M oliya
5-BOB.
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA
SOLISH
5.1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining
asosiy bosqichJaridan biri rejalashtirishdir12, Iqtisodiy adabiyotlarda,
eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlar
qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi.
«Rejalashtirish» tushunchasining m a’no-m azm unini yanada
umumiyroq b o ‘lgan va x o ‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini
muvofiqlashtirishning ob’ektiv zamrligi va imkoniyatini anglatuvchi
«rejalilik» orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish
am aliyotda rejalilikni am alga oshirishni, ya’ni m uvozanat va
mutanosiblikka erishish b o ‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu
m a’noda, moliyaviy resurslarning muvozanatini va mutanosibligini
ta ’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda muvozanat davlat ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar
va xo ‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida qolgan daromadlar
o ‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Mutanosiblik esa korxonalar,
x o ‘jalik tarm oqlari, m intaqalar va davlat sub’ektlari b o ‘yicha
daromadlarning soliq to ‘languncha va soliq to ‘langandan keyingi
miqdorlari o ‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni
12
M amlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tilishi m unosabati bilan
ayrim iqtisodchilar tom onidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jum lad an, moliyaviy
rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilm oqda. B u narsani bo zo r iqtisodiyotining
rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilm asdan, balki
aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelislii va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinm oqda.
Shu boisdan ham ayrim darslik va o ‘quv qo'Uanmalarida rejalashtirish (shu jum ladan,
moliyaviy rejalashtirish) m asalalariga o ‘rin berilm ayapti. U shbu o'q u v qo'llan m asi
mualliflarining fikricha, bo zor iqtisodiyotining, eng aw alo, talab va taklifga asoslanishi
tegishli iqtisodiy jarayonlarning rejalashtirishdan mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi.
Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shujum ladan, moliyaviy rejalashtirish
ham) yangicha m a’no-m azm un kasb etib, ijtim oiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv
tizim ining eng m uhim bosqichi b o ‘lib qolaveradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |