43.
Yunon falsafasining eng yuksak namoyandalari Suqrot, Platon va Aristotel merosi umuminsoniy madaniyat xazinalaridir. Yunonistonda
olamni falsafiy mushohada qilish -mantiq va tasdiqlashga tayangan ilmiy va ratsional fikrlash metodi orqali bilish mumkinligiga asos solindi. Deyarli
hozirgi zamon madaniyatining dastlabki janrlari qadimgi Yunonistonda paydo bo‘ldi. Ba’zilari o‘sha davrning o‘zida juda yuqori darajaga ko‘tarildi. Fidiy
boshchiligidagi badiiy tasviriy san’at asarlari, Zevsning katta haykali bunga misol bo‘la oladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga o‘tish davomida yunonlarning diniy tasavvurlari ham o‘zgarib borgan. Buning natijasida har bir yirik
hodisa, kasbi-korning o‘z xudolari -homiylari paydo bo‘lgan. Masalan, Geya -Yer xudosi. Olimp xudolaridan ilgarigi eng qadimgi ma’buda. O‘z-o‘zidan
osmon (Uran), dengiz (Poton) va tog‘larni yaratgan. Uranni er qilib olgan. Ulardan xudolarning birinchi avlodi -6 erkak titan va 6 ayol titan tug‘ilgan,
ularning orasida Zevsning ota-onasi -Kronos va Reya ham bo‘lgan. Geya Olimp xudolarining hayotida faol ishtirok etmasa ham, ularga dono maslahatlar
berib turgan. Vaqt o‘tishi bilan Geya taqdir hukmini biladigan qadimgi donishmandlik homiysi sifatida e’zozlagan.
Yunon afsonalaridagi oliy ma’bud, butun olam hukmdori Zevsdir. U Kronos va Reyaning o‘g‘li. Ma’budlarning uchinchi avlodiga mansub bo‘lib,
Tartarda o‘z otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog‘ida hukmron bo‘lgandan keyin asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, qonunlar chiqaradi, tartib
o‘rnatadi, fan, san’at, axloq me’yorlarini joriy etadi. Zevs taqdir irodasini va yaxshi niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi ko‘plab qahramonlar (Gerakl, Persey)
ning otasi. Ayni vaqtda Zevs - dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yo‘q qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs
to‘g‘risidagi afsonalarning ayrim qismlari «Iliada», «Odisseya» va boshqa antik davr asarlarida bor.
Olimp ma’budlaridan biri, Kronos va Reyaning o‘g‘li Poseydondir. U dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan bo‘lishib olgan. Unga
dengiz hukmronligi nasib qilgan. Qo‘lida uch tishli ayri bilan tasvirlangan, u ana shu ayri yordamida dengiz dovullarini hosil qilgan. Yana bir ma’buda -
Artemida bo‘lib, ovchilar, ayollar homiysi. Yelkasida o‘q-yoy, ba’zan yarim oy holatida tasvirlangan.
Yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go‘zallik ma’budasi Afroditadir. Afrodita dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi.
Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko‘pigida tug‘ilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining Pafos shahrida bo‘lgan. Afroditaga sig‘inish
oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo‘lsa, keyinroq Bolqon yarim oroli va Yunonistonga tarqalgan.
Germes dastlab chorvador va cho‘ponlar xudosi, poda va yaylovlar, keyinchalik yo‘l, yo‘lovchilar homiysi bo‘lgan. Shuningdek, Germesga
savdogarlar va savdo homiysi, o‘lchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig‘inilgan. Germes Olimp ma’budlarining xabarchisi,
marhumlarning jonini aid (er osti saltanati, do‘zax)ga o‘tkazuvchi hisoblangan.
Yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik piri Gefestdir. U kasb-hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Ikkala oyog‘i cho‘loq, badbashara bo‘lgan
holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest - qo‘li gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar
tayyorlab beradi, deb tasavvur qilingan. Gefest to‘g‘risidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak darajada rivojlanganligini ifoda etar edi.
20
Urush va g‘alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi, Zevsning qizi Afina to‘la qurollangan holatda (dubulga va sovut bilan)
tug‘ilgan. Afina shahrining homiysi. Yunon san’atining nodir yodgorligi bo‘lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning arxitektor Fidiy
tomonidan bajarilgan, balandligi 12 metrlik katta haykali o‘rnatilgan. Ma’budaning nomi Gresiyadagi markaziy shaharlardan biriga qo‘yilgan.
Yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik piri Dionis bo‘lib, u Zevs bilan fivalik malika Semelaning o‘g‘li. Dionis sharafiga
bag‘ishlangan bayramlar o‘ta xushchaqchaqlik, kayf-safo bilan o‘tgan.
Afsonalarga ko‘ra, ma’budlar malikasi Geradir. U Zevsning xotini, nikoh homiysi bo‘lib, shafqatsizlik, qaxr-g‘azabi va rashki bilan ajralib turgan.
Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, Zevs boshliq ma’budlar baland Olimp tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular
ham odamlar kabi shuhratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. Yunon ma’budlarining odamlardan farqi shundaki, birinchidan ular
umrboqiy, ikkinchidan, ular go‘zal va qaddi-qomati kelishgan (Gefestdan tashqari)bo‘lishgan. Yunon ma’budlari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin,
g‘azabli holatlarda namoyon bo‘lganlar. Yerdagi ayollar bilan ma’budlar qovushganda qahramonlar dunyoga kelgan.
Yunon afsonalari qahramoni, Zevs bilan oddiy ayol Alkmenaning o‘g‘li Gerakl afsonalarga ko‘ra, beqiyos kuchga ega bo‘lgan. U mislsiz 12 ta
jasorat ko‘rsatgan. Gerakl Nemey sherini va ko‘p boshli Lerney ajdahosini o‘ldirgan, Erimanf to‘ng‘izini tirik tutgan, Stimfol temir qushlarini qirib
tashlagan, amazonkalar malikasi Ippolitaning kamarini olgan, podshoh Diomedni yengib, yiqitgan va boshqa mardliklar ko‘rsatgan. Shuningdek, Anteyni
yenggan, Prometeyni ozod qilgan. Xotini Deyanira rashk sababli uni zaharlagan. Zevs uni o‘lmaydigan qilgan. Yunonistonning ko‘pgina joylarida,
keyinchalik Italiyada Geraklga e’tiqod qilingan. Gerakl haqidagi afsonalarda insonning tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi kurashi aks etgan. Gerakl
Gerkules nomi bilan ham mashhur.
44.
Antik Rim madaniyati mil. av. VIII asrdan mil. 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida
madaniyatshunos olimlar ichida ikki hil qarash mavjud: Taniqli madaniyatshunoslar O.Shpengler va A.Toynbilarning fikricha, qadimgi rimliklar mustaqil
madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va texnika sohalarida greklar va misrliklarning yutuqlarni qo‘lga kiritganlar xolos,
boshqa sohalarda rimliklar ellinizm darajasiga yeta olmaganlar. Boshqa olimlar, jumladan D.A.Silichev, boshqacha fikrni ilgari surib, Rim madaniyati va
sivilizatsiyasi ham o‘ziga xosligi, betakrorligi bilan ajralib turishini va jahon madaniyatida o‘z o‘rni borligini qayd qiladi.
Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat -etrusklar va yunonlar madaniyati an’analari ta’sir ko‘rsatgan
Rim ibodatxonalari etrusk ibodatxonalari namunasi bo‘yicha qurildi, lotin alifbosi ham etrusklarning alifbosi asosida yaratildi. Rimga Yunonlarning ta’siri
mil. av. III asrdan, "Iliada" va "Odisseya"ning Rim she’riyatiga ta’siri bilan boshlangan.
Rimliklar ko‘p sohalarda ellinlarga o‘xshar edi. Shu bilan birga ular o‘zlarining qadriyatlari va ideal tizimini yaratganlar. Bular sirasiga ayniqsa
vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sodiqlik, ma’budlariga e’tiqod Rimda oliy qadriyat sifatiga ko‘tarilgan edi. Rimliklar qonunni alohida qadrlar, unga
bo‘ysunishni sharaf deb bilar edilar. Ular uchun ijtimoiy manfaat shaxsiy manfaatdan ustun turardi.
Kishilarda quyidagi muruvvatlilik sifatlari ulug‘langan:
Sodiqlik - mil. av^ asrda ibodatxona qurilgan bo‘lib, unda fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, askarlarning o‘z boshliqlariga sodiqligi-yorqin aks
ettirilgandi;
Jasorat - o‘z ishini bajarishda botirlik, har xil aldov va va’dalarga berilmaslik, sotilmaslik;
3. Shon-shavkat-jasorat uchun taqdirlanish va ulug‘lanish;
4. Erkinlik - mil. av. 238 yili unga atab ibodatxona qurilgan.
Rimlikla erkin fuqaro bilan qul o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirganlar. Erkin kishi uchun siyosat, urush, huquq qonunlarini ishlab chiqish,
tarixshunoslik va falsafa, davlatni boshqarish bilan shug‘ullanish faxrli hisoblangan. Hunarmandchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, aktyorlik va
dramaturglik faxrli kasb sanalgan.
Barcha qo‘l mehnati qullarga tegishli bo‘lgan. Jumladan, yolg‘onchilik, laganbardorlik kabi illatlar ham qullarga taalluqli deb hisoblashgan. Rim
klassik qulchilik tuzumining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.
Qadimgi Rimda birinchi bo‘lib Nibur tomonidan qayd qilingan urug‘doshlik asosidagi aholining tarkibiy tuzilishi muhim rol o‘ynagan. Rimning
aholisi 300 ta urug‘dan iborat bo‘lib, ularning har o‘ntasi kuriyaga birlashar, 10 ta kuriya-tribuni tashkil qilardi. 3 ta tribun-bu 3 ta qabila lotin, sabin,
etrusklardan iborat edilar. Shu tribularning a’zolari teng huquqli fuqarolar-patritsiylar edi. Italiyaning boshqa joylaridan Rimga ko‘chib kelgan odamlar va
ularning ajdodlarini plebeylar deb atashgan. Plebeylar orasida ham boy-badavlat kishilar bo‘lgan, lekin ularning orasida kambag‘allar ko‘pchilikni tashkil
qilgan. Rim aholisi ichida qullar huquqsiz,"gapiruvchi hayvon" sanalardilar.
Rimliklar nisbatan jangovor bo‘lganlar va harbiy jasorat ular uchun oliy qadriyat hisoblangan. Jangchilarning bosqinchilik yurishlari tufayli Rim
imperiyaning poytaxtiga aylandi. Rim huquqi, ajoyib yo‘llar, turar -joylar, jamoat uylari Rimning ulkan yutuqlari hisoblangan. Davlat qurilishi sohasida
respublika va imperiya boshqaruvi shakllarini yaratib, o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Mil. av. 27 yili Rim respublika nomi bilan atalsa-da, amalda avtoritar boshqaruvidagi imperiyaga aylanadi. Birinchi imperator, prinsipiat (shu
sababli imperiyani prinsipiat deb atalgan) bo‘lgan Oktavianga Senat Avgust unvonini — "Muqaddas kishi" faxriy nomini bergan. Oktavian davridan
boshlab butun Apenin yarim oroli Italiya1 deb atala boshlangan. Besh asr davom etgan Rim imperiyasida Avgust davri (mil. av. 20-14) Rim
madaniyatining oltin davri hisoblanadi.
45.
46.
Esxil (mil. av. 525-456) — dramaturg, "tragediyaning otasi". Uning 80 dan ortiq dramasidan «Eroniylar» (472), «Fivaga qarshi yettovlon»
(467), «Oresteya» (458), «Iltijogo‘ylar» hamda «Zanjirband Prometey» tragediyalari bizgacha yetib kelgan.
Esxil Afina demokratiyasi avj olgan davrda yashagan va bu sharoit uning ijodiga ham ta’sir etgan. Tragediyaga ikki aktyorni kiritib, uni chinakam
dramatik janrga aylantirgan va dialog konfliktining yuzaga kelishiga imkon yaratgan. Esxil tragediyalari monumental, kompozitsiyasi mutanosib; ularda
xor yetakchi o‘rinda, personajlar tavsifnomasi ziddiyatlardan holi va qatiy maqsadga qaratilgan.
Esxil tragediyalarida insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ijtimoiy va axloqiy muammolar ko‘tarib chiqilgan. Prometey haqidagi trilogiyasidan faqat
«Zanjirband Prometey» tragediyasi saqlanib qolgan. Prometey timsolida zulmga qarshi, adolat uchun kurashuvchi buyuk inson xarakteri yoratilgan.
Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasi shoir Asqar Qosim tarjimasida o‘zbekchada nashr etilgan.
Sofokl (mil. av. 496-406) — dramaturg, shoir, siyosiy va harbiy arbob.
Sofokl antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsning ma’naviy shakllanishi muammosini yechishda dunyoning
parvardigor tomonidan idora etilishini nazardan qochirmagan. Uning "Traxiyalik ayollar" tragediyasidan boshqa barcha asarlari oliyjanob kishilarning
nomlari bilan atalgan. Antik manbalarga ko‘ra, 123 ta drama yozgan. "Ayaks", "Antigona", "Shoh Edip", "Elektra", "Filoktet", "Edip Kolonda" va
boshqalar. Sofokl jahon adabiyoti tarixidan bir necha monumental obrazlarni yaratgan ijodkor va jiddiy dramatik kompozitsiyalar ustasi sifatida o‘rin
egallagan. Sofokl asarlari teatr san’ati yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarilgan hozirgi davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmay, jahon dramaturgiyasining
21
shoh namunalari bo‘lib qolmoqda. Sofoklning "Shoh Edip" (1969), "Antigona" asarlari hozirgi o‘zbek milliy teatrda (1971), "Elektra" tragediyasi esa
Abror Hidoyatov nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.
Aristofan (mil. av. 445-385) — yunon shoiri, «komediya otasi».
Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan bo‘lib, ijodida yorqin namoyon bo‘ladi va o‘sha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini
ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o‘ziga rom etgan radikallar aqidasiga («Chavandozlar»), sofistlarning individual falsafasiga («Bulut»)
ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini ko‘ra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga
munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi («Lisistrata»), hayotiy shaxslarni kamsitish («Bulut»da — Sukrotni), fantastik vaziyatlar
(«Axariyanlar», «Qushlar») ham Aristofan ijodiga mavzu bo‘lgan.
47.
Yunon-Baqtriya o`sha zamonning quldorlik davlatlaridan biri bo`lgan. Yunon-Baqtriya davlati tepasida podsho turgan. Podsholik taxti
otadan o`g`ilga meros bo`lib o`tgan. Podsholikmulklari viloyatlargabo`linib, uni viloyat hokimlari – gipparxlar boshqarganlar. Gipparxlar esa to`g`ridan-
to`g`ri podshohlarga itoat etganlar.9
Podsholikning Yunon-Baqtriya qismida urug`i Hindistondan keltirilgan paxtaham ekilgan. Ehtimol ipak qurti ham boqilgandir.
Podsholikda qo`y, echki, qoramol, ot, tuya, qo`tos, o`rgatilgan fil, it va parranda boqqanlar. Yunon-Baqtriya otlari va tuyalari juda mashhur
bo`lgan.Boshqa joylarga qaraganda Yunon-Baqtriyada shaharlar ko`p bo`lgan. Shuning uchun qadimgi tarixchilar Pompey va Apolloderlar Yunon-
Baqtriyani «ming shaharlar mamlakati», deb bejiz aytishmagan. Eng yirik shaharlar Baqtra, Termiz, Yevkratideya, Demetriya, Aleksandriya va boshqalar
bo`lgan. Bu shaharlarlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan.
Yunon-Baqtriyada savdo-sotiq ham juda rivojlangan edi. Yunon-Baqtriya slpmoldan janubga, sharqdan g`arbga o`tadigan karvon yo`lining qoq
o`rtasida joylashgani savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon bergan. Yunbn-Baqtriya savdogarlari va podsholari Hindiston, Xitoy, Parfiya davlatlari, Oks va
Yaksart bo`yi xalqlari bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar olib borganlar. Yunon-Baqtriya podsholari savdoda qo`llaniladigan oltin va kumush
tangalar chiqarganlar. Yunon-Baqtriya madaniyatining ildizlari uzoq o`tmishga borib taqaladi. Buni biz miloddan avvalgi X–V mingyilliklarga mansub
Zarautsoy suratlari misolida ko`ramiz.
Yunon-Baqtriyada yunon va mahalliy baqtr madaniyatining aralashuvi natijasida ellin madaniyati vujudga kelgan. Haykaltaroshlik, rassomchilik,
naqqoshlik kabi tasviriy san`at ham rivoj topgan. Yunon-Baqtriyada hindlarning buddizm, zardushtiylik va yunonlarning ko`p xudolik dinlari aralashib
ketgan edi.Yunon-Baqtriya davlati 130–140 yil yashadi. Lekin u yerda yashagan xalqlar yuksak madaniyat yaratib qo`shni xalqlar madaniyatiga barakali
ta`sir ko`rsatgan. Bu madaniyatning rivojida O`rta Osiyo, xususan o`zbek xalqi bobokalonlarining ham katta xizmati bor.Mamlakatning keyingi taraqqiyoti
Kushon podshlogi bilan bog’liq bo’lgan. Tadqiqotchilaming fikricha, Yunon-Baqtriya davlatining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan, harbiy-
siyosiy vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. MiLavv. III asming oxirlari 0 ‘rta Osiyo janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumot beradi.
Uning yozishicha, Salavqiylar tomonidan Baqtriyada qamal qilingan Yevtidem ulaming hukmdori Antiox III ga “chegarada ko‘chmanchi qabilalar
turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” bildiradi. Bu ko‘chmanchilar mil.avv. III
asming oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun Sug‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya davlatining vaqtinchalik shimoliy
chegarasi edi. Shuningdek, g‘arbiy Hisor tog‘lari ham shimoliy chegaralar boigan boiishi mumkin. Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri
mil.aw. III asming ikkinchi yarmi va II asming birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardagi o‘sha davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki
qatlamlar), Oyxonim, Qorabog‘tepa kabi yodgorliklardan hokim saroylari, ibodatxonalar, turar-joy, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik
buyumlari hamda ko‘plab tanga pullaming topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat
beradi.Yunon Baqtrya Osiyodagi eng yirik davlatlaridan biri bo`lgan. U ravnaq topgan vaqtda Turonning sharqiy, janubi-sharqiy viloyatlari, g`arbiy Xitoy,
Baqtriya va Hindistonning katta qismini egallagan edi. Podsholik yerlarining katta-katta maydonlari tog`lardan iborat. Hind, Oks, Gang, Braxmaputra va
Jamna daryolarining bo`ylari tekisliklardan iborat bo`lgan. Bu o`lka hayvonot, o`simliklar, yer osti va usti qazilma ashyolariga juda boy edi.
O`lkaning boy tabiiy sharoiti bu yerda qadimdan odamlarning yashashlari uchun imkon bergan. Bu o`lkada ilk tosh asridan beri aholi yashab keladi.
Podsholik katta maydonni egallagani uchun unda – hind, tohar, sug`d, baqtra, yunon, usun va boshqa qabila va elatlar yashaganlar.Shak qavmlariga
mansub yuechji qabilalari Markaziy Osiyoning g`arbiy qismida yashar edilar. Yuechjilardan sharqdagi bepoyon dashtlarda esa xunn qabilalari yashar
edilar. Uzoq yillar mobaynida yuechjilar o`tloq talashib xunnlar bilan kurash olib borganlar. Bu janglarda goh xunnlar, goh yuechjilar g`olib chiqar edilar.
Keyinchalik xunnlar kuchayib, yuechjilarni Markaziy Osiyodan g`arbga chekinishga majbur qilganlar. Ular dastlab Oloy va Dovonga (Farg`ona vodiysi)
ko`chib, so`ng So`g`diyona, Shimoliy Baqtriyaga, undan esa Janubiy Baqtriya bo`ylab tarqalganlar. Yuechjilar xyumi, shuanji, guyshan, xise va dumi kabi
bir-biriga qarindosh qabilalardan iborat edilar. Aynan ushbu qabilalar Yunon baqtrya davlatiga bostirib kirib barham bergan.10
Bir tomondan yuechji, ikkinchi tomondan ko`chmanchi saklarning shiddatli hujumlari natijasida Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi.
Guyshan qabilasining sardori Kudzula Kadfiz qolgan 4 qabilani birlashtirib Kushon davlatiga asos solgan va o`zini «Shohlar shohi» deb e`lon qilgan.Shu
tariqa Kushon podhlogi tashkil topgach u Parfiya bilan zafarli urushlar olib boradi. Kanishka davrida Qashqar, Yorkent va Xutan ham Kushon saltanati
tarkibiga kiradi. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xutongacha yoyilgan edi. Bu davrda Kushonlaf
saltanatining poytaxti Baqtradan Peshavarga ko`chirilgan.Aynan Kushon podsholigiga ham Baqtrya asosan tasir o’tkazgan.Unda Baqtryada bo’lgan siyosiy
tizim joriy qilingan..
Xo’jalik rivojlangan davrida xo`jalikning hamma tartnoqlari rivoj topdi. Gang, Hind, Oks, Jamna kabi katta-kichik daryolarning bo`ylaridagi
unumdor yerlar dehqonchilikning markazlari edi. Yunon Baqtrya davrida suv omborlari, kanallar, ariqlar va suv inshootlari qurilishiga katta e`tibor
berilgan. Ziroatkorlar bug`doy, arpa, sholi, g`o`za, tariq, kunjut, mosh, no`xat kabi ekinlar ekib, ulardan mo`1 hosil olganlar. Dehqonlar podsholikning
O`rta Osiyo qismida qovoq, bodring, qovun, tarvuz ekib polizchilik bilan shug`ullanganlar. Podsholikning ko`p joylarida, ayniqsa tog` va tog` oldi
yerlarida, bog`bonlar olma, nok, o`rik, gilos, shaftoli, anor, anjir kabi mevali daraxtlarni ekib parvarish qilganlar. Kushonlar pod-sholigi davrida
chorvachilik ham ancha rivoj topadi.
Baqtrya davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Podsholikda temirchilik, to `qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik, me`morchilik, zargarlik,
kemasozlik ancha rivoj topgan edi. Hunarmandchilikning yirik markazlari – shaharlar va yirik qishloqlar bo`lgan.
Baqtrya davrida savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Hind savdogarlari «Buyuk Xitoy yo`li» va boshqa savdo yo`llarining tarmoqlari orqali Xitoy,
O`rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar.
Yunon Baqtrya podsholigida juda ko`p xalqlar va elatlar yashaganlar. Shuning uchun ularning madaniyati rang-barang bo`lgan. Bu narsa tasviriy
san`atda, diniy e`tiqodda ham o`z aksini topgan. Yunon Baqtrya podsholigidagi qabila va elatlar buddizm, zardushtiylik va ibtidoiy din shakllariga e`tiqod
qilganlar.Yunon Baqtrya davrida ilmiy-amaliy bilimlar – falsafa, tarix, geografiya, tabobat, matematika kabi fanlar rivoj topgan edi. Kushon madaniyati
Qadimgi Hindiston va O`rta Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan yaratilgan.
48.
O’rta asrlar Yevropa madaniyati
22
V1-VII yagrlnrlagi madaniyat. Asta-sekin tavom etayotgan inkiroz jarayonini varnarlir istilolari butushpy x.alokatga aylantiradi. Asrlar davomida
yarashnshn kulyozmalar va sin’at yodgorliklari yonginlarda yu qol ad i. Galliyala madaniy inkiro) franklar istilosidan boshlansa, Italiyada Atilla urushlari
va langobardlar bos kin i paytida namoyon b^ladp. Kuldor yudagonlardan ma’rifaishlari yo xalok bo’lgan yoki Vicham niHi i. u rta trlarda ma’lum antik
an’analar saklanib qolgan yagona mamlakntsh kochishadi.
Madaniyagning nochor axvolga tushib qolishining asosiy sabablari taloichilik yoki varvarlarnikg istilosi zmasdi. Boskinchilar Rim imiyeratorlari
davritsa boshlangan iqtisodiy-siyosiy alokalar nnkirochiii nichoyasiga keltiradi, xolos. Xujalikning naturallashishi madaniy extiyojlarga talabni pasaytirib
yuboradi. Impyeriya lavrida gavjum shaharlar bushab, ular kup bo’lsa xarbiy-ma’muriy markaz sifatida qol ad i. qishloq hayotining suzsiz xukmronligi
paytida, shaharlar bilan bevosita bog’liq madaniyat xdkida suz yuritishning uzi nourin tuyuladi. Yangi sharoitda antik ruxning qolgan - kutgani ham tez
yuqola boradi. V asrda gall ruxoniylaridan biri. “Men ilm-faining ulimiga bagishlangan marsiya yozishga tayyorman.... Grammatika deyarli varvarcha,
dialektikadan kilich yalongochlab jangga otlangan amazonkalar singari kurkishadi: musika. geometriya va arifmetikadan uchta furiya (alvasti) dan
jirkangaiday yuz ugirishatsi. falsafani kandaydir daxshatli xayvon dsb tasavvur qilishadi” - deb yozgan edi. VI asrda yashagan shoir Fortunat, lotin
adabiyoti, an’analariga taklid kilsada, frank qirollari saroyida antika xisoblangan, varvarlariing 33 xarfdan iborat, 33 katorli she’r yozib, xayratga solganini
ta’kidlaydi. Uz davrining eng mashxur yozuvchilardan biri episkop Grigoriy Tursk o’zining savodxonligidan shikoyat kilar ekan grammatika koidalarini
chalkashtirib yozib uz uslubini “palestrda raksga tushgan ulkan xukizga” kiyoslagan. Gotlar tanikdi faylasuf Boetsiyni katl etishsa, Kassiodor monastirda
vafot etadi. Ular Rimnikg bilimdon zodagonlari sunggi vakillari bo’lib, yozib qoldirgan tarjimalari, asarlari keyinchalik o’rta asrlar ilmiy bilimlariga asos
vazifasini utaydi. Natijada, davrlar utib oddiy savodxonlik ham kamyob narsaga aylayaadi. Varvarlar xukmronligi urnatilgan dastlabki paytlarda
madaniyatning barcha soxalari kyeraksizdek tuyulgan. Ba’zida qirollar savodsiz bo’lib, imzo kuyishni bilmasalar, ruxoniylar diniy matnlarni tushuimagan
xollar ham uchrab turgan.
Xristian chsrnoni na mntik madaniyat. Antik madaniyatning inkirozi uning sushgi nnmisharini umidsizlantirib, ularni uzlariga xristianliklan tayanch
izlashga undaydi, Xukukshunos Tyertulianning: “Xudoning firzaldi uldirildi, bu vokea kanchalik xaki kat bo’lsa, shunchalik noUriidir. Dafn etilgan,
tirilgirilgan - bu vokea amalda bo’lishi mumkin >mas” deb yozgan edi. Ammo xristian cherkovi Tyertulian singari ilm axlini inkor etishi mumkin emasdi.
Buni cherkovning zaifli. i ram sh deb xisoblashlari mumkin edi. Chyerkov boyib borishi davomidp, ushking avvalgi demokratii xususiyatlarini yukogib,
kudratli kuchga aylanadi. Xristianlik uz takdirini xalokatga uchrayotgan Rimdan ajratib, varvar qirolliklarining rasmiy cherkoviga aylanadi. Umumiy
inkirozdan chikishga intilgan katolik cherkovi, ilk o’rta asrlardayok yagona markazlashgan tashkilot sifatvda yuksak mavkega yerishib, uning goyalari
yangi jamiyat mafkurasiga bo’ladi. Natijada, huquq va axlok, ilm va san’at fakag diniy tusda namoyon bo’ladi. Xristianlik xech shubxasiz antik jtsmii I
bagridan etishib chiqqan hamda uziDa uning madaniyati xususiyatlarini mujassam eztan. Bu vaziyat ruxoniylarga maorifni $z kullarsh a olish imkonini
beradi. Katolik cherkovi diniy xizmat va ma’muriyat, dindorlarga taeir kursatish, maiaviy hayotni nazorat etish uchun Rim madaniyatiniig ijobiy jihatlarini
u zlapggirishi zaruredi.
49.
Renessans» so`zining ma`nosi O`rta sar va madaniyatdan voz kechish, antik (yunon-rim) madaniyati va san`ati an`analariga qaytish, uning
Uyg`onishi davridir. Shu bilan birga Renessans badiiy uslub hamdir. Ikki yarim asr davomida Italiya va so`ngra boshqa Yevropa mamlakatlarida sezilarli
o`zgarishlar yuz berdi. Birinchi navbatda inson tafakkuri o`zgardi: odamlar osmonga, erga, tabiatga o`ziga boshqzacha nuqtai nazar bilan qaray boshladi.
Oldingi odamlardan farqli o`laroq boshqacha maqsadlar paydo bo`lib, ular san`tda ham xos ohangda tasvirlana boshlandi. Chunki, haqiqatdan ham bu
davrga kelib dunyo ancha o`zgargan edi. Ammo buni tushunish oson kechmadi. Bunda ayniqsa O`rta asr tafakkuri kishilaridan xolos bo`lish lozim edi. Shu
boisdan ham inson endilikda antik madaniyatning boy merosiga murojaat eta boshladi. «Uyg`onish» atamasi XIX asrda ishlatila boshlangan bo`lsa ham bu
jarayonlar ancha ilgari yuz berdi. Uni quyidagicha kichik davrlarga bo`lish mumkin:
Uyg`onish arafasi davri: XIII asrning ikkinchi yarmi – IX asr;
Ilk Uyg`onish: XV asr;
Yuqori Uyg`onish: XV asr oxiri – XVI asrning birinchi choragi;
Quyi Uyg`onish: XVI asrning so`ngi davri;
Uyg`onish Italiyada asosan XIV, boshqa Yevropa mamlakatlarida XV-XVI asrni qamrab oladi.
Uyg`onish madaniyatining shakllanishi, birinchi navbatda, o`rta asr madaniyatining chuqur inqiroziga nisbatan yuz berdi. Shu boisdan,
Uyg`onishning asosiy xususiyati bu antifeodal yo`nalish kasb etganlik hamda dunyoviylik va racionalizmning diniylikdan ustuvorligidir. Dinning inqirozi
ayni chog`da O`rta asr madaniyatining g`oyaviy-siyosiy asosini ham inqirozini belgilab berdi.
Shimoliy va O`rta Italiyaning tog`li hududlarida katta er egaligi paydo bo`lishiga sharoit bo`lmagani bois, X-XI asrlardayoq bu erlarda shaharlar
paydo bo`lib, rivojlana boshladi. Bu esa jamiyatda savdogarlar, hunarmandlar qatlamlari, ya`ni burjuaziya vakillari mavqeining oshishiga olib keldi. Ular
XIII asrdayoq feodallarga qarshi kurashda Florenciya, Bolonya, Siena g`ududlarida siyosiy hokimyatni qo`lga olishga ulgurgan edilar. Bu esa o`z
navbatida, kapitalizmning dastlabki belgilari paydo bo`lishiga olib keldi. Burjua ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi – bu esa Uyg`onish davri
iqtisodiy hayotiga xos xususiyatdir.
Shuningdek, aynan Italiyada antik Rim madaniyati an`analari, ayniqsa, lotin tili, antik davr shaharlari, pullari va h.k. eng ko`p salanib qolgan edi.
O`tmish ulug`vorligini tasdiqlovchi tarixiy xotiraning ham saqlanib qolganligi yangi madaniyatning shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi.Jamiyat
hayotida shaharlar rolining kuchayishi, ya`ni shaharning ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ahamiyatining oshib borishi, savdo aloqalarining avj olishi,
hunarmanchilikning taraqqiy etishi bilan hisochi, huquqshunos, muhandislar, texniklar, o`qituvchilar, shifokorlar va boshqa o`qimishli odamlarga nisbatan
talab kuchaya bordi. shunday qilib, shaharlarda aqliy mehnat bilan shug`ullanuvchi kishilarning alohida toifasi – intelligenciya paydo bo`ladi.
^ Gumanizm, Reformasiya, yangi inson idealining shakllanishi. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning oqibatlari
Katoliczm inqirozi shu darajada jiddiy tus olib, chuqurlashib bordiki, xristian dinida paydo bo`lgan yangi oqim – protestantizm va qudratli
Reformasiya harakatining vujudga kelishi sabab bo`ldi.
Reformasiya iborasi lotincha o`zgarish, qayta qurish ma`nosini anglatib, u G`arbiy va Markaziy Yevropada XVI asrda vujudga keldi. U asosan
antifeodal xarakter, mazmun kasb etib, feodal tuzumning asosiy mafkuraviy negizi hisoblangan katolik cherkovi hukumronligiga qarshi yo`nalgan edi. Bu
harakat dastavval Mratin Lyuter boshchiligida Germaniyada boshlandi. Lyuter (1483-1546) o`z davrining ilg`or, o`qimishli kishisi bo`lgan.
50.
VI-XVI asrlar davri tarix fanida o‘rta asrlar dеyilib, qadimgi va an'anaviy madaniyatlar o‘rtasidagi davrni bildiradi. Bu davr madaniyatida mifologik
tafakkur va an'analarning kuchli ta'siri hamda yangi davrning tеxnogеn madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari sеziladi. Arab
halifaligi va Yevropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatidagi xususiyatni islom va xristianlik bеlgilaydi. O‘rta asrlar madaniyatining shakllanish
qiyofasini islom va xristianlik bеlgilashi bilan birga, ularning o‘zi ham mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an'anaviy madaniyatning ko‘plab
jihatlarini o‘zlashtirdi, o‘z navbatida o‘rta asrlar madaniyati nеgizida kеyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat kurtaklari va
yangicha tafakkur tarzi vujudga kеldi. Yana shuni ham inkor qilmaslik kеrakki, o‘rta asrlarda o‘zining tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o‘tmishda
va kеyingi davrlarda vujudga kеlgan diniy madaniyatdan kеskin farq qiluvchi diniy madaniyat yaratildi.
23
Diniy madaniyat ko‘p mazmunlidir, nеgaki uning asosida turli xalqlarning madaniyat mеrosi mavjud: arab, turk, gеrman, slavyan xalqlarining arxaik
(ibtidoiy) madaniyati; antik mеros va qadimgi sharq sivilizatsiyasi mеroslarini ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirgan. Bundan tashqari G‘arb va Sharqning o‘rta
asrlar madaniyati tarixning ming yillar davomida doimo muloqot va akkulturatsiya jarayonini kеchirdi, bunda salb yurishlari davri juda shiddatli kеchdi
(XI-XIII asrlar). Diniy madaniyatning ko‘p qirraliligi uning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligidir: xalqona (qishloq madaniyati), shahar,
dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari. Shuningdеk, din o‘sha davrdagi madaniyat va submadaniyatning barcha sohalarini birlashtirib o‘z ichiga
qamrab oldi.
O‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari – xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab kishilar
uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini bеlgiladi. Diniy aqidalar asosida o‘sha
davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o‘ziga xos xususiyatini bеlgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o‘rnini
Xudo (Alloh) bеlgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Alloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat
tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlarning o‘rin almashishi navbatdagi payg‘ambarning kеlishi bilan
sodir bo‘ladi. Payg‘ambar jamiyatda buzg‘unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari»
bo‘lgan payg‘ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko‘ra «elchilarning» so‘nggisi «xudoning o‘g‘li» Iisus Xristosning yеrga tushishi hisoblanib, uning chormix
qilinishi bilan Yerda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo‘yicha Iisus faqat payg‘ambarlardan biri xolos, oxirgi payg‘ambar «payg‘ambarlik
tamg‘asi» bo‘lgan Muhammaddir. Kishilarga payg‘ambarlar orqali oliy haqiqat ma'lum qilingan. Ya'ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal – takomilga
muhtoj bo‘lgan yеrdagi ko‘rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, yеrdagi oliy hilqat inson ruhi bo‘lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim. Din –
inson uchun namuna-mo‘minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga, o‘zining Olamda
zarradеk ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o‘ziga xos markazida sеzilarli kuch harakatda bo‘lishi, idrok qilib xudoning (Allohning) e'tiborida
ekanligiga iqror bo‘ladi.
Din har xil milliy an'analarga ega bo‘lgan turli xalqlarga arablar Sharqi va Yevropada kuchli bir sivilizatsiya yaratishi uchun birlashtiruvchi ibtido
bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Xristianlik Rim impеriyasida eramizni IV asrlarida uning
G‘arbiy qismi gullagan paytga kеlib (er. 476 y.) to‘la shakllangan chеrkov tizimi va qattiq intizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi.
Chеrkovning tayanchi bu paytda butun Yevropada kеng tarqalgan va xristianlikni o‘z dini sifatida qabullagan «yovvoyi» xalqlar (jumladan: gotlar, gallar,
irlandlar va b.) tashkil etdi. Yevropa bo‘ylab tarqalgan gеrman, slavyan, turk qabilalari antik sivilizatsiyasini xarob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar.
52.
V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyo qaror topa boshladi. Etnik va madaniy uyushish, intеgratsiya jarayoni kеchib, yagona din, umumiy
ong elеmеntlari tarqala boshladi. Bu avvalgi xudolaridan xafsalasi pir bo‘lgan arablarning ma'naviy-ruhiy izlanishiga turtki bo‘ldi. Muhammadning
payg‘ambarlik faoliyati yagona ma'naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo‘lida qonuniy jarayon bo‘ldi.
Islomiy e'tiqod 5 asosiy talabga tayanadi.
- Yagona Allohni tan olish va Muhammadni uning payg‘ambari dеb bilish,
- namoz o‘qish,
- ro‘za tutish,
- bеva-bеchoralar yo‘lida zakot bеrish,
- haj ziyorati.
Islomning ushbu 5 ahkomidan 4 tasi axloqiy-udum tabiatiga ega. Xususan, payg‘ambar shaxsi u haqidagi ma'lumotlar nufuzi islom diniga bеtakror
o‘ziga xoslik, ma'naviy-ruhiy qudrat bahshida etdi va uni jahon tarixidagi muhim voqеa o‘zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatni mujassamlashtirgan
musulmon davlatchiligining qaror topish tomirini bеlgiladi.
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni yaratdi: Falsafada - tеologiya, adabiyotda-ilohiy, didaktik janrlar, Yevropa musiqasida
chеrkov gimnlari-liturgiya va mеssa, tasviriy san'atda xristianlik syujеtlari asosiy o‘rin tutdi. Asosiy fanlar ilohiyot va sxolastika (o‘rta asr falsafasida
yunoncha shunday atalgan va bu atama fikr so‘qish, dogmatizm, mazmunsiz, formal bilimni anglatgan). Ilohiyot olam va inson haqidagi o‘z «ilmiy»
manzarasini yaratdi. Koinot xususidagi ilmda Yer Olamning, Iеrusalim dunyoning markazi dеgan qarash hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda
mikrokosmos- tana-yеr, qon-suv, nafas-havo, harorat-olov, ya'ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat dеb qaraldi.
Asosiy mavzu-xudoni kuylash, Injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy poklanish, gunohdan mag‘firat bo‘lish aqidalari edi. Musiqaviy
madaniyat nеgizini chеrkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), musiqa, shе'riyat va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan chеrkov tantanalari tashkil etdi.
Mе'morchilik va tasviriy san'at ilohiyatni unsiz targ‘ib shakli tarzida namoyon bo‘ldi. Xristianlik ehromlarini (Sobor) «savodsizlar Injili» dеb bеjiz
aytmaganlar. Uning butun ifoda shakli- bino ichining xoch shaklidaligi, atrofning bеzak-hashami, oddiy bandalariga munosib ko‘rilmagan mеhrob qismi,
turli haykalchalar, mo‘l bo‘yoqli tasvirlarda aslida xristian ramzlari va xristianlik aqidalari ifodalangan. Bosh janr ikona bo‘lib, u savodsiz omma uchun
xudo bilan ruhiy-hissiy bog‘lanish aloqa shakli sanalgan. Tasvirda xudoni bandalarining gunoh kеchmishlari, ularni mag‘firat etishga qaratilgan motamsaro
ko‘rinishi ifodalangan.
Islomda san'atga nisbatan qat'iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini ko‘ramiz. Bunda chеrkov tizimini yo‘qligi, har bir odamni Olloh-bilan
tanho muloqotining mumkinligi aholi manzillari, mahallalarda qurilishning ommaviy shakli-masjidlarni bino etilishi bo‘lib, uning dastlabki namunasi
Muhammad payg‘ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir. Yuqori ma'lumotli musulmonlar orasida Yevropa mamlakatlaridagi
univеrsitеtlardan ilgariroq oliy ta'lim maktab-madrasalari kеng tarqalishini bеlgiladi. Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan shе'riyatni rivojlanishida
sufiylik katta rol o‘ynaydi. Sufiylar o‘zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga bo‘lgan e'tiqodini tinglovchilariga yеtkazish, individual ta'sir
etish mahoratini namoyish etardilar. Islom tadqiqotchilardan bo‘lgan. G.Gryunbaumning ta'kidiga ko‘ra, tahliliy, ma'joziy boy ifoda vositalariga ega
bo‘lgan mukammal ifoda shakli, chuqur mazmun uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan takbir imkoniyatlarini nafaqat musulmon madaniyati doirasi xatto
undan tashqarida topish mumkin emas. Sharqning barcha yirik Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa'diy, Hofiz, Nizomiy, Navoiy singari ijodkorlari sufiylikka u yoki
bu tarzda aloqador bo‘lganlar. Ilohiy haqiqat Olamning aldamchi ko‘rinishi tarzda tahayyul etilganligi tufayli ham islom san'atda asl tasvir-ifodani inkor
etgan (Kitobiy miniatyura bundan mustasno). Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni naqshlarda muhrlangan bеlgilarida ifodalashga
e'tibor qaratilgan. Mahobatli mе'morchilik yodgorliklarini bеtakror go‘zallik timsollariga aylantirgan, ixlosmandlarni nafaqat ko‘zini, qalbini ham
quvontiradigan murakkab gеomеtrik shakllar (girh), o‘simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo‘lyozma, amaliy bеzak, san'ati naqshlari asosida islomiy ramz
tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak-Ollohning nazari, to‘rtburchak-musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka'ba, bеshburchak-dinning 5 asosiy arkoni,
jimjimador o‘simliksimon shakl va gullar – jannat bog‘i-Bo‘ston timsollaridir. Musulmon Sharqida san'atda diniy aqidalar o‘ta izchilik bilan qo‘llangan.
San'atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda dеyarli voqеlikni tasvirlash ta'qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida ifodalangan.
53.
O‘rta asrlar davrida yakka xudolikka asoslangan jahon dinlari – xristianlik va islom Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko‘p joylarida ko‘plab
kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkurini, butun turmush tarzini bеlgiladi. Diniy aqidalar asosida o‘sha
davrning qiyofasi kishilar ongida shakllanib madaniyatning o‘ziga xos xususiyatini bеlgiladi. Koinot va osmon jismlarini dastlabki va boshlang‘ich o‘rnini
24
Xudo (Alloh) bеlgilab, dunyo va insonni yaratuvchisi hamda barcha mavjudot xudoning (Alloh irodasining) ijodiy yaratuvchanlik natijasidir. Insoniyat
tarixi davrlarning izchillik bilan takrorlanib turishi kabi namoyon bo‘ladi, natijada davrlarning o‘rin almashishi navbatdagi payg‘ambarning kеlishi bilan
sodir bo‘ladi. Payg‘ambar jamiyatda buzg‘unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy aralashuvchi» ning timsoli hisoblangan. Bu «xudoning elchilari»
bo‘lgan payg‘ambarlar tarixidir. Xristianlikka ko‘ra «elchilarning» so‘nggisi «xudoning o‘g‘li» Iisus Xristosning yеrga tushishi hisoblanib, uning chormix
qilinishi bilan Yerda Xudoning hukmronligi boshlanadi. Islom dini bo‘yicha Iisus faqat payg‘ambarlardan biri xolos, oxirgi payg‘ambar «payg‘ambarlik
tamg‘asi» bo‘lgan Muhammaddir. Kishilarga payg‘ambarlar orqali oliy haqiqat ma'lum qilingan. Ya'ni, yaxshilik va yomonlik, nomukammal – takomilga
muhtoj bo‘lgan yеrdagi ko‘rinadigan tabiiy mavjudlik, bunda, yеrdagi oliy hilqat inson ruhi bo‘lib, u Xudo bilan birlashishga harakat qilishi lozim.
Din – inson uchun namuna-mo‘minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi, qutilishdir. Har kim, har doim nazorat ostidaligiga,
o‘zining Olamda zarradеk ekanini his qilishi, bu ulkan Olamning o‘ziga xos markazida sеzilarli kuch harakatda bo‘lishi, idrok qilib xudoning (Allohning)
e'tiborida ekanligiga iqror bo‘ladi.
Din har xil milliy an'analarga ega bo‘lgan turli xalqlarga arablar Sharqi va Yevropada kuchli bir sivilizatsiya yaratishi uchun birlashtiruvchi ibtido
bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy-barcha sohalariga o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Xristianlik Rim impеriyasida eramizni IV asrlarida uning
G‘arbiy qismi gullagan paytga kеlib (er. 476 y.) to‘la shakllangan chеrkov tizimi va qattiq intizomga asoslangan davlat dini tarzda qaror topdi.
Chеrkovning tayanchi bu paytda butun Yevropada kеng tarqalgan va xristianlikni o‘z dini sifatida qabullagan «yovvoyi» xalqlar (jumladan: gotlar, gallar,
irlandlar va b.) tashkil etdi. Yevropa bo‘ylab tarqalgan gеrman, slavyan, turk qabilalari antik sivilizatsiyasini xarob etib yangi hayot tarzini qabul qildilar.
O‘rta asr Yevropasi - bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural ho‘jalik hukmronlik qilayotgan tarixiy davr. Dеhqonlar uncha katta bo‘lmagan,
bir-biridan ajralgan jamoalar shaklida yashar, ularni istak va manfaatlarini yildan-yil takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tarzi bеlgilardi. Bunday
hayot tarzida odamning tafakkur doirasi tor-manfaati doirasidan tashqari har qanday muloqotlarga ehtiyoji yo‘q hisob bo‘ladi. Bunda Yevropa tarkib
topgan davlatchilikka ham hеch qanday zamin yo‘q edi. So‘ngroq xristian chеrkovi jamiyatni barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga kеltirishning
namuna asosini tashkil etdi. Tobе'lik munosabatlariga qurilgan fеodal tabaqachilik asosida Chеrkov iеrarxiyasi yotadi. (ruhoniylar-yеpiskoplar-kardinallar-
rim papasi), Qirol xudoning vassali, saroy ayonlari - Qirolning vassali, dеhqon-saroy ayonining, ayol erkakning, uy hayvoni ayolning, tosh va o‘simliklar
uy hayvonining vassali va bosh. “Toshdan Xudogacha” kеng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham Chеrkovni qo‘llab-quvvatlagan. Musulmon
Sharqida islom ta'limoti paydo bo‘lishi bilan barobar tеokratik boshqaruv shakli qaror topadi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat payg‘ambar, kеyin uning
«o‘rinbosarlari-xalifalar» qo‘lida birlashgan.
54.
XX asrda tеxnika surati haddan tashqari o‘sdi. Kеyingi yuz yilda еr yuzida sanoat ishlab chiqarishi 50 martadan oshdi, bu o‘sishning 4G‘5
qismi 1950 yildan kеyingi davrga to‘g‘ri kеldi. Haqli ravishda XX asr insoniyat tarixiga ilmiy-tеxnika inqilobi asri bo‘lib kirdi. Insonlarning hozirgi
vaqtdagi ta'sir kuchini tabiatning eng bеshafqat kuchlari bilan tеng qo‘yish mumkin. Shuning uchun ham xususan XX asrda tеxnika muammosi va uning
madaniyatdagi o‘rniga olimlar o‘z e'tiborlarini alohida qaratdilar.
Tеxnika so‘zining o‘zi mahorat, san'atni anglatib, ishlab chiqarishga bog‘liq yoki bog‘liq bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish uchun kishilar
yaratgan vositalar yig‘indisi uni bеlgilaydi yoki anglatadi. Insonlar jamiyati paydo bo‘lishi bilan amalda tеxnika paydo bo‘ldi, dastlab kishining mеhnat
faoliyatida yordam bеruvchi mеhnat quroli sifatida, kеyin, har xil maqsadlarda ishlatiladigan tеxnikaning boshqa turlari vujudga kеldi. Tеxnikaning
xususiyatlari shundaki:
1. Tеxnika sun'iy ravishda, kishilar tomonidan tabiatni o‘zgartirishi natijasida yaratilib, oqibatda, oldindan yaralgan idеal andozalar moddiylikda
mujassamlanadi;
2. Tеxnikaning ommaviy xususiyati - u avvalo, kishilarning amaliy ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, shu ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi;
3. Tеxnikaning muhim paramеtrlaridan biri ratsionallik hisoblanadi, ma'lum jamiyat doirasida u yoki bu tеxnika qurilmasini ma'lum qadar tеzroq
ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi.
Tеxnika madaniyatning favqulodda hodisasi sifatida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatni ta'minlaydi, u ijtimoiy madaniyat jarayonining
ajralmas tarkibiy qismidir. Tеxnika taraqqiyoti insonning tabiat ustidan hukmronlik qilishida uning imkoniyatlarini kеngaytirdi, madaniy va ijtimoiy
o‘zgarishlarni muqarrar amalga oshiradi. Madaniyatda tеxnikaning o‘rni xususida turlicha qarashlar mavjud. Insoniyat bu qadriyatlarga amal qilib, sifatli
yangi iqtisodiy tip-«Hayot iqtisodini» yaratishga qodir bo‘ladi. «Hayot iqtisodi» ilmiy-tеxnika taraqqiyoti yutuqlarini inkor etmagan holda na ishlab
chiqarishda eng yuqori miqdoriy manfaatni, na biror kеrakli joyda zarur miqdordagi va zarur sifatdagi boylikni ko‘zlab ish tutadi. L. Mamford yozishicha:
«Bunday iqtisodiyot har qanday tirik jon, har qanday jamoa uchun zarur bo‘lgan xilma-xil boylik va kеchinmaga ega bo‘lishni taqozo qiladi, nеgaki
tug‘ilgandan to o‘lgungacha uning individual hayoti shunday o‘tsin». Madaniyatdagi biosfеrik kontsеptsiya tarafdorlari insoniyat tarixida o‘zlarining
madaniyat tasnifini tuzib, unda ta'kidlashlaricha insoniyatning ilk bosqichlarida madaniyatning turli hil biogеnlik ko‘rinishlari mavjud bo‘lgan, kеyinchalik
sun'iy ravishda «tabiat ustidan hukumronlik qilish» shioriga tayangan holda tеxnogеnik madaniyat yaratildi, zamonaviy odamlar еrdagi ekologik
qonunlarga asoslanib turmushi taqozo qiluvchi noogеnik madaniyatga o‘tadi. Ekologik madaniyat hozirgi zamon sivilizatsiyasining ahamiyatga molik
bеlgilaridan biriga aylanib bormoqda 1980 yillardan e'tiboran zamonamiz ilm-fani tobora ekologiyalashmoqada. Dastlabki paytlarda ekologiya hayvonot
va o‘simlik dunyosining atrof muhit bilan bog‘liqlik aloqalarini tadqiq etgan bo‘lsa, so‘ngroq bir butun tarzda Еrning ekotizimi, biogеnеzi, biosfеrani
o‘rgana boshladi. 1970 yillardan ekologiya jamiyat hayotidagi jarayonlarni o‘rganishga kirishdi. Insoniyat jamiyati bilan uni o‘rab turgan tabiiy iqlimiy,
sotsial-madaniy muhitning aloqadorligi muammolarini o‘rganuvchi sotsial ekologiya shakllandi. Ekologiyaning tabiiy va sotsial muhiti inson uning
gеnofondi, odamni bugungi olamga moslashish jarayoni hususiyatlarini tadqiq etuvchi mustaqil tarmog‘i «inson ekologiyasi» vujudga kеldi.
55.
Ommaviy
madaniyat deb
berilgan madaniyatning bosh
oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai
nazar, koʻrsatma, mem,[1] imij va
boshqa
ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi.
Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.
Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy
madaniyatning ma’lum yo‘nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va
kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi.
Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi o‘sishi bilan birga uning ma’naviy
ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi.
Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillaridaadabiyotda paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan sarguzasht
janrini ko‘rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan ushbu
jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli
paydo bo‘la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i,
“Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala boshladi.
25
An’anaviy madaniyatda bo‘lganidek, ommaviy madaniyatning ham universal xarakteristikasi hamon mavjud emas. Buni shunday tushuntirish
mumkin. Gap shundaki,
“Ommaviy madaniyat” ilmiy-falsafiy kategoriya sifatida o‘ziga yakdil uchta tushunchani qamraydi. Birinchidan, “madaniyat” – alohida xarakterdagi
mahsulot. Ikkinchidan, “ommaviylik” – mahsulotni tarqatish meyori. Uchinchidan, “madaniyat” – ma’naviy boylik.
" Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda
"ommaviy madaniyat" bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu xususda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev:
"Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm,
terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib
kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshka ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib
chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"48, - degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir
guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik,
zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy
va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga
asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.
«Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm va boshqalar kiradi.
56.
Xorazm - Amudaryoning quyi oqimi va Orol havzasidan janubda joylashgan, aholisining kundalik hayoti sug’orma dеhqonchilikka
asoslangan
qadimgi
madaniy
o’lkadir.
Yozma
manbalarning
guvohlik
bеrishi,
arxеologik
qazishlar
va
hozirgi tadqiqotlarning tasdiqlashicha, Xorazm davlatchiligi kamida 2500-3000 yillik tarixga ega.
Xorazm etnosi ham qadim davrlarda, mil. avv.II mingyillik oxirlarida shakllangan. U paytlardagi Xorazm ancha janub va g’arbdagi еrlarni ham qam
ragan, hatto hozirgi Xirot atroflari, Kaspiy va Qora dеngizi oralig’i Xorazmning ta’sir doirasida bo’lgan. Turli tarixiy davrlarda Xorazmning gеografik o’rn
i va mavqеi ko’p jihatdan Amudaryoga bog’liq bo’lgan. Buyuk Xorazmlik olim Abu Rayhon Bеruniy aytganidеk, huddi Misr Nilning mahsuli bo’lgani kab
i Xorazm ham Amudaryoning mahsuli bo’lgan. Amudaryoning oqimi va o’zanining o’zgarishiga qarab Xorazm aholisining ham qandaydir bir qismi yasha
sh joylarini o’zgartirib turgan. Yana o’Sha olimning guvohlik bеriShicha, milod boshlarida Amudaryoning bir o’zani Kaspiy dеngiziga qo’Shilgan paytlard
a daryoning atrofida Xorazmliklarning 300 dan ortiq shahar va qishloqlari joylashgan. O’Sha davrlarning sadosi sifatida yana bir Xorazmlik buyuk olim M
uhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-
850) Kaspiyning Xorazm dеngizi dеgan. Bu nom rus solnomasida ham akslangan. Qadimgi ruslar Xorazmni «Xvalissm» va Shu dеngizni «Xvalisskoе Mor
е» dеganlar. Eng qadimgi dinlardan bo’lmiSh zarduShtiylik (zoroastrizM) dinining ibtidosi ham Xorazm bilan bog’lanadi. Olimlarning tadqiqotiga ko’ra b
u dinning payg’ambari bo’lmiSh Zarduaht (yunonchada Zoroastr) miloddan avvalgi 1500-
1200 yillar oralig’ida Volgadan Sharqdagi chorvachilik bilan dеhqonchilik madaniyati uzviy bog’langan mintaqada, dеmak, Xorazm madaniyati hududida
paydo bo’lgan.
Qadimgi Xorazmda dunyoviy fanlar ham ma’lum darajada rivojlangan bo’lgan.
Qadimgi Xorazmning shahar-xarobalari qo’y qirilgan qal’a, Tuproq qal’a va
boShqalarda yuksak darajadagi Shaharsozlik madaniyatidan va ilm-
fan izlaridan dalolat bеruvchi ashyoviy dalillar topilgan. Xususan, qo’y qirilgan qal’adan astronomik kuzatiShga moslaShtirilgan qurilma va uskunalarning
qismlari topilgan.
Islomgacha Xorazmda astronomiya ilmining yuqori darajada rivojlanganligi haqida Bеruniy ham dalillar kеltiradi. Olim u paytlar Xorazmliklar astro
nomiyani «axtarvеnik» dеganlari va ularning astronomik bilimlari arablarnikidan chuqur va aniq bo’lganligini aytgan.
Qadimgi Xorazmda tasviriy san’at va haykaltaroshlik
Arxeologik madaniyat – o‘ziga xos etn. xususiyatlari bilan ajra-lib turadigan muayyan davrga va hududga doir arxeologik yodgorliklar birligi.
Ayrim yoki bir qancha belgilarga, xusu-san, sopol buyumlarning shakli, naqshi, marhumlarni dafn etish tartibi, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or anjomlari va
boshqa ga ko‘ra belgilanadi. Yodgorliklar qayerdan topilsa, shu joyning nomi bilan yuritiladi (mas, Krvunchi madaniyati). Arxeologik madaniyatni
o‘rganish bilan ba’zan biror kabila yoki xalqning muayyan tarixiy davrdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining dara-jasi hamda ularda sodir
bo‘ltan ayrim o‘zgarishlar aniqlab olinadi. Ba’zi Arxeologik madaniyat tarixiy manbalardan ma’lum bo‘lgan mashhur qabilalarga tegishli bo‘lib chiqadi
(mas, Kushon madaniyati qadimgi kushonlarga tegishli). Moddiy madaniyat elementlaridagi o‘xshashlik hamma vaqt ham aholining etnik va ke-lib chiqish
birligini ifodalayvermay-di, chunki bir-biriga yaqin ijtimoiy va geografik sharoitda hamda ibtidoiy texnika davrida qabilalar hayoti va madaniyatida
o‘xshashliklar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, madaniyatning ayrim elementlari shu madaniyatni yaratgan xalq yoki qabilalarning bir joydan ik-kinchi
joyga ko‘chishi natijasida boshqa qabila yoki xalqlarga o‘tishi mumkin. Arxeologik madaniyatni o‘rganish yozma tarixiy maibalar paydo bo‘lmasdan oldin
yashagan qabila va xalqlarning tarixini yozish uchun imko-niyat yaratib beradi.
57.
Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davriardan buyon yashab, o'zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda
ko'plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi; Mo'tabar Xitoy manbalari, mashhur «O'g'iznoma», O'rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli
guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttuz tatar, Karluq, Kitan,
Tolis, Turk, Uyg'ur, To'qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar.
VI asr boshlarida Oltoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O'sha paytda hozirgi Mo'g'uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan
Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqeyi ko'tariladi. 1 Ashin urug'iga mansub Asan
va Tuu 460-545— yillarda boshqa ' urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar./Tuuning o'g'li Bumin Tele
qabilasini ham bo'ysundiradi.^ Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551— yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ularni o'ziga
bo'ysundiradi; Bumin 552— yilda Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O'tukan shahri edi.
Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi
Turk xoqonligiga har yili o'lpon tariqasidayuz bo'lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo'lgan.553— yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga
uning katta o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon 558— yilda jo'janlarga so'nggi bor qaqshatqich zarba berib, o'z davlati hukmronligini Tinch
okeangacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg'u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo'lsa, bu davrda xoqonlik
hududini g'arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi.
563-567—yiliar davomida Istami yabg'u qo'shinlari eftaliylar dav-latiga ketma-ket zarbalar berib, O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo'lgan
yerlarni egallashga muvaffaq bo'ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O'rta Osiyo yerlarini ishg'ol etgach, uning hududlari
bevosita Eron chegarasiga tutashadi.
26
Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo'shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intiladi. Shu maqsadda, Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk
malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning
xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat'iy dushmanligi ma'lum bo'ladi. Buning boisi Eron shohining O'rta Osiyo hududlariga da'vogarligida edi. Bu
esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo'ladi. Istami qo'shinlari Eron shohi Xisrav I ni yengadi. Eron shohlari
Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to'lashga majbur bo'ladi. Mug'anxon va uning avlodlari g'arbda Qora dengizga qadar hududlarni
zabl etib o'zlariga bo'ysundirganlar.
Turk xoqonligi 568-569—yillarda o'sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, So'g'd
savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo'ladi. Shundan so'ng Vizantiyannig Zemarx
boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o'rtasida o'zaro ishonch va savdo-tijorat munosa-batlarini o'rnatishda muhim ahamiyat kasb
etgan.
Turk xoqonlari O'rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o'zlari bu hududga ko'chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh
qarorgohlarida qolib, bo'ysungan hududlarni mahalliy hukm-dorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o'lponlar va to'lovlar bilan kifoyalanganlar.
Bundan ko'rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi
mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o'lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko'proq tashqi siyosat, xalqaro
savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta'kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil
hokimlik mavjud bo'lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg', Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa, Samarqand,
Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o'zlariga ancha mustaqil bo'lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo'lgan.
Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqiJ hokimliklar o'rtasida o'zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to'xtovsiz bo'lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti,
turmushini nochor ahvolga duchor etgan. Masalan, 585-586— yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo'zg'olon ko'tariladi. Unga
Abro'y boshchilik qiladi. Xoqon Qoracho'rin qo'shinlari qo'zg'olonni bostirib, qo'zg'olonchilarni qattiqjazolaydi.
Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80— yillari oxirlarida Turk
xoqonligi ikki qismga bo'iinib ketadi.
G'arbiy turk xoqonligi (uning tarkibiga O'rta Osiyo, Sharqiy Tur-kiston hududlari kirgan). Sharqiy turk xoqonlik (uning tarkibiga Mo'g'uliston
hududlari kirgan). VII asrda g'arbiy xoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron vaXitoy bilan qizg'in savdo-sotiq vadiplomatik aloqalar kuzatilgan.Darhaqiqat,
Xitoyda Tan sulolasi (618-907— yil) hukmronligi davrida G'arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o'rtasida foydali aloqalar keng yo'lga qo'yiladi. Masalan,
627-644— yillarda O'rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30— yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh
Syuan Tsin Issiqqo'l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo'Iganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659— yilda
Sharqiy Turk xoqonligini o'ziga bo'ysundiradi.
58.
Sharq Uyg’onishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda, turli soha olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va
san’atshunoslar bu masalaga befarq bo’lmaganlaridek, qarashlar ham asosan ikkiga bo’linadi. Uyg’onish atamasi (ital’yancha-frantsuzcha-Renaissans-
Uyg’onish) ni dastavval shu madaniyat sohiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar, jumladan, italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga
qarata, «u antik san’atni uyg’otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san’at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.)
tarafidan uning «Mashhur san’atkorlar hayotidan lavhalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an’analarini
Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so’ng» tiklanishini anglatib, so’ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. Ya. Burxart Uyg’onish
(Renessans) ni alohida tipdagi madaniyat deb baholadi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko’paya borgani sayin Uyg’onish tushunchasi, bu davr
madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o’zining «o’rta
asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg’onish davri-o’rta asr madaniyatining intixo davri deb hisoblasa, boshqa olimlar Uyg’onish davri yangi davr
madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko’pchilik olimlar Yevropa Uyg’onish klassik tarzda davrlashtirib, u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar,
boshqalar Uyg’onish madaniyatini bir muncha ilgariroq, XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi
(Shimoliy Uyg’onish) Uyg’onishni XVII asr bilan yakunlaydilar.
1950 yillarning o’rtalaridan e’tiboran «Sharq» Uyg’onish davri masalasida jiddiy munozara bahs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi tahlilida akademik
N. Konrad Uyg’onish davrini qadimgi, o’rta asrlar singari insoniyat tsivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy hodisa, deb qaraydi.
Umumjahoniy jarayon hisoblangan Uyg’onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, G’arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa hodisasiga aylangan.
Uyg’onishning bunday talqiniga qarshi bu hodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko’rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjahoniy
fenomen bo’lishi mumkin emas, deb hisoblovchilar ham bor.
Uyg’onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Hindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov),
Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nutsubidze, Natadze) kechkanligi haqida ayrim ma’lumotalar keltiriladi. Ayni choqda har
ikki qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg’onish davrini mutlaqo betakror hodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.
59.
Sharq Uyg‘onish davrida Yevropa uyg‘onish davrining asosiy belgilari mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining
amalga oshirilgani, aqlni hayratga soladigan bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq uyg‘onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy
bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi.
Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom jahonshumul
kashfiyotlar qildilar.
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Abul Homid G‘azzoliy, Aziziddin Nasafiylarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi,
olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur
ishlab chiqildi.
She’riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Sanoiy G‘aznaviy, Faruddin Attor, Sa’diy Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Nizomiy Ganjaviy
kabi daho ijodkorlar yetishib, o‘lmas asarlar yaratdilar, ishq-muhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar.
Musiqada ham Uyg‘onish davri jarayoniga xos yuksaklik dastlab Sharqda yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi an’analari arab, hind va
fors musiqiy meros asarlari, cholg‘ulari bilan o‘zaro ta’sir jarayonlari natijasida boyib, qaytadan jonlandi. Zero Abu Nasr Forobiy va uning izdoshi Ibn
Sino musiqaning nazariy, falsafiy va estetik masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy ta’limotni yaratishgan. Xususan, Yaqin va O‘rta Sharq
xalqlari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar, qo‘llaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini
isbotlagan.
Abu Nasr Forobiyning "Kitob ul musiqa al-kabir" (Musiqaga doir katta kitob) va Ibn Sinoning "Javome’ ilm ul-musiqa" (Musiqaga oid ilmlar
to‘plami) kabi asarlarida yunon olimlari Pifagor, Aristoksen va boshqalarning qarashlari boyitilib, tovushlar baland-pastligi munosabatlari matematik
27
uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof tovushqator tizimi, undan o‘rin olgan bo‘dlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo nazariyasi ilk bor asoslab
berilgan. XII-XIII asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini namoyish etgan o‘n ikki maqom tizimi yuzaga keldi.
Uyg‘onish davrining yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Etti vazir", "To‘tinoma", "Sindbodnoma" kabi
hikmatli fikrlarga, qiziqarli sarguzashtlarga to‘la, shavqu zavq qo‘zg‘atadigan asarlarning ko‘paygani, ikkinchi tomondan "Xamsa"larda bo‘lganiday,
umuminsoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy g‘oyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega. Zotan, qadimiyati, qadimgi davlatchiligi bo‘lmagan xalqda
Uyg‘onish davri ham bo‘lmaydi. Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda o‘z xalqining qadamiy madaniy merosiga qiziqish, "Avesto" falsafasini Qur’on
ma’rifati bilan uyg‘unlashtirib, qayta tiklashga intilish, tasavvuf ta’limoti "Ishroq" falsafasida namoyon bo‘lgan. Shu asosda turli nazariyalar, ta’limotlar
yuzaga kelib, fikriy xilma-xillik rivojlandi. Tasavvufiy-orifona, futuvvat-javonmardlik ta’limotlari va tariqatlarining qaror topishi, aslida, hurfikrlik va
inson kamolotiga bo‘lgan ishonchning nishonasi edi. Uyg‘onish davri vakillari dinga qarshi emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga
aylantirganlarga qarshi kurashganlar.
60.
O‘rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o‘sganligi, ko‘rkam shaharlar qad ko‘targanligi, ilm-
ma’rifat gurkirab rivojlanganligi haqida ma’lumot beradilar. Monumental me’morchilik, tasviriy san’at, musavvirlik va musiqa san’ati beqiyos darajada
rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o‘ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan
mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog‘lar, hiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo‘lganligi haqida manbalarda qayd etiladi. Abdul Vafo al Juzjoniy
o‘zining «Geometrik qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari haqida» asarida turli geometrik usullar yordamida har xil naqshlar, bino bezaklari
yasash yo‘llari, quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari haqida hikoya qiladi.
Uyg‘onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikni qo‘lga kiritgan Somoniylar
shajarasining birinchi hukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to‘la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar.
Jumladan, ona yurt madhi bu davrda shu darajaga ko‘tariladiki, zardo‘shtiylik eslanmay qoldi. Arab yozuvida badiiy ijodni ta’qiqlamagan holda,
somoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to‘la qo‘llab-quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot ahliga, barcha olimlarga homiylik
ko‘rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo‘lgan ulkan kutubxonani asosladilar. Ulug‘ alloma ibn Sinoning hotirlashicha, kutubxona
ko‘pxonali bo‘lib, xonalarning birida arab kitoblari, she’rlari boshqasiga fikhga oid kitob tahlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma’lum sohasiga
doir kitoblar jamlangan.
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san’atining, uni bezash, naqshlar bilan ko‘rkam qilish musavvirlik san’atining rivoj topishiga olib kelgan.
Umuman bu davrda qo‘lyozmalarni ko‘chirish, tayyorlash, to‘plash madaniy hayotning muhim sohasiga aylangan. Ma’lumki, asar faqat qo‘lda bir
nus’hadangina yozilar edi. Bosmaxona esa bir necha asrdan so‘nggina paydo bo‘lgan. Yozilgan asarni nus’hasini ko‘paytirish, boshqalarga yetkazish,
undan nus’ha olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko‘chirish, asarni ko‘paytirishga katta e’tibor berildi. Asta-sekin maxsus nus’ha ko‘chirish san’ati va
hunari shakllandi, shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshqa shahar, o‘lkalarida tarqatish imkoni vujudga keldi.
Maxsus nusxa ko‘chirish bilan shug‘ullanuvchilar, husni xat sohiblari paydo bo‘lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nus’ha ko‘chirish
bilan shug‘ullanganlar. Kitobdan nus’ha ko‘chirish, kitob savdosining keng yo‘lga qo‘yilishi hamda ma’rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro,
Samarqand, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Damashq singari shaharlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko‘paydi, kitob savdosi,
uni tarqatish bilan shug‘ullanuvchilar faoliyati kengaydi. Markaziy Osiyoga Bag‘dod, Misr, Eron va Ispaniyaning turli shaharlaridan qo‘lyozmalar
keltirilib, yurtdoshlarimizning qo‘lyozma asarlari boshqa o‘lkalarga olib ketiladigan bo‘ldi.
61.
Xorazm maʼmun akademiyasi, Maʼmuniylar akademiyasi — Xorazmda 10-asr oxiri — 11-asr boshlarida faoliyat koʻrsatgan ilmiy muhit.
Maʼmuniylar davlati (992—1017) tarixi bilan bevosita bogʻliq. Siyosiy, iqtisodiy, harbiy qudratga erishgan xorazmshoxlar davlati mamlakatni birlashtirish,
unda tartib oʻrnatish boʻyicha tadbirlarni boshlab yuborgan. Kun tartibida davlat ichki va tashki siyosatini olib borishda mafkuraviy masalalarni hal qilish
turgan. Ali ibn Maʼmun (997—1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj boʻlgan. Uning baxtiga togʻasi, Abu Nasr ibn Iroq oʻz davrining oʻta
bilimdon olimi boʻlgan. 1004 yilning boshida Ibn Iroq taklifi bilan Beruniy Gurganjga qaytib kelgan; Maʼmun saroyida ilm ahli uchun yaxshi sharoit
yaratib berilgan. Bu 2 shaxs Yaqin va Oʻrta Sharkdagi koʻplab olimlar bilan shaxsiy yozishmada boʻlganlar. Ularning taklifi bilan Nishopur, Balx, Buxoro
va hatto arab Iroqidan koʻplab olimlar Gurganjga kelishgan.
Shu tariqa 1004 yildan boshlab Gurganjda "Dorul hikma va maorif" (baʼzi bir manbalarda "Majlisi ulamo") nomini olgan ilmiy muassasa toʻla
shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi "Platon", Bagʻdoddagi "Bayt ulhikmat" akademiyasi faoliyatiga oʻxshab ilmning barcha sohalarida
tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda koʻp manbalar toʻplangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari urganilgan;
AlXorazmiy, AlFargʻoniylarning oʻlmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. 18—20-asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa
har tomonlama oʻrganilgan va oʻz faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh oʻz davrining akademiyasi boʻlganligi isbotlangan va unga "Maʼmun akademiyasi"
nomi berilgan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasi asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq alJaʼdiy (10-asr — 1034), Abulxayr ibn
Hammor (941 — 1048), Abu Saxl Iso ibn Yahʼyo alMasihiy alJurjoniy (970—1011), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad anBeruniy, Abu Ali alHusayn
ibn Abdulloh ibn Sino, Abu Ahmad ibn Muhammad ibn Yaʼqub ibn Miskavayh (1030 y. v.e.), Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as
Saolibiy anNaysaburiy (961 — 1038), Ahmad ibn Muhammad asSahriy (1015 y.v.e.), Abu Ali alHasan ibn Horis alHububiy alXorazmiy (10—11-asrlar),
Abu Abdulloh Muhammad ibn Homid alXorazmiy (10—11-asrlar) va boshqa
X.M.a olimlari Yunoniston, Yaqin va Oʻrta Sharq, Hindiston ilmfan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy oʻrganib, uni yanada yuksak bosqichga koʻtarganlar.
Akademiya aʼzolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qad. Xorazm badiiy sanʼati,
adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sugorish madaniyati yutuklari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat kila
boshlagan.
Mas, Abu Nasr ibn Irok, astronomiyaga doyr ilmiy asarlari tufayli "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.
Abulxayr ibn Hammor mantiq, falsafadan tashqari tabobatda ham juda mashhur boʻlgani uchun "Buqroti soniy" ("Ikkinchi Gippokrat") laqabiga
sazovor boʻlgan.
Abu Sahl alMasihiy tabib, Ibn Sinoning ustozi boʻlgan. Akademiya rahbari Abu Rayhon Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan
shugʻullangan. Uning geodeziya va matematika sohalari boʻyicha asarlari bugun ham dolzarbdir. Beruniy Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, tibbiyotga oid.
"Kitob asSaydana fittib" ("Tabobatda dorishunoslik kitobi") asarini yozgan. Beruniy Amerika qitʼasi mavjudligini yevropalik olimlardan taxminan 450 y.
oldin aytib oʻtgan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida qad. xalklar (yunonlar, eroniylar, sugʻdiylar, xorazmiylar va boshqalar) ning
yil hisoblari, bayramlari va mashhur kunlari, urfodatlariga oid qimmatli maʼlumotlar toʻplangan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasining yana bir zabardast krmusiy olimi Ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan. Xususan, uning "Tib
qonunlari" asari butun dunyoga mashhur boʻlgan. Xorazmda Ibn Sino, asosan, mat. va astronomiya bilan shugʻullangan. Olimning Aristotel taʼlimoti
28
xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir. Bu yozishmalar savoljavob tarzida bulib, unda Beruniy va
Ibn Sino fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issikdan kengayishi, nurning aks etishi va sinishi kabi masalalarda ilmiy munozara olib borganlar. Ibn
Sino xorazmshoxlar vaziri Abul Husayn asSahliy bilan doʻstlashib, unga atab alkimyoga oid "Risola aliksir" ("Iksir haqida risola") asarini yozgan.
X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlari Xorazm tabiati, iklimi, sugʻorish tizimi, mineralogiyasi, yer osti suvlari, Amudaryo deltasining tarixi,
korizlar qurish orqali tuproqni tozalash yoʻllarini tadqiq etishgan. Akademiya aʼzolaridan Abu Bakr alXorazmiy, tabib AbulFaraj ibn Hindu sheʼriyatda
yuksak mahoratga erishganlar. Xorazm tarixi, dinlari, taqvimi, bayramlari, urfodatlari, yozuvi, milliy qadriyatlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar ularning
faoliyati tufayli bizgacha yetib kelgan. Ularning oʻzlariga xos shiori: "Ilm — insonlar hojatini chiqarmoqlikka xizmat qilsin", — deya atalgan edi.
X.Xorazm maʼmun akademiyasi olimlariga ilmda qatʼiylik xos boʻlgan. Aristotel yoʻl qoʻygan koʻp xatolar tekshirishlar davomida tuzatilgan, qutbdagi
davomiy tun va kunlar masalasi osonlik bilan falakiyot fani nuqtai nazaridan tushuntirilib, yechilgan. Beruniy qayd etishicha, qadimda Xorazm
astronomlari yulduzlar joylashish tartibini arablardan koʻra yaxshiroq bilishgan.
Xorazmshoh Maʼmun ibn Maʼmun (Maʼmun II) saroyidagi olimlar shuhrati oʻz davrida uzok, ulkalarga tarkalgan. Bu esa Mahmud Gʻaznaviyning
gʻashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017 yilning bahorida Maʼmun II uldirilgan va usha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi
bilan Mahmud Gʻaznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirgʻin va talontorojliklar natijasida X.Xorazm maʼmun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu
yerdagi olimlarning kupchiligi Gʻaznaga majburan olib ketilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisida"gi farmoni (1997 y. 11 noyabr)
Oʻzbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi oʻrnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda
isteʼdodli va fidoyi olimlarni qoʻllabquvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy anʼanalarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam buldi.
62.
Темур ва темурийлар даври Ўрта Осиё маданиятида алоҳида даврни ташкил қилади. Маданият тарихида классик давр ҳисобланган
бу давр хусусан, ўзбек маданиятининг бугунги даражада шаклланишида асослардан бири бўлиб хизмат қилади. Аввало, бу давр маданияти
Темур асос солган кучли давлатчилик тамойиллари асосида шаклланган ижтимоий-иқтисодий тараққиёт билан боғлиқдир.
Амир Темур даврида Ўрта Осиёнинг қудратли бир давлат остида бирлаштирилиши мамлакатнинг сиёсий, иқтисодий-маданий
тараққиётига ижобий таъсир кўрсатди. Илм-фан, адабиёт ва санъат, ҳунармандчилик ва меъморчилик равнақ топди. Мамлакат ва пойтахт
Самарқанднинг ободончилиги йўлида маҳаллий ва чет мамлакатлардан кўплаб фан ва санъат аҳллари, ҳунарманд меъморлар ва мусаввирлар
тўпланди.
Темур марказлашган давлат тузиш жараёнида ишлаб чиқаришга, хусусан қишлоқ хўжалигига алоҳида эътибор берди. Ўрта Осиё қишлоқ
хўжалиги сунъий суғоришга боғлиқлигини яхши тушунган Темур Ангор каналини қаздирди ва Мурғоб водийсида суғориш ишларини йўлга
қўйди. Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарлари оқар сувлар билан таъминланди. Лалмикор ерларда ариқлар қазилди. Деҳқончиликда донли экинлар,
пахта, зиғир, бўёқ учун рўян ўсимлиги, шунингдек пиллачиликда тутлар кўп экилган. Узум, олма ва бошқа мевалар кўплаб етиштирилган.
Темур Самарқанд атрофида Бағдод, Султония ва Шероз номли қишлоқлар қурдирган. Темур ва Улуғбек даврида чорвачиликка алоҳида
эътибор берилган. Улуғбек даврида Боғи майдонда турли ўсимликлар экилиб, Боғча номли боғ барпо этилган.
Ободончилик ва суғорма деҳқончиликнинг ривожланиши иқтисодий ҳаётда муҳим соҳа-ҳунармандчилик, савдо ва товар пул
муносабатларининг тараққиётига ижобий таъсир кўрсатди. Ҳунармандчилик тармоқларининг кўпайиши туфайли шаҳарларда ҳунармандчилик
маҳаллаларининг сони ортиб, янги бозор расталари, тим ва тоқлар қурилди. Тоғ-кон ишларига эътибор кучайтирилган. Бу даврда турли
маъданлар қазиб олиниши туфайли ҳунармандчилик ривожланган. Тўқимачилик, кулолчилик, чилангарлик, темирчилик ва бинокорлик соҳалари
асосий ўрин тутган. Самарқанд, Бухоро, Тошкент, Шоҳруҳия, Термиз, Шаҳрисабз, Қарши шаҳарларида янги ҳунармандчилик маҳаллалари
бунёд этилиб, улар савдо марказларига айланди. Ип, жун, каноп толасидан газмоллар тўқилган. Ипакдан шойи газламалар атлас, кимхоб,
банорас, дуҳоба, хоро, дебо каби газмоллар тўқилган.
ХV асрда металл буюмлар – уй-рўзғор буюмлари, асбоб-ускуналар, қурол-яроғлар кўплаб ишлаб чиқарилган. Самарқанд қуролсозлик
марказига айланиб, совутсозлар маҳалласи қурилган Шаҳарларда мис ва жездан буюмлар ва мис чақалар зарб қилинган. Темур фармони билан
Уста Иззоддин Исфаҳоний ясаган жез қозон ва шамдон ҳозиргача сақланиб қолган. Мисгар ва чилангарлар металларни тоблаш, қуйиш, сиртига
нақш солиш, олтин ва кумуш суви юритиш каби мураккаб ишларни бажарганлар.
Масалан, Бибихоним масжиди эшиклари етти хил маъдан қотишмадан тайёрланган. Заргарлар олтин, кумуш ва жез қотишмаларидан
нафис зеб-зийнат буюмлари ясаганлар. Олтин ва кумуш гардишли, қимматбаҳо тошлар қадалган идишлар сиртига нақш ва ёзувлар ишланган.
Кулолчилик энг сертармоқ соҳа бўлган. ХIV-ХV асрларда сирли сопол бадиий ранг-барангликда турли соҳаларда ишлатилган ва турли
буюмлар ясалган. Тоштарошликда нақш, ҳаттотлик кенг қўлланила бошланган. Бинокорликда ғишт терувчилар «Банно», пештоқ, равоқ ҳамда
тоқларга парчин ва чироқ қопловчи пардозчилар «Устоз» дейилган. Самарқандда шишасозлик ривожланиб турли идиш ва буюмлар ясалган.
Қурилишда рангли ойналардан фойдаланилган. Ёғоч ўймакорлиги нақшин бинолар қурилган ва буюм жиҳозлар ясалган. Самарқанд қоғози
ҳатто чет ўлкаларда машҳур бўлган.
Бу даврда ҳунармандчилик моллари ишлаб чиқарадиган корхона бошлиғи «Уста» шогирдлар «Халфа»лар бўлган. Ҳунармандлар
шаҳарнинг маданиятли табақасига мансуб бўлган.
Темурийлар давлати Хитой, Ҳиндистон, Эрон, Русия, Волга бўйи, Сибир билан мунтазам савдо-сотиқ алоқалари олиб борилган. Чет
давлатлар билан савдо алоқаларини кенгайтиришда темурийларнинг элчилик алоқалари муҳим аҳамият касб этган. Темур савдо расталари,
бозорлар ва йўллар қурдирган, карвонсаройларни кўпайтирган. Айниқса, Самарқанд ва Бухорода бозор, чорсу, тим, тоқ, каппон каби савдо
ҳунармандчилик иншоатлари қад ростлади. Шаҳар бўйлаб ўтган кенг кўчанинг икки томонига дўконлар жойлаштирилган. Самарқанд ва Бухоро
савдо майдонларининг кенглиги ва ихтисослаштирилган бозорларга эгалиги билан ажралиб турган. Бозор савдо маркази ва ҳунармандчилик
ишлаб чиқариш жойи эди. Шунингдек, бозорларда қўлёзмалар китоблар, ёзув қоғози сотилган, ариза ёки мактуб ёзувчи мирзалар ҳам ўтирган.
Савдо растаси унда сотилувчи товар номи билан аталган. Бозорларда адабиёт, шеърият, илм-фан ҳақида суҳбатлар бўлган, фармонлар эълон
қилинган ва айбдорлар жазоланган. Турли томошалар шу жойда кўрсатилган, масжид, мадраса, ҳаммом бозорга яқин жойга қурилган.
Темурийлар даврида карвон йўлларида элчилар, чопарлар ва савдо карвонлари учун дам олиш, отлар алмаштириш жойлари қурилган.
ХIV-ХV аср оҳирларида Мовароуннаҳрни кўп мамлакатлар билан ижтимоий-иқтисодий баъзан сиёсий ва ҳарбий аҳамиятга эга бўлган
карвон йўллари боғлаган эди. Бу йўллар бир-биридан иқтисоди, халқ турмуш тарзи, дини, маънавий ва моддий маданияти жиҳатидан
фарқланувчи мамлакатларнинг ўзаро алоқасини ривожлантиришга имкон яратди. Карвон йўллари савдо, дипломатик алоқаларнинг амалий
вазифасини, айни вақтда мамлакат ва халқларнинг ўзаро иқтисодий ва маданий таъсирини мустаҳкамлашга хизмат қилди.
2. Ўрта Осиё заминида темурийлар даври илм-фан, адабиёт, санъат соҳаларида камолот босқичига кўтарилди. Темурийлар давлатининг
қудрати айниқса меъморчиликда намоён бўлди. Оқсарой пештоқида битилган «Қудратимизни кўрмоқ истасанг биноларимизга боқ» деган ёзув
Темур давлатининг маънавий қудратини ҳам англатар эди. Темур даврида Мовароуннаҳр шаҳарлари қурилишида истеҳкомлар, шоҳ кўчалар,
меъморий мажмуалар кенг кўлам касб этади. Илк ўрта асрлардаги шаҳарларнинг асосий қисми бўлган «шаҳристон»дан кўлам ва мазмуни билан
29
фарқ қилувчи «ҳисор» қурилишини Самарқанд ва Шаҳрисабзда кузатиш мумкин. Темур даврида Кеш шаҳар қурилиши якунланди. «Ҳисор»нинг
жануби-ғарбида ҳукумат саройи Оқсарой ва атрофида , боғ-роғлар қурилди.
Темур салтанат пойтахти Самарқандни безатишга алоҳида эътибор берди. Шаҳарда «Ҳисори», қалъа, улуғвор иншоатлар ва тиллакор
саройлар бунёд эттирди. Самарқандга кираверишдаги Кўҳак тепалиги Чўпон ота мақбараси Улуғбек даврида қурилган бўлиб, бу иншоотда
мутаносиблик, умумий шаклнинг нафислиги, безакларда улуғворлик уйғунлашиб кетган. Темур даврда Самарқанд Афросиёбдан жанубда
мўғуллар давридаги ички ва ташқи шаҳар ўрнида қурила бошлади ҳамда бу майдон қалъа девори ва ҳандак билан ўралиб (1371 й) Ҳисор деб
аталди. Ҳисор 500 гектар бўлиб девор билан ўралган. Шаҳарга олтита дарвозадан кирилган.
Шаҳар маҳаллалардан иборат бўлиб, гузарларга бирлашган. Шаҳарда меъморий мажмуалар шаклланиши Темур ва темурийлар даврининг
энг катта ютуғи бўлди. Меъморчилик тараққиётнинг янги босқичига кўтарилди, иншоотлар кўлами билан бирга унинг шакли ҳам улканлашди.
Бу жараён муҳандислар, меъморлар ва наққошлар зиммасига янги вазифаларни қўйди. Темур даврида гумбазлар тузилишида қирралар оралиғи
кенгайди. Икки қаватли гумбазлар қуришда ичкаридан ёйсимон қовурғаларга таянган ташқи гумбазни кўтариб турувчи пой гумбазнинг
баландлиги ошди. Улуғбек даврида гумбаз ости тузилмаларнинг янги хиллари ишлаб чиқилди. Аниқ фанларда эришилган ютуқлар меъморчилик
ёдгорликларида аниқ кўринади (Шоҳизинда, Аҳмад Яссавий, Гўри Амир мақбаралари, Бибихоним масжиди, Улуғбек мадрасаси). Уларнинг олд
томони ва ички қиёфаси режаларини тузишда меъморий шаклларнинг умумий уйғунлигини белгиловчи геометрик тузилмаларнинг аниқ ўзаро
нисбати бор. Безак ва сайқал ишлари ҳам бино қурилиши жараёнида баравар амалга оширилган.
63.
Темур салтанат пойтахти Самарқандни безатишга алоҳида эътибор берди. Шаҳарда «Ҳисори», қалъа, улуғвор иншоатлар ва
тиллакор саройлар бунёд эттирди. Самарқандга кираверишдаги Кўҳак тепалиги Чўпон ота мақбараси Улуғбек даврида қурилган бўлиб, бу
иншоотда мутаносиблик, умумий шаклнинг нафислиги, безакларда улуғворлик уйғунлашиб кетган. Темур даврда Самарқанд Афросиёбдан
жанубда мўғуллар давридаги ички ва ташқи шаҳар ўрнида қурила бошлади ҳамда бу майдон қалъа девори ва ҳандак билан ўралиб (1371 й)
Ҳисор деб аталди. Ҳисор 500 гектар бўлиб девор билан ўралган. Шаҳарга олтита дарвозадан кирилган.
Шаҳар маҳаллалардан иборат бўлиб, гузарларга бирлашган. Шаҳарда меъморий мажмуалар шаклланиши Темур ва темурийлар даврининг
энг катта ютуғи бўлди. Меъморчилик тараққиётнинг янги босқичига кўтарилди, иншоотлар кўлами билан бирга унинг шакли ҳам улканлашди.
Бу жараён муҳандислар, меъморлар ва наққошлар зиммасига янги вазифаларни қўйди. Темур даврида гумбазлар тузилишида қирралар оралиғи
кенгайди. Икки қаватли гумбазлар қуришда ичкаридан ёйсимон қовурғаларга таянган ташқи гумбазни кўтариб турувчи пой гумбазнинг
баландлиги ошди. Улуғбек даврида гумбаз ости тузилмаларнинг янги хиллари ишлаб чиқилди. Аниқ фанларда эришилган ютуқлар меъморчилик
ёдгорликларида аниқ кўринади (Шоҳизинда, Аҳмад Яссавий, Гўри Амир мақбаралари, Бибихоним масжиди, Улуғбек мадрасаси). Уларнинг олд
томони ва ички қиёфаси режаларини тузишда меъморий шаклларнинг умумий уйғунлигини белгиловчи геометрик тузилмаларнинг аниқ ўзаро
нисбати бор. Безак ва сайқал ишлари ҳам бино қурилиши жараёнида баравар амалга оширилган.
Темурийлар давргача ва унидан кейин ҳам Мовароуннаҳр ва Ҳуросон меъморчилигида безак ва нақш бу қадар юксалмаган. Темур ва
Улуғбек даври меъморчилигида безакда кўп ранглилик ва нақшлар хилма-хилллиги кузатилади. Эпиграфик битикларни бинонинг махсус
жойларига, хаттотлик санъатини мукаммал эгаллаган усталар олти хил ёзувда ишлаган.
Кошин қатламларида тасвир мавзуи кам учрайди. Оқсарой пештоқларида Шер билан Қуёшнинг жуфт тасвири учрайдики, бу рамзий
маънога эга. Темур ва Улуғбек даврида бино ичининг безаги ҳам хилма-хил бўлган. Девор ва шифт, ҳатто гумбаз ҳам нақш билан зийнатланган.
Темур даврида қурилган биноларда кўк ва зарҳал устун бўлиб, дабдабали нақшлар ишланган, Улуғбек даврида Хитой чиннисига ўхшаш оқ
фондаги кўк нақшлар кўп учрайди.
Бу даврда диний иншоотлар, ҳукмдор саройлари, аслзодаларнинг қароргоҳлари кўплаб қурилган. Темур Ҳиндистон юришидан сўнг (1399
й.) Самарқандда жоме масжиди қурдиради. Унинг рўпарасида Бибихоним мадрасаси ва мақбара бунёд эттирди. Улуғбек Бухоро Жоме
масжидини кенгайтириб, қайта қуриш ишларини бошлаган, бироқ у ХVI асрда қуриб битказди.
Темур даврида Сарой Мулк хоним Гўри Амир мажмуасида мадрасалар қурилган. Улуғбек Самарқанд, Бухоро ва Ғиждувонда мадрасалар
бунёд этирди. ХV асрда мадраса меъморчилиги ўзининг узил-кесил қиёфасига эга бўлди. Мадраса қурилиши ягона тизим бўйича
режалаштирилса ҳам, асосий шакллари, уларнинг ўзаро нисбатлари ва безакларига кўра ҳар бири ўз қиёфасига эга эди. Темурийларнинг икки
санъат дурдонаси – Самарқанддаги Улуғбек ва Ҳиротдаги Гавҳаршодбегим мадрасалари ягона тизим режаси бўйича қурилганига қарамай, бир-
биридан фарқ қилади.
Темурийлар давридан қолган мақбара, дин арбоблари ва руҳонийлар қабрини ўз ичига олувчи тўсиқ-хазира, авлиёлар қадамжолари, даҳма
алоҳида гуруҳни ташкил қилади. Самарқандда Темур даврида шайх Бурхониддин Сағоржий хилхонаси – Руҳобод мақбараси ва Темурийлар
хилхонаси – Гўри Амир. Шунингдек, Шоҳизинда мажмуида пештоқли мақбаралар гуруҳи қурилади. Улуғбек даврида ижобий изланишлар
самараси даҳмаларнинг меъморий кўринишига ҳам таъсир ўтказади. Шоҳизинда мажмуасида саккиз қиррали мақбара ва ҳозиргача Қозизода
Румий мақбараси деб келинаётган («Султоннинг онаси» учун қурилган, асли номаълум) мақбара қурилган. Улуғбек Бухоро, Ғиждувон,
Шаҳрисабз, Термиз, Тошкентда ҳам ноёб обидалар қурдирган. Аммо қурилиш миқёси ва безаклар бўйича Самарқанддаги обидалар устунлик
қилади. Тошкентда Занги ота мақбараси ва Шайхонтохур мажмуаси бўлиб, Қалдирғочбий мақбараси ХV асрнинг биринчи ярмига мансуб.
Темур даврида улкан иншоот – Туркистон шаҳрида Аҳмад Яссавий мақбараси барпо қилинди. Бу мақбара мусулмон Шарқининг
меъморий ёдгорликлари орасида энг ноёбидир.
Қадамжолар меъморчилиги ҳам ўзига хос тузилишга эга. Темур Бухорода Чашмаи Аюб (1380 й.) ёдгорлигини қурдиради. Шунингдек,
Темур Шаҳрисабзда зиёрат ва дафн маросимлари учун «Ҳазира», «Дор ус-Сиёзат» (1389-1400) хилхонасини қурдирган. Ўғли Жаҳонгир вафот
этгач Шаҳрисабзда мақбара (ҳазрати Имом) қурдирган. Унда Хоразм меъморчилиги анъаналарини кўриш мумкин.
Самарқанддаги Улуғбек расдахонаси меъморий санъатнинг ноёб ёдгорлигидир. Расдахона диаметри 48 метрли айлана шаклда бўлиб, уч
қаватлидир.
Темурийлар даврида қурилган саройлар икки хил бўлган. Биринчиси-маъмурий-сиёсий мақсадда бўлиб, қалъа ёки шаҳар ичида қурилган.
Иккинчиси-шаҳар ташқарисидаги боғларда қурилган қароргоҳларда қабул маросимлари, мажлислар ўтказилган ва хордиқ чиқарилган.
Шаҳрисабздаги Оқсарой гумбазининг диаметри 22 метр бўлиб, тоқ ва равоқлари беқиёс бўлган. Темур ва Улуғбекнинг асосий қароргоҳи
Самарқанддаги Кўксарой ва Бўстонсарой дейилади. Шунингдек, шаҳар ташқарисида Темур ўн иккита боғ ва саройлар бунёд эттирган.
Улуғбек даврида Самарқанднинг Регистон майдони шаклланди, «Масжиди Муқаттаъ», 210 гумбазли Кўкалдош жомъе масжиди қад
кўтарди. Шоҳизиндада айрим мақбаралар, Шаҳрисабзда Кўкгумбаз масжиди, «Чилустун» ва «Чиннихона» саройлари унинг даврида қурилди.
ХV асрнинг иккинчи ярмида Самарқандда Хўжа Аҳрор мадрасаси, Ишратхона, Оқсарой мақбаралари бунёд қилинди.
Амир Темур ва Улуғбек даврида тасвирий санъат турли йўналиш бўйича юксалди. Исломда жонли нарсалар тасвирига сиғинмаслик
тасвирий санъатда нақшнинг равнақига сабаб бўлди. Ўрта Осиёда араблар босқини туфайли тўхтаб қолган деворий суратлар ва умуман тасвирий
санъат Темур даврида янги шакл ва мазмунда тикланди. Ҳаттотлик - қўлёзма адабиётнинг ажралмас бир қисми ҳисобланган. Миниатюра –
тасвирий санъатга ҳам аввало нақш сифатида қаралган. Темурийлар даврида тикланган деворий суратлар эса ХVI асрда яна тўхтаб қолди.
30
Самарқанддаги Темурийларнинг сарой-қароргоҳларида қабул маросимлари, жанг воқеалари, ов манзаралари, халқ байрамлари тасвири
туширилган деворий суратлар бўлган. Темур, ўғиллари, набиралари, аёллари ва канизаклари тасвири бу деворий суратларда акс эттирилган
Улуғбек деворида ҳам деворий суратлар мавзу жиҳатдан ранг-баранг бўлиб, услубий жиҳатдан миниатюра жанрига яқин бўлган. Бу даврда
қайта кўрилган Абдураҳмон ас-Сўфийнинг (Х аср) фалакиётга оид асарига ишланган бир суратда Андромеда юлдузлар туркуми чочлик аёл
қиёфасида тасвирланади. Самарқанд расадхонасида эса тўққиз фалак кўриниши, етти гардиш, етти юлдуз-ёритқич даража, вақт бўлимлари, Ер
юзининг етти иқлими тасвирланган.
Темур даврида қурилган Ширинбека опа, Бибихоним, Туман опа обидаларида наққошлик ва хаттотлик билан бирга тасвирий лавҳалар
ҳам мавжуддир. Ширинбека опа мақбарасида тасвир кўп рангларда, қолган ички бино деворларида оқ ва мовий рангдаги табиат манзаралари
тасвирланади.
Хаттотлик санъати тараққиётига ХV асрда анъанавий насхи, куфий, деворий хатлари билан бирга пештоқларни безовчи сулс ва тезкор-
настаълиқ ноёб қўлёзма асарлар кўчириладиган махсус устахоналар китобчиликнинг равнақига ижобий таъсир кўрсатди.
Амир Темур даврида Самарқандда миниатюра рассомчилик мактаби ташкил топди. Ҳозир Туркия ва Берлин кутубхоналарида
сақланаётган кўчирма-хомаки миниатюра нусхалари ХIV-ХV асрларга оид бўлиб, уларда алоҳида шахслар, дарахтлар, гуллар, кичик
композициялар, нақшларда чизиқлар уйғунлиги, ҳаракатлар аниқлиги, қиёфаларнинг ўз ўрнида жойлаштирилиши билан ажралиб туради.
Тарихий шахсларнинг қиёфалари ҳам миниатюраларда акс этган. Амир Темур қиёфаси тириклик вақтида акс этган миниатюралар ҳали
топилмаган. Асл ҳолатига яқин суратлар «Зафарнома»нинг дастлабки кўчирилган нусхаларида учрайди. Унинг бир мунча ёрқинроқ қиёфаси
Ҳиротда (1467 й.) кўчирилган «Зафарнома»да келтирилади. Дастлаб Мирак Наққош бошлаган ва Беҳзод якунлаган ушбу миниатюрада бой
композиция ва сержило бўёқлар уйғунлиги билан ажралиб туради.
64.
Temur oʻz siyosatini mamlakatda markazlashgan kuchli mustaqil jamiyat oʻrnatish, har bir ishda qonun va tartib joriy qilish, yurtda
osoyishtalikni jonlantirish, hunarmandchilik, savdoni rivojlantirish, 6 islom aqidalariga rioya qilishdan boshladi. Temurning amaliy-ijtimoiy faoliyati uning
avval oʻtgan podshohlarga nisbatan qanday ijobiy yangiliklarni amalga oshirganligiga qarab baholanishi zarur. Ana shu nuqtayi nazardan aytishimiz
mumkinki, Amir Temur va temuriylarning faoliyati, shubhasiz ilm-fan taraqqiyoti va maʼnaviyati bilan sugʻorilgandir.Amir Temur saltanatida
zamonasining taniqli allomalari hisoblangan dunyoviy fanlarning hamma tarmoqlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlari olib borgan qariyb 100 dan ortiq olimlar
faoliyat yuritgan. Buni oʻsha davrning guvohi boʻlgan Ibn Arabshoh shunday taʼriflaydi: “Temur har bir jonni (olimu-ulamolarni...) yigʻib, nimaiki narsa
boʻlsa sarasini Samarqandga keltirdi. Natijada, Samarqandda har bir ajib fan ahli namoyondasidan va sanʼatlar gʻaroyib uslubidan fazilati peshonasida
nishona boʻlib, oʻz tengqurlaridan ustun turgan oʻz sohasida alloma kishilar yigʻilgan edi”.Ushbu olimlar Temur tashkil etgan Koʻksaroy kutubxonasida
ishlash va foydalanish huquqiga ega edilar. Ular ilmu fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, Turonu zaminning ilm-fan, madaniyatini jahon
sivilizatsiyasi darajasiga koʻtarib, Samarqandda oʻziga xos ilmiy markazni tashkil etdilar. Bu keyinchalik sohibqironning nevarasi Ulugʻbek davrida
fanning keng taraqqiy etishiga, ilmiy laboratoriya va Samarqand fanlar akademiyasining vujudga kelishiga asos solgan edi.Temur davriga kelib Samarqand
olimlar maskaniga aylanishi bilan madrasalarning vazifalari ham kengaya borib, ular yuqori saviyasi ilm-fan muassasalariga aylana bordi. Ushbu
olimlarning koʻpchiligi, ayni paytda, Temur davrida va Temurdan oldin barpo etilgan va obod xolga keltirilgan Samarqand madrasalarida talabalarga
taʼlim berar edilar. Ularda endi diniy qadriyatlardan tashqari davlat xizmatchilari va iqtidorli yosh olimlar xam tayyorlana boshlandi. Oʻsha davrda
Damashqdan keltirilgan yosh tolibi ilm Ibn Arabshohning Samarqanddagi Idiku Temur madrasasida tahsil olib taniqli tarixchi olim boʻlib yetishganligi
fikrimizning dalilidir. U
Temur davrida qurilgan va obod etilib faoliyati ijobiy yoʻlga qoʻyilgan madrasalar masalasiga kelsak faqat birgina Samarqandning oʻzida ularning
soni unga yaqin edi. Temurning suyukli nabirasi Muhammad Sulton madrasasi, Bibixonim madrasasi, Feruzshoh madrasasi, Idiku Temur madrasasi, Amir
Shohmalik madrasasi, Qutbiddin Sadr madrasasi va boshqalar shular jumlasidan edi. Bundan tashqari, Shahrisabzda, Buxoroda, Xirotda ilm-fan ahllari,
koʻplab adiblar, shoiru- bastakorlar, musavvirlar, meʼmoru muhandislar, binokor naqqoshlar, mohir hunarmandlar ijod bilan band edilar.
Bu davrda Temurning ota yurti Shahrisabz esa oʻzi oʻqigan madrasa qayta taʼmirlanib, kengaytirilib, ilmiy tarbiya markaziga, yaʼni “Adab ilmining
gumbazi”ga aylangan edi. Undagi Temur bunyod etgan “Dor uttilovat”da nafaqat adab ilmi, balki diniy va dunyoviy bilimlar ham oʻrganilar edi. Xirotda
esa Shohrux Mirzo ham Temurning ilm-fan va maʼrifat sohasidagi saʼy-harakatlarini olib butun Xurosondagi eng katta kutubxonani tashkil etadi. Temur
saltanatining har ikkala ulkan kutubxonasida nafaqat arab va turk tillarida, balki fors, lotin va yunon tillaridagi eng nodir asarlar toʻplangan ediki, bu
asarlardan foydalanib ishlagan olimlar keyinchalik Samarqandda Mirzo Ulugʻbek shakllantirgan ulkan ilmiy akademiyaning aʼzolari boʻlib, ilmu
faoliyatlari bilan jahonga tanilgan yirik va mashhur olimlar boʻlib yetishadi. Xirotda esa ana shu saʼy-harakatlarning davomi va Xirot kutubxonasining
tarkibiy qismi tarzida pirovardida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida Kamoliddin Behzod rahbarlik qilgan “Sanʼat akademiyasi” – “Nigariston”
vujudga kelgan edi.
Amir Temurning hayotda amal qilgan tartib eʼtiqodlaridan biri, bu – kitob bitiklar kutubxonasini tashkil etish edi. Chunki uzoq Bursa shahridan
Samarqandga yaxlit bir kutubxonani koʻchirib kelish faqat Temur 11 maʼnaviyatiga xos tafakkur edi. Temurning fikricha, “kitob barcha bunyodkorlik,
yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni oʻrnatuvchi murabbiydir”. Garchi bu satrlar Temur nomidan xalq tilida aytilgan
rivoyatlarda keltirilgan boʻlsa-da, u Temur maʼnaviyatiga tamoman mos keladi. Chunki uning oʻgitlarida “yozilgan narsa avlodlar xotirasida qoladigan
ishlardan ham uzoqroq yashaydi”, degan hikmatli satrlar mavjud .
Amir Temur zamonasida ulamo va mudarrislarga katta moddiy yordam koʻrsatilib ilgarigidan ham ortiqroq maosh va ish haqi olib mudarrislik qilar
edilar. Ular esa davlat va uning boshligʻi tomonidan olimu ulamolarga qilgan salohiyatni moddiy va maʼnaviy yordami tufayli oʻsha davrlarda yaratilgan
ilm-fan natijalari hozirgi kunda, kelajakda ham oʻz qiymatini yoʻqotmaydi. Jumladan, hozirgi kunda Samarqandda Amir Temur saroyida xizmat qilgan
olimlardan biri Muhammad Ibn Umar Saʼdidin at-Taftazoniyning ilm-hisob, handasa va mantiqqa doir bir necha risolasining qadimgi qoʻlyozma nusxalari
mavjud. Shulardan biri toʻgʻri chiziqlarning paralelligiga bagʻishlanadi. Shu jarayonda u burchaklarning boshqa bir qator xossalarini ham isbot qiladi.
Ularning tatbigʻi sifatida ikki masalaning yechimini ham keltiradi.Amir Temur va temuriylar davrida ijod etgan olimlarning asarlari keyingi va yilliklar
davomida qayta-qayta koʻchirilgan va foydalanib kelingan. Tadqiqotlar bu asarlar ilm-fanning keyingi taraqqiyotida ham alohida oʻrin tutganliklarini
koʻrsatadi.
Sohibqironning oʻzi ham fan bilan shugʻullangan, tarixni sevgan, tarix haqida kitoblar yozgan. Uning “Manzumoi Turk”, “Tuzuklari” shular
jumlasidandir. Shu bilan bir qatorda Amir Temur tabobat ilmining rivojiga katta sharoit yaratib beradi va xalq meditsinasini, tabobat ilmiy markazlari,
binolarini vujudga keltiradi. Temurning alohida bino tarzida shifoxona qurdirganligi haqida adabiyotlarda maʼlumot yoʻq. Biroq bizga Amir Temur davrida
Samarqanddagi Ark-qalʼada dor ush-shifo, yaʼni shifoxona xizmati tashkil etilganligi maʼlum. Zamonasining ulugʻ ulamolaridan boʻlmish 13 Mir Sayid
Sharif Jurjoniy (1330-1414) avval Sherozda mudarrislik qilib, 1387-yilda Amir Temurning taklifi bilan Samarqandga kelib ushbu dor ush-shifoda oʻz
faoliyatini davom ettirganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Temur “Tuzuklari”ga amal qilib kasallar uchun shifoxonalar qurgan temuriylar haqida
gapiradigan boʻlsak, unda Xuroson hukmdori Sulton Shohruh Mirzoning xotini Milkat ogʻa (u oldin Umarshayh Mirzoning xotini boʻlib, 1394-yilda u
oʻlgandan keyin Temur idorasiga boʻysunib, Shohruh Mirzo oladi, u kishi Xirot shahrida dor ush-shifo quradi) hamda Shohruh Mirzoning nabirasi Mirzo
Alouddavlatni (u ham Xirotda shifoxona qurgan) va Husayn Boyqaroni (Xirot yaqinidagi Gerirud togʻidan chiqqan shifobaxsh issiq suvga shifoxona
31
qurdiradi) koʻrsatib oʻtish mumkin. Xullas, Amir Temurning nafaqat diniy ilmlar, balki dunyoviy ilmlar hamda tabobat ilmini rivoj toptirishda ham
xizmatlari katta boʻlgan. Temuriylar davrida ilm-maʼrifat faqat Ulugʻbek davridan boshlab rivoj topgan, deb tushunilar edi.
Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan ayon boʻldiki, Temur nevarasi Ulugʻbekka qadar ham oʻz saltanatida ilm-maʼrifat taraqqiyotiga alohida eʼtibor
bergan va shunday xulosa qilish mumkinki, Ulugʻbek akademiyasidek ulkan ilm maskanining poydevoriga ham aslida Temurning oʻzi asos solib ketgan.
65.
O’rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohlarida kamolot bosqichiga ko’tarildi. Тemuriylar davlatiningqudrati
ayniqsa me’morchilikda namoyon bo’ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko’rmoq istasang- binolarimizga boq!» degan yozuv Тemur
davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Тemur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida istehkomlar, shoh ko’chalar, me’moriy majmualar
keng ko’lam kasb etadi. Ilk o’rta asrlardagi shaharning asosiy qismi bo’lgan «Shahriston»dan ko’lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini
Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Тemur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g’arbida hukumat saroyi Oqsaroy va
atrofida rabotlar, bog’-rog’lar qurildi.
Тemur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi. Shaharda «Hisori», qal’a, ulug’vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod
ettirdi. Samarqandga kiraverishdagi Ko’hak tepaligida Cho’pon ota maqbarasi Ulug’bek davrida qurilgan bo’lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy
shaklning nafisligi, bezaklarda ulug’vorlik uyg’unlashib ketgan. Тemur davrda Samarqand Afrosiyobdan janubda mo’g’ullar davridagi ichki va tashqi
shahar o’rnida qurila boshladi hamda bu maydon qal’a devori va xandok bilan o’ralib (1371 y) Hisor deb ataldi. Hisor 500 gektar bo’lib devor bilan
o’ralgan. Shaharga oltita darvozadan kirilgan.Shahar mahalalardan iborat bo’lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me’moriy majmualar shakllanishi Тemur
va temuriylar davrining eng katta yutug’i bo’ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarildi, inshootlar ko’lami bilan birga uning shakli ham
ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo’ydi. Тemur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig’i
kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg’alarga tayangan tashqi gumbazni ko’tarib turuvchi poy gumbazning balandligi
oshdi. Ulug’bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me’morchilik yodgorliklarida aniq ko’rinadi
(Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go’ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug’bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda
me’moriy shakllarning umumiy uyg’unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o’zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi
jarayonida baravar amalga oshirilgan.Тemuriylar davrigacha va undan keyin ham Movarounnahr va Хuroson me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar
yuksalmagan. Тemur va Ulug’bek davri me’morchiligida bezakda ko’p ranglilik va naqshlar xilma-xilligi kuzatiladi. Epigrafik bitiklarni binoning maxsus
joylariga, xattotlik san’atini mukammal egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida Sher bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega.
Тemur va Ulug’bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo’lgan. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatilgan. Тemur davrida
qurilgan binolarda ko’k va zarhal ranglar ustun bo’lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug’bek davrida Хitoy chinnisiga o’xshash oq fondagi ko’k naqshlar
ko’p uchraydi.Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari ko’plab qurildi. Тemur Hindiston yurishidan so’ng (1399 y).
Samarqandda jome masjidi qurdiradi. Uning ro’parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod ettirdi. Ulug’bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib,
qayta qurish ishlarini boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Тemur davrida Saroy Mulk xonim Go’ri Amir majmuasida madrasalar qurilgan. Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda madrasalar bunyod
etirdi. XV asrda madrasa me’morchiligi o’zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo’ldi. Madrasa qurilishi yagona tizim bo’yicha rejalashtirilsa ham, asosiy
shakllari, ularning o’zaro nisbatlari va bezaklariga ko’ra har biri o’z qiyofasiga ega edi. Тemuriylarning ikki san’at durdonasi-Samarqanddagi Ulug’bek va
Hirotdagi Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo’yicha qurilganiga qaramay, bir-biridan farq qiladi.Тemuriylar davridan qolgan maqbara,
din arboblari va ruhoniylar qabrini o’z ichiga oluvchi to’siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Тemur
davrida shayx Burxoniddin Sag’orjiy xilxonasi – Ruhobod maqbarasi va Тemuriylar xilxonasi -Go’ri Amir. Shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli
maqbaralar guruhi quriladi. Ulug’bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko’rinishiga ham ta’sir o’tkazadi. Shohizinda majmuasida
sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma’lum) maqbara quriladi.
Ulug’bek Buxoro, G’ijduvon, Shahrisabz, Тermiz, Тoshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo’yicha
Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Тoshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontohur majmuasi, bo’lib, Qaldirg’ochbiy maqbarasi XV asrning
birinchi yarmiga mansub.Тemur davrida ulkan inshoot-Тurkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining
me’moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.Qadamjolar me’morchiligi ham o’ziga xos tuzilishga ega. Тemur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.)
yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Тemur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan.
O’g’li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Хorazm me’morchiligi an’analarini ko’rish mumkin.Samarqanddagi
Ulug’bek rasadxonasi me’moriy san’atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo’lib, uch qavatlidir.Тemuriylar davrida
qurilgan saroylar ikki xil bo’lgan. Birinchisi-ma’muriy-siyosiy maqsadda bo’lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi
bog’larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o’tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr
bo’lib, toq va ravoqlari beqiyos bo’lgan. Тemur va Ulug’bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy deyiladi. Shuningdek,
shahar tashqarisida Тemur o’n ikkita bog’ va saroylar bunyod ettirgan.Ulug’bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi
Muqatta’», 210 gumbazli Ko’kaldosh jom’e masjidi qad ko’tardi. Shohizindada ayrim maqbaralar, Shahrisabzda Ko’kgumbaz masjidi, «Chilustun» va
«Chinnixona» saroylari uning davrida qurildi.XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Хo’ja Ahror madrasasi, Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod
qilindi.Amir Тemur va Ulug’bek davrida tasviriy san’at turli yo’nalish bo’yicha yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig’inmaslik tasviriy san’atda
naqshning ravnaqiga sabab bo’ldi. O’rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to’xtab qolgan devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Тemur davrida yangi
shakl va mazmunda tiklandi. Хattotlik- qo’lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi hisoblangan. Miniatyura- tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida
qaralgan. Тemuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to’xtab qoldi. Samarqanddagi Тemuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul
marosimlari, jang voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar bo’lgan. Тemur, o’g’illari, nabiralari, ayollari va
kanizaklari tasviri bu devoriy suratlarda aks ettirilgan Ulug’bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan rang-barang bo’lib, uslubiy jihatdan
miniatyura janriga yaqin bo’lgan. Bu davrda qayta ko’chirilgan Abdurahmon as-So’fiyning (X asr) falaqiyotga oid asariga ishlangan bir suratda
Andromeda yulduzlar turkumi Chochlik ayol qiyofasida tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to’qqiz falak ko’rinishi, yetti gardish, yetti yulduz-
yoritqich daraja, vaqt bo’limlari, Yer yuzining yetti iqlimi tasvirlangan.
Тemur darvrida qurilgan Shirinbeka opa, Bibixonim, Тuman opa obidalarida naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir.
Shirinbeka opa maqbarasida tasvir ko’p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.Хattotlik san’ati
taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta’liq noyob qo’lyozma asarlar
ko’chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobotchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Amir Тemur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil topdi. hozir Тurkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan
ko’chirma- homaki miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo’lib, ularda alohida shaxslar, daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda
chiziqlar uyg’unligi, harakatlar aniqligi, qiyofalarning o’z o’rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
32
Тarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Тemur qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl
holatiga yaqin suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko’chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko’chirilgan
«Zafarnoma»da keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo’yoqlarning
uyg’unligi ajralib turadi.Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog’liq bo’lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy,
so’ngra Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Тarixi Rashidiy» kabi tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlagan.
Bu an’ana Тemuriylar davrida ham davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Тemurnoma» asarlarida jang lavhalari tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga
ham Makka va Madina tasviri tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg’ambarning (yuzi niqobda) odamlar orasida turgan holati va
me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari-Layli va Majnun, Хusrav va Shirin,
Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman miniatyura san’ati Iroq, Eron, Хuroson, Movarounnahr va Hindistongacha hududda bir davrga xos badiiy-
estetik hodisa edi. Bu hodisa Тemuriylar bilan bog’liq bo’lib, temuriylarning Bag’dod, Sheroz, Тabriz, Hirot, Samarqand, Dehli kabi markazlarida bir
necha miniatyura maktablari vujudga keldi.Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror topgan bo’lib, turli turkumda yaratilgan
bu miniatyuralarda Sharqiy Тurkiston san’atiga xos bo’lgan Тurkiy obrazlarda Хitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.Samaqanddagi saroy musavvirlari
Abul Хayya va uning shogirdlari Shayx Mahmud Тaliliy, Pir Ahmad Bog’i Shamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh, Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlar
nozik, bo’yoqlar ustalik bilan qo’llangan. ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan. 1420 yildan keyin Boysunqur
Mirzo Hirotda xattotlik va naqqoshlik ustaxonasi tashkil qilgach bu rassomlarning ayrimlari hirotga ko’chib o’tadi. Abul hayya tarixiy asarlariga ishlagan
miniatyuralarda Amir Тemur va temuriylarning qiyofalari aks etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi. Хalil Sulton
davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan o’ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Тemur hayotlik davrida uning saroy
devorlarida shoh va shahzodalar bor bo’yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Тemur va temuriylarning
qiyofalari tasvirlangan ko’plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy,
maktab ko’rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning boshi tasvirlangan tug’-Тemurning gerbi-uning saroyi
peshtoqida, Хalil Sulton va Ulug’bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. Shuningdek, tabiat tasvirida to’q yashil va jigarrang ko’pligi, kiyimlar turkiy
millatga xos bo’lganligidan bu miniatyuralar Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. Chunki, Hirot va Sheroz miniatyuralari
qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir.
Samarqand maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida mahoratlidirlar.
Ulug’bek davrida mashhur bo’lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning
yorqinligi bilan o’ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo’lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»hamsa» asariga va 49 ta miniatyura «Shohnoma» asariga
ishlangan bo’lib hozir Тurkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug’bek davrida as-So’fiyning «Siljimas yulduzlar ro’yhati» asariga ishlangan miniatyuralarda
xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko’rsatilgan bo’lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz
turkumi oddiy xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo’lgan. Masalan,
«Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko’chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o’rgatishi mavzuidagi
miniatyuralar bunga misoldir.
Тemuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo’ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan
me’morchilik bilan bog’liq bo’lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog’och va tosh o’ymakorligi bilan ham bog’liq edi. Qabr toshlariga qisman o’simliksimon,
asosan geometrik nazmlarda xattotlik namunalari bilan so’zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur, qusha o’yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag’ana yoki suna
shaklida bo’lib, bo’z rangli marmardan, ayrim hollarda o’ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan. Yog’och o’ymakorligida Go’ri Amirda, Shohi
Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari, shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Тemur va Ulug’bek davrlarida metall o’ymakorligi
taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o’yib, bo’rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib
tayyorlangan. Yassaviy maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo’yish san’atining eng yuksak namunasidir.Amaliy san’atning
kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga sodda o’simliknoma naqshlarni qora bo’yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar
ishlanishi, bu davrda paydo bo’lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo’yqalamda
chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-rassom turli
uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo’llaydi. Тemur va temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan to’qimachilik, gilamdo’zlik,
kashtachilik yuksak san’at darajasiga ko’tarildi.
67.
TEMUR TUZUKLARI" - Amir Temurning harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va "Tuzukoti
Temur" nomlari bilan atalgan. Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi ekanligini eʼtirof etadigan olimlar koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida "Temur
tuzuklari"ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qoʻlyozmalarning yirik tadqiqotchisi
N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16—17-asrlarda Hindistonda yozilgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni
qoʻlga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va
Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini
mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda boʻlganligi buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan.Ikkinchi
qism mashhur jahongirning farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat, pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish,
toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi,
mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qoʻshin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida
koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi oʻzbek davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning
fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar Posho (hukmronlik yillari
1607—12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir Abu Tolib
Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610 y. Jaʼfar
Poshoning topshirigʻi bilan uni fors tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qoʻlyozmalar shaklida yetib
kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. boburiy hukmdor Shoh Jahonga (1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib,
unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, Dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga
chaqirtirib, mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si va shunga oʻxshash muhim manbalarga solishtirib
chiqish va shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib
alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va u "Malfuzoti Temuriy"
("Temurning aytganlari") va "Voqeoti Temuriy" ("Temurning boshidan kechirganlari") nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan koʻplab nusxalar
33
koʻchirilgani maʼlum.Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida "Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda
tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos tafsilotlar bor.
"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili prof. ingliz
mayori Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga
oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.Aynan
shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech
bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 yillarda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar
koʻplab mamlakatlarga, jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.
Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi.
1892 y. L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima
qiddilar.1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.
"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixontoʻra Soguniy 1967 y.
Toshkentda "Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop
etilmaganligining sababi va 1989 y. oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: "...Oʻsha vaqtda
jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrogʻi rasmiy hokimiyat maʼmurlarining oʻtmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida
Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi toʻla tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham
xoli emas edi. Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, joʻgʻrofiy atamalarda
va istilohlarda gʻalatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan.
1989 yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini "Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda oʻzbek tilida yana bir tarjima
amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida kitob
holida (1991) Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi".
Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y.
Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri
asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra
Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967 yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum
domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.
Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon
tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.
1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.
"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari
ham mavjud."Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada
ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha
adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki
Temur"ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur
malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon
koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi".
Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq
boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni
ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki,
bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha
hikoya qilardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |