3
2.
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlar bilan bevosita bog‘liq holda o‘rganiladi.
Madaniyatshunoslik gumanitar fan sifatida falsafa fani bilan yaqin aloqadordir. Falsafa fanining asosiy masalasi ruh yoki materiya
birlamchimi degan masala emas, balki insoniyat hayotining ma’no-mazmuni masalasidir. Aynan bu masala bilan madaniyatshunoslik fani
ham shug‘ullanadi. Falsafa fani olamda insonning o‘rni, jamiyat taraqqityoti haqida mulohaza yuritadi, jamiyat taraqqiyotining umumiy
qonunlarini tadqiq qiladi. Bu masalalarni tadqiq qilish u yoki bu darajada madaniyatshunoslikka ham xosdir. Falsafa fanining vujudga
kelishi va rivojlanishining o‘zi madaniyat taraqqiyotining mahsulidir.
Madaniyatshunoslik sotsiologiya fani bilan ham yaqin aloqadordir. Negaki, sotsiologiyaning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayoti,
jamiyatda kishilarning mavqei haqida to‘plagan ma’lumotlaridan madaniyatshunoslik fanida foydalaniladi. Umumnazariy xulosalar
chiqarishda sotsiologik materiallar dalil sifatida xizmat qiladi.
Madaniyatshunoslik fani Politologiya (siyosatshunoslik) fanining davlat qurilishi va tuzilishi, siyosiy rejimning turlari va
xususiyatlari, jamiyatni siyosiy boshqarish usullari haqidagi ma’lumotlariga asoslanadi, ularga tayanib umumiy nazariy xulosalar
chiqiradi.
Madaniyatshunoslik fani insonning ichki dunyosi haqida fikr yuritishda psixologiya fani yutuqlaridan, jamiyat taraqqiyotining turli
bosqichlaridagi turmush tarzi, urf-odatlarni, milliy madaniy mentalitetlarni tasvirlashda etnografiya fani ma’lumotlariga asoslanadi.
Madaniyatshunoslik fani tarix fani bilan bevosita bog‘liqdir. Madaniyatshunos jahon xalqlari tarixini yaxshi bilmog‘i zarur. Busiz
insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida shakllangan tarixiy madaniyat turlarini, ularning xususiyatlarini, u yoki bu davrga xos
madaniy mentalitetni tasvirlay olmaydi. Insoniyatning shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi tarixiy faktlar, voqea-hodisalarni bilish
madaniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi jarayoni to‘g‘risida nazariy xulosalar qilishga, madaniy taraqqiyotga xos qonunlar
chiqarishga ko‘maklashadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda madaniyat tarixi madaniyatshunoslik fanining tarkibiy qismidir. Shuningdek,
madaniyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir.
Madaniyatshunoslik pedagogika, inson tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadi. Hozirda inson
tarbiyasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi ikki yuzga yaqin fan sohalari va nazariyalari mavjud. Ba’zan ular qatoriga
madaniyatshunoslikni ham kiritishadi. Bu bejiz emas, chunki, madaniyatshunoslikning bosh vazifasi o‘ziga xos vositalar orqali atrof-
muhitni insoniylashtirish, ya’ni inson kamolotini oliy maqsad qilib qo‘ygan muhitni shakllantirishdir. Madaniyatshunoslik o‘z tadqiqot
ob’ektlarini shunchaki o‘rganib qolmaydi, u jamiyatni inson va taraqqiyot manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zgartirish, insoniylashtirish
yo‘llarini ham yoritib beradi.
Insondagi birinchi ijtimoiy ehtiyoj tarbiyaga yoki tarbiyalanishga
bo‘lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyojni hamma ham, ayniqsa, go‘dakligi va bolaligida zarur narsa sifatida qabul qilavermaydi, shuningdek,
madaniyatni ham. Demak, tarbiya, madaniyat ham, insoniyatning mavjudlik, barhayotlik sharti sifatida jamiyatning ongli va madaniyatli
qatlamlari tomonidan yaratiladi hamda yoshlarga singdiriladi.
Tarbiya ob’ektida ijobiy fazilatlarni va ijodiy hislatlarni shakllantirish-pedagogikaning ham, madaniyatshunoslikning ham vazifasi.
Madaniyatshunoslikning amaliyot bilan bog‘liq yo‘nalishi —"prikladnaya kulturologiya" (amalda tatbis qilinadigan, amaliy
madaniyatshunoslik) xuddi shu joyda pedagogika bilan hamkorlik qiladi, uning boy tarbiyaviy ta’sir usullaridan foydalanadi.
San’atshunoslik — estetika, tasviriy san’at asoslari, teatrshunoslik, musiqa nazariyasi kabi fan sohalarini o‘z ichiga oladi. San’at va
ijod esa o‘z navbatida madaniyatshunoslikning ham ob’ektidir. Go‘zallik ijod qilish, kishilarning his-tuyg‘ularini o‘stirish, ularni ranglar,
ohang va tovushlar rang-barangligini ilg‘ashga o‘rganish muammolari madaniyatshunoslikni ham qiziqtiradi. U xalq amaliy san’ati, xalq
musiqasi va qo‘shiqchiligi an’analarini saqlab qolish hamda rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqadi.
Estetikaning go‘zallik va xunuklik, yuksaklik va tubanlik, kulguli va fojiaviylik, murattablik va nomurattablik kabi tushunchalarni
madaniyatshunoslarga yon atrofdagi voqealarni, kishilardagi fazilatlarni bor ziddiyatlari bilan tadqiq etishga o‘rgatadi. Demak, mavjud
ziddiyatlarni, qarama-qarshiliklarni, ularning ichki qonuniyatlarini hisobga olgandagina madaniyatshunoslik davr talablarini, hayot
ehtiyojlarini va shaxs istaklarini ilg‘ab oladi, o‘zini ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan fan sohasi ekanligini isbotlaydi.
Madaniyatshunoslik fani badiiy adabiyot,adabiyotshunoslik va san’atshunoslik bilan ham hamkorlik qiladi. Jahon adabiyotida
tasvirlangan siymolar, turli qarashlarning to‘qnashuvi, inson hayotining rang-barang qirralari, inson ruhiy omili, ichki kechinmalari-
shodligi va qayg‘usi, sevinch va o‘kinchi, mehr va qahri bor murakkabliklari bilan tasvirlangan yozma asarlar madaniyatshunosni ham
hayotiy, ilmiy-nazariy boyitadi. Chunki, kitob insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko‘rinishi hisoblanadi.
Kitoblarda o‘tmish zamonlarning aql-idroki yashaydi, hoki tuproqlari tush singari allaqachonlar to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro
va aniq yangrab turadi. Zero, insoniyat yaratgan, qayta-qayta o‘ylab ko‘rgan va u erishgan narsalarning bari xuddi sehrli sandiqday
kitoblar sahifasida saqlanib qolgan. Uzoq asrlardan bizgacha yetib kelgan madaniyat durdonalari, tafakkur kemalari bo‘lgan kitoblar
hikmatlar xazinasi ekanligi haqida ajoyib fikrlar aytilgan.
Madaniyatshunoslik fani boshqa gumanitar fanlardan o‘ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Madaniyatshunoslik fani ko‘p asrlik
madaniyat tarixini aslida qanday bo‘lsa shunday tasvirlaydi, madaniyatning mohiyati, xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, tadrijiy taraqqiyoti,
muammolari, insoniyat hayotidagi roli to‘g‘risida yaxlit tasavvur beradi. Aynan shu fan barcha darajalardagi va turli mintaqalar
madaniyatiga, uning alohida shaxslardan to butun insoniyatgacha bo‘lgan turli xil ob’ektlariga tadbiqan qo‘llash mumkin bo‘lgan eng
umumiy madaniyatshunoslik qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatiga ega.
3.
Madaniyat alohida soha. O‘ziga xos tarkibiy tuzilmalardan iborat muayyan tizim. Uning tarkibini madaniyat institutlari,
ijtimoiy munosabatlar tamoyili, kommunikatsiya tashkil qiladi.
Madaniyatni qo‘llanilishiga qarab shaxsiy, oilaviy, kasbiy, tabaqaviy, milliy madaniyat, jamiyat madaniyati, umuminsoniy
madaniyat kabi shakllarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin. Kundalik hayotda «muomala madaniyati», «mehnat madaniyati», «nutq
4
madaniyati», «ishlab chio‘arish madaniyati», «xizmat ko‘rsatish madaniyati», «dam olish madaniyati», «huquqiy madaniyat» kabi
tushunchalar ham qo‘llaniladi.
Madaniyat qo‘llanishiga ko‘ra, quyidagi ob’ektlarni qamrab oladi va bu kundalik turmush bilan bog‘langan:
a) individual madaniyat - alohida olingan bir shaxs madaniyati;
b) ma’lum ijtimoiy tabaqa madaniyati - milliy, tabaqaviy, kasbiy, oilaviy madaniyat;
v) mintaqaviy madaniyat– ma’lum bir hudud va zamon bilan chegaralanmagan muayyan jamiyat madaniyati;
g) umuminsoniy madaniyat.
Madaniyatni qo‘llanishi jihatidan yuqoridagi turlarga bo‘linsa-da, bu itimoiy taraqqiyot tafovutlarni yo‘qotmaydi, balki, aksincha,
tafovutlarning xilma-xilligini yanada kengaytiradi. Shuning uchun tafovutlarni tobora chuqurroq o‘rganish madaniy taraqqiyot
to‘g‘risidagi tasavvurimizning kengayib borishiga xizmat qiladi.
4.
Madaniyatshunoslik pedagogika, inson tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa fanlarning yutuqlaridan ham foydalanadi. Hozirda inson
tarbiyasi muammolari bilan shug‘ullanuvchi ikki yuzga yaqin fan sohalari va nazariyalari mavjud. Ba’zan ular qatoriga
madaniyatshunoslikni ham kiritishadi. Bu bejiz emas, chunki, madaniyatshunoslikning bosh vazifasi o‘ziga xos vositalar orqali atrof-
muhitni insoniylashtirish, ya’ni inson kamolotini oliy maqsad qilib qo‘ygan muhitni shakllantirishdir. Madaniyatshunoslik o‘z tadqiqot
ob’ektlarini shunchaki o‘rganib qolmaydi, u jamiyatni inson va taraqqiyot manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zgartirish, insoniylashtirish
yo‘llarini ham yoritib beradi.
Insondagi birinchi ijtimoiy ehtiyoj tarbiyaga yoki tarbiyalanishga
bo‘lgan ehtiyojdir. Bu ehtiyojni hamma ham, ayniqsa, go‘dakligi va bolaligida zarur narsa sifatida qabul qilavermaydi, shuningdek,
madaniyatni ham. Demak, tarbiya, madaniyat ham, insoniyatning mavjudlik, barhayotlik sharti sifatida jamiyatning ongli va madaniyatli
qatlamlari tomonidan yaratiladi hamda yoshlarga singdiriladi.
Tarbiya ob’ektida ijobiy fazilatlarni va ijodiy hislatlarni shakllantirish-pedagogikaning ham, madaniyatshunoslikning ham vazifasi.
Madaniyatshunoslikning amaliyot bilan bog‘liq yo‘nalishi —"prikladnaya kulturologiya" (amalda tatbis qilinadigan, amaliy
madaniyatshunoslik) xuddi shu joyda pedagogika bilan hamkorlik qiladi, uning boy tarbiyaviy ta’sir usullaridan foydalanadi.
5.
Madaniyatshunoslik fanini o‘rganishda madaniyat so‘zining ma’no-mazmunini bilish, idrok qila olish muhim o‘ringa ega.
Madaniyat so‘zi Madina shahri nomi bilan bog‘liq holda kelib chqqan. Madina – to‘liq arabcha nomi Madinat-Rasulilloh, ya’ni
payg‘ambar shahri hisoblanib, obodonchiligi, ko‘rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan manzilgohlardan ajralib turar edi.
Shuningdek, Madina Makkadan keyin musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa madaniyat so‘zi bizning o‘lkamizga
Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‘liq tarzda kirib kelgan.
Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar, asori-atikalar
yig‘indisi.
Madaniyat – u yoki bu jamiyatga xos falsafiy qarashlar, ilm, fan, maorif, san’at, axloq, din, huquq, siyosat, maishiy xizmat
ko‘rsatish darajasini aks ettiruvchi omillar, ijtimoiy taraqqiyot darajasi.
Madaniyat – insonlar hayotida, jamiyat rivojida shakllangan milliy, umuminsoniy qadriyatlar majmui.
Madaniyat - har bir kishining tarbiyalanganligi, insoniylik fazilatlari va ijodiy faoliyatining ifodasidir.
Umuman olganda, madaniyat, yuqorida tilga olganimizdek, ko‘p qirrali tushunchasi Bizningcha, madaniyat- bu insonlarning ijodiy
faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmui. Insonlarning asrlar davomida o‘zlari uchun farovon jamiyat, go‘zal
hayot barpo etish yo‘lidagi intilislari samarasi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va maishiy hayotda erishgan yutuqlari.
Madaniyat deganda, yana shuni anglash kerakki, u insonlar tomonidan to‘plangan bilim, tajriba, an’ana, udum, jamiki
qadriyatlardir.
Madaniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi.Uning paydo bo‘lishi tarixiy, ijtimoiy jarayon bo‘lib, uning asosini inson tafakkuri,
ongi, aqli, ijodiy salohiyati, mehnati belgilaydi. Madaniyat –inson tafakkuri, mehnatining, aqliy, ijodiy salohiyatining mahsuli.
Madaniyatning yuzaga kelishida inson tuyg‘ulari, orzu-havaslari, faoliyati muhim ahamiyatga ega. Madaniyat inson qalbida vujudga
kelgan nozik tuyg‘u-go‘zallik ifodasidir. Madaniyat bu-san’atdir.
6.Madaniyat borasida tadqiqotlar davom etmoqda, desak yangilishmagan bo‘lamiz.Tadqiqotchilarmadaniyatning turli
funktsiyalarini ko‘rsatadilar. Jumladan:
-Olamni o‘zlashtirish va qayta o‘zgartirishfunktsiya; bunda u mavjud narsalarning jismoniy talablarini, shuningdek ijoddagi hayotiy
talablarni qondirish zarurati bilan bog‘liq.
-Himoya-moslashuv funktsiya; jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi muvofiqlikni saqlash. Ushbu funktsiya uzoq vaqt qiyin tabiiy
sharoitlarda barcha yangi himoya vositalarini ishlab chiqishda va ko‘niktirishda (olov, turar joy, kiyim, dehqonchilik va hok.) odamning
omon qolishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda o‘ta jiddiy bo‘lib turgan muammo tabiatni himoya qiluvchi vositalarni yaratish, bunda
ekologik mezon, ekologik tafakkurning keng qo‘lamda yoyilishini amalga oshirish zarur.
Signifikativ funktsiya;(belgilash, ro‘yxatga olish mazmunida):- mazmun, ma’no, nom, belgilar ko‘lamini ishlab chiqish vositasida
dunyoning qiyofasida, voqelikni belgi tizimining yaratilishi. Sezgilar ham, tashqi idrok ham, na shuurning bevosita kechinmalar holidagi
yig‘indisi ham yo‘nalishni aniqlash tizimini insonga ta’minlab bermaydi. Bu vazifani ma’lumotlarni o‘zida saqlamasdan, nazariy
modellar va axborotlar bilimini to‘plashni vujudga keltirish uchun faqat material bo‘lib xizmat qiluvchi mazmun bajaradi. Axborotlarni
o‘zlashtirish va yig‘ish funktsiyasi xabarlarni yig‘ish va saqlash vositasi tabiiy xotira yoki xabarlarni narsalarga yozish (qo‘lyozmalar,
kartinalar, plastinkalar, kitoblar, kinotasmalar, ohonrabo yoki raqamli yozuvlar) bo‘lishi mumkin. Har qanday holatda axborotlarni tashkil
5
qilish, uning qadri va mazmuni bo‘yicha tartibga solishning ma’lum usuli va belgilar tizimi zarur. hozirgi davrda til belgilar tizimining
keng qo‘llami va o‘ta ahamiyatlisi bo‘lib qolmoqda.
Kommunikativ funktsiya;(aloqa almashuv)- mohiyatni aniqlashda bilimlar, fikrlar, ma’naviy kuchlarni almashlash. Ijtimoiy hayot
doimiy ravishda energiya, axborot, o‘zaro amaliy hamkorlikni taqozo qiladi, negaki, faqat turli tiplprning munosabati (an’anaviy,
funktsional-ahamiyatli, shaxslararo, ishlab chiqaruvchi, ma’rifiy-madaniy) jamiyatning tuzum sifatida mavjudligini va uning keyingi
taraqqiyotini ta’minlashga qodir.
Normativiylik funktsiya(mezon-me’yoriy)- kishilar hulqini tartibga solish, ularning kuchini bir me’yorda va jamiyatni bir
butunlikda saqlash maqsadida muvofiqlashtirish. Me’yor-qoida qandaydir harakat yoki qandaydir predmetlar, narsalarni yaratish sohasida
aniq ko‘rsatmadir. Ongli ravishda o‘rnatilgan yoki ko‘p asrlik an’analarga tayanuvchi majburiy, taqiqlovchi me’yorlar mavjud (huquqiy,
axloqiy me’yorlar), biroq ularning mazmuni bor jamiyatni barbod qilmaslik uchun kishilar faoliyatini tartibga solish, aniq chegaralar bilan
belgilash.
Ruhiy yoki «loyihaviy» mo‘’tadillik funktsiya; bayramlar, diniy marosimlar, o‘yin, tomosha jarayonlarida ruhiy zo‘riqishlarni
bartaraf qilish. qoniqarsiz istaklar, ro‘yobga chiqmaydigan niyatlar, amalda taqiqlanuvchi janjallar mavjudligi ruhiy zo‘riqishlar paydo
bo‘lishiga olib kelib, nafaqat ma’lum bir shaxs salomatligiga zarar yetkazadi, balki, ommaviylik kasb etib, jamiyat harakatini izdan
chiqarishi mumkin. Shuning uchun madaniyatda keraksiz xissiyotdan xalos bo‘lish mexanizmi ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |