M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet19/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Klinik ко ‘rinishi. Gipertonik kriz serebral, kardial va vegetativ xususiyatga ega buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Tashxis bemoming bosh og‘rig‘iga (pulslanuvchi va doimiy), bosh aylanishi, shuningdek serebral simptomatik belgilaming - ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘rish funksiyalarining buzilishlari namoyon bo‘lishi asosida qo‘yiladi.

Gipertonik kriz ko‘pchilik hollarda to‘satdan boshlanadi va jo‘shqin kechadi. Hozirgi davrda gipertonik krizni ikki turga bo‘lishadi. Birinchi ko‘rinishdagi krizda yuqorida sanab o‘tilgan simptomlar va gipertoniya kasalligining boshlang‘ich bosqichlariga xos belgilari bo‘ladi (A. L. Myasnikov tavsifi buyicha 1 va 2-bosqichlari).

Ikkinchi ko‘rinishdagi krizlar ancha og‘irroq serebral simptomlar bilan kechadi: bemorlar befarqroq, ba’zan hushini yo‘qotib turadi, boshi kuchli og‘riydi, boshi ay lanadi, qusadi, ko‘z oldida jimirlashlar hosil bo‘lishi natijasida ko‘rishi buziladi, yorug‘likni ajrata olmay qoladi va vaqtinchalik ko‘rlik kelib chiqishi mumkin.

Klinik ko‘rinishlari bo‘yicha krizlar serebral va kardial, shuningdek aralashgan serebrokardial ko‘rinishlarga bo‘linadi.

Krizlami asoratli va asoratsiz ko‘rinishlarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Odatdagi simptomatikaga regionar (organlaming) qon aylanishining buzilishi belgilari qo‘shilsa, bu asoratli gipertonik krizlarga kiradi. Krizning avjida unga o‘pka shishi qo‘shilsa, bu gipertonik krizga chap qorincha yetishmovchiligi asorati qo‘shilganligidan dalolat beradi. Krizga o‘ziga xos og‘riq qo‘shilsa, EKGda o‘choqli simptomatika bo‘lmasa, bu stenokardiyali asorat, og‘riq sindromi EKGda o‘choqli patologiya bilan namoyon bo4 Isa, о‘tkir karonar yetishmovchiligi (miokard infarkti)dan dalolat beradi.

Agar uzoq davom etgan krizda umumiy miya simptomatikalari bilan lokal (o‘choqli) nevrologik simptomatikalar (sezgining buzilishlari, falajlik va b.) kuzatilsa, gipertonik krizning о‘tkir miya-qon tomirlari yetishmovchiligi asoratlari to‘g‘risida o‘ylash kerak.

Gipertonik krizlar bilan og‘rigan bemorlami bunday ko‘rinishlarga bo‘lishdan maqsad, ularni maxsuslashtirilgan statsionarlarda (kardiologik, asab kasalliklari) davolash lozimligini ko‘rsatadi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam: gipertonik krizdagi birinchi va asosiy chora-tadbir arterial bosimni pasaytirishdan iboratdir. Gipotenziv vositalaming katta arsenali kasalxonaga olib borguncha arteral bosimni pasaytirish imkoniyatini beradi. Arterial bosimni pasaytirishda ikki taktik usulni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Agar bemorda serebral va koranar qon aylanishining buzilish belgilari bo‘lmasa, gipertoniya boshlang‘ich bosqichlarda bo‘Isa, arterial bosimni tezda, 2-10 minut davomida pasaytirish ehtimoli bor. Agar bemorda gipertoniya kasalligining kech bosqichlari (2 va 3-bosqich) bo‘Isa, miya (surunkali miya qon-tomir yetishmovchiligi), insultning qoldiq ko‘ri- nishlari (bosh aylanishi, xotiraning susayishi va b.) yetishmovchiliklari ifodalangan bo‘Isa, arterial bosimni asta-sekin - 20-40 minut davomida pasaytirish taktikasi qo‘llaniladi.

Arterial bosimni pasaytirish tezligi dorini qay yo‘sinda yuborish bilan boshqariladi.

Gipertoniya kasalligining boshlanish bosqichlarida koranar va miya aterosklerozi belgilari bo‘lmasa, tezda, 2-10 minut davomida arterial bosimni pasaytirish taktikasi - vena ichiga oqim bilan quyidagi preparatlardan birini yuborish kerak: dibazol (5 % li eritmadan 6-8 ml), furosemid (40-60 mg), uregit (50-100 mg), droperidol (1-4 ml 0,25 % li eritma), klofelin (0,1 % li eritmadan 1 ml), rausedil (1-2 ml 0,1 % li eritma), obzidan (5-10 mg). Effekt 1-5 minut davomida yuzaga kelib, arterial bosimning maksimal pasayishi 20^0 minutda qayd etiladi.

Gipertoniya kasalligining kechikkan bosqichlarida yoki simtomatik gipertoniyada, miya va koranar aterosklerozining ifodalangan ko‘rinish- larida (asosan о‘tkir koranar yoki miya-qon tomir yetishmovchiligi asoratlarida) arterial bosimni asta-sekin, 20^0 minut davomida, birinchi guruh preparatlarini venaga tomchi usulida yuborib yoki quyidagi dorilami oqim bilan yuborib pasaytiriladi: dibazol (0,5 % li eritmadan 6-


  1. Download 1,59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish