I BOB.
TASVIRIY SAN’AT NAZARIYASI,
UNING TUR VA JANRI
San’atning turlari juda ko‘p. U lar musiqa, kino, teatr, xoreo-
grafiya, tasviriy san’at va boshqalardir. O datda borliqni tasviriy ob-
razlarda, shakllarda, fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog‘oz yuza-
sida, devor yuzasida va liokazolarda) aks ettiradigan san ’at tasviriy
san ’at deb ataladi.
San’atkor real borliqni o ‘z asarlarida tasvirlar ekan, u hech vaqt
uni mexanik ravishda ko‘chirm aydi. Aks holda, u yaratgan san’at
asarlarining fotograf yaratgan rasm lardan farqi b o ‘lmay qoladi.
San’atkorning vazifasi oliyroqdir. U hayotda mavj'ud b o ‘lgan voqea
va hodisalarni tasvirlar ekan, u tasvir orqali o ‘zini hayajonlantir-
gan biron bir fikrni ilgari suradi, ijtimoiy hayotda sodir b o ‘layotgan
voqea va hodisalarning m ohiyatini ochib berishga intiladi, ularga
o ‘z m unosabatini bildiradi, hukm ini chiqaradi. M asalan, rassom
biror shaxsning rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o ‘ziga
o ‘xshatishga intilish bilan chegaralanm aydi.
Rassom shu ishlayotgan tasviri orqali, aw alo , o ‘zining fikr va
tuyg‘ularini tom oshabinga yetkazishga harakat qiladi. Tom oshabin
rasm da tasvirlangan olijanob, m ard kishilar obrazini ko‘rib, undan
g ‘ururlanadi (chunki rassom ham g ‘ururlanib shu rasmni ishlagan)
unga taqlid qiladi, undan o ‘rnak oladi. Agar asarda pastkash, ra-
zil odam tasvirlangan b o ‘lsa, tom oshabin undan nafratlanadi. T o
m oshabin o ‘zida shunday xususiyatlar b o ‘lmasligi uchu n harakat
qiladi. B undan ko‘rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari san ’atning
boshqa turlari — adabiyot, kino, te atr va hokazolar kabi insonda-
gi ajoyib fazilat borliqni bilish, uni o ‘rganish va sirlarini ochish-
ga b o ‘lgan ehtiyojlarni qondirishga faol ta ’sir ko‘rsatadi. Tasviriy
san ’at asarlari k o ‘rish uchun m o ‘ljallangan san ’atdir. U ni ko‘rish
orqaligina zavq olish m um kin. Kuy va ashulaning go‘zalligini so ‘z
bilan ta ’riflab b o ‘lm aganidek, rassom ning asarlarini ham so‘z b i
lan to ‘liq ta ’riflash m um kin emas. Tasviriy sa n ’at asarlarini to ‘g ‘ri
tushunishga oid b a’zi misollarga m urojaat qilaylik.
A .Plastovning «Peshin» deb nom langan asarining sujeti ju d a sod
da, hatto bir qarashda san ’atga loyiq mavzu yo‘qqa ham o ‘xshaydi.
Shu asarni so‘z bilan ta ’riflansa, eshitgan odam , xo‘sh, nim a b o ‘pti,
4
deyishi va unga beparvo b o ‘lishi ham mum kin. Lekin asarga qara
gan tom oshabin hech qachon shunday demaydi. K o'rinishdan sod -
da b o ‘lib tuyulgan bu asar u n i o ‘ylashga m ajbur qiladi, tcvarak-
atrofning naqadar go‘zal ekanligini his qilishga, shu go‘zallikdan
hayajonlanishga d a’vat etadi. H aqiqatan ham beg'ubor, kuch-
ga to ‘lgan sokin tabiat, zilol suv, kislii qalbiga orom beruvchi
quyoshning mayin nurida qanchadan qancha go‘zallik, Iatofat
bor. Rassom shulardan quvonadi, shu quvonchini boshqalar bilan
o'rtoqlashishga intiladi. Bunga erishish uchun tasviriy san ’atning
ifoda vositalari kompozitsiya, kolorit, yorug‘, soya, chiziq, fak-
tura im koniyatlaridan foydalanadi. Rassom shunday kompozitsiya
tanlaganki, bu voqeaning qachon va qayerda sodir b o ‘layotganini
ochib, rasm ishlangan yuza (xolst) — ning bir butun b o ‘lib ko ‘-
rinishini ta ’m inlagan. Shu rasm dan kom pozitsiyadan b iro n-bir
detalni, aytaylik, m ototsiklni olib tashlaylik yoki obrazlam ing
birortasining o ‘rnini o ‘zgartirib ko‘raylikchi, u holda tasvirning
ta ’sir kuchi y o ‘qoladi. Kom pozitsiya yaxlitligi buziladi. Rassom yo-
rug‘ va soya im koniyatlaridan foydalanib, voqea sodir bo'layotgan
vaqtni k o ‘rsatishga erishgan. Suv ichayotganlarning tagiga tushay-
otgan soya voqeaning peshinda, quyoshning tikkaga kelgan paytida
sodir b o ‘layotganligidan dalolat beradi. Asar uch u n tanlangan rang
gam masi — kolorit yozning issiq jaziram asini his etishga xizm at qil-
gan. Q uyosh nuriga to ‘yingan sarg‘ish-yashil k o ‘katlar ham da qi-
zil m ototsikl, quyosh nurida toblanib, qizargan odam lar gavdasi-
ning ranglari birgalikda butun asarning rang gam m asini tashkil eta
di. Shuning uch un ham asarga qaraganim izda shu issiq rang gam
m a hisobiga biz yozning jaziram a issig‘ini his qilgandek b o ‘lamiz.
K om pozitsiya markazidagi buloq suvining salqini shu jaziram ani
yorib atrofga salqin havo taratayotgandek va hayotning o ‘ziga xos
kurashini tom oshabinga ko‘z-ko ‘z qilayotgandek tuyuladi. R as
som asar yaratganda, chiziqlam ing em otsional im koniyatlaridan
ham foydalanadi. M a’lumki, h ar xil chiziq kishida h ar xil taas-
surot qoldiradi. Silliq chiziqlar ko‘p hollarda sokinlik, xotiijam lik
baxsh etsa, aksincha pala-partish, h ar tom onga yo'nalgan chiziqlar
notinchlik, hayajon tug'diradi.
Tasviriy san ’at asarlarini kuzatganda undagi h ar bir obrazning
psixologik kechinm alari qanday yechilganligini, ularning tevarak-
atrofga boMgan m unosabatini to ‘g‘ri ko‘rsatib bera olish ham m uhim
5
o ‘rinni egallaydi. Shuning uchun rassom ishlatgan ranglar jilosi-
ga ham , bo ‘layotgan voqeaning kompozitsiyasiga ham , rassom-
ning ishlash mahoratiga, tanlangan har bir shakl xarakteriga, u m u
miy rang gammasi — koloritiga, yuzaning xarakteriga (masalan,
rassom ishlagan holat yuzasining silliqligi yoki g ‘adir-budurligiga)
ham e’tibor berish, ular nim a uchun shunday olinganiga javob to-
pishga harakat qilish zarur. Shundagina tasviriy san ’at asarlarining
asl m ohiyatini tushunib yetish va ularni to ‘g ‘ri tahlil qila olishni
o ‘rganish mumkin.
I. 1. TASVIRIY SAN’ATNING TU R VA JANRLARI
Tasviriy san’at tushunchasi keng m a’noga ega. Tasviriy san’at
deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san’ati tushuniladi.
M e’morchilik va dekorativ-amaliy san’at asarlari ham qisman tas
viriy san’atga kiradi. H aqiqatda esa ularda mavjud borliq tasvirlan-
maydi. Lekin bu san’at asarlarida ijodkorning maqsadi, flkri, his-
tuyg‘ulari, orzu-istaklari o ‘z aksini topadi. Demak, ijodkorning
dunyoqarashida m a’lum miqdorda davr ruhi va mazmuni o‘z aksi
ni topadi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, m e’morchilik va am a
liy san’at buyum lari ham tasviriy san’at sifatida qaraladi. Tasviriy
san ’atning ham m a turlari bir-biriga jud a yaqin va ularning bir qa-
to r o ‘xshashliklari bor. Lekin shu bilan birga, ulardan har birining
o ‘ziga xos tasviriy uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari,
ularning h ar biri ishlatilish o ‘rni, aks ettiradigan mavzusi, ishlanish
uslubiga qarab bir qator tu r va janrlarga b o ‘linadi.
G rafika. Hozirgi zam on san’atining keng tarqalgan turlari-
dan biri grafika san’atidir. Tasviriy san’atning bu turiga oddiy qora
qalam da chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki
va tashqi tom oniga ishlangan turli rasm, illustratsiya, plakat, kari-
katura, sharj, etiketka, m arka, ekslibris va boshqalar kiradi. G rafi
ka san’ati asarlari hajm jihatdan uncha katta b o ‘lmay, ko‘p hol-
larda qog'ozga ishlanadi. G rafikaning xarakterli tom onlaridan biri,
uning seriyali qilib ishlanishi, ya’ni voqeani bir necha qog‘ozda tas-
virlanishidir. B unday seriyali rasmlar o ‘zaro bir-biri bilan bog‘liq
b o ‘lib, m a’lum bir m azm unni ochib beradi. G rafika san ’ati hozir-
javob sa n ’atdir. M asalan, rassomlik asarlari yaratilishi uchun uzoq
vaqt kerak b o ‘ladi (axir b a’zi rassomchilik asarlarini yaratish uchun
6
15—20 yil kerak b o ‘lgan), graflka san’ati asarlarida esa shu bugun
sodir b o ‘lgan voqea shu bugunoq o ‘z aksini topishi mumkin.
Grafika san’atida rang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham , uning xa-
fakterli tom onini belgilamaydi. M asalan, D. M oorning «Sen ko‘n-
gilli b o ‘lib yozildingmi?», Toidzening «Ona V atan chaqiradi!» de-
gan plakatlarida odam kiyimi ochiq qizil rangda k o ‘rsatilgan. As-
lida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin. Rassom rang orqa
li o ‘z asarining yanada ta ’sirchan b o ‘lishiga erishgan. Kishi shu
plakat oldidan o ‘tib borar ekan, qizil rang uning diqqatini o ‘ziga
tortadi. N atijada u to ‘xtab plakat m azm unini chuqurroq bilib oladi.
Rus san ’atining atoqli vakillari Mayakovskiy, C herem nixlar qizil
rangdan davlatning ramzi sifatida foydalanganlar, ular rus kishila-
rining rasmini qizil rang bilan, hokim iyatning dushm anlarini esa
qora va ko‘k ranglarda ishlab, o ‘z g‘oyalarini tez va oson tushunarli
bo‘lishiga erishganlar. G rafika asarlari o ‘zining bajaradigan funksi-
yasi va m azm uniga qarab, dasttoh grafikasi, kitob va gazeta-jurnal
grafikasi, plakat ham da am aliy grafika san ’atiga b o ‘linadi. Dastgoh
grafika san ’atiga mustaqil xarakterga ega b o ‘lgan, o ‘zida tugal fikrni
anglata oladigan, yangi g ‘oyalarni ilgari suradigan grafika asarlariga
aytiladi. Dastgoh grafika san’ati asarlarining k o ‘rinishlaridan biri
estam pdir. Dastgoh grafikasi asarlarida b iron-bir m azm un, odam -
larning xatti-harakati, tabiat ko‘rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-
jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita kitob
va jurnal m azm uni bilan bog‘liq b o ‘ladi ham da ularning maqsad
va m azm unini toMaroq ochib berish uchun xizm at qiladi. Kitob v s
gazeta-jurnal grafikasiga rassom tom onidan kitob va gazetalarga
chizilgan turli rasmlar, bezaklar, h arf kom pozitsiyalari kiradi. Ki
tob ham da gazeta-jurnal grafikasining ko‘rinishlaridan biri bu illus-
tratsiyalardir. Illustratsiya biron-bir badiiy asar bilan bog'liq b o iib ,
shu asarda tasvirlangan biron-bir lavhaning tasvirini aks ettiradigan
rasmga aytiladi. Rassom biro r-b ir hikoya yoki kitobga illustratsi
ya ishlashga o ‘tishdan oldin uni sinchiklab o ‘qiydi, m atnda tasvir-
langan har bir obrazning xarakterini, voqea sodir b o ‘layotgan joy-
ning xususiyatlarini o ‘rganib chiqadi, shundan keyingina unga il
lustratsiya ishlashga kirishadi.
Illustratsiyaning m aqsadi badiiy asar m azm unining chuqur
roq ochilishiga va ta ’sirliroq b o ‘lishiga yordam berishdir. Illus
tratsiyalar turli k o ‘rinishda b o ‘ladi. Ulustratsiyalarda badiiy asar-
7
da ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, m uhim voqealar
tasvirlanishi m um kin. Kitob va gazeta-jum al graflkasining k o ‘ri-
nishlaridan yana biri karikatura b o ‘lib, u tanqidiy xarakterga ega
b o ‘ladi ham da o ‘zida satira va yum om i mujassamlashtiradi.
Karikaturachi rassom hayotda mavjud b o ‘lgan voqea va hodi-
salarni o 'z asariga mavzu qilib oladi va uning b a ’zi tom onlari-
ni b o ‘rttirish orqali rasm lam ing qiziq va kulgili b o iish ig a erisha-
di. Bu orqali rassom hayotdagi kam chiliklam i tanqid qiladi, ja-
m iyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zam onam iz, kishilarimiz
sha’niga dog‘ b o ‘lgan hodisa, illat va m arazlam i qoralaydi, mavjud
b o ‘lgan nodonlik, xurofot, tekinxo‘rlik, poraxo‘rlik, davlat rriulki-
ga xiyonat qiluvchilarning basharalarini ochib tashlaydi. Grafika
san ’atining turlaridan yana biri plakatdir. Plakat lotincha so ‘zdan
olingan b o ‘lib, «e’lon», «guvohnoma» degan m a’noni anglatadi.
G rafika san ’atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri am a
liy grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadi-
gan bezak rasmlar, tabriknom a, telegram m alar, m arkalar grafika-
ning shu turiga mansub.
Amaliy grafjka shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san’at
em as, u ham san ’atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol
qatnashadi, jam iyatda b o ‘layotgan yangiliklar bilan om m ani ta-
nishtiradi. H ukum atning g ‘oyalarini xalq orasida targ‘ib qiladi.
G rafika san’ati eng dem okratik san’atdir. U goh plakat tarzida,
goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh
gazeta sahifalaridagi surat tarzida o ‘lkaning uzoq chekkalariga kirib
boradi, o ‘sha yerlarda m a ’rifat tarqatadi, kishilam i b o ‘layotgan
yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uch u n ham grafika san ’ati
katta g ‘oyaviy-siyosiy aham iyatta egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |