A.V. Vahobov. T.S. Malikov
ko'paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini
rag‘batlantirish yoki cheklab qo'yishi mumkin.
U m um iy va oddiy k o ‘rin ishd a, m oliyaviy rejalash tirish
deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni
nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish
yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil
qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak.
Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish m a’lumotlarini,
masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va
shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni,
moliyaviy rejalashtirishning ishchi tizimi sifatida qarash mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u
yoki bu sub’ekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta ’minlanishining
hayotiychanligini oshiruvchi xilma-xil omillar inobatga olinishi kerak.
«Moliyaviy rejalashtirish» tushunchasi o ‘z ichiga quyidagilarni
oladi:
• taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy
tahlil qilish;
» jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘lami
joylashtirish m enejmenti;
• firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish,
hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
• investitsion m enejm ent;
• kapitallar menejm enti;
• faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va
boshqalar).
Quyidagilar m oliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari
hisoblanadi:
• ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli
b o ‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta ’minlash;
• pul m ablag‘larini iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish
hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki imkoniyat-
larni qidirib topish;
• kapitalni samarali joylashtirish y oilarin i aniqlash, undan
oqilona va samarali foydalanishni baholash;
• kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlami o‘matish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
M oliya
•
korxonaning moliyaviy ahvoli, to ‘lovga qobilligi va kreditga
layoqatliligi ustidan nazorat o ‘matish.
B o z o r m u n o s a b a tla r ig a o ‘tilg a n ig a q a d a r m o liy a v iy
rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni —
markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada
formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga m o‘ljallangan rejalarning
loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm
surganligi korxona m oliyaviy xizm atlarining o b ro ‘yiga o b ro ‘
q o ‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor
iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o ‘zgardi. Ular
korxona rivojlanishini faol va ta ’sirchan boshqaradi va bir vaqtning
o ‘zida, shu rivojlanishning yo'nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy
harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas.
Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi
mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobi-
liyati hamdir. Albatta, xo'jalik yurituvchi sub’ekt o ‘z faoliyatidagi
barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shuday vaziyat-
larni oldindan ko‘ra bilish yordamida samarali boshqarish imko-
niyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan
foydalanish mumkin:
» iqtisodiy tahiil metodi;
• normativ metod;
• balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
• k o ‘p variantlilik metodi;
• iqtisodiy-m atem atik modellashtirish m etodi;
• va boshqa metodlar.
Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqich-
larini ajratib k o ‘rsatish mumkin:
• xo ‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natija-
larini tadqiq etish;
• operativ rejalarning o ‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning
bashorat variantlarini ishlab chiqish;
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |