Birinchi bosqichda
olib borilayotgan ishlar quyidagilar sanaladi: nutqiy
faollikni tarbiyalash, passiv va faol lug‘atni shakllantirish. D ialog, sodda,
k atta b o 'lm ag an hikoya ustida ish olib boriladi. N u tq iy faoliyatning
psixofiziologik asoslari va vaziyatli m uloqotning birlam chi k o ‘nikm alari
shakllantiriladi.
Ikkinchi bosqichda
lug‘at va ju m la tuzilishini m urakkablashtirish
asosida frazali nutqi shakllantiriladi.
G a p la rd an foydalanish ularni gram m atik jiho zlash , dialog va hikoya
ustida ish olib boriladi.
U chinchi bosqichda
mustaqil nutqni shakllantirish ishlari olib boriladi.
Barcha bosqichlarda nutqiy faoliyatning ham m a tom onlari shakllantiriladi.
B olalar am aliy m ashqlar yordam ida so ‘zlarn i g ap d a b og ‘liqligini
tushunishga va ularni nutqida to ‘g‘ri q o ‘llashga o ‘rganadilar. N utqiy
u q u v la rn i s h a k lla n tiris h d a — m o rfo lo g ik , g r a m m a tik , fo n e m a tik
u m u m la s h m a la r va q a r a m a - q a r s h ilik la r — m e x a n ik m a s h q la rn i
yaqinlashtirm asdan, aloqalar, m azm unni anglash uch un analizga katta
e ’tib o r qaratish, kuzatishga o ‘rgatish, tahlil qilish va turli darajadagi nutq
m aterialini um um lashtirish m uhim . Asta-sekin n u tq d a harakat, sifat,
predm et va uning elem entlarining xossalari, m u nosabat va aloqalarni
215
belgilash yo‘li orqali nutqiy bayon qilishlarning intellektuallashuvi darajasi
oshadi.
Ko'rgazm ali vaziyatlarda bolalar tom o nid an buyum , harakatlar ajratib
olinadi va shu asosida so‘z shakllari taqqoslanadi, turli yangi gaplartuziladi.
Lug‘at bilan ishlashning turli usullaridan foydalaniladi: nutqiy va asl
holidagi predm etlar, harakatlar, rasmlar, vaziyatlarni nam oyishi. L ug'at
bilan ishlashning ko‘rinishlari: predm etlarni harakatlarga mos tarzda
tanlash (kim yuguryapti, uchayapti), butun qism larini nom lash (eshik,
chiroq, g'ildirak). Bir o ‘zakli so‘zlarni tan lash (bog‘-b o g ‘bon ), t a ’rif
b o ‘yicha predm etlarni topish antonim , sinonim larni, kichraytirish-erkalash
so 'z la r tarkibini tanlash. M avzular o'yin cho qlar, m evalar, sabzavotlar va
h. k. lug'at egallash bilan birgalikda so‘zning m a ’lum gram m atik shaklidan
foydalanishni o ‘rgatib boriladi (ko‘plik va birlik, shaxs va son).
P r e d m e t l a r b ila n h a r a k a tla r n i b a ja r a t u r i b b o l a l a r u la r n i
nutqlashtiradilar: sut ichyapm an, sutni idishga quyyapm an va h.k. U larda
savollarga javob berish va savol berish uquvi tarbiyalanadi. S o 'z bo'yicha
gap o'ylab topish, tayanch so'zlar, seriyali rasm lar b o 'y ich a gap tuzadilar,
p red m etlar haqida savollar va topishm oqlar tuzish, ikki yoki undan ortiq
p re d m e tla rn i ta q q o s la b t a ’rif berish uquvi sh a k lla n tirila d i. Javo b
variantlarining xilma-xilligi boyitiladi, bu so'zga m os keluvchi m uhim
gram m atik shaklni faol tanlashga yordam beradi, so'zga va nutq ifodalash
vositalariga qiziqishni tarbiyalaydi.
G r a m m a tik m a la k a la rn i s h a k lla n tir is h d a tu rli k o 'r in is h d a g i
m ashqlardan foydalaniladi: so 'z birikm alarini ko 'chirish, taqlid qiluvchi,
alm ashtiruvchi va o'zgaruvchi mashqlar. B unday m ashqlar kom m unikativ
xarakterga ega, ular m uloqot jarayoniga yaqindirlar. G ram m atik tuzilishni
m ustahkam lash uchun asta-sekin gaplarning turli m odeli qayta ishlanadi:
bosh kelishik va m oslashtirilgan fe’l (Vali o 'tirib d i); bosh kelishik,
m oslashtirilgan fe’l va to 'g 'ri qo'shim ch a (B ola kitob o'qiyapti); bosh
kelishik, moslashgan fe’l va ikki bog'Iiq kelishik (O na qizchaga kitobni
berdi — tushum va jo'n alish kelishigi) va h.k.
Turgan gapki, bolaga gram m atika bo'yicha hech qanday m a’lum otlar
berilm aydi, ish faqat birm uncha doim iy so'z o'zgartirish, so 'z hosil qilish
va gap tuzish m odellari bilan am aliy tanishtirishni k o 'zd a tutadi. Istalgan
g ra m m a tik kategoriya ustid an olib b o rilad ig an u m u m iy ish tartib i
quyidagicha: bola aw al logoped m a’lum m odelni qanday tuzyapganini
ko'radi va kuzatadi, so'ng taqlid qiluvchi nutqiy faoliyatga kirishadi.
Bunda ajratilgan gram m atik shaklni va bog'langan nutqdagi gram m atik
shaklni qo'llaydi. Impressiv agramm atizm bartaraf etishda shaxsiy nutqdagi
agram m atizm tekislanib boradi.
B olalar tom onidan gram m atikani o'zlashtirish jarayoni o'zig a xos
x u s u s i y a t la r g a e g a d ir , c h u n k i t u s h u n c h a l a r n i n g s h a k lla n is h i
m avhum lashtirish va um um lashtirishga olib keluvchi analiz va sintezning
216
alohida shakllariga asoslanib am alga oshadi. G ra m m a tik tu sh u n ch alar
m avhum ligi bilan xarakterlanadi, chunki oldinda alohida so ‘zlar va gaplar
ko ‘rinmay, ular asosida yotuvchi hosil bo'lish, uyg‘unlashuv va o'zgarishlar
ko'rinadi. G ram m atik qurilishni egallash, lug'atni boyitish va nu tq birligi
sifatida gaplarni am aliy o'zlashtirish bilan bir vaqtning o 'z id a olib boriladi.
G ram m atik qurilishni o'zlashtirish — bu eshitish b o 'y ich a differensatsiya
(ajratish, qism larga ajratish va birlashtirish) va nutqda m a ’lum elem entlar
(q o'shim chalar, k o 'm ak ch ilar va h.k. ) qachon va qanday foydalanilishi
haqidagi n u tq iy tasav v u rla rn i eslab qolish. S u h b a tla r, p re d m e t va
h ara k a tla rn i k u z a tish la r, o 'y in la r, verbal n a m u n a la rg a tay an ish va
hokazolardan foydalaniladi. Didaktik m ateriallar, pedagogning nutqiy
m a te ria lla ri, m a sh q la rn i tashkil qilish , b o la la r am aliy m u lo q o tin i
rivojlantirish m aqsadida qo'llanuvchi maishiy vaziyatlarni tanlash, o'yinda
nutqiy m uloqot va boshqalar nutq o'rgatish vositalari hisoblanadi.
Olib boriladigan ishning asosiy vazifasi — bolada m uloqot jarayoni
va vositalarini shakllantirish. Shaxslararo m uloqot — dialogdan sekin-
asta m onolog nutqga o'tiladi. N utqiy m uloqot tashabbusi asta-sekin
logopeddan bolaga o'tadi.
N utqiy am aliyot ongli farqlash, m orfologik elem en tlarn i ajratish,
um um lashtirish va sintaktik konstruksiyalar b o 'y ich a ishlarda oldindan
t a ’m in la n ad i. B ola d iq q ati m azm un va ja ra n g la sh n in g o 'zg arish ig a
qaratiladi: q o 'ln i sila—q o 'l bilan sila, qalam ni chiz — qalam bilan chiz.
G ap ustida ishlashda asosiy fikr, m antiqiy urg'u ajratiladi, uni o'rnini
o 'z g artirish q o 'lla n a d i, vazifalar savol-javobni k o 'z la y d i, gaplarning
tarqalishi va qayta qurilishini nazarda tutadi. Sinonim izatsiya usulidan
foydalana turib boshqacharoq aytish, aynan bir fikrni boshqa til vositalari
bilan ifodalash ta k lif qilinadi. Bunday m ashqlar bo lada n u tq hissini
tarbiyalaydi, lug'at zaxirasi faollashuvini ta ’m inlaydi, gram m atik-sintaktik
m odellarni m ustahkam laydi.
B o g 'la n g a n n u tq u stid a olib b o rila d ig a n ish fa o liy a t m otiv in i
shakllantirish va bayon qilishning m ukam m al dasturini tashkil qilishdan
boshlanadi. Bayon qilish rejasi sifatida sujetli rasm lar seriyasi, ramzlik,
epizodlar yoki alohida predm etlar ifodalangan alm ashtiriluvchi rasmlardan
foydalanadilar. Bolalar rasmlarni kerakli ketm a-ketlikda q o'yib chiqadilar,
alohida epizodlar b o'yicha berilgan savollarga javob beradilar, tayanch
so'zlar bo'yicha aw al logoped yordamida, so'ng mustaqil hikoya tuzadilar.
M ustaqil m onologik nutq shakllanishida bolalarning yaxlit m atnni ham ,
alohida gaplarni ham tuzish uquvi m ustahkam lanadi.
Alaliyali bolalarni savodga o'rgatish nisbatan erta bo shlanadi, bu
ularning nutqiy im koniyatlarini kengaytiradi. O 'qilgan va yozilgan m a
terial k o'pro q m ustahkam lanadi, nutqiy faoliyat shakllanishi t a ’m inlanadi.
Savodga o'rgatish, so 'z va iboralarning tuzilishini o 'zlash tirish d a bolaga
yaqindan yordam beradi. U o'qish va yozish orqali o 'z nutqin i nazorat
217
qiladi va tuzatib boradi. Bunday bolalarni savodga o'rgatish uzoq m uddatni
va maxsus usullar qo'llanilishini talab etadi. Y ozm a nutqni egallashda
ikkilamchi disgrafiya va disleksiya yuzaga keladi.
M aktab yoshidagi alaliyali bolalar uchun og‘ir nutq nuqsoniga ega
bolalar uchun m o'ljallangan m aktablar sharoitida am alga oshiriladigan,
maxsus tashkil etilgan t a ’lim shakli talab qilinadi. 0 ‘quvchilarni ona
tiliga o'rgatish maxsus dastur asosida am alga oshiriladi.
Maxsus m aktablarda bolalarni o'qitish va tarbiyalash t a ’m inlanadi,
xususan, nutq rivojlanishida ch u q u r o rq ad a qolish u larning og'zaki
m uloqotini chegaralaydi va bilim asoslarini egallashda jiddiy to 'siq hosil
qiladi.
N utq rivojlanm aganligining yengil darajasida bolalar t a ’lim olishlari
m um kin, xususan, om m aviy m aktablarda m a ’lum qiyinchiliklar bilan va
parallel ravishda logopedik punktda shug'ullanishlari m um kin.
L ogopedik m a sh g 'u lo tla rd a b o lalar n u tq i rivo jlanish i orasidagi
uzilishlar to 'ld irila d i, ular n utqining m uloq ot va um u m lashtiru vch i
funksiyalarining takomillashuvi ustida ish olib boriladi. M odom iki, ayrim
o'quvchilarda o'qishdagi qiyinchiliklar va om adsiz vaziyatlar tufayli ayrim
hollarda o'qishga nisbatan salbiy m unosabat yuzaga kelar ekan, logopedik
m ashg'ulotlarda ularning bilish faolligini va o'qish faoliyatini rivojlantirish
rag'batlantiriladi.
Bolalarni m aktabda ta ’lim olishga tayyorlash m axsus tashkil etilgan
maktabgacha tarbiya muassasalari va tibbiy muassasalar tom onidan amalga
o s h irila d i. H a r b ir m u a ss a sa d a b o la la r n u tq in i s h a k lla n tiris h g a
yo'naltirilgan, tibbiy-pedagogik xodimlarning kelishilgan ishi olib boriladi,
yagona nutqiy tartib o'rnatiladi. Tarbiyachilar logopedik ishga tayyorgarlik
olib boradilaryoki uni m ustahkam laydilar (tushunchalarni shakllantirish,
lug'atni boyitish, nutqiy m uom alani rivojlantirish va aniqlash, bog'langan
nutqni rivojlantirish va h.k. ). Bolalar logopedik m ashg'ulotlarda deyarli
so 'z hosil qilish va so'z o'zgartirish nam unaiarini, gap va bog'langan
m atn tuzishni egallab oladilar, ularda fonem atik idrok va tovush tahlili
shakllanadi.
K o'pgina alaliyali bolalar birinchi yordam ni bolalar poliklinikasi va
psixonevrologik dispanserlarning logopedlaridan oladilar.
B irm uncha o g 'ir bolalarni nutqga o 'rg atish statsio n ar sh aroitid a
muvaffaqiyatli olib boriladi. Bu yerda yaxlit tibbiy-psixologo-pedagogik
tad b irlar kom pleksini m aqsadga muvofiq am alga oshirish im koniyati
mavjud. Bu tadbirlar alaliyali bolalar shaxsi v nutqi rivojlanishiga, logoped,
tarbiyachi, shifokor ishida aloqani ta ’minlashga yo'naltirilgan.
Logopedik ishlar bolani sistemali ravishda m axsus davolash ishlari
olib borilganda samarali hisoblanadi.
B unday bolalar nutqi rivojlanishining kuchli m anbayi, ularning no r
m al gapiruvchi odam lar bilan m uloqoti hisoblanadi. M uloqot yagona
218
om il hisoblanm asa ham , bolalarning bilish im koniyatlari va m uloqot
fao llig in in g yuqori rivo jlan ish i asosidagi m u lo q o t ja ra y o n id a n u tq
shakllanishi birm uncha sam arali bo'ladi.
I s h a s o s a n g u r u h l a r d a a m a l g a o s h i r i l a d i , b u n d a b o l a l a r
taqlidchanligidan foydalaniladi, em otsional m uhit yaratiladi, bolalarda
jam oatchilik ishi malakasi shakllanadi, bu oldinda turgan m aktab ta ’limi
va ijtim oiy adaptatsiya uchun m uhim dir.
B olalarning shaxsiy va nutqiy xususiyatlariga bog'Iiq ravishda ish
individual tuziladi. ishning differensirlashgan usullari korreksion ta ’sirni
birm unch a natijali qiladi.
B o la la r, h a tto , b ir - b ir ig a n is b a ta n b ir x ild ag i t a ’lim - ta r b iy a
sharoitlarida ham nutqiy m alakalarni notekis egallaydilar. Turli bolalarda
nutqiy m aterialni o ‘zlashtirishning notekis tem pi aniqlangan. M ualliflar
alaliyani b arta raf etishning turli xil m uddatlarini aytadilar: ayrim lar bir
necha oyni yetarli deb hisoblaydilar (L ibm ann, 1924), boshqalar ish
yillar davom ida olib borilishi kerak va kechishi belgilanm agan deb taxm in
qiladilar (M .V. Bogdanov-Berezovskiy, 1909). V. K. O rfinskaya va L.V.
M elexova fikricha, ishni boshlash va davomiyligi m uddati masalasi h ar
bir holatda alohida hal qilinishi lozim, bunda nutqiy rivojlanm aganlik
xarakteri va darajasidan, bolaning individual xususiyatlari va boshqa
o m illa rd a n kelib chiqiladi. 3—4 y o sh lar ish boshlash u c h u n qulay
hisoblanadi. B unda, bolada bilim larga intilish paydo b o ‘ladi va bu ishda
faollik, onglilik, qiziquvchanlik, tanqidchilik uchun m uhim dir.
Alaliyada ijobiy dinam ika quyidagi omillarni hisobga olganda nam oyon
b o ‘ladi: nuqsonni erta aniqlash, ikkilamchi buzilishlarning o ‘z vaqtida
oldini olish, m e ’yordagi ontogenezni hisobga olish, nu tqning barcha
tarkibiy qism lariga sistemali ta ’sir etish, bolalarga differensial yondashish,
sensor — intellektual va effektiv — iroda sohasiga t a ’sir etish bilan birga
n u tq n i shakllantirish, nutqiy jaray o n lar, tafak ku r va bilim faolligini
shakllantirishning bir butunligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |