II BOB
XX ASR IKKINCHI YA
RMIDA O‘ZBEKISTONDA TANIQLI RASSOMLAR
YARATGAN TARIXIY SHAXSLAR PORTRETLARI
O‘zbekiston mustaqilligi davrida 1991 yildan hozirgi kunlargacha eng yaxshi ta
-
rixiy mavzudagi asarlarda kompozitsiya tuzishga metodologik yondashuvlarning
asosiy tamoyillari taniqli tasviriy san’at ustalari ijodida asos bo‘lib qo
laverdi. Ular
muhim, kasbiy-
texnik rol o‘ynadi va “kompozitsiya” tushunchasi an’
ana
viy bo‘lib
qoldi.
Bu
h
olatda nafaqat asarlarning “vaqti, voqealari va mu
hi
ti”ni
madaniyatshunoslik va san’atshunoslik jixatdan taxlili, ularning shakl va mazmun
tavsifi, balki tasviriy san’at asarini yaratishga sababchi san’at
kor shaxsiyatiga
to‘laligicha bog‘liq bo‘lgan b
adiiy asarni vujudga kelishi ustidan kuzatish jarayoniga
ham bog‘liqdir. Yuksak kasb mahorati afzalliklari bilan ajralib turuvchi bu asarlarning
sifati, shubhasiz, tarixiy madaniyatshunoslik va psixologik
–
madaniyatshunoslik
tadqiqotlari o‘tkazishga imkon berdi, ular manbashunoslik xususiyatiga ham ega. O‘z
asarlari uchun syujet tanlab, o‘z asarlarini yaratayotib tasviriy san’at ustasi qanday
g‘oyalarga, afsonalarga va falsafiy nuqtai nazarlarga tayangan, de
gan haqli savol
tug‘iladi.
Mashxur manzarachi
rassom, tasviriy san’at ustasi Ural Tansiqboyevning ta’
-
kidlashicha, san’at nazariyotchilari ko‘pincha ijodiy asarlarni tadqiq etayo
tib hayotni
va bu ajoyib asarlarning mualliflarini tadqiq etish imkoniyatini qo‘ldan chiqaradilar.
Yuqorida ta’kidlanganl
ardan kelib chiqib, ushbu ishda imkon qadar bu asarlar
yaratilgan davr va mualliflarning o‘zlari haqida ham so‘z yuritishga qaror qilindi. Bu
asarlarni yaratishga ularni nima majbur qildi? Qanday sabablar bunga turtki berdi? Bu
savollarga javob berish va ushbu masalalarni hal qilish hamda shular asnosida tarixiy
asarlarning shakl va mazmunini tahlil qilish ushbu tadqiqotning mantiqiy asosini
tashkil qildi. Ushbu tadqiqotda XX asr ikkinchi yarmida yaratilgan bir qator mashxur
tarixiy janrdagi tasviriy san
’at asarlarini nazariy tadqiq etish bilan bog‘liq dolzarb
vazifa hal qilindi. Bu davrda tasviriy san’at ustalarida kelib chiqishi turlicha bo‘lgan,
turli kasb
dagi odamlarga bo‘lgan qiziqish kuchaydi. Eng muhimi ularning
yaratuvchanlik qudratiga ishonch p
aydo bo‘ldi va ilgari yo‘qotib qo‘yilgan hamda
O‘zbekistonda deyarli yo‘q bo‘lib ketgan portret san’ati yurtimiz tasviriy san‘atida
yetakchi o‘rinlardan birini egallab qoldi. Tarixiy voqealarning mohi
yati va mazmunini
chuqur bilish tasviriy san’at ustalariga o‘z davri qahramonlari obrazini o‘z asarlarida
to‘laqonli aks ettirish bilan bog‘liq ezgu maqsad va vazifalar qo‘yil
di.
Do'stlaringiz bilan baham: |