
miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda 
tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va 
istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin 


12 
25.
Madaniyatni shakllantirish qadriyatlari orasida ikkita asosiy guruh ajratilgan - moddiy va ma'naviy. Birinchisi, intellektual, badiiy, diniy 
ijodkorlikning ajoyib asarlari: rasmlar, adabiyot, arxitektura yodgorliklari, hunarmandchilik buyumlari va boshqalar. Ikkinchisi jamiyatning ijtimoiy 
tajribalarini o'z ichiga oladi ", eng oqilona va eng muhim samaralli printsiplarga ega hayotiy faoliyatni amalga oshirish: axloq va ong, namunalar, rasmlar, 
tafakkurlar, tarjimalar va boshqalarning ijtimoiy normalari, bu jamiyatning ijtimoiy integratsiyasiga olib keladigan funktsiyalar Odamlar o'rtasidagi o'zaro 
tushunishning ko'payishiga ... "2000: 252] Boshqacha aytganda, bu jamiyatning ijtimoiy tajribasi ijtimoiy muhitga moslashish, odamlar o'rtasidagi 
munosabatlar va inson bo'lishi kerak bo'lgan narsalar to'g'risida g'oyalar tizimi sifatida sotib olingan.Insoniyat tomonidan butun tarix davomida to'plangan 
ko'plab qadriyatlar universaldir. Biroq, ayrim madaniyatlardagi ahamiyatga ega bo'lgan ba'zi qadriyatlarning ahamiyati boshqacha. Bu har bir 
madaniyatning o'ziga xosligi, uning o'ziga xosligi va o'ziga xosligi. Madaniy boylik va urf-odatlar jamoasi til bilan birga etnosning eng muhim belgilaridan 
biridir [Karaulov 2002: 47]. Har qanday madaniyatning markazida uning asosiy tizimi unchalik o'ziga xos bo'lgan, bu asosiy hayot ko'rsatmalari va oxir-
oqibat, ushbu jamiyat madaniyatini aniqlaydi. Masalan, sharqiy urf-odatlar jamiyat va inson, oila, ota-onalarga, ota-onalarga, ota-onalarga, shaxsiyatni 
hurmat qilish, shaxslararo munosabatlar, barkamollik kabi qadriyatlar bilan ajralib turadi. G'arbiy urf-odatlar uchun shaxsiyat va jamiyatning qarshiliklari, 
jamoatchilik, mustaqillik, shaxsiyat va boshqalar ustidan individual qadriyatlarning ustuvorligi. 
Boshqa madaniyatni bilish, odatda, qadriyatlar tizimidagi farqlarga xalaqit berishadi, ular ba'zan etarlicha keskin qarorlar va baholarga olib 
keladigan ayrim qadriyatlar va baholarning ahamiyati to'g'risida fikrlaridan o'tishadi. 
Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan 
tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, 
goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan 
boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan.
Qadriyat:
Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, 
mazmuni, obʼyektiv asosi, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy 
qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va 
boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib boradi. Tarixiy 
zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida 
— istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy 
taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi 
munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, 
xattiharakatini maʼlum yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi 
mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar umumbashariy xususiyatga ega. 
Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, maʼnaviyati, urf-
odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, odobi, goʻzalligi 
bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 
26.
Аrхаik yoki ibtidоiy mаdаniyat- bu aslida bir xil ma’noni anglatuvchi tushuncha bo’lib, arхаik atamasi yevropada asosan qo’llansa, uning 
Sharqdagi atamasi ibtidоiydir.
Ibtidоiy mаdаniyat mаvjud insоniyat mаdаniyatning ibtidоsi vа eng uzоq dаvоm etgаn dаvridir. Bu dаvr insоniyat tаriхi umumiy ko’lаmining 99 
fоizini tаshkil qilgаn hоldа zаmоnаviy mаdаniyatgа bеqiyos tа’sirini ko’rsаtib kеlmоqdа. O’sha vаqtdа vujudgа kеlgаn ibtidоiy mаdаniyatning аyrim 
ko’rinishlаri bo’lmish fikrlаsh tаrzi, fе’l-аtvоr hоzirgа qаdаr yo’qоlgаn emаs. Insоniyat hаyotining bоshlаng’ich dаvri kеyingi bаrchа o’zgаrishlаrgа zаmin 
tug’dirgаni sаbаbli bu dаvrni o’rgаnish insоniyat evоlyutsiyasi аsоslаrini, uning mаdаniyati nеgizini tushunish vа sharhlаshgа yordаm bеrаdi. 
Ibtidоiy bоsqichdаgi mаdаniyat rivоjining qiyofаsini qаytа tiklаsh o’tа qiyin vаzifа. Bu davrga oid to’plаngаn mа’lumоtlаr 2 хil bo’lib: 
I. Аntrоpоlоgik vа аrхеоlоgik tоpilmаlаr-ibtidоiy оdаmning jismоniy vа mаdаniy rivоjlаnishini, оvchilik jаmоаsining turmush tаrzini yorug’ оlаmgа 
chiqаrdi. Bu mа’lumоtlаr o’zigа хоs bеlgilаri bilаn empеrik (tаjribа) tаhlilni yuzаgа chiqаrdi vа ibtidоiy bоsqichni umum qаbul qilgаn tаsnifigа аsоs sоldi. 
Bu davr bir necha davrga bo’lib o’rganiladi. Bular: 
Pаlеоlit-Qadimgi tоsh аsri 
Mеzоlit-O‘rta tosh asri 
Nеоlit – Yangi tоsh аsri. 
II. Etnоgrаfik mа’lumоtlаr- zаmоnаviy хаlqlаr vа hоzirgi vаqtdа hаm оvchilik vа tеrmаchilik bilаn kun ko’ruvchilаrning hаyoti hаqidаgi 
ma’lumotlar. Bu mа’lumоtlаr sаqlаnib qоlgаn аrхаik mаdаniyat ko’rinishini etnik, ijtimоiy vа ruhiy o’хshashliklаr bo’yichа qаytа tiklаshgа yordаm bеrаdi. 
Tоsh аsrining dаvri bundаn 2,6 mln. yildаn (Kеniyaning Rudоl’f qo’li sоhilidаn tоpilgаn Qadimgi tоsh qurоllаri) tо erаmizgаchа 2 ming yilgаchа 
(mеhnаt qurоllаrini jеzdаn tаyyorlаy bоshlаgаn dаvrgаchа) bo’lgаn vаqtni o’z ichigа оlаdi. O’z nаvbаtidа pаlеоlit bоsqichidаgi eng uzоq dаvr ilk pоlеоlit 
bo’lib, bundаn 40-35 ming yil оldin tugаydi. Ilk pоlеоlitdа аntrоpоgоnеz jаrаyonining sоdir bo’lishi, qаzib tоpilgаn gоminid qоldiqlаrining аlоhidа turlаri 
yashagаn dаvrlаrdа (zinjаntrоp, аvstrаlоpitеk, pitеkаntrоp, sinаntrоp, nеаndеrtаl vа bоshqаlаr,) mаdаniyatning аlоhidа ilk nаmunаlаri vujudgа kеldi: qo’pоl 
tоsh qurоllаr tаyyorlаsh (kеsgich, tоsh nаyzа, qirg’ich), оlоvdаn fоydаlаnish, оddiy turаr jоylаrning qurilishi, muоmаlа vоsitаlаrining rivоjlаnishi, аtrоf-
muhit hаqidа dаstlаbki murаkkаb tаsаvvurlаrning pаydо bo’lishigа sаbаb bo’ldi. 
Dеtsеntrizm fаrаzi insоniyat pаydо bo’lishini ikki o’chоq-Аfrikа vа Оsiyo bilаn bоg’lаydi, Mаrkаziy Оsiyo, хususаn, O’zbеkistоn hududidа qаzib 
tоpilgаn gоminidlаr hаm ilk pаlеоlit dаvrigа оiddir. Аrхеоlоg U. Ismоilоv Sеlung’ir g’оridаn tоpgаn «fеrgаntrоp» qоldig’ining yoshi 700 ming yilgа tеng. 
Ilk pаlеоlitning охirgi dаvri ko’pinchа аlоhidа dаvrgа аjrаlib «o’rtа» yoki «must’е» dеb nоmlаnаdi (200 minginchi yildаn 40 minginchi yilgаchа). 
Bu qоnuniy hоdisа bo’lib, must’е dаvridа mаdаniy ijоdkоrlik jаrаyonining o’sishi sеzilаdi, ya’ni bu dаvrdа nеаndеrtаllаr pаydо bo’ldi. Nеаndеrtаllаr kеng 
hududlаrgа tаrqаlib, murаkkаb vа turli хil qurоllаr tаyyorlаgаn, eng muhimi, ulаrdаn mа’lum mаrоsim vа mаdаniyatni rivоjlаntirish bоshlаndi. 
Nеаndеrtаllаr yashagаn g’оrlаridаn аyiqning bоsh suyagi tоpilgаn, mахsus o’rnаtilgаn tоsh supа оlоvdаn qоrаygаn, undа mа’lum mаrоsim o’tkаzilgаn. 
Nеаndеrtаllаr qаbri ko’pinchа Sharq-g’аrb yo’nаlishi bo’yichа jоylаshib, murdа «yonbоsh uхlаyotgаn hоlаtdа, tizzаlаri engаgigа qаyirilgаn, yonigа tоsh 
qurоllаr qo’yilgаn». Bu mаrоsim udumi o’limdаn kеyingi hаyot mаvjudligi hаqidаgi tаsаvvurning mаdаniyatdаgi eng qadimgi vа bаrqаrоr tushuncha 
sifatidav pаydо bo’lgаnligidаn dаlоlаtdir. Nеаndеrtаl qаbri O’zbеkistоnning Tеshiktоsh g’оridаn (Surхаndаryo vilоyatidаn) hаm tоpilgаn, shuningdеk, 
o’sha dаvrgа оid ko’plаb mаnzilgоhlаr оchib o’rgаnilgаn (Оmоnqo’tоn, Zirаbulоq, Оbirаhmаt, Ko’lbulоq, Uchtut vа bоsh.). 
Ilk pаlеоlitdа mаdаniy muhitning mаvjudligi аlоhidа jоylаr bilаnginа chеgаrаlаnsа, so’nggi pаlеоlitdа esа mаdаniyat tizim sifаtidа shakllаnаdi. 
So’nggi pаlеоlitning bоshlаridа gоminid evоlyutsiyasi yakunlаnib zаmоnаviy «аqlli оdаm» turi pаydо bo’lаdi. So’nggi pаlеоlitdа turli-tumаn tоsh vа 
bоshqа qurоllаr nоtеkis tаrzdа ko’pаyishi nаtijаsidа tаrkibiy qurоllаr-tаsmа, uchlik, shuningdеk, to’qimаchilik pаydо bo’lаdi. Nihоyat, dаstlаbki tаrtibli 


13 
ijtimоiy tаshkilоt-urug’ tаshkil tоpаdi. Bu inqilоbning mаhsuli insоnlаrning аsоsiy аntrоpоlоgik, ruhiy fiziоlоgik, ruhiy ijtimоiy vа mа’nаviy birligi bo’lib, 
insоnlаr uyushmаsining iqtisоdiy, siyosiy, ijtimоiy, til, mаishiy rivоjlаnishidаgi tаfоvutlаrgа qаrаmаsdаn tаriхdа sаqlаnib qоldi. 
28.
O’zbekiston xududida jez davri mil.avv. II ming yillik boshlarini o’z ichiga oladi. Хuddi shu davrda ikki turdagi mustaqil madaniyat 
shakllanib aniq ajraladi: o’troq dehqonchilik vohalaridagi madaniyat: ko’chmanchi dashtlar madaniyati o’troq dehqonchilik madaniyati dastlab 
Surxondaryo vohasidagi Sopolitepa, Jarqo’rg’on madaniyatlari, Farg’ona vodiysidagi Chust madaniyati, ikkinchisi -Zamonbobo, Тozabog’yob, Suyargan 
va Amirobod kabi joylarda vujudga keldi. 
O’zbekiston janubi-Surxondaryo viloyatida hozirda ham mashhur bo’lgan ustalar, zargarlar va san’atkor-quruvchilar yaratgan madaniyat eng 
qadimgi madaniyatdir. Mil.avv. XVIII-X ming yillikda oid Sopollitepa va Jarqo’ton manzilgohlarida qadimgi sharq turidagi ilk shaharnoma 
sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. 
Bronza davrida shakllangan “ko’chmanchi chorvadorlar” madaniyati mil.avv. III ming yilik oxiri-II m.y. boshlariga bo’lgan Buxoro vohasidagi 
Zamonbobo manzilgohida o’rganilgan Zamonbobo aholisi katta yarim yerto’lalarda yashab, bronza va qurollar ishlatishgan. Qulolchilik dastgohisiz qo’lda 
ishlangan tagi yumaloq, yassi sopol idishlardan foydalangan. Jez davrida madaniyat yodgorliklari Amudaryo va Zarafshonning qo’yi oqimidan, Тoshkent 
vohasi, Farg’ona vodiysi, Samarqand viloyatidan topilgan. Ular chorvador qabilalar madaniyatining vujudga kelishi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 
Chorva qabilalar jez davrida o’troq turmush tarziga o’ta boshladi, qisman dehqonchilik bilan shug’ullanadi, keyinchalik ko’chmanchi chorvadorlarga 
aylanishgan. 
Arxaik madaniyat o’rniga qadimgi sivilizatsiya madaniyat o’rnatildi: murakkab-ijtimoiy tizimga ega bo’lgan dastlabki davlatlar, diniy va 
qonunchilik shakllarining rivojlanishi, shahar va yozuvlar. Biroq arxaik madaniyat izsiz yo’qolmadi. Uning ayrim qirralari jahon xalqlari miflarida, 
folklarida, inson ruhiyatining chuqur “arxetiplari” da saqlangan. 
29.
Ibtidоiy оdаmlаr tаbiаtni, iqlimni sharоitdаn kеlib chiqib kuzаtishi аsоsidа оb-hаvоni оldindаn аytib bеrish qоbiliyati pаydо bo’lаdi. 
Tаrbiya hаm mеhnаt vа turmush bilаn chаmbаrchаs bоg’liq bo’lib, оdаt vа udumlаr аsоsiy аhаmiyat kаsb etgаn. 
Mа’nаviy mаdаniyatning ko’rinishlаridаn biri ibtidоiy sаn’аt hаm оdаmning mеhnаt fаоliyati bilаn uyg’un hоldа vujudgа kеlgаn. Urug’chilik 
jаmоаsining pаydо bo’lishi dаvridа ibtidоiy оdаmlаr sаn’аtning nimаligini to’lа аnglаmаgаn hоldа tirikchilik jаrаyonidа sаn’аt shakllаnа bоshlаdi. Ibtidоiy 
sаnоаt хilmа-хil bo’lib, bir nеchа turlаrgа bo’linаdi: 
1) Suyak, tоsh pаrchаsi, shох, kulоlchilik buyumlаrigа chizilgаn bеlgilаr, оdаm, hаyvоn vа hаr хil nаrsаlаrning tаsvirlаri. 
2) G’оr dеvоrlаrigа hаr хil rаnglаr bilаn ishlаngаn hаyvоn, оdаm vа buyumlаr tаsviri. Ulаrdа оv, mеhnаt, jаng vа bоshqа mаnzаrаlаr tаsvrilаngаn. 
Bundаy tаsvirlаr Turоn, Sаhrоi Kаbir, Mаrkаziy Оsiyo, g’аrbiy Yevropa ko’plаb uchrаydi. 
3) Qоya tоshlаrgа o’yib, chizib, ishqаlаsh usuli bilаn ishlаngаn tаsvirlаrdа hаyvоn, buyum, qurоllаr vа ibtidоiy kishilаrning kundаlik mеhnаti bilаn 
bоg’liq mаnzаrаlаr o’rin оlgаn. qоya tоsh tаsvirlаri Оsiyo, Аfrikа vа Yevropa ko’p uchrаydi. 
4) Аrхаik sаn’аt turlаridаn yanа biri хаykаltоrоshlik hаm urug’chilik jаmоаsining rivоjlаngаn dаvridа pаydо bo’lib, аsоsаn аyollаr, qismаn erkаklаr, 
shuningdеk, hаyvоnlаr хаykаllаri ishlаngаn. Bundаy хаykаlchаlаr, suyak, tоsh vа bоshqа nаrsаlаrdаn tаyyorlаngаn. Hаykаl tаsvirlаrdа ibtidоiy mаhnаt vа 
e’tiqоd rаmzlаri nоmоyon bo’lаdi. 
5) Ishlаb chiqаruvchi хo’jаlik (nеоlit) fаоliyati bilаn bоg’liq sоpоl buyumlаrgа chizilgаn rаsmlаrdа оddiy chiziqlаr, hаyvоn vа o’simlik tаsvirlаri 
uchrаydi. 
6) Ibtidоiy sаn’аt turlаridаn biri – niqоblаr Qadimgi оdаmlаrning оvchilik fаоliyati bilаn bоg’liq bo’lib, niqоb tutib hаyvоn qiyofаsigа kirgаn, 
hаyvоnlаrni qo’rqitib o’zlаrini himоya qilgаn. Niqоblаrdаn mаrоsim vа udumlаrdа fоydаlаngаn. 
7) Musiqа, qo’shiq, o’yin ibtidоiy sаn’аt turlаri hisоblаnib, ibtidоiy оdаmlаr urib, chеrtib, puflаb chаlаdigаn аsbоblаrni kаshf qilishgаn. 
8) Хаlq оg’zаki ijоdi-аsоtir, rivоyat vа аfsоnаlаr hаm ibtidоiy dаvr mаhsulоti bo’lib, ibtidоiy оdаmning turmushi, o’y-fikri vа kаyfiyatini ifоdаlаgаn, 
diniy tаsаvvurlаrning shakllаnishigа аsоs bo’lgаn. 
30.
Diniy tаsаvvur vа e’tiqоd jаmоа tuzumining kеyingi dаvrlаridа shakllаnib, аyrim unsurlаri o’rtа pаlеоlit dаvrlаridа vujudgа kеlgаn. Ibtidоiy 
оdаmlаr аtrоfidаgi hоdisаlаrning sаbаblаrini tushunа оlmаgаn. Tаbiаtdаgi turli hоdisаlаrning sir-аsrоrlаri ulаrgа mа’lum bo’lmаgаn. Bu hоdisаlаr nеgizidа 
sirli, g’аyritаbiiy kuchlаr yashiringаn dеb tushunib, shu g’аyritаbiiy kuchlаrgа e’tiqоd qilingаn. 
Ibtidоiy оdаmlаr turli mintаqаlаrgа tаrqаlib, turli хil tirikchilik bilаn shug’ullаnа bоshlаydi. Tаbiаtning vа tirikchilikning хilmа-хilligi turli 
e’tiqоdlаrning pаydо bo’lishigа sаbаb bo’lgаn. Tаbiаt vа jаmiyat hоdisаlаrgа bоg’liq g’аyritаbiiy kuchlаrgа ishоnish ibtidоiy e’tiqоd dеyilаdi. Uning 
tоtеmizm, аnimizm, sеhrgаrlik, fеtеshizm kаbi turlаri ibtidоiy jаmоа tuzumi dаvridа kеng tаrqаlgаn. 
Аnimizm–«ruh», «jоn» mа’nоsini bildirib, bu dunyodа ruhlаr, jоnlаr shaklidаgi g’аyritаbiiy kuchlаrnig bоrligigа ishоnish. Tаbiаtdаgi nаrsаlаr, оdаm 
vа bоshqаlаrning ruhlаri- shulаr jumlаsidаndir. Urug’chilik jаmоаsining rivоjlаnishi bilаn urug’ bоshliqlаr, hаrbiy yo’lbоshchilаr ruhigа-аjdоdlаrgа 
sig’inish pаydо bo’lgаn. Mаtriаrхаt dаvridа ruhlаr аyollаr nоmi bilаn аtаlgаn. Хo’jаlik shakllаri pаydо bo’lgаch tаbiаtdаgi nаrsаlаr (quyosh, suv, еr) ning 
ruhigа tоpinish kuchаyadi. Sеhrgаrlik- оdаmning g’аyritаbiiy kuchlаrgа tа’sir ko’rsаtish qоbiliyatigа аsоslаngаn аmаllаrdir. Bu ibtidоiy sаn’аtdа hаm o’z 
ifоdаsini tоpgаn. qоyatоsh tаsvirlаridаgi yarаlаngаn hаyvоn ifоdаsidа оvchilаr bo’lg’usi оvning bаrоridаn kеlishini ko’zlаb, hаyvоnlаrni sеhrlаgаnligini 
kuzаtish mumkin. 
Tоtеmizm-jаmоаning hаyvоn yoki o’simlik turi bilаn g’аyritаbiiy qаrindоshlik аlоqаsigа ishоnishi bo’lib, оvchilik vа tеrmаchilik rivоjlаngаn dаvrdа 
pаydоbo’lgаn. Bu e’tiqоddа tоtеm-hаyvоn yoki o’simlik nihоyatdа hurmаt qilingаn.Tоtеmizmning ilk bоsqichidа hаyvоn muqаddаs sаnаlib, uni o’ldirish 
yoki go’shtini istе’mоl qilish tа’qiqlаngаn.Fаqаt urug’ning urf-оdаt mаrоsimlаridаginа bu hаyvоn go’shti istе’mоl qilingаn. 
Sеhrgаrlikkа o’хshash hаyot nаfаqаt pаydоbo’lаyotgаn tushunchаlаrni o’zidа jаmlаdi, bаlki mаdаniyatning eng qadimgi shakli bo’lib qоldi. Undаn 
hоzirgi vаqtgаchа оlаmni o’zidа аks etgаn din, sаn’аt, fаn sоhаlаri pаydо bo’ldi. Bаrchаsi suyakkа chizish vа nаqsh sоlish, kichik hаykаltоrоshlik, bеlgi – 
muhr bоsish, bo’yoqli hоshiyalаr chizish, g’оr dеvоrlаrigа bеtаrtib chiziq shakllаr sоlishdаn bоshlаndi vа nаtijаdа mаshhur Аl’tаmir, Lаskо, Mоntоspаn vа 
bоshqа g’оrlаrdаgi tаsvir gаlеrеyasi vujudgа kеlаdi. g’оr tаsvirlаri tаbiiy, аniqrоg’i hаyotiy аks ettirilgаn. g’оr tаsvirlаrining dаstlаbki bоsqichidа jоnvоrlаr 
tаsviri аlоhidа o’rin tutаdi: оtlаr, yovvоyi qоrаmоl, mаmоntlаr o’tа yorqin tаsvirlаngаn.
31.
Skiflar madaniyati – Qora dengizning shim.garbiy hududlaridan to shim.sharqiy Xitoygacha chozilgan dashtlarda kochmanchi chorvachilik 
bilan shugullanuvchi qabilalarning xojalik va etnomadaniy hayoti, kundalik turmush tarzi, etiqodi, urfodat va udumlari manaviy dunyosining majmuasi 
mil. av. 7 - mil.ning dastlabki asrlari. Sm. va ularning nafis sanati haqidagi boy materiallar skif podsholari va kabila sardorlarining mozorlarini arxeologik 


14 
kazishlar tufayli qolga kiritildi. Chunki, yunon muarrixlarining xabarlari va skif mozorqorgonlarida otkazilgan arxeologik qazish natijalariga kora, skif 
podsholari, qabila sardorlari vafot etganda, ularning hayotlik chogidagi dabdabali turmush tarzidan nishona sifatida, ular bilan birga boyligining bir 
qismini, sevimli xotini va xizmatkorlaridan ayrimlarini, qabila sardorining jangovarlik holatidagi qurolaslahalari va bir necha otlari bilan birga komish odat 
bolgan. Skiflar yer yuzasiga kattagina yogoch uyxona tiklab, uning ortasiga yogoch tobutda jangovar harbiy holatdagi kiyimkechagi bilan skif sardori 
jasadini qoyishgan. Yogoch tobut atrofiga marxumga tegishli har xil buyumlar: qurolaslaha, sopol, jez, oltin va kumush idishlarda ovqatlar va ichimlik 
koyilgan. Chunki, skiflar etiqodiga kora, marxum u dunyoda ham yashashsa davom etadi, degan tasavvur mavjud bolgan. Marhum oyoq tomoniga 
xotinlaridan va unga xizmat qiluvchi chorilaridan bazilari oldirilib, malikaning boyligi va unga atalgan oltin arava ham qoshib komilgan. Qabrxona yogoch 
uy devorlari gulli kigiz yoki gilamlar bilan bezatilgan. Qabrxona tashqarisiga marhum otlaridan uning mavqeiga kora, 3 tadan to 15 tagacha jangovar otlari 
oldirib komilgan. Song qabr ustiga xaschoplar bosib, ustidan tosh uyumi hosil qilishgan. Song uning ustiga qalin tuproq bosilgan. Natijada, bal. 1530 m 
dan kam bolmagan mozorqorgonlar qad kotargan. Ana shunday mozorqorgonlarning kopi afsuski qadimda ogirlangan, qimmatbaho buyumlar talab 
ketilgan, ularning qish faslida ogirlanganlari ichiga suv kirib - muzlab qolgan va bizgacha shu xrlatda yetib kelgan. Mil. av. 5 - 4-asrlarga oid Oltoyning 
Poziriq mozorqorgonlari bunga misol bola oladi. Mac, "hayvon tasvirlari uslubi" nomi bilan mashhur noyob topilmalar Kuloba, Chertomlik, Soloxa, 
Poziriq, Bashadar, Arjan kabi skif mozorqorgonlaridan topilgan bolib, hozir ular jahon madaniyat xazinasi sifatida Ermitaj va Kiyev sanat muzeyini bezab 
turibdi. 
32.
O’rta Osiyoda Kaltaminor madaniyati nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar asosan o’lkaning g’arbiy va shimoli-g’arbiy tomonlarida 
keng tarqalgan. Shu bilan birga uning chegarasi Ural daryosi va Kaspiy dengizi bilan ham tutashgan. Janubda Qoraqum va Shimoliy Qizilqum etaklarida, 
sharqda esa Orol dengizi shimoliy-sharqiy va janubiy tomonlarida quyi Sirdaryoga borib taqaladi. Qizilqum va Ustyurtning keng hududlarida ham 
Kaltaminor madaniyati ancha keng tarqalgan. 
Kaltaminor madaniyatiga asos solgan kishilar qadimda ko’l va daryolar bo’ylarida, qamishzorlar yonida yashagan. Joylarning tabiiy sharoitiga ko’ra, 
Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan yovvoyi hayvonlarni ov qilib, ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mevali daraxtlar ko’p bo’lgani 
uchun ham ularning ho’jalik hayotlarida termachilik ham katta o’rin egallagan. Kaltaminor qabilalari ho’jaligida qisman chorvachilik ho’jaligi ham 
bo’lgan. 
Kaltaminor madaniyatini arxeolog S.P.Tolstov o’rgangan. Kaltaminor madaniyati jamoalarining makonlari ilk bor Amudaryo-ning Oqchadaryo 
o’zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun ularga shu nom berilgan. Oqchadaryo havzasidagi bir necha manzilda madaniy 
qatlamlar saqlangan bo’lib, ulardan biri Jonbos – 4 makonida chaqmoqtoshdan yasalgan minglab mehnat qurollari, sopol parchalari, hayvon suyaklari va 
baliqlarning suyaklari topilgan. 
Arxeologlar Jonbos-4 manzilgohini o’rganish jarayonida yarim yerto’la shaklidagi kulba (chaylaga) duch keladilar. Kulbaning markaziy qismida 
katta o’choq qoldig’i topiladi. Bu o’choq atrofida yuzga yaqin mayda o’choq qoldiqlari joylashgan. Arxeolog S.P. Tolstov katta o’choqni muqaqqas olov 
saqlanadigan otashqada, uning atrofidagi o’choqlar esa oilalarning o’choqlari bo’lgan degan fikrni aytadi. Jonbos-4 makonida topilgan kulbaning maydoni 
300 m2 bo’lib, bu yerda 120-125 kishi istiqomat qilgan. U katta urug’ jamoasining makoni bo’lgan. 
Kaltaminor madaniyati jamoalari sopol ishlab chiqarishga usta bo’lgan. Sopol yasashda ham kulolchilik charxidan foydalanish o’zlashtirilmagan 
bo’lsa-da, qurollar sopol buyumlar yasashning ibtidoiy usullarini ko’nikma sifatida egallaganlar. Kaltaminorliklar idishlar yasash uchun tayyorlangan loyga 
yantoq va qamishning toza kulidan qo’shishgan. Sopol qozon loylariga esa maydalangan tosh qo’shishgan. Bu qo’shilmalar sopol idishlarning mustahkam 
chiqishini, olovga tushganda o’zida issiqlikni uzoq vaqt saqlab qolishini ta’minlagan. Sopol buyumlarning sirtiga odatda naqsh berilgan. Naqshlar chizma 
uslubda ishlangan. Ular turli geometrik shakllarda o’z aksini topgan. Asosan naqshlar uchi uchli yog’och yoki suyak pichoq yordamida ilon izi, romb, 
uchbuchak, egri chiziq va boshqa shakllar chizilgan. Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichiga kelganda ba’zi sopollarning gardishiga rangli gul-
naqshlar chizilgan. Kaltaminor madaniyatining dastlabki bosqichida sopol buyumlar aksariyat hollarda tuxumsimon shaklda bo’lgan. Ammo so’nggi 
bosqich (O’zboy) da tuxumsimon, tosh dumaloq idishlar o’rnini tuvaksimon, osti tekis idishlar egallaydi. Agar dastlab idishlar mato xalta qoliplarida 
tayyorlangan bo’lsa, endi loy lentalarda qo’lda yasalgan. Idishlarda jo’mraklar paydo bo’lgan. Ular bir qavatli humdonlarda pishirilgan. 
Kaltaminor madaniyati urug’ jamoalari tabiat kuchlari oldida ojiz edi. Ular suv orqasidan, ov orqasidan ergashib yurganlar. Ularning kulbalari qurib 
borayotgan daryo yoqalarida, ko’l bo’ylarida qumlar ustida qad ko’targan. Daryo va ko’l suvlarining o’zgarishi bilan Kaltaminorliklar jamoasi ham o’z 
manzilgohlarini o’zgartirganlar. 
Kaltaminor madaniyati taraqqyotida 3 bosqich kuzatiladi. Ilk (daryo-soy) bosqichi miloddan avvalgi VI-V ming yilliklarga to’g’ri keladi. Uning 
o’rta bosqichi (Jonbos – 4) miloddan avvalgi V-VI ming yilliklarga mansub. Nihoyat, so’nggi bosqich (O’zboy) miloddan avvalgi V-III ming yilliklarni 
qamrab oladi. Bu bosqichlarning madaniy qiyofasi ularga xos ishlab chiqarish, mehnat qurollari hamda sopol buyumlarda o’z aksini topgan. 
33.
Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati 
(miloddan avvalgi I - milodiy III asrlar) 
Miloddan avvalgi I - milodiy III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Vatanimiz tarixida, balki butun Markaziy Osiyo tarixiy 
o`lkalari xalqlari iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o`rin tutgan davlatlardan biri sanaladi. Kushon podsholigiga asos solgan qabilalar tarixiy 
manbalarda yuechji( yovchi) va toxarlar deb nomlangan. Miloddan avvalgi II asrning to`rtinchi choragida asosan Baqtriyada hukmron bo`lgan Yunon - 
Baqtriya shohligi Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida istiqomat qilgan yuechji qabilalarining yurishi tufayli inqirozga uchragan. Milodiy I asrga 
kelib, Baqtriyada besh katta urug` (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xeytun va Gaofu - yoki boshqa bir manbada Gaofu o`rnida Dumi) ga bo`linib yashagan 
yuechji qabilalari Kujula Kadfiz tomonidan Guyshuan- Kushon urug`i qo`l ostida yagona davlatga birlashtirilgan. 
Kushon davlatining shimoliy chegarasi Janubiy Hisor tog` tizmasiga kirgan Boysuntog` hisoblanib, Kushon hukmdorlari o`z davlatining shimoliy 
chegaralarini mustahkamlash borasida ham tinimsiz faoliyat ko`rsatganlar. 
Boysuntog`dagi " Temir darvoza" va uning bilan bog`liq mudofaa istehkomlari ana shunday inshootlardan biri hisoblanadi. Vima Kadfiz va ayniqsa, 
Kanishka I hukmronligida bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlari ham kiritilgan va natijada Kushon davlati Ko`hna 
Dunyoning Rim imperiyasi, Parfiya va Xan Xitoyi bilan bir qatorda turgan buyuk davlatga aylangan. Milodiy III asr oxirida ichki ziddiyatlar va ayniqsa, 
sosoniylar Eroni qo`shinlarining Kushonshahr, ya'ni Baqtriyani egallashlari tufayli Kushon davlati inqirozga yuz tutgan. 


15 
To`rt asr davomida markazlashgan davlatning mavjudligi Baqtriyada, shu jumladan, uning tarkibiy qismi bo`lgan Surxon vohasida ham iqtisodiy 
va madaniy hayotning barcha jabhalarida yuksalishga olib kelgan. 
Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda Surxon vohasi jadal o`zlashtirilgan, yirik kanallar qazilgan (Kattanahar), mavjud sug`orish inshootlari 
kengaygan (Zang kanali), yangi shaharlarga asos solingan (Zartepa) yoki Tarmita (Termiz) va Dalvarzintepa singari shaharlar hududiy jihatdan kengaygan. 
Kushon davri shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan ikki qism, ya'ni arki a'lo va unga tutash asosiy shahar qisimlaridan iborat bo`lgan. Bu davr 
shaharsozligi Dalvarzintepa, Zartepa, Ko`hna Termiz va uning tarkibiy qismlari hisoblangan Qoratepa, Fayoztepa, o`rnidagi diniy inshootlar orqali yaxshi 
o`rganilgan. 
Surxon vohasining Kushon davri shaharlari ma`muriy, iqtisodiy markaz bo`lish bilan bir qatorda diniy markazlar vazifasini ham o`tagan (Ko`hna 
Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Zo`rmola, Ayritom va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalari). 
34.
Ahmoniylar davri madaniyati. 200 yildan ziyodroq davom etgan ahmoniylar xukmronligi Markaziy Osiyoni, umuman Sharq xalqlarini har 
tomonlama rivojlantirishda, ular o'rtasida turli munosabatlarni paydo bo'lishi va barqarorlashuvida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Markaziy Osiyo 
viloyatlarini ahmoniylar Eronni va unga tobe bo'lgan mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari haqida ko'plab ma'lumot mavjud. Markaziy Osiyo 
xalqlari ahmoniylar madaniyati yodgorliklari bunyod etilishida katta hissa qo'shgan. Doro yozuvlari ma'lumotlariga qaraganda Suzadagi podsho saroyini 
qurishda oltin Baqtriyadan, lojuvard va qimmatbaho toshlar So'g'diyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan. Markaziy Osiyo xalqlari davlat ishlarida 
aramay yozuvidan 4 ta yozuv tartibi ajralib chiqdi. Axmoniylar davrida xunarmandchilik va savdo-sotiq munosabatlari rivojlanishi natijasida Markaziy 
Osiyo xududida ko'pgina shahar va shahar ko'rinishdagi manzilgohlar paydo bo'ldi va jadal rivojlandi. Bu davrda yana Markaziy Osiyo xalqlari ilk martta 
zardan qilingan tanga pullar bilan muomala qildilar. Markaziy Osiyo xuddudan axmoniylar pul tartibiga oid oltin dariplar va boshqa tangalar topilgan. 
35.
Bundan qariyb 2600 yil muqaddam hozirgi Markaziy Osis hududida uluG’ tarixiy shaxs - ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim, 
jahon xalqlariga vatandoshimiz -Zardusht Sepitoma dunyoga kelgan edi (miloddan avval-gi 589—512 yillar).Diniy rivoyatlarga qaraganda, Zardusht 
Navruz kunlarining birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bulgan «Xaoma» tayyorlashga kirishgan. Erta tong pallasida u daryodan suv olish 
uchun qirg’oqqa tushgan. Suv olib bo’lgach, bir yo’la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko’ziga qirg’oqda turgan porloq xilqat -«Voxumana» kurinadi 
va uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, u ezgu va ulug’ xudo Axuramazda huzuriga boradi.Axuramazda o’zining butun borliqni yaratgan xudo ekani 
haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. (Bu vaqtda Zardusht 40 yoshga tulgan yedi). Shu kundan boshlab 
Zardusht Axuramazda dinining payg’ambariga aylanadi. Endi u o’z qavmlari orasida Axuramzada dinini targ’ib eta boshlaydi. Buning uchun u «Gatlar» 
(Xatlar) deb atalgan, qo’shiq qilib aytishga muljallangan shs’rlar yaratadi.40 yoshida Zardusht avvalgi ko’pxudochilik diniy tasavvurlariga hamda tabiat 
hodisalariga sig’inish e’tiqodlariga qarshi chiqib, yakkaxudochilikka asoslangan kitobiy din - Zardushtiylik dinini yaratgan. Zardusht dastlab mahalliy 
qabilaviy dinlarning rohiblaridan biri edi.Ayni paytda, Zardusht yashagan zamon ibtidoiy munosabatlar o’rnini sinfiy jamiyat, qadimiy davlatchilik asoslari 
egallayotgan, biroq, mahalliy-qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichiga to’sqinlik qiluvchi kuchga aylanib qolgan davr edi. Jamiyat 
taraqqiyotining yangi bosqichi o’zining to’la shakllanishi uchun kuchli mafkuraga muhtoj edi. Bundan tashqari, bu murakkab davrda o’lkaning turli 
qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish zaruriyati ham tugilgan edi. Zardusht yashagan davr Janubi-
G’arbiy va Markaziy Osiyoda ko’ch-manchilikka asoslangan turmush tarzi inqirozga uchrayotgani, u o’troqlik turmush tarzi qaror topayotgani, 
sug’oriladigan dshqonchilik hamda chorvachilik, hunarmandchilik keng taraqqiy yetayotgani, yangi shaharlar, qishloqlar bunyod bo’laytganligi, utroqlik 
turmush tarzi har jihatdan afzal kurinishi bilan ham xarakterli edi. Sundhay turmush tarzini barqaror qilish, odamlarga, xalqlarga g’oyatda kulfat 
keltirayotgan hamda aksariyat bosqinchilik tusini olgan kuchmanchilikka qarshi kurash habiy ehtiyojga aylangan edi. Bu ehtiyojni hammadan ko’p anglab 
yetgan donishmand Zardusht bo’ldi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li — bu 
yakkaxudolikka o’tishdan iborat deb bildi va butun ongli faoliyatini, hayotini ana shu muqaddas ishga bag’ishladi, shu muqaddas maqsad yo’lidagi 
kurashda halok buldi.Yagona xudoga ishonishgina jamiyatni yangi taraqqiyot bosqichiga ko’tara oladi, deb hisoblardi Zardusht. 
Zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyodir. Bu faktning tug’riligini bu dinning muqaddas kitobi 
- «Avesto» ham isbotlaydi. Chunonchi, bu dinning muqaddas kitobi — «Avesto»da yakkayu-yagona xudo Axu-ramazda yaratgan 16 mamlakatdan 9 
tasining nomi Janubi-G’arbiy va Markaziy Osiyodagi viloyat va shaharlardir. 2 tasi afsonaviy bo’lsa, qolgan 5 tasi Hindiston, Ozarbayjon va Armaniston 
hududlariga to’g’ri keladi.Bu dinning ta’limotiga ko’ra, xudo Axuramazda «Oliy ibtido»dir. U hamma mavjudotni yaratuvchi va boshqaruvchi Oliy ruh. 
Uning na xotini, na farzand-lari bor. Axuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchisi bo’lgan. Bular — Vohu Manah (ezgu fikr) poda va chorvani 
boshqargan; Asha Vahishta (yuksak haqiqat) olovni boshqargan; Xshatra Varьya (munosib qudrat, hokimiyat) ma’danlarni boshqargan; Siyenta Armati 
(muqaddas itoat) erni boshqargan; Xarvatat (salomat-lik) suvlarni boshqargan; Amyeryetat (mangulik) o’simliklar dunyosini boshqargan. 
Axuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi — ezgulik va yovuzlik haqida vahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan bu kuchlar har 
doim birgalikda mavjud bo’lib, ular hayot va o’lim, osmon va jahannam ma’nolarini anglatadi. Jahannam hayotning eng yomon onlaridir. Osmon esa 
ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Borliqdagi yovuzlik va nomukammallik narsalar va hodisalarning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni 
bartaraf etish esa, istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilar bu jarayonda faollik kursatishga da’vat etiladi. Ular Axuramazda yuborgan qonunlar, tartibotlar, 
o’git-nasihatlarga amal qilsalar, ezgulik, yovuzlik ustidan tantana qilib boraveradi. 
Olam qarama-qarshilik kurashi asosida qurilgan. Bu hol jismoniy narsalarda yorug’lik va zulmat; tirik tabiatda hayot va o’lim; ma’naviy olamda 
ezgulik va yovuzlik; ijtimoiy hayotda esa adolatli qonunlar 
bilan qonunsizliklar o’rtasidagi kurashlarda o’z ifodasini topgan, 
Din ezgulikni qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik o’rtasidagi kurashga asoslanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltiraveradi, yovuzlik ruhi bo’lgan 
Axriman esa unga qarshi kurashib odamlarni yomon ishlarga boshlayveradi. 
Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurashda oraliq yo’l yo’q, shuning uchun har bir odam bu kurashning u yoki bu tomonida ishtirok etishga 
majbur. Shuning uchun dindorlikda iymon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin tutadi, u odamlarga ezgulikni yovuzlikdan farqlash imkonini 
beradi. Iymon-e’tiqodli odam albatta ezgulik tarafida turadi. 
Zardushtiylik iymoni 3 tayanchga — fikrlar sofligaga; so’zning sobitligiga; amaldorlarning insoniyligiga asoslanadi. 
Odamlar o’z istaklarida xolis bo’lishlari; bir-birlari bilan murosa qilib yashashlari; qonunsiz ishlardan uzlarini tiyishlari lozim. 
Bergan so’zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalariga qat’iy rioya qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va 
xiyonatdan xoli bo’lish kabilar iymonlilik alomatlaridir.Zardushtiylik ta’limotida tuproq, suv, havo va olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni 
bulg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunohdir. SHuning uchun ham marhumlar erni, suvni, havoni zaharlab qo’ymasin deb, ularning jasadlari maxsus 
idishlarda ko’milgan. 
yerga yaxshi. soglom urug’lar sepishdan ortiq savob ish yo’q. Ekin ekish yerdagi yovuzliklarga barham berish, demakdir. 
Zardushtiylik ta’limoticha, bu borliq, dunyo odam uchun sinov maydonidir.Zardushtiylik ta’limotida Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xosligi bilan 
ajralib turadi. U Iyim nomi bilan atalgan bu dinda. Insoniyat Iyim podsho bo’lgan davrlarda baxt-saodat makonida kasallik va o’lim ko’rmay yashagan. 


16 
Iyim odamlarni, hayvon va qushlarni parvarishlagan, Yer yuzida qizil shu’lali olovni ko’paytirgan va 900 yil umr kurgan. Axuramazda Iyimga oltin nayza 
bilan oltin qamchi sovg’a qilgan. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganida, Iyim nayzani erga suqib, xudodan uni kengaytirishni suragan va 
bunga erishgan. Axuramazda Iyimga muzlik davri kelayotganining xabarini bergan va bu ofatning oldini olishni aytgan. Iyim maxsus uy qurib, hamma 
hayvon va usimliklarning eng yaxshi: zoti hamda navidan bir juftdan saqlab qolgan. 
Iyim qanchalik jasorat ko’rsatmasin, u o’z imkoniyatlariga ortiqcha baho beradi, mag’rurlanib ketadi: va xudo man etgan ne’mat — qoramol 
go’shtini yeb quyadi. Oqibatda u xudoning qarg’ishiga uchraydi, endi odamzot abadiylikdan mahrum bo’ladi. Endi odamzot tiriklik tavshishlariga, ya’ni 
yeb-ichish zaruriyatiga, kasallik va o’limga yuzma-yuz bo’ladi. Axriman Axuramazda tanidan ajralib chiqib yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi odamzot 
hayotining birinchi davri tugab, ikkinchi davri boshlanadi. Bu davrda dunyo azaliy ezgulik bag’riga qaytarilishi uchun kurash boshlanadi. Dunyoni azaliy 
ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li esa pok hayot; halol mehnat; yaratuvchanlik; yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash; iymonli-e’tiqodli 
bo’lish; miskinlarga yordam berish; yaxshi niyat va yaxshi so’zdir. 
Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy islohoti bilan bog’liq bo’lib, u din va iymon uchun beomon kurashdan iboratdir. 3000 yillik 
kurashdan so’ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda osoyishtalik va farovonlik davri yuzaga keladi, yovuzlik timsoli bo’lgan dev — Axriman 
yengiladi.Uchinchi davrda qiyomat-qoyim boshlanadi va uliklar tirilib, xudo huzuriga o’z qilmishlari haqida hisob bergani borishadi. Hamma ishlardan 
xabardor bulgan va hisob-kitob qilgan xudoni aldab bo’lmaydi. 
Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, odam o’lganidan so’ng, uning joni 3 kun davomida tanada turadi, 4-kuni o’z mahrami — go’zal qiz qiyofasidagi 
farishta yo’lboshchiligida narigi dunyodagi «Chinvot» (qil ko’prik) degan ko’prikdan o’tishi kerak. Ezgu ishlar qilgan odamlar uchun bu ko’prik 
kengaygan holda turadi, ular undan bemalol o’tib, jonlari abadiy rohat-farogatda ketadi va oxiratda, o’liklar tiriladigan kunda o’z tanalariga kirishni kutib 
yotadilar. yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga esa «Chinvot» ko’prigi qilday torayadi va ular jahannam azoblariga mahkum bo’ladilar.Yaxshilar yana o’z 
tanalaidda yashashni davom ettiradilar. Odamlar dunyoga har 3 ming yilda qaytib turadilar.
36.
Qadimgi Sharq hududidа mil. аvv. X-VII ming yillikdа insоniyat tsivilizаtsiyasi vа mаdаniyati rivоjlаnishining ibtidоsi bilаn bоg‘liq 
bo‘lgаn eng muhim jаrаyonlаr ro‘y bеrаdi. Bu dаvrdа Sharqdа mаdаniy fаоliyatning turli shakllаri vа sоhаlаri vujudgа kеlаdi. Yozuv, аdаbiyot, sаn’аt, fаn, 
birinchi jаhоn dini- buddizm pаydо bo‘lаdi. Bu bоshlаng‘ich jаrаyonsiz insоniyat mаdаniyatining kеyingi bаrchа tаrаqqiyotini tаsаvvur qilish qiyin. 
Qadimgi Sharq yеr sharining Misrdаn tо Хitоygаchа bo‘lgаn kеng mintаqаsini o‘z ichigа оlib, bu еrdа mil. аvv. VII ming yillikdаn bоshlаb 
insоniyat tаriхidа dаstlаbki tsivilizаtsiya vujudgа kеlа bоshlаdi. Mаdаniyatning shakllаnishi eng yirik dаryolаr – Nil, Dаjlа vа Frоt, Hind vа Gаng, Хuаnхе 
vа Yantszi vоdiysidа, ya’ni dеhqоnchilik rivоjlаnishi uchun qulаy imkоniyatlаr mаvjud bo‘lgаn jоylаrdа ro‘y bеrdi. Хuddi shu jоylаrdа dаstlаbki 
dаvlаtchilik tuzilmаsi, siyosiy, diniy vа sаvdо mаrkаzi sifаtidа shahаrlаr, yozuv vujudgа kеlgаn. Bu yеrdа dаstlаb mа’nаviy mаdаniyat ishlаb chiqаruvchi 
mеhnаt fаоliyatidаn bеvоsitа аjrаlib, mustаqil fаоliyatgа аylаnаdi. Jаmiyat hаyotidа аlоhidа kishilаr qаtlаmi, bоshqаruv, tа’lim, mа’lumоtlаrni to‘plоvchi 
vа uzаtuvchi sоhаlаrdа shug‘ullаnuvchilаr аjrаlаdi vа ko‘pаyib bоrаdi. 
Misr, Mеsоpоtаmiya, Hind vа Хitоy tsivilizаtsiyalаri eng ko‘hnа vа yirik mаdаniyatlаr edi. Bu mаdаniyatlаr tа’siridа Urаrtu, Finikiya, Хеtt, Elаm 
tsivilizаtsiyalаri shakllаnib, insоniyat mаdаniyati tаriхidа sеzilаrli tа’sirgа egа bo‘ldi. 
I.P.Vеynbеrgning tа’kidlаshichа, qadimgi Sharq mаdаniyati «ilk kаshfiyotchi vа аsоschi sifаtidа ulkаn missiyani bаjаrdi»; yozuvning yaratilishi
ishlаb chiqishning yo‘lga qo‘yilishi vа dаvlаtchilik pоydеvоrini qurish o‘zining etnik, kаsbiy, mulkiy vа ijtimоiy аhvоli bilаn fаrqlаnuvchi kishilаrning 
birgа yashashlаri uchun sharоit yarаtdi. Аgаr bоshqа mаdаniyatlаr ibtidоiy vа qadimgi Sharq mаdаniyatining tаjribа vа yutuqlаridаn fоydаlаngаn bo‘lsа, 
qadimgi Sharq mаdаniyatining o‘zi esа ibtidоiy madaniyat asosida shakllаndi. Ibtidоiy muhitning tа’siri kuchli vа dоimiy bo‘ldi.
37.
Ibtidоiy dаvrdаn mеrоs bo‘lib mifоlоgik fikrlаsh usuli, nutq vа fаоliyat o‘tdi. Shu bilаn birgа qadimgi Sharq mаdаniyati nаmunаlаri o‘z 
dunyosining «bоshlоvchisi», «yangiliklаrini» o‘zigа хоs jiddiy his qildi. Misr, Mеsоpоtаmiya, Hind vа Хitоy miflаridа nаfаqаt «dunyoning yarаtilishi» 
(оsmоn, еr, jоnivоrlаr, insоn) mаvzui, bаlki, bu rivоyatlаr оlаmidа ibtidоiy dunyodаn kеskin fаrqlоvchi «mаdаniyatlаrning yarаtilishi» mаvzui hаm kаttа 
o‘rin egаllаydi. «Enklаr vа kоinоt» (Mеsоpоtаmiya), tаngri Ptах hаqidа (Misr), Хitоyning аfsоnаviy hukmdоri hаqidаgi miflаrdа хudоlаr vа ilk аjdоdlаr 
dеhqоnchilik vа hunаrmаndchilik kаshfiyotchilаri, ilk shahаrlаr bunyodkоri, dаvlаtchilik vа dinni o‘rnаtuvchilаr, qоnun vа yozuv ijоdkоrlаri sifаtidа ya’ni, 
ibtidоiylikdаn fаrqlаnuvchi tsivilizаtsiyaning bаrchа yutuqlаrini yarаtuvchilаri bo‘lib tаsvirlаnаdi. Shuningdеk, miflаrdа bir-birigа mоs kеlmаydigаn, 
qаrаmа-qаrshi vа bu ikki dunyoning dushmаnligi mаvzui hаm tаsvirlаnаdi. 
Qadimgi Sharq хаlqlаrining urf-оdаtlаri vа e’tiqоdlаri hаqidа mа’lumоtlаr turli mаnbа’lаrdа, аdаbiyot vа sаn’аt yodgоrliklаridа sаqlаnib qоlgаnki, 
bulаr bizning tаsаvvur dunyomizni kеskin fаrq qiluvchi оlаmgа bоshlаydi. Qadimgi Sharq mаdаniyatining shakllаnishidа mifоlоgik tаfаkkur kаttа rоl 
o‘ynаgаn. 
Mifоlоgik tаfаkkur-bu prеdmеtlik-hissiy, jоnli tаfаkkur yеtаrli rivоjlаnmаgаn mаvhum tushunchаlаrgа хоs bo‘lib, bundаy tushunchаlаrni ishlаtish vа 
so‘zdа ulаrni ifоdаlаshning sustligi vа qiyinligidir. (Shumеrliklаr «o‘ldirish» dеyish o‘rnigа «bоshigа tаyoq bilаn urish» dеyishgаn). 
Qadimgi Sharq kishisi sаbаbli nаtijа munоsаbаtlаrni tushungаn vа fаrqlаgаn, birоq ulаrni mujmаl vа qоnungа mоs bo‘lmаgаn hоdisа sifаtidа, 
ko‘pchiligi esа shaxsiy qudrаt sifаtidа оngli vа iхtiyoriy idrоk qilаdi. Sаbаblаrni izlаshdа «qаndаy» dеb emаs, bаlki «kim» dеb so‘rаshadi («hоdisаdа kim 
аybdоr»), «iхtiyoriy, аniq mаqsаddа hаrаkаt qilgаnni» izlаshgаn. «Sаbаblаrni» bundаy idrоk qilish оqibаtidа mifоlоgik tаfаkkur аyrim vа butunchа, bir-
birigа o‘хshash hаr qаndаy tаshqi mоslikni qаbul qilаdi. Funktsiоnаl аlоqаdоrlik sifаtidа mаkоn vа zаmоndаgi hаr qаndаy bоg‘liqlik so‘zi bilаn mifоlоgik 
tаfаkkurning fikrаn bоg‘liqligi hаqidа gаpirishgа imkоn tug‘ilаdi. Fikriy bоg‘liklik bilаn o‘хshash tаfаkkur hаm аlоqаdоr. qаndаydir yangi nаrsаni ko‘rib 
insоn o‘zigа dеydi: «Bu yangi nаrsа nimаgа o‘хshaydih»- vа ungа o‘хshash nаrsаni o‘zidаn vа аjdоdlаri tаjribаsidаn izlаydi. Хususаn, «аsl nаmunа» 
tаmоyili kеng tаrqаlgаn bo‘lib, ungа ko‘rа hаyotdаgi bаrchа muhim nаrsаlаr (ehrоm, pоdshо hоkimiyati, insоn) ilоhiy qudrаtning «аsl nаmunаsigа» 
muvоfiq yarаtilgаn. 
Оlаmni mifоlоgik tаsаvvur qilish uning nihоyatdа tаrtibli, qаt’iy iеrаrхik qurilishidа ifоdаlаnib, uning аsоsi turli хil оppоzitsiyalаr tizimi 
hisоblаnаdi. Аynаn shulаr mifоlоgik rаmziy tаsniflаshdаgi dаstlаbki «pоydеvоr» hisоblаnаdi (qаrаmа-qаrshi tiplаr: yuqоri-qo‘yi, o‘ng-so‘l, оsmоn-еr, 
mаg‘rib-mаshriq, kun-tun, biz-ulаr, kаttа-kichik, er-хоtin, hаyot-o‘lim vа bоshqаlаr). Shuningdеk, o‘ng, yuqоri, kаttа, yaqin, o‘z, yorug‘ tаоmilgа ko‘rа 
qаrаmа-qаrshilikning musbаt-ijоbiy tоmоnini, sul, quyi, kichik, uzоq, bеgоnа, qоrоng‘i esа sаlbiy jihаtini tаshkil qilаdi. 
38.
Qadimgi misrliklar tuzilishi bo`yicha murakkab, mazmunan boy madaniyat yaratdilar. Bu madaniyat ko`pgina yaqin sharq xalqlarining 
madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta'sir ko`rsatdi. 
Misr madaniyati to`rt ming yil davomida shakllandi. Qadimgi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi navbatda, Qadimgi Misr 
ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari, Nil vodiysining o’zlashtirilishi, dehqonchilikning oqilona tashkil qilinishi, umummisr 


17 
iqtisodining yuksak taraqqiyoti madaniy o’sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bilan birga madaniyat sohasidagi yutuqlar, ta'lim, fan qadimgi 
misrliklarning umumiy ma'naviy taraqqiyoti yuksalishi bu ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyotni va davlatni takomillashtirishning asosiy sabablaridan biri bo’ldi. 
Qadimgi Misr madaniyatida qator o’ziga xos xususiyatlar borki, bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil qiladi. Uning o’ziga xosligi va 
betakrorlanmasligi sinfiy jamiyat va davlatni kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy 
yutuqlarini o’zlashtirishning q iyinligi bo’ldi. Nil vodiysining tabiiy sharoiti butun Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. Xo’jalik hayotida Nil daryosining 
yetakchi o’rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o’rab turgan jonsiz sahro, o’zining qumli bo’ronlari, jazirama issig`i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo 
qarashini va diniy e'tiqodini, qadriyatlarining butun tizimining xususiyatini belgiladi. 
Fir'avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umum jamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sharoit yaratdilar. Shu bois 
tabiatning dahshatli kuchlari oldidagi qo’rqinch, fir'avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar, ularning ulug`vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning 
dunyo-qarashiga singib ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va yanada qudratli fir'avnlar,ularni amaldorlari oldida o’zini juda zaifligi va 
kuchsizligini his qilgan. 
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an'anaviylik xos. Misrliklar o’zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror bir yangilik kiritishdan 
qochdilar. Aksincha ularda o’zlariga ma'lum g`oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va taqlid qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil bo’lib qoldi. Albatta bu hol 
yangi unsur, g`oya va uslublarni inkor qilmadi, ammo ular asta-sekin paydo bo’ldi. Shu sababli Misr ustalari doimo rioya qilgan an'anaviylik va 
konservatizm Misr san'ati uchun xos bo’lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg`unlikni o’zida aks ettirib nihoyasiga yetkazib ishlangan. 
Bu sof Misr qonun va obrazlarini yaratilishiga olib keldi. 
Misrda din ilk urug`chilik jamoalarida vujudga kelib, juda uzoq taraqqiyot yo`lini bosib o’tgan. Diniy an'analar mustahkam va turg`un bo’lgan 
fetishizm, totemizm, ayniqsa hayvonlarga topinish Misrda uzoq davom etgan. 
Misr xudolarining panteoni juda katta bo’lib, u ilk davrda vujudga kelgan madaniyatga borib taqaladi. Unga odamlar totem-xayvonga, qabila 
boshlig`iga sig`inishgan. Misrliklarning xudolari xayvon qiyofasida: Anubis-o’liklar saltanatining podshosi, bo’ri boshli qilib tasvirlangan. Tot aql va 
yozuv xudosi. Soxmet-sher boshli urush iloxasi va boshqalar 
39.
MESOPOTAMIYA madaniyati o`ziga xos xusiyatga ega bo`lib, u yerda yaratilgan uyg`un madaniyat, jahon svilizatsiyasining ajralmas 
qismini tashkil etdi. Mesopotamiya madaniyatining yutuq va kashfiyotlari qadimda va o`rta asrlarda boshqa madaniyatlar va xalqlar 
tomonidano`zlashtirilib,dunyo madaniyatining keyingi taraqqiyotiga poydevor bo`lib xizmat qildi.Hech qaysi madaniyat birnecha yilda shakllanmaganidek 
Mesopotamiya madaniyati ham ikkimingyillik rivojlanish tarixiga ega. Mesopotamiyaning yuqori rivojlangan madaniyat tizimini biz ilk Shumer 
maktablaridan ham bilib olishimiz mumkin. Aynan Shumerliklar dunyo tarixida maktablarni ya`ni ilk ta`lim tizimini yaratgan xalq bo`lib 
xisoblanadilar.Buni biz o`zining 30000 taxtachadan iborat uchmingyillik tarixga ega bo`lgan Ashshurbanipal kutubxonasida ham ko`rishimiz mumkin. 
Shumerliklar birinchi yozuvni ishlab chiqqan xalq ham hisoblanadilar.Mixxat yozuvi Mesopotamiya svilizatsiyasining asosiy ildizi bo`lib, uning barcha 
jihatlarini birlashtirgan an`analarini saqlab qolish imkonoyatini berdi. Miloddan avvalgi I ming yillikdan bobilliklar va ossuriyaliklar yozuv uchun teri va 
chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar.Shu vaqtning o`zida Mesopotamiyada yog`ochdan qilingan uzun taxtachagamum surtib, mixxat belgilarni 
tushurganlar. XULOSA Yuqorida biz ko`rib o`tgan Shumer Bobil nafaqat Mesopotamiya madaniyati o`zining buyuk tarixi,qadimiyligi, sermazmun 
hayotiyligi bilan o`tmishdan nafaqat hozirdaham dunyo e`tiborida turibdi. O`zining qadimgi ta`lim tizimiga ega bo`lgan,huquqiy boshqaruvi ishlab 
chiqilgan,falsafa qurilish sohasi rivojlangan,qadimiy davlatchilik tizimiga ega bo`lgan qadimiy Mesopotamiya svilizatsiyasi bugundaham dunyo 
mamlakatlarining qiziqishiga sabab bo`lmoqda va o`rganilmoqda.Mesopotamiyaning eng katta hunarmandchilik va savdo markazi Bobil shahri edi.Bobil 
o`zinig ko`plab minoralari bilan Gerododni lol qoldirgan. Mesopotamiya svilizatsiyasining siyosiy nazariya va amaliyoti, huquq, falsafa, tarixshunoslik 
sohalarida erishgan yutuqlari boshqa mamlakatlar tomonidan o`zlashtirib olindi. Ahamoniylar, keyin esa, ellin davri hukmdorlari Mesopotamiya 
podsholarining saroy rasm rusumlarini o`zlashtirib oldilar. 
40.
Hind madaniyati butun dunyoda eng jo'shqin va sirli madaniyatlardan biri sifatida tanilgan bugungi kunda mavjud bo'lgan bu ajoyib Osiyo 
ifodasi turli xil elementlarning birlashishi va assimilyatsiyasi natijasidir. Bu qo'shni mamlakatlar tendentsiyalarini o'ziga singdirgan, ulkan heterojen 
madaniy dinamikani yaratgan ajoyib madaniy aralash, bu dindan me'morchilik, san'at, gastronomiya yoki urf-odatlargacha bo'lgan jihatlarda aks etadi. 
Uning ko'pligi uni sayyoradagi eng qiziqarli mamlakatlardan biriga aylantirdi va butun dunyo bo'ylab sayohatchilar uchun ajoyib sayyohlik markaziga 
aylandi.Ushbu hind madaniyati ming yillar davomida o'z an'analarini taklif qilib kelmoqda Hindistondagi eng qadimgi matn Rig-Veda-ga, miloddan 
avvalgi XV asrdan boshlab islomiy bosqinlar va G'arb mamlakatlari Hindiston ustidan hukmronlik qilgandan so'ng, unga turli madaniyatlar ta'sir ko'rsatdi, 
ammo mohiyati va an'analarini saqlab qoldi. Ming yillik an'ana va madaniyatni bitta post orqali aytib berishning iloji yo'q, lekin biz hind madaniyati va 
bizni o'ziga jalb qiladigan narsalar to'g'risida keng tasavvur yaratishga harakat qilamiz. Hind madaniyatining kasta tizimi.Ushbu ijtimoiy tabaqalanish 
tizimi to'g'ridan-to'g'ri hinduizmdan kelib chiqadi, Hindistonning asosiy dini. Bu bizga odamlarni Brahma xudosining tanasining turli qismlaridan 
yaratilganligi va shu bilan ular asrlar davomida hukmronlik qilgan to'rtta kastani yaratganligini o'rgatadi. 
Brahma xudosining og'zidan ruhoniylarning eng qudratli guruhi bo'lgan Brahmanlar paydo bo'ldi. Chatriya - bu xudo quchog'idan chiqqan olijanob 
jangchilar. Vaisiya - bu xudo sonlaridan chiqqan savdogar va dehqonlar, xudolar oyoqlaridan chiqqan sudralar yoki xizmatchilar esa eng quyi kastalardir. 
Bunga qo'shimcha ravishda, begona odamlar deb hisoblanadigan va kastlar yoki jamiyatning bir qismi bo'lmagan daxlsizlar ham bor, chunki ular faqat eng 
past ishlarni qilishlari mumkin edi, masalan, odamlarning axlatini yig'ish. Hozirgi vaqtda kastalar qonuniy ravishda bostirilgan, ammo ulardan foydalanish 
va urf-odatlar va ularning jamiyatda qanchalik chuqur ildiz otganligi sababli saqlanib qolmoqda.Hindistondagi din 
Din hind madaniyatining juda muhim qismidir va bugungi kunda kelib chiqishi hind yoki darmik bo'lgan to'rtta din mavjud. Hinduizm eng mashhur 
din va dunyoda uchinchi o'rinda turadi. Uning ichida turli xil maktablar va urf-odatlar mavjud va bu kastlarning an'analariga ergashadigan din. Uning 
asosiy xudolari - Rama, Shiva, Visnu, Krisna va Kali. 
Boshqa tomondan, dunyodagi eng muhim beshinchi o'rinni egallagan, Sakias podshohligining Rajasi o'g'li Sidarta Gautama tomonidan asos solingan 
buddizm mavjud bo'lib, u hamma narsadan voz kechib, tilanchi bo'lib o'zini ma'rifatli degan ma'noni anglatuvchi Budda deb atagan. Bu ezgulik, xayriya, 
sevgi va boshqa fazilatlar amaliyotiga asoslangan va g'ayritabiiydir. Shuningdek, buddizmga o'xshash yainizm va islomizm va hinduizm o'rtasida yarim 


18 
yo'lda monoteistik din bo'lgan sihizm ham mavjud.Hind madaniyati musiqasi va raqslari.Musiqiy ifoda shuningdek, xalq va klassik tovushlarning boy 
aralashmasidir, bu mamlakatning ekzotik va odatiy raqslarini yaratishga olib keldi. Biroq, 8 ta hind raqsi mavjud klassik sifatida tasniflangan va an'anaviy 
hind klassik ifodasi maqomi tufayli an'anaviy o'qitish tizimiga kiritilgan. U nufuzli Milliy musiqa, raqs va dramaturgiya akademiyasida o'qitiladi va 
quyidagilarni o'z ichiga oladi: bharatanatyam, kathak, katakali, mohiyattam, kuchipudi, manipuri, odissi y satriya. Bu ajoyib mifologik elementlarni ham 
o'z ichiga olgan g'ayrioddiy rivoyat shakllarining raqslari, siz ushbu ajoyib shoulardan biriga guvoh bo'lmasdan Hindistonga borolmaysiz. 
Hali ham mamlakatning ayrim hududlarida yangrayotgan xalq musiqasi mavjud. Bengalda Baullar, shimolda Bhangra musiqasi yoki Pujabda 
Kavvalilar bor. 
41.
Xitoy Markaziy va Sharqiy Osiyodagi eng qadimgi davlat. Tabiati keskin o‘rgatuvchan va mo‘tadil. Markaziy Xitoy tog‘laridan boshlanib 
Tinch okeani havzalariga quyadigan Xuanxe (Sariq daryo) va Yanszi daryolari Sharqiy Xitoy pasttekisligi orqali oqib o‘tadi. Yog‘ingarchilik vaqtlarida 
Xuanxe daryosi toshib, ko‘plab tashvishlar keltirganligi uchun unga xitoyliklar «Tentak daryo», «Xitoyning sho‘ri», «Ming xil kulfat keltiruvchi daryo» 
deb nom berishgan. Shu daryolarning bo‘ylaridagi yerlar unumdor bo‘lib, ilk dehqochilik vujudga kelgan. Bu o‘lka qadimdan o‘simliklar va hayvonot 
olamiga boy, yer osti qazilma boyliklari ham mashhur bo‘lgan. 
Xitoy sivilizatsiyasi mil.avv. 3 ming yillik oxirida shakllandi. Xitoy tarixini tarixchi Sima Syan o‘z «Tarixiy xotiralar» asarida sulolaviy davrlarga 
bo‘lgan. qadimgi Xitoyda o‘o‘hna Mesopatamiya va Misr singari qadimiy o‘ziga xos madaniyat yaratilgan. 
Хitоy mаdаniyatining o‘zigа хоs fаrqli jihаti shundаki, qаdimdаn dinlаrdаgi mistik ibtidоgа ахlоqqа nisbаtаn ikkinchi dаrаjаdа qаrаlgаn, 
mаdаniyatdаgi bеlgilоvchi g‘оya Оsmоn tаsdiqlаgаn buyuk «ахlоqiy-ijtimоiy-siyosiy tаrtib» bo‘lgаn. 
Хitоy mаdаniyati vа tsivilizаtsiyasining ming yillаr dаvоmidа аsоsiy ruhiy, ахlоqiy vа g‘оyaviy mаnbаi mil. аvv. 551-479 y. yashagаn buyuk 
mutаfаkkir Kоnfutsiy tа’limоti hisоblаnаdi. Bаrchа eng muhim nаrsаlаr hаr qаndаy tsivilizаtsiyaning «qiyofаsini» bеlgilаydi- hаyot tаmоyillаrini, dаvlаt vа 
ijtimоiy tаshkilоt shakllаrini, umum qаbul qilgаn ахlоqiy mе’yorlаr vа qаdriyatlаrning bаrchаsi Хitоydа Kоnfutsiylik tа’siridа shakllаngаn. Bеjizgа 
L.S.Vаsil’еv Kоnfutsiylikni «хitоy tsivilizаtsiyasining kvint essеntsiyasi (mоhiyati)» dеb аtаmаydi.Xitoy yozuvida ierogliflarning umumiy soni 60 
mingdan ko‘proq bo‘lib, shulardan taxminan 96 foizi murakkab, ikki va undan ortiq qism-chiziqdan tuzilgan va 4 foizi sodda, faqat bir qismdan iborat 
ierogliflar hisoblanadi. Hozir Xitoy tilida taxminan 8-10 ming iegroglif qo‘llaniladi. 
Chjou davrida Xitoyda metall tangalar (dunyoda birinchi) muomalaga chiqarildi. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan (uning strelkasi 
Shimolni emas, Janubni ko‘rsatgan). Dunyoda birinchi bo‘lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo‘lib, undan bayramlarda mushakbozliklarda foydalanilgan. 
Artilleriya, miltiq, arbalet-o‘q-yoy ham dastlab Xitoyda yaratilgan va dunyo bo‘ylab choy, chinni, gugurt, ipak, beton qo‘yish texnologiyasini ishlab 
chiqqanlar. Gan’su viloyatidagi arxitektura kompleksi shundan dalolat beradi. 
Mil. av. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘sloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va 
shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisoblangan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat 
ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.Mil. av. I asr oxiri va yangi asr arafasida xitoyliklar latta, po‘sloq va bambuk aralashmasidan qog‘oz 
tayyorlaganlar. Qog‘oz yog‘och, bambuk va shoyiga qaraganda arzon bo‘lib, u yozish va saqlash uchun qulay hisoblangan. Qog‘ozning ixtiro qilinishi 
maorif, fan, madaniyatning rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Imperator Sin Shixuandi maqbarasi va terrakota armiyasi (qo‘shin xaykallari)Sian’ shahri yaqinda bo‘lib, mazkur obida YuNESKOning 
"Butunjahon merosi" ro‘yxatiga kiritilgan. Maqbarani 700 ming asir-qul barpo etgan. Sin’ Shixuandi o‘limidan so‘ng ham harbiy kuchga tayanish uchun 
jangchi va otlarini bo‘y baravar kattalikdagi haykallarini yasatishni buyurgan. Hozir bu yer muzey bo‘lib, uning asosiy eksponati - terrakota, ya’ni 
kuydirilgan qizg‘ish-jigarrang sopoldan yasalgan 7400 ta askar, ot va 90 ta harbiy aravalarni tashkil etuvchi haykallardan iborat. Shunisi qiziqki, imperator 
Sin Shinxuanning terrakota lashkaridagi barcha haykallar (askar, ot va aravalar) asl o‘lchamga ega. Askar haykallarining bo‘yi 1.8 metr bo‘lib, ular orasida 
yuz tuzilishi bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikkita bir xilini uchratish qiyin. 
42.
Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o'zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. 
qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko'tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to'g'ri keladi. qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati 
tarixida favqulodda hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o'limga ham tik 
borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'nalish bo'yicha ta'lim tizimi vujudga keltirilgan: 
a) «gimnastika»; va b) aqliy yo'nalishdagi barcha madaniyat turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o'rganish. Ozod yunonlarning bolalari 7 
yoshdan boshlab boshlang'ich maktabga borganlar . Badavlat xalq kishilarning bolalari esa 18 yoshgacha bolalar gimnaziyalarda o'qishni davom 
ettirganlar. Bolalar maktablarda chiroyli yozishga, aniq va ravon so'zlashga o'rgatilgan. Ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she'rlarini va 
dostonlarini yod olganlar. Yunonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o'qimishli deb hisoblamaganlar.Bolalar ulg'aya 
borgan sari yugurish, kurashga tushish, sakrash, disk, nayza otish va qilich chopish bilan shug'ullanganlar. Shu tariqa,ularni vatan himoyachilari sifatida 
tayyorlangan. 
Qadimgi Yunon madaniyati beshta davrga bo'linadi: 
1)Egey madaniyati ( er.avv. 2800-1100 yillar). 
2)Gomer davri (er.avv. XI-IX asrlar); 
3)Arxaik madaniyat davri (er.avv. VIII-VI asrlar); 
4)Klassik (yuqori darajadagi)davri (er.avv. V-IV asrlar); 
5)Ellinizm davri (er.avv. 323-146 yillar). 
Egey madaniyatini ko'pincha Krit-Miken madaniyati deb ham atashadi. Bu3ning sababi Krit oroli va Miken Yunon madaniyatining asosiy 
markazlari sanalgan. Shuningdek bu davrni afsonaviy podsho Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi.Eramizdan avvalgi uch minginchi 
yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning boshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari vujudga keldi. Shaharlarning tutgan 
o'rnini hisobga olinib, ba'zida ularni «Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg'ulot qishloq xo'jaligi bo'lib, bunda don, uzum, zaytun 
yetishtirilgan. Xo'jalikda chorvachilik, xunarmandchilik va savdo ham muhim o'rin tutgan. 
XI-IX asrlarning Gomer asri deb atalishi sababi shuki, bu davrni yoritib beruvchi asosiy manba Gomerning «Odisseya», «Illiada» dostonlari bo'lgan. 
Bu davrda davlatchilik, shahar – saroy turmush madaniyati va yozuv yo'q bo'lib boradi, mehnat qurollarini temirdan yasashga o'tilishi natijasida mehnat 
unumdorligi ancha o'sadi, dehqonchilik va chorvachilik rivoj topadi.Savdo-sotiqda esa ayirboshlash vositasi qoramollar hisoblangan. Arxaik davrga xos 
xususiyatlari shundani boratki ki, Yunonistonda uch asr davomida qishloqdanshaharga,urug'-qabilachilik, urug’chilik patriarxatning munosabatlaridan 
klassik qulchilik bosqichiga o'tish uchun zamin yaratildi. 
«Gretsiya mo''jizasi» nomi bilan tarixga kirgan klassik davrda (er.avv. V-IV asrlar) qadimgi yunon sivilizatsiyasi va madaniyati yashnab eng yuqori 
cho'qqiga chiqdi. Bu davrda yunonlar eronliklar ustidan g'alabaga erishgach, iqtisodiyot, savdo keng rivojlanadi. Afina O'rta Yer dengizida eng katta savdo 


19 
markaziga aylanadi. Afina, Misr, Karfagen, Krit, Suriya, Finikiyaliklar bilan savdo aloqalarini olib boradi.Xuddi shu davrlarda «Tarix fanining otasi» 
Gerodot (er.avv. 490-430 yy), atom nazariyasining asoschisi Demokrit (er.avv. 460- 370 yy), mashhur tabib, 72 ta kitob muallifi Gippokrat (er.avv. 460-
375 yy) kabi mashhur olimlar yashab ijod qilganlar.Taniqli arxitektura inshootlari ichida dunyoning yetti mo''jizasidan biri Efesdagi Artemida ibodatxonasi 
bo'lib, unga yovuzlik timsoli bo'lmish Gerostrat tomonidan o't qo'yilgan edi. qayta tiklangan ibodatxona qurilishida haykaltaroshlar Praksitel va Skopaslar 
tomonidan ishlangan 127 ta ustun ajoyib haykallar va rasmlar aks ettirilgan edi. 
Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr1 sohasida tragediya, komediya janrlarining paydo bo'lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon teatri 
qishloq xo'jaligi xomiysi bo'lgan Dionis sharafiga o'tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo'shiqlari va o'yinlari asosida vujudga kelgan. 
Dionis bayramlari toklar, daraxtlar barg chiqargan bahorda va kuzda o'tkazilgan. «Tragediyalar otasi» Esxil (525- 458 yy) 90 dan ortiq tragediya yozgan. 
Esxil o'z tragediyalarida afsonaviy voqealardan foydalangan bo'lsada, ularda o'z davrining muhim masalalari keng o'rin tutgan.Yana bir buyuk tragediya 
shoirlaridan biri Sofokl (496-406yy) bo'lib, u 120 dan ortiq tragediyalar yozgan. Ulardan bizgacha yettitasi yetib kelgan, xolos. Afina teatrida dastlab 
qo'yilgan «Antigona», «Shoh Edip» asarlari unga shon-shuhrat keltirgan.Tragediya janri bilan birgalikda komediya1 janri ham vujudga kelib, rivojlanadi. 
Komediya janrining otasi Aristofan (450-388 yy) bo'lib, uning asarlari sodda, tushunarli, xalq tilida yozilgan va hayotning muhim masalalari, jumladan, 
tinchlik muammosi aks ettirilgan. Jumladan, uning «Tinchlik», «Ayollar xalq yig'inida», «Suvoriylar» asarlari o'z davrida mashhur bo'lgan. 
Qadimgi Yunon madaniyatining sunggi davri-bu Ellinizm (323-146yy.) dir. Bu davrda madaniyatning ba'zi sohalarida, jumladan, filsafada 
erishilgan yutuqlar darajasidan pasayish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining boshqa mamlakatlarga, jumladan, O'rta Osiyoga ta'siri 
kuchayadi. hatto bu jarayon Yunonistonning Rimga qaram bo'lganidan keyin ham davom etadi. Rim Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi.Bu davrda 
arxitektura sohasida ko'plab hashamatli saroylar, kutubxonalar, gimnaziyalar, uy-joylar qurildi. Jumladan, Aleksandriyada 799 ming o'ramli kitoblar 
turadigan kutubxona qurilgan. Arxitektor Sostratning loyihasi asosida dunyoning yetti mo''jizasidan biri, 120 metr balandlikdagi Aleksandr mayog'i barpo 
etilgan.Haykaltaroshlik sohasida ellinizm davrida ba'zida yirik shakllardagi haykallar ham yaratilgan. Xususan, Xeros tomonidan yaratilgan quyosh xudosi 
Gelios haykali, yoxud dunyoning yetti mo''jizasidan biri 36 metr balandlikda bo'lgan Rodos orolidagi Koloss Rodosskiy haykali bunga misoldir (mazkur 
haykal yer silkinishlari natijasida qulab tushgan). O'sha davrda yaratilgan Afrodita (Venera), Milosskaya va Nika Samosskaya haykallari hozirgacha dunyo 
madaniyatining noyob durdonalari hisoblanadi. 
1.Sodiqlik er.avv. V asrda ibodatxona qurilgan bulib, unda (fuqarolar o'rtasidagi munosabat, askarlarning o'z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks 
ettirilgandi); 
2.Jasorat – o'z ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va'dalarga berilmaslik, sotilmaslik; 
3.Shon-shavkat – jasorat uchun taqdirlanish va ulug'lanish; 
4. Erkinlik – 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan. 
Bularga misollar: 
1.Yuniy Brut haydab yuborilgan podsho Tarkviniya tomonidan uyushtirilgan suiqasdda qatnashgani uchun o'z o'g'illarini o'limga hukm qilib 
o'ldirtirgan. 
2. Mutsiy Ssevola – Etrussk podshosi Parsenaning harbiy lageriga josuslik maqsadida borganida qo'lga tushib, o'z irodasining qat'iyligini ko'rsatish 
uchun o'z qo'lini olovda kuydirgan edi.Rimliklar nisbatan jangovor bo'lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning 
bosqinchilik yurishlari tufayli Rim imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo'llar, turar joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari 
hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida respublika va imperiya boshqaruvi shakllari yaratilib, bular takomillashtirib borilgan.Rimliklarning dam olishi ham 
asosan bir xil bo'lgan: hammomlarga borish va u yerdagi mashqlar maydonchalarida bo'lish, falsafiy sohada suhbatlar o'tkazish, kutubxonalarda 
shug'ulanish yoki basseynlarda hordiq chiqarish ular uchun odatiy hol bo'lgan. 
Milodning I asrida gladiatorlik janglari uchun qurilgan Kolizey amfiteatri o'zining ulkanligi bilan ajralib turgan. Amfiteatrga bir vaqtning o'zida 50 
ming tomoshabin joylasha olgan. Amfiteatr arenalariga 11 ming yirtqich chiqarilgan, 10 ming gladiator bir- biri bilan jang qilgan va yirtqich hayvonlar 
bilan olishgan. Omma yaralangan gladiatorning tirik qolishi yoki o'ldirilishi manzarasini tomosha qilgan.Rimliklar orasida sirk o'yinlari, ayniqsa 4 ta yoki 6 
ta ot qo'shilgan ikki g'ildirakli aravalar poygasi mashhur bo'lgan. Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo'lgan: 
Saturnaliya – har yili dekabr oyida Saturn xudosiga atalib o'tkaziladigan bayram bo'lib, u karnaval bilan boshlangan, bayram vaqtida tabaqaviy 
farqlarga rioya qilingan. Kambag'allarga sadaqalar berilgan, bir- birlariga o'zaro tuhfalar ulashganlar. Luperkaliya - xudo Favkaga atalib (chorva homiysi), 
qadimgi hosildorlik sehrgarligi bilan bog'liq bayram bo'lgan 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish