S en so r alaliyada koreksion ta ’sir tizimi
S en so r alaliyada logopedik t a ’sir n u tq tark ib in in g ongli tah lilini
227
tarbiyalash, fonem atik idrokni rivojlantirishga, nutq tarkibini tushunishga
qaratilgan bo'ladi.
S en so r alaliyali b o lalarn i o 'q itis h d a , fa o liy atn i riv o jlan tirish g a
y o 'n a ltirilg a n , tovush va m orfologik ta h liln i va n u tq n in g m azm u n
tom onini shakllantirishga yo'naltirilgan maxsus usullar qo'llaniladi. Bunda
tu sh u n ish n in g , o 'z n u tq in in g , bilish fao liyatin ing rivojlanm aganligi
darajasi, bola shaxsiyatining um um iy xususiyatlari hisobga olinadi.
Bola nutqiy faoliyatining barcha tom onlariga ketm a-ket sistem ali
ta ’siri korreksion ishning asosiy tam oyili hisoblanadi.
Ish, faqat shifokor tom o n id an , M N S faoliyatini norm allashtiruvchi,
bosh miya po'stlog'i to'qim alari yetilishini rag'batlovchi maxsus m uolajalar
o'tkazilgandagina sam arali bo'ladi.
Korreksion ishlarni boshlashdan aw al bola hayotining sharoiti, uni
o 'rab turgan m uhit, yaqin odam lar, o'yinchoqlari bilan tanishish, qiziqish
va im koniyatlari doirasini aniqlash olib boriladigan ish dasturini va
m uloqotga kiritish yo'llarini belgilash kerak.
Oilada qo'llaniluvchi bolaga qaratilgan m urojaatlar hajmi va xarakteri
a n iq la n a d i. O 'q itu v c h i va o ta -o n a la r o 'z g a rm a y d ig a n k o 'r in is h d a
m ashg'ulotda, ham bolaning uydagi kundalik — m aishiy xarakterga ega
aniq ifodalangan (standartlashgan) ko'rsatm a-istaklar ro'yxatini tuzadilar.
U ning nutqsiz xarakterga ega tovushlarga b o'lg an zehn darajasi, butunlay
jim lik va shovqin sh aro itlarid a an iqlanadi. D astlab n utq iy m uloqot
chegaralanadi, bolaning tartibsiz nutqi torm ozlanadi.
Ish bolaning nutqiy tartibni tashkil etishdan boshlanadi. Bola uchun
dam olish soatlari va kunlari joriy etiladi. K undalik hayotida ovozli
apparatlar olib tashlanadi (televizor, radio va h.k. ). Avaylovchi tovushli
rejim yaratiladi, nutqiy va nutqsiz signallar kirishi chegaralanadi. Freshels
bola atrofida faqat jim jitlik yaratilm ay, balki ko'ruv ochligi vaziyatini
ham yaratishni tavsiya qilgan: rasm larni, o'yinch oq larni ko'rsatm aslik
va h.k. Faqat shunday tinchlantirish asosida ishga kirishish m um kin, bu
bolaning tovushlarga zehnliligini oshirishga yordam beradi. A sta-sekin
diqqat, idrok holati aniqlanadi, so'ng ularni rivojlantirish, kengaytirishga
qaratilgan ishlar olib boriladi.
Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tevarak-atrofidagi
tovushlarga, nutqiy tovushlarga nisbatan qiziqish uyg'otish, ularga taqlid
qilishga ehtiyoj, xohish va im koniyatini rivojlantirish, nutqiy va nutqiy
bo'lm agan tovushlarni farqlash.
U m um pedagogik ish, asosiy faoliyat ko'rinishlarini olib boruvchi
nutqning psixofiziologik asoslarini shakllantirishga, ixtiyoriy diqqatni,
ko 'ruv va akustik k o 'rsa tm a la r ham da differensatsiyalarni rivojlantirishga
yo'naltirilgan. Ish nutqiy tovushlardan boshlanm aydi, nutqsiz xarakterga
ega tovushlar, shovqinlarni farqlashdan bo shlanadi. Biroq b u , bola
yetarlicha uyushgan va unda elem entar diqqatni to 'p lay olish qobiliyati
228
bo'lsa, unum ii faoliyat im koniyati tarbiyalangan taqdirdagina m um kin
b o ia d i.
B olalarning diqqati va ish qobiliyatini rivojlantirish u ch u n tu rli
q o ‘lla n m a la rd a n fo y d a la n ila d i: k esm a ra sm lar, ta y o q c h a la r (h iso b
tayoqchalaridan geom etrik shakllarni yasash), p red m etlarni rangi, shakli
hajm iga k o 'ra tasniflash. Bolaning yetarlicha uyushganligida, diqqatini
to ‘play olishida, faoliyatning e le m e n ta r k o 'rin ish lari shak llan g an id a
tovushlarni idrok qilish bo'yicha olib boriladigan ish m um kin hisoblanadi.
K o 'ru v taq lid ch an lig i asosidagi faoliyatni rivojlantirishga diqq at
qaratiladi, vazifalarm urakkabligi asta-sekin o'sib boradi. Vazifalarni nutqiy
sharhlash olib tashlanadi, chunki rivojlanishning bu bosqichida bola o'ziga
qaratilgan nutqni tushunm aydi.
Faoliyatni tarbiyalash va uni nazorat qilish asosida, nutqiy faoliyatni
yo'naltirilgan shakllanish bo'y ich a ish olib boriladi: m uloqot ehtiyojini
rivojlantirish, uning m otivatsion asoslarini rivojlantirish. Bolani n utq da
d iqqatni jam lashga o'rg atad ilar, fonem atik idrokni kengaytiradilar va
aniqlaydilar.
Bola diqqati, taqlidchanligi va ish qobiliyati yetarli rivojlanishida, bir
q ato r turli xarakterga ega, uyushm agan tovushlarni farqlashga o'rgatishga
o 'tilad i. B unda birm uncha q o 'p o l differensatsiyalarni tarbiyalash bilan
b irm u ncha yorqin, kuchli ifodalangan jaranglan ishlard an boshlanadi:
ham yondagi tang alar jarangi, stakandagi q alam lar taqillashi va h.k. A sta-
sekin b irm uncha past, shiddatsiz, o 'z a ro b irm un cha yaqin tovushlarni
farqlashga o'tiladi: silliq qog'oz shovqini, qutidagi gugurt cho 'p larin in g
shitirlashi va h.k. Y a’ni, birm uncha nozik akustik differensatsiyalarni
tarbiyalashga asta-sekin o 'tib boriladi.
Ovoz chiqaruvchi o 'y in ch o q va asboblar signalidan foydalaniladi.
Bolaning o'yinchoqni q o 'lid a ushlab turishi, jaranglashida vibratsiyani
sezishi foydalidir. A w al u pedagog u yoki bu tovushni qanday keltirib
chiqarayotganini kuzatadi, ularni o 'z i keltirib chiqarishga urinadi. S o 'n g
logoped im o-ishora bilan bolaga ko'zini yopishni yoki o'girilib turishni
ta k lif qiladi (ovoz ch iq aru v ch i p re d m e tla rn i sh irm a, ek ran o rtig a
joylashtirishi m um kin) va bola faqat jara n g i b o 'y ich a m os keluvchi
predm etlarni — tovushlar m anbasini farqlashi lozim.
Ishda chapak chalishdan, oyoqni polga urib tapillatishdan, stolni
taqillatishdan foydalanm aslik kerak, chunki bunday hollarda jaranglash
idrok qilinm ay, tebranish, suyak o'tkazuvchanligidan vibratsiya idrok
qilinadi.
A sta-sekin tovushlar, shovqinlar qatori m urakkablashib boradi va
tu rli xil b o 'la d i. U nga yangi to v u s h la r, avval u z o q va b ir-b irig a
o'xsham aydigan, so'ng nozik akustik ishni talab qiluvchi birm uncha yaqin
tovushlar kiritiladi. Bolaning eshituv m aydoni shinday kengaytiriladi va
yaxshilanadi. Bu ishning m uvaffaqiyatiga qarab shovqinli qatorga kuchli
229
nutqiy tovushlar q o ‘shiladi (a, r, u va h.k. ), bu predm et yoki hodisa
bilan bog‘lanadi. Agar bola tez toliqsa chalg‘uvchan, ju da t a ’sirchan,
n o tin c h b o ‘lib q o lad i, esn ashn i bosh lay di, ish o ‘zining sam arasin i
yo ‘qotadi. Bolaga dam berish yoki faoliyat ko'rinishini o ‘zgartirish lozim .
B un d ay m a sh q la r b u tu n ish d a v o m id a o ‘tk a z ila d i, b iro q h a r b ir
m ashg‘ulotda akustik yuklam aning q a t’iy m e’yorini o ‘rnatish lozim . Bir
m ashg‘ulotda bunday m ashqlarga bir necha m arotaba qaytish m aqsadga
muvoflqdir, biroq bolaning toliqib qolishiga yo ‘l
q o ‘y m a s d a n
bir m arotaba
juda chegaralangan m iqdorda o ‘tkazish lozim. Faol eshituv diqqatining
hajmi sekin ko ‘payadi.
Bu ish bilan p arallel, b o lan in g faoliyati, ish qobiliyati, xulqini
norm allashtirishga yo ‘naltirilgan tarbiyaviy ta ’sir davom ettiriladi: uni
t o ‘g ‘ri o ‘tirishga, k o ‘rishga, nusxa olishga, n u tq siz k o ‘rsa tm ala rg a
bo'ysunishga, bajargan ishiga pedagogning reaksiyasini (m a’qulladi yoki
m a’qullam adi) hisobga olishga, boshlangan ishni oxiriga yetkazishga va
shu kabilarga o ‘rgatadilar. Akustik diqqat va idrok, xotirani, predm etli-
am aliy faoliyatni, quntlilikning rivojlanishiga qarab yaxshilanadi.
Bola to m onidan o'zlashtirilayotgan, nutqiy b o ‘lm agan tovushlardan
ajratilayotgan, farqlanayotgan h ar bir tovush m a’lum aniq vaziyat, harakat,
rasm , p re d m e t bilan b o g 'la n ib , u n in g belgisiga ay lanad i. Ish n in g
boshlang'ich bosqichlarida predm et va ovoz o ‘rtasida shartli bog‘lanishni
sh akllantirish m aqsad id a ekvivalent s o ‘zlar, tovush m ajm uyi ishlab
chiqiladi (r — sam olyot ovozi, irilayotgan it, m o ‘ — sigir va h.k. ).
M a’lum m iqdordagi tovushlarning differensiatsiyasidan so‘ng, aniq
predm et yoki harakat bilan bog‘liq b o ‘g ‘inlarni farqlashga o'tiladi. Ikkita
unli, unli va u ndosh to v u sh larn in g birga kelishiga k o 'ra b o ‘g ‘in lar
tanlanadi-ua, au, am , so, ochiq b o ‘g ‘inlar m a, pa, na, ta va h.k. Bola
so ‘zlarni farqlashga qaratilgan m ashg'ulotlarda aw al bir-birida m a ’nosi,
aytilishi jarangdorligiga ko‘ra keskin farq qiladigan so‘zlartan lan ad i. Bola
id ro k e ta y o tg a n h a r b ir s o ‘z h a r a k a t , k o ‘ru v , ta k til ra v is h d a
m ustahkam lanadi.
K o‘rish, oynali nazorat, yuzdan o ‘qish keng q o ‘llaniladi. Bola idrok
qiluvchi birinchi so ‘zlar o ‘zgarm as ohang bilan talaffuz qilinadi. A lohida
ohang va unga tayanish bolaga m uloqotda m o'ljal ola bilishga yordam
b erad i, nutqga o hang b erish bolaga q iling an m urojaat m azm u n in i
aniqlashda yetakchi tayanch hisoblanadi. Passiv lug'atni t o ‘plash ustida
rejali ish olib boriladi, bir vaqtning o ‘zida o ‘z nutqi rivojlantiriladi.
N om i b o ‘yicha bola rasm larni k o ‘rsatadi, harakatlarni bajarishni
k o ‘rsatib beradi. H arakatlar kom pleksi o ‘rganiladi. Bola asta-sekin aw al
pedagogning nutqiy nazorati ostida o'rgangan tartibi bo 'y ich a bajaradi,
so ‘ng ayrim -ayrim , h ar yeriga odatlanadi: "qo'lni k o ‘tar, yonga . . . ".
Hissiy — o ‘yin jarayoni davom ida tovushlarga qiziqish tarbiyalanadi.
Bola bu jarayon davom ida tovush tabiatini aniqlash, tovush kelayotgan
230
joyni aniqlash, berkitilgan ovozli o ‘yinchoqni topish, tovush signalini
kuchi, davom iyligini aniqlashga, m a ’lu m tovushlarga nisbatan reaksiya
ko‘rsatishga o ‘rganib boradi.
Bola tushunad igan so'zlarni jam lashda, bola bir vaqtning o ‘zida shu
so‘zni eshitishi, k o ‘rishi (rasm ), predm etni ushlab k o ‘rishi va talaffuz
etishi alohida o ‘rin tutadi. S o‘z va p redm et o'rtasidagi b o g ‘liqlik eshituv
va ko‘ruv sezgilarini bir necha m arotaba taqqoslab k o ‘rilganidagina amalga
oshiriladi. Bolalarni k o ‘rgan, eshitganlari ustida hayratga solishdan k o 'ra,
qiziqishlarini kuchaytirish, hayron qoldirish va h.k. lar m u him sanaladi.
Agar bola ular bilan ishlay olish im koniyatiga ega b o 'lsa , u h olda nafaqat
predm et nom lari, balki ular haqidagi ta sa w u rla r ham oso n shakllanadi.
S o 'z n i tu sh u n c h a g a aylan tirish u c h u n so ‘z b ilan u m u m la sh tiru v c h i
aham iyatni kasb etish uchun oddiy takrorlashdan tashqari im konicha,
k o ‘p shartli aloqalarni, k o 'p in c h a harakatli alo qalarn i ishlab chiqish
m uhim dir.
P redm etli am aliy faoliyat davom ida bolalar nutqiy instruksiya asosida
predm et bilan k o ‘pgina topshiriqlarni bajarish k o ‘nik m a, m alakasini
egallaydilar: sutni ich, sutni piyolaga quy, sutni puflab sovit va h.k.
H arakat bilan ifodalangan yuqoridagiga o ‘xshash so 'z la r o n a tilining
gram m atik andozalarini egallashga yordam beradi.
Im koniyatga qarab, bolani erta so ‘z birikm alari va iboralarni idrok
qilishga o ‘rgatadilar. O datda, dastlabkilari standartlashgan bo'ladi: so ‘z
o ‘zgarmagan ohang bilan m a’lum tartibda talaffuz etiladi. Bolaga murojaat
qilinuvchi k o 'rsa tm a la r kundalik-m aishiy xarakterga egadir. A w al u faqat
bir kishini tushunishga odatlanadi, so‘ng bolaning o'suvchi imkoniyatlariga
qarab bu ishga uning atrofidagi kattalar jalb etiladi.
Ibora o ‘z - o ‘zidan tushunilm aydi, bolaning nerv tizim iga birm uncha
um um iy ta ’sir etishning bir qismi singari tushuniladi. Iboralarni tushunish
a w a l faqat vaziyatli, m a ’lum detallarga bog'Iiq b o 'lad i, shu sababli so 'z
tartibini o'zgartiradi. Iboralarni gapirishda ohang tavsiya etilm aydi.
Bola quyidagilarga o'xshash nutqiy buyruqlarni tushunishga o'rgatiladi:
"eshikni och", "ro'm olni ol", "kitobni olib kel", "stulga o 'tir” va h.k.
Yuqorida keltirilgan nutqiy buyruqlarga o'xshash buyruqlarni tushunishga
o'rgatish ishlarida bolaga m ujassam ko'ruv -o b razli-h arak atli vaziyatni
n u tq bilan b o g 'la g a n h o ld a tu sh u n ish d a im o -ish o ra , m im ik ala rd an
foydalaniladi.
Idrok qilish im koniyati sekin rivojlanadi, tushu nish k o 'ru v va taktil-
vibratsiya analizatori tom o n id an tayyorlanganidan so 'n g m um kin bo'ladi:
fonatsiyada ovoz boylam larini sezish va h.k.
A sta-sekin eshituv va harakat differensatsiyalari aniqlanadi, bolaning
o 'z nutqi va tu sh u n ish i tarb iy a la n ad i. D a stlab aku stik n o an iq lik la r
yo'qoladi, keyinroq o 'z nutqidagi xatolar barham to pad i. F o n em atik
idrok, nozik akustik differensatsiyalar rivojlanishiga qarab, o 'z nutqini
231
shakllantirish m um kin b o 'lad i. B utun ish m obaynida asosiy urg‘u bolada
nutqni ongli analiz va sintez qilishni tarbiyalashga beriladi.
N .I. Jinkin (1972) bola bilan birgalikda so'zlarni qaytarish va yodlash
o'rniga, uni turli fikrlovchi m isollarda qo'llashga, ongli tanlashni am alga
oshirishni tavsiya etadi. P redm etli-n utqiy kom binatsiyalardan sam arali
foydalanilgandan so'ng, hikoya va qayta hikoya qilish ishlari olib boriladi.
Bolada m antiqiy, g ram m atik va m avzularga oid so 'z la r guruhini
tushunish shakllantiriladi. M asalan, idish-tovoqlar; uy jihozlari; qo'ln i
yuvish; so v u n , s o c h iq , suv, y u v m o q , a rtm o q va h .k . A sta -se k in
m u ra k k a b la sh u v c h i ib o ra la rn i tu s h u n is h , d e ta lla s h g a n v a z ifa la r,
ko'rsatm alar, o 'z nutqiy va atrofdagilar nutqi tarkibini ongli tahlil qilish
ustida ish olib bo rilad i. B olaning ib o rala rn i oxirigacha eshitishg a,
m azm uniga kira olishga, im pulsiv harakat qilm ay, ko'pinch a, birlam chi
n o to 'g 'ri taassurotlarga qarab harakat qilm aslikka o 'rg atad ilar. Bola
tom onidan nutqni tushunish uzoq vaqtgacha vaziyat, bolaning um um iy
holati, m ashg'ulotdagi hissiy kayfiyati va turli om illarga bog'Iiq b o'ladi.
P r e d m e tla r n i u m u m la s h tir is h m a la k a s i e g a lla n g a c h , u la r n i
aniqlashtirish jarayoni kechadi, rang-qizil, oq; mazasi — shirin, nordon
va h okazo. S h u n in g d e k , g ra m m a tik k o n stru k siy alarn i tu sh u n ish n i
t a ’m in lo v c h i an iq a k u stik d iffe re n siro v k a la r (e s h itis h -k o 'r s a tis h )
shakllantiriladi. Bolada atrofdagilar nutqiga diqqat, o 'z nutqini nazorat
qilish, unga tanqidiy yondashish tarbiyalanib boriladi.
Bola atrof-muhitdagi tovushlarga yanada ko'proq quloq sola boshlaydi,
ularga qiziqadi, taqlid qiladi. Bu k o 'p in ch a hayotining sokin vaqtlariga
to 'g 'ri keladi, m asalan, ertalab uyg'onganida.
B irm uncha yengil hollarda bola jaranglanishi bo 'y ich a yaqin, bir
fonem a bilan farqlanuvchi so'zlarni differensatsiyalashga, b ir xil urg'uli,
bir xil tayanchli so'z birikm alari bilan, turli m iqdordagi bo 'g 'inlari bilan
so'zlarni farqlashga o'rganadi, so'zlarda tovush ketm a-ketligini aniqlashga
o'rganadi.
S o'z va gaplar bola to m o n id an ularni qo'llash orqali, m uloqotda
mos keluvchi vaziyatni yaratish jarayonida m ustahkam lanadi. Eshitishi
va o 'z i takrorlab g ap irish id a, to v u sh lar differensatsiyasi va idrokni
mukam m allashuviga yo'naltirilgan turli m ashqlar qo'llaniladi.
Eshitilgan hikoya m azm unini, ibora, so'zni bola to 'g 'ri tushundim i
yoki yo'qm i doim o tekshiriladi. Shu m aqsadda turli xil rasmlar, so'z va
g a p la rn in g grafik sx em asi, n u tq n in g tu z ilish i va to vush ta rk ib in i
m u sta h k a m la sh u c h u n ran g li fish k a la rd a n fo y d a la n ila d i, ra m z la r
yordam ida so'zning m orfologik aham iyatini o'zgarishi, gap tuzilishining
o'zgarishi ko'rsatib beriladi.
Sensor alaliyali bolalarni savodga o'rgatish m um kin, lekin ularning
o'qish va yozishlarida xatolar kuzatiladi. Savodga bolalar im kon qadar
erta o'rgatishlari kerak. Savodga o'rgatish orqali bolalar tushunchalarini
232
kengaytirish, aniqlashga, lek sik -g ra m m a tik va fon etik tara q q iy o tlari
rivojlantiriladi.
Sensor alaliyali bolalarni savodga o ‘rgatishda tovush-harf y o ‘li samarali
hisoblanmaydi. Bu yo‘l tovush, b o ‘g ‘in, so'z v a g a p bilan bog‘liq bolaning
analitik-sintetik faoliyatiga tayanadi. Savodga o ‘rgatishda global o ‘qish
yo ‘li sam aralidir. 0 ‘qishni egallab u o ‘zining artikulatsion va akustik
imkoniyatlarini kengaytiradi, shundan so‘nggina idrok qilinuvchi va talaffuz
qilinuvchi nutq bilan chuqur analitik-sintetik ish olib borish davom ettiriladi.
Bolalarda ayrim tovushlar yo‘q b o ‘lgan hollarda ham bolalarni savodga
o'rgatadilar. M ualliflarning ta ’kidlashicha, bu savodga o ‘rgatish u chu n
to ‘siq b o ‘la olmaydi.
Tovush, b o 'g 'in , so'zni eshitib bola b o 'g 'in , so'zli jadval yoki harfni
k o 'rsa tad i, kesm a harflardan b o 'g 'in , so 'z tuzadi. S ek in -asta bolada
fonem a, grafem a va artikulem alar o 'rta sid a bog'liqlik shakllanadi.
Sensor alaliyani butunlay b a rta ra f etish im koniyati tadqiqotchilarni
ikkilantiradi. Kechishi yetarli aniqlanm agan, u bir qator om illarga bog'Iiq:
eshituv sezgirligining holati, o 'tk az ilg a n davolash vaqti va xarakteri,
korreksion-tarbiyaviy ta ’sir, bolaning yoshi va aqliy rivojlanishi va h.k.
Buzilishning k o 'p turliligi kuzatiladi, xususan, k o 'p hollarda tushunish
va shaxsiy nutqning ilgari rivojlanishi kuzatilsa ham , kechishi haqida
ishonch bilan gapirish qiyin.
Ishning dastlabki bosqichlarida va birm uncha o g 'ir hollarda, bola
bilan uzoq sistem ali ish olib borish natijasida ishda m uvaffaqiyatga
erishiladi. Ish k o 'pincha, yakka, ayrim hollarda bolalarga faol nutqiy
am aliyotni tashkil qilish kerak bo'lgand a kichikguruh lartuzib olib boriladi.
M axsusiashtirilgan statsionar sharoitidagi korreksion ishda nuqsonning
qism an kom pensatsiyalanishi tezroq am alga oshadi. B unday bolalar bilan
ishlash m urakkab, turli holatlarda turli natijalar beradi. A. G . Ippolitova
fikricha, bolaning butunlay nutqsizligi va tushunm asligining eng o g 'ir
hollarida, ishning dastlabki 3—4 oyida 8—10 ta so'zni tushunishga erishish
m um kin, biroq 2 - 4 tagina so 'z faol lu g'atida paydo bo 'ladi. A gar natija
kam bo'lsa, ishlash m aqsadga m uvofiqm i degan savol tu g'iladi. Biroq
M .Y e. X vatsev ish a h a m iy a tin i t a ’k id la y tu rib s h u n d a y d e y d i:
"Tushunm aydigan va gapirm aydigan bola uchun 1—2 ta so 'z, norm al
rivojlanuvchi bola uchun 1000 ta so 'z d ek ko'pdir".
S ensor alaliyali b o lalar a lo h id a m u assasalarida kam , u la r bilan
kontaktga kirishish qiyin, xulqi o 'z ig a xos, intellekti qoida b o 'y ich a
pasaygan. Shunga bog'Iiq ish tem pi sekinlashgan, pauzalar uzoq davom li,
m ashg'ulotlar m uddati bola holatiga bog'Iiq ravishda turli xildir — 3—5
daqiqadan 20 — 30 daqiqagacha, kuniga 2 —3 m arta, m axsuslashgan
statsionar va maxsus bolalar bog'chasida, keyinchalik am b u lato r ishda
20—30 daqiqa shug'ullanadi q o 'sh im ch a h ar kungi m ustahkam lovchi uy
ishi bilan birga.
233
Sensor alaliyali bolalarning ayrim lari og‘ir n utq nuqsonlariga bolalar
uchun m o ‘ljallangan n u tq m aktablarida yoki yordam chi m aktablarida
(logoped bilan shug‘ullaniladi) o'qitiladilar.
Sensor alaliyani tashxis qilish murakkab bo'lib, k o ‘p hollarda taxm iniy
tashxis q o ‘yiladi.
Sensor alaliyali bolalarni yanada o ‘rganish va u lar bilan korreksion
tarbiyaviy ishning yaxlit, bir butun tizimini yaratish — logopediya nazariyasi
va am aliyotining dolzarb m uam m osidir.
Tekshirish uchun savol va topshiriqlar:
1. Alaliya nutq buzilishiga t a ’rif bering.
2. Alaliyani keltirib chiqaruvchi sabablarni ayting.
3. Alaliyaning qanday shakllari bor?
4. M o to r alaliyani yoritib bering.
5. Sensor alaliyani yoritib bering.
6. Alaliyaning tasnifini yoritib bering.
7. Alaliyali bolalar nutqini tekshirish bo'y ich a qanday ishlar olib boriladi?
8. Alaliyani o ‘rganishning asosiy aspektlari b o 'y ich a m ualliflar ishlarini aytib
bering.
9. Alaliyali bolalar bilan kar bolalarga qiyosiy tavsif bering.
10. Alaliya va dizartriya nutq kamchiligidagi artikulatsion apparat harakatidagi
kam chiliklarni qiyoslang.
11. M o to r alaliyani b arta ra f etishdagi logopedik ish tizim ini yoritib bering.
12. Sensor alaliyani b arta ra f etishdagi logopedik ish tizim ini yoritib bering.
13.
S e n s o r a l a liy a li b o la la r n in g n u tq iy va p s ix o lo g o - p e d a g o g ik
xususiyatlarining o'ziga xosligini yoriting.
14.
A la liy a li b o la la r n i sa v o d g a o ‘r g a tis h d a n a m o y o n b o ‘la d ig a n
qiyinchiliklarning o ‘ziga xosligini yoritib bering.
15. Alaliyali bolalarda nutq faolligini rivojlantirish u chun o ‘yin m ashqlarini
tanlang. Logopedik ishning turli bosqichlarida undan foydalanish im koniyatlarini
k o ‘rsating.
16.
M axsus m u assasalarg a b o rg an d a alaliyali b o la la r n u tq in i b a rc h a
m ashg'ulotlarda kuzating va tahlil qiling.
Tayanch tushunchalar:
1. Alaliya (grekcha a — inkor qilish, lalia — n utq so‘z!aridan) — em brional,
ilk rivojlanish davrida bolaning bosh miya p o ‘stlog‘idagi nutq zonasining organik
jarohatlanish natijasida nutqning rivojlanm ay qolishi.
2. Adekvat (lotin. A daequatus — tenglashtirm oq) — ta m o m a n m unosib
tenglashm oq.
3. Afferent — nerv tizim ining tashqi va ichki m uhim taassurotlaridan olingan
m a ’lum otlarni m arkazga yetkazuvchi tolalari tizimi.
4. Verbal parafaziya (para — grek. Phasis — nutq) — so'zlarni boshqa so‘zlarga
alm ashtirishda nam oyon b o ia d ig a n nutq buzilishi.
5. G nozis (grek. G nosis — bilish) — predm etlarni, hodisa-voqealarni, ularning
m a ’no-m azm u n in i, m ohiyatini bilish.
234
6. G ipenakuziya — atrofdagilar u chun befarq b o'lgan tovushlarga sezgirlikning
oshishi.
7. D isfaziya (dis — grek. phasis — n u tq ) — kelib chiqishga k o 'ra turlich a
b o'lgan berclia nutq kam chiliklarning u m u m iy nom i.
8. K inesteziya (kin. — grek. aesthesis — sezgi) — odam gavda qism larining
tu rli h o la td a b o 'lis h i yoki u la r h a ra k a tin ig fazo d a jo y la n ish in i sezish. Bu
hissiyotning kelib chiqishida ichki retseptorlar (teri, k o'ruv va vestubulyar) ishtirok
etadi.
9. Korrelyatsiya (lotin. C orrelatio — o 'za ro m unosabat) — o 'za ro m unosabat,
bir-biriga bog'liqlik (predm etlarni, organlarni, tushunchalarni).
10. L ateralizatsiya - juft organlarning o 'n g yoki ch ap to m o n n in g ustunligi.
11. Logorreya (logo — grek. rhoia oqim , ja ra y o n ) — to'x to v siz so 'z la r oqim i,
k o'p in ch a keraksiz alohida so 'z la r to 'p la m id a n iborat bo'lad i.
12. N egativizm (lotin. N egativus inkor etilgan) — b a ’zi bir psixik kasallikning
bir sim ptom i.
13. Parafaziya (para — grek. phasis — n u tq ) — n u tq buzilishi, qaysiki bunda
alohida tovush yoki so 'z n o to 'g 'ri q o'llaniladi.
14.
Praksis — m aqsadga yo'n altirilg an avtom atlashgan harakat aktlarini
bajarish qobiliyati.
15. Tavtolgiya (grek. tautologia, ta u to so 'zin d a n — logos — so 'z ) — maxsus
yoki ehtiyotkorlik bilan so 'z birikm asi, ju m la la r tarkibida so 'zla rd an foydalanish,
asosan bir o'zakli h am da m a ’nosi ifoda etilgan va b ir xil tovushlarni qaytarish.
16. Eliziya — so 'z qism laridagi tovushlarni tushirib qoldirish.
235
14-BOB. AFAZIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |