8-Ma’ruza: Test asosida o’quvchilarni bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida test olish.
Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va
usullari (2 soat ma’ruza).
Darsning maqsadi Tinglovchilarga Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida test olish haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish, mustahkamlash, amaliy topshiriqlar berish va ularni baholash.
Darsning rejasi Reja:
Test asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va
usullari.
Test turlari.
Kompyuter asosida test olish usulari, qo’yiladigan talablar.
Dars turi Ma’ruza, amaliy, bahs-munozara.
Dars bosqichlari va
dars taqsimoti
I. Tashkiliy qism
II. Yang mavzu bayoni
III.Mavzuni mustahkamlash
IV. Darsga yakun yasash
O`quv jarayonining
mazmuni
Metod: hamkorlikda o`rganish, jamoada, guruhlarda.
Jihoz : Kompyuterlar, proyektor, tarqatma materiallar, flipchat.
Usul: og`zaki, Yoz ma, taqdimot.
Baholash: reyting tizimda.
Uyga vazifa Keyingi o`tiladigan dars mavzusiga tayyorlanish.Mavzuga doir
adabiyotlar bilan tanishish.
Test (ingliz – text - tajriba) diagnostika metodi bo’lib, standartsavollar beriladi.
Test sistemasi o’quvchilarni baholashning boshqa ko’rilganmetodlariga qaraganda
qanday afzallikka ega? Undan foydalanishmohiyati nimada? Bu savollarga jabov beramiz.
1. Barcha o’quvchilarga teng sharoit yaratiladi (vaqt hisobida ham, testsavollarini tanlash
hisobida ham).
2. Ma’lum vaqt ichida ham o’quvchilarning keng doirasini, hammavzuning to’liq
mazmunini qamrab olish mumkin.
3. Berilgan savollarda tasodifiylik elementlari kamayadi, bu esaimtihon oluvchining
noxolisligini yo’qqa chiqaradi.
4. Imtihon oluvchi va topshiruvchi o’rtasida sub’ektiv fikrni yo’qqachiqaradi.
5. Tekshirishga vaqt va kuch sarflash kamayadi, shu bilan birgao’qituvchi va o’quvchi
ustida nazoratni yengillashtiradi.
6. Test javoblariga mashina tomonidan tezda statik ishlab chiqishimkoniyatiga ega bo’ladi,
chunki savol va javoblar standart shaklgaega.
Testlarni bir qancha turlari mavjud: eslash va to’ldirish uchuntestlar; tanlov testlari.
Tanlov testlari o’z navbatida alternativ, ko’ptanlovli va kesishuvchi tanlovli testlarga bo’linadi.
1– rasm. Testlarning turlari.
Birinchi turdagi testlar o’quvchilarga gapdagi yoki bog’lovchi matndagibo’shliqlarni
to’ldirish vazifasini qo’yadi. Masalan:
1-test. Qolib ketgan so’zni qo’ying.
Belgili o’zgaruvchanlik -- bu .... olingan belgilar ketma-ketligi.
A. Qo’shtirnoq.
V. Qavs.
S. Dumaloq qavs.
D. Kvadrat qavs.
Muqobil test - bu o’quvchi ikkita “ha yoki yo’q” javoblarini tanlashkerak bo’lgan
vazifalar.
2-test. Bayt 8 bitdan iboratmi?
86
A. Ha
V. Yo’q
Kesishuvchi tanlovli testlar bir qancha vazifalardan iborat bo’lib,bu vazifalar
bajarilgandan so’ng o’quvchi olgan natijalar va taxminqilingan natijalar o’rtasida muvofiqni
tekshiradi.
3-test. Har bir son uchun Beysik tilida yozuv toping.
a) 7 1) 3E -10
b) 6,0 2) 1
v) 7,345678 3) 4.E 27
g) 0,00012 4) 87 8787.8
d) 0,00000000003 5) 6.0
e) 4 *1027 6) 999. Ye-11
j) 2,34455628921 7) 12. Ye-5
z) 1,000000001 8) 7
i) 878787,8 9)2.344556
k) 9,91*10 -12 10) 7. 345678
Ko’p tanlov testlari vazifa va javoblar to’plamidan (javoblardanbiri to’g’ri) iborat.
O’quvchi ushbu to’plamdan uning fikriga to’g’rihisoblangan javobini tanlash kerak.
4-test. Beysik-bu:
A. Programma
V. Programmalash tili.
S. Yuqori darajali programmalash tili.
D. Ikkilangan kod tili.
Hozirgi vaqtda bir necha xil ARM “Test” lari mavjud. Ularning harbiri o’zining afzallik
va kamchiliklariga ega. Ammo kompyuterda testolish ko’p jihatdan o’qituvchi va o’quvchi
ishida yengillik yaratadi.
O’qitish natijalarini tekshirish ta’lim jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan biri
hisoblanadi. Baholash o’qitishning hamma bosqichdarida ham o’rinli bo’lishi mumkin,
ko’pincha esa, dasturning biror qismini yoki (va) o’qitishning biror bosqichi yakunida
o’tkaziladi. O’qitish natijalarini tekshirishning asosiy maqsadi bu – o’quvchi tomonidan joriy
dastur, fanning ta’lim standartiga mos kelishi kerak bo’lgan bilimlarni egallaganligini
tekshirishdir.
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda o’quv krslarini yaratish va ularni
o’rnatishda o’quvchilar bilimini baholash masalasi asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda olinayotgan nazorat natijalari
haqiqiyligini ta’minlash uchun maxsus kompyuterli test usullar qabul qilingan:
O’quv zahiralariga murojaatni maxsus parollar va identifikatorlar orqali amalga
oshiriladi; testlarning o’zi va natijalari maxsus shifrlar va kodlar yordamida
himoyalanadi; umumiy ma’lumotlarga murojaat maxsus vositalar yordamida amalga
oshiriladi
Himoya uchun qo’shimcha qurilmalar, masalan videokamera, pin-kodlarni o’qish
qurilmalarini qo’llash
Test savollari va javoblari variantlarini almashtirish va javob uchun aniq belgilangan
vaqt o’rnatish
Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda testlash. O’quvchilarning IAT
fanidan olgan bilimi sifatini baholash uchun maxsus tayyorlangan materiallar – testlardan
foydalanishimiz kerak. Ular tajriba to’plashning har bir bosqichi bo’yicha tuzilgan bo’lishi
kerak. Test – bu olingan bilimning sifati va darajasini aniqlab beruvchi vosita hisoblanadi.
Testlash jarayonida sun’iy intellekt va bilimlar injeneringidan foydalanish jarayonning
mukammal bo’lishiga va natijalarning aniq chiqishiga yordam beradi.
Talimiy soatlarda ko’pincha real vaqtda ishlovchi testlarni ko’rish mumkin. Bu rejimda
test topshiruvchi serverdagi dasturga to’g’ridan-to’g’ri muloqot orqali javob beradi. Testlar
87
savollar va jabob variantlari (qoida bo’yicha biri to’g’ri qolganlari noto’g’ri) dan iborat.
O’quvchi javob berishi uchun kerakli variant ustiga sichqon tugmasi bilan bosadi va keyingi
savolga o’tishi mumkin bo’ladi. SHu asnoda test variantlari tugatiladi va foydalanuvchiga u
erishgan natija (to’g’ri javoblar soni) hamda o’qishni davom ettirish (tugatish) haqidagi xabar
chiqariladi.
Ko’p yillardan beri testlashni o’tkazish uchun xalqaro standart mavjud. Bu standartga
ko’ra o’tish bali to’g’ri javoblar soni bilan emas, balki, ma’lum bilimlarni talab qiluvchi testlarga
beriladigan javoblar bilan aniqlanadi.
Kompyuterli test tuzuvchilar bir qator qoidalarga rioya qilishlari kerak:
test testlash maqsadlariga to’g’ri kelishi kerak;
bilimlar qiymatini o’tiladigan darslarning umumiy tizimida aniqlash kerak;
testning formasi va mazmuni orasida aloqa bo’lishi kerak;
test topshiriqlari mazmun jihatdan to’g’ri bo’lishi kerak;
test mazmuni o’tilgan materiallarning mazmuniga mos kelishi kerak;
test fanning zamonaviy darajasiga mos kelishi kerak;
test mazmuni mukammal va muvozanatlangan bo’lishi kerak;
test mazmuni tizimli, shu bilan birga variantlarga ega bo’lishi kerak.
Har bir test boshlanishida masalani yechish uchun qisqa ko’rsatma beriladi. Masalan:
“To’g’ri javobni tanlang ...”, “Eng to’g’ri javobni tanlang...”, “bo’sh maydonga mos javobni
tanlang...” va h.k.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan testlarni yaratishda eng avval qismlarga
mo’ljallangan yo’nalishga asoslangan bo’lishi kerak. Bunda bitta o’quvchining bilim, malaka va
ko’nikmasi kutilgan natijalar bilan taqqoslanadi.
Testlash jarayonida boshlash, davom ettirish, to’xtatish va tugallash imkoniyatlarini
yaratish kerak. Testni boshlashdan oldin qatnashchi tizimga o’zini tanishtirishi
(autentifikatsiyadan o’tishi) kerak.
Lomovtseva N.V. o’quvchilarni masofaviy o’qitishda nazoratini tashkil qilishda ko’zda
tutilishi kerak bo’lgan quyidagi asosiy printsiplarini ajratadi:
Ob’ektivlik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda bilish
faoliyati sub’ektiv faktorga minimal ta’sir vaqtida baholanishi kerak.
Demokratiklik printsipi – informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishda hamma
o’quvchilar, nazorat topshiruvchilar uchun bir xil sharoit yaratilishi kerak.
Ommaviylik va qisqa muddatlilik printsipi – Informatika va axborot texnologiyalarini
o’qitishda nazorat iloji boricha qisqa muddatdao’tkazilishi va iloji boricha ko’proq
o’quvchilarning bilimini sinash kerak.
Umumiy o’qitish nuqtai-nazaridan Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish
o’zaro aloqada bo’lgan va o’zaro bog’liq quyidagi tizimlardan iborat deyishimiz mumkin:
ma’lumotni yetkazib berish, materialni mustahkamlash, bilimlarni tekshirish, o’quvchilar
muvaffaqiyatlarini saqlash.
Nazorat turlari, uni o’tkazish tartibi va mezonlari o’quv ishlari bo’yicha diretor
o’rinbosarlari tavsiyasi bilan umumiy o’rta ta’lim maktabining o’quv-uslubiy Kengashida
muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg’ulot
turlari bilan birgalikda ko’rsatiladi.
Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan
maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar
fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda o’quvchilarga e’lon qilinadi.
O’quvchilarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga
muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat - o’quvchining fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini
aniklash va baxolash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar,
laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarida og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi,
kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
88
oraliq nazorat - choraklik davomida o’kuv dasturining tegishli (fanning bir necha
mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin o’quvchining bilim va amaliy
ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oralik nazoratining soni (bir choraklikda ikki
martadan ko’p o’tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma. og’zaki, test va hokazo) o’quv faniga
ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chikkan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat - choraklik yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy
ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat
asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
O’quvchilarning bilim saviyasi. ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting
tizimi asosida o’quvchining har bir fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi baholar orqali ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha o’quvchining choraklik davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 5 baho
tizimida baholanadi.
O’quvchining fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi
namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 5 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- xulosa va qaror qabul qilish;
- ijodiy fikrlay olish;
- mustaqil mushohada yurita olish;
- olgan bilimlarini amalda qo’llay olish;
- mohiyatini tushunish;
- bilish, aytib berish;
- tasavvurga ega bqlish.
b) 4 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

- tasavvurga ega bo’lish.
v) 3 baho uchun o’quvchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- mohiyatini tushunish;
- bilish, aytib berish;
- tasavvurga ega bo’lish.
g) quyidagi hollarda o’quvchining bilim darajasi 2 baho bilan baholanishi mumkin:
- aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
- bilmaslik.
Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy (JN) va oraliq nazorat(ON)lar
bo’yicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, O’TIBDO’ tomonidan tasdiqlanadi va o’quvchilarga
e’lon qilinadi.
O’quvchilarning o’quv fani bo’yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar
jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan baholardan kelib chiqqan holda
baholanadi.
O’quvchining choraklik davomida fan bo’yicha to’plangan umumiy bahosi har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plangan ballari yig’indisiga teng.
Test savollari
Agar test topshirig’i matnida uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan
bo’lsa, bunday topshiriq qanday test deb ataladi.
Ochiq topshiriqlar testi
Yopiq topshiriqlar testi
Muvofiqlashtirilgan topshiriqlar testi
Ikkita javobli yopiq topshiriqlar testi
89
Test topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’lsa va bu javoblardan biri
to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’lsa bunday topshiriq qanday
test deb ataladi.
Ochiq topshiriqlar testi
Yopiq topshiriqlar testi
Muvofiqlashtirilgan topshiriqlar testi
Ikkita javobli yopiq topshiriqlar testiTest asosida o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakl va
usullari (2 soat ma’ruza).
Darsning maqsadi Tinglovchilarga Test asosida o’quvchilarning bilimini
nazorat qilish shakl va usullari. Test turlari. Kompyuter asosida
test olish haqida bilim berish va ko`nikmalarini rivojlantirish,
mustahkamlash, amaliy topshiriqlar berish va ularni baholash.
85

Ikkita javobli yopiq topshiriql