О‘tkir appenditsit ko‘richakdagi chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishidir. 0‘rtacha bir yilda 250 ta odamdan bittasi o‘tkir appenditsit bilan og‘riydi, bu esa taxminan «0‘tkir qorin» kasalligining 70 % ni tashkil qiladi. Asosan o‘tkir appenditsit yosh va o‘rta yosh odamlarda ko‘proq uchraydi.
О‘tkir appenditsit qorinda to‘satdan og‘riq tutib qolishi bilan boshlanadi. Bu kasallik odatda darakchilarsiz boshlanaveradi. Bir vaqtning o‘zida ishtaha yo‘qolishi, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ko‘pincha bir marta, ammo ovqat iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, tana haroratining subfebril (37,3-37,8 °C) darajasiga ko‘tarilishi, taxikardiya bo‘lishi bilan boshlanadi.
Ma’lum vaqt ichida og‘riq butkul qorinning pastki o‘ng qismiga o‘tadi. Qorin devori kuzatilganda o‘ng qismi nafas olishdan bir oz qoladi, paypaslaganda va boshqa har qanday harakat vaqtida bemor og‘riqni his qiladi.
О‘tkir appenditsitni davolash faqat jarrohlik yo‘li bilan chuvalchangsimon o‘simtani kesib olish, appendektomiya usulida bajariladi. Shuning uchun hamma vaqt bunday bemorlar jarrohlik bo‘limiga shoshilinch ravishda keltirilishi shart.
О‘tkir xoletsistit - o‘t pufagining o‘tkir yallig‘lanishi. Asosan o‘rta va keksa yoshdagi odamlarda uchraydi, nisbatan ayollarda ko‘proq uchraydi.
Kasallikning klinik kechishi asosan bexosdan, o‘ng qovurg‘aosti sohasidagi og‘riq bilan boshlanib, bemorlarda tana haroratining 38-
°Cga ko‘tarilishi, bemoming ko‘zida va ko‘zga tashlanadigan shilliq pardalarida paydo bo‘ladigan sariqlik bilan kechadi. Ba’zi hollarda og‘riqning o‘ng qo‘lga, o‘ng yelkaga uzatilishi bilan ham kechishi mumkin.
Bemomi tekshirish jarayonida taxikardiya (yurakning tez urishi), qorin devorining oldingi va o‘ng qovurg‘a sohasi muskullarining taranglashganligi kuzatiladi. 04 pufagi yiringli yallig‘langan va teshilgan hollarda peritonit rivoj lanadi, shuning uchun bunday bemorlami shoshilinch jarrohlik bo‘limiga joylashtirish tavsiya qilinadi.
О‘tkir panhreatit - oshqozonosti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, barcha о‘tkir jarrohlik kasalliklarining 9-12 % ni tashkil etadi, shu bilan birgalikda destruktiv, ya’ni a’zo yiringlab chirishiga olib keladigan hollari 25-30 % gacha boradi, bunday paytlarda esa o‘lim 22-50 % gacha boradi. Ko‘proq 30-50 yoshdagi bemorlarda uchraydi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi asosiy omillardan biri yog‘li, achchiq va spirtli ichimliklami me’yoridan ko‘p iste’mol qilishdir. Ayrim hollarda o‘t-tosh kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda ham moyilliklar aniqlangan.
Kasallik bexosdan sanchiq bilan, qorinning yuqori qismidan boshlanadi. Og‘riq haddan tashqari chidab bo‘lmas darajada bo‘lib, boshlanish nuqtasi oshqozonosti bezining qaysi qismi yallig‘lanishiga bog‘liq. Dum qismi yallig‘langanda qorin devorining yuqori chap qismida, bosh va tana qismi yal-lig‘langanda qorinning yuqorigi o‘rta qismidan boshlanadi. Ko‘p hollarda og‘riq orqa, bel sohalariga va belbog‘ shaklida tarqalgan boMishi mumkin. Ayrim hollarda og‘riq, ko‘ngil aynishi qayta- qayta qusish va qorinning damlanishi bilan kechishi mumkin. Shular bilan birgalikda, yurak-tomir yetishmovchiligi (kollaps) belgilari, teri rangining oqarib ketishi, ko‘zga ko‘rinar shilliq pardalaming ko‘karganligi, taxikardiya, tana haroratining pastligi kuzatiladi.
О‘tkir pankreatit bilan og‘rigan bemorlar shoshilinch shifoxonaga yotqizilishi va jarrohlik bo‘limida davolanishi shart.
О ‘tkir ichak tutilishi - hamma yoshdagi bemorlarda uchrashi mumkin.
Ichak tutilishi - ichak bo‘ylab uning ichidagi massaning biron-bir sababga ko‘ra, harakatining vaqtinchalik yoki batamom to‘xtashi bilan ta’riflanadigan kasallikdir. Ichak tutilishini ikki: mexanik va dinamik ko‘rinishda o‘rganish mumkin.
Mexanik ichak tutilishi bir necha sabablarga ko‘ra bo‘lishi mumkin - o‘sma, yot jism, stenoz (torayish), ichakning tugilib qolishi, ichaklaming bir-biriga yopishishi va ularning tiqilishi.
Dinamik ichak tutilishida, ichakning bo‘ylama va ko‘ndalang qisqaruvchanlik xususiyatlari (peristaltikasi) buzilganligi tufayli, ovqat luqmasi yo‘nalishining ichaklarda buzilishi kuzatiladi. Bu turdagi ichak tutilishi qorin bo‘shlig‘ida amalga oshirilgan og‘ir operatsiyalardan va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining shikastlanishlaridan keyin kelib chiqadi.
Ichak tutilishining asosiy belgilaridan biri qorindagi og‘riq, sanchiqlar, ko‘ngil aynishi va qayt qilish (awaliga yeyilgan ovqat, keyinchalik o‘t suyuqligi, so‘ngra axlat aralash «axlatli qayt» qilish) kuzatiladi. Bemorlar bunday hollarda harakatsiz, darmonsiz bo‘ladilar, teri va shilliq pardalari oqimtir, qon bosimi nisbatan past, tana harorati pasaygan yoki me’yorida bo‘ladi. Qorin devorining ko‘rinishi assimetrik (notekis), bemorda ko‘zga ko‘rinarli ichak harakati vaqtida (peristaltika) kuchli og‘riq tufayli uning chinqirib azoblanishi kuzatiladi. Paypaslaganda bemor qomida kuchli og‘riq his qiladi, ba’zan ichak tutilishida qorin devorida tugunlami, shishlarni paypaslab aniqlash mumkin. Bu hollarda shoshilinch choralar ko‘rilmasa, qisqa vaqt ichida odam organizmining za- harlanish xavfi kuzatiladi. Ichak tutilishi bo‘lgan hollarda bemorlami shifoxonaga keltirish va lozim bo‘Isa, operativ davo choralarini kechiktirmaslik darkor, aksincha, bemor hayoti xavf ostida qoladi.
AYIRUV A’ZOLARINING KASALLIKLARI VA JAROHATLARI
Ayimv a’zolarining yopiq shikastlanishlari asosan kuchli transport to‘qnashishlarida, yuqoridan pastga yiqilishda, tos suyaklarining sinishi (siydik ajratish yo‘li)da kuzatilishi mumkin.
Ochiq shikastlar esa asosan bel yoki qovuqusti sohalarining yorilgan, sanchib kesilgan jarohatlarida uchraydi.
Siydik chiqarish a’zolarining shikastlanishlari va jarohatlari og‘ir, xavfli shikastlar hisoblanib, ko‘p hollarda travmatik shokka olib keladi. Bo‘yrak shikastlanganda esa bel sohasida qattiq og‘riq, buyrakoldi yog‘ qobig‘ida qon to‘planishi va siydikdan qon ajralib chiqishi (gematoma, gematuriya) kuzatiladi, gohida shu jarohatlar orqali siydik ajralib turishi ham mumkin. Bundan tashqari, siydik pufagi va yo‘llari jarohatida siydik ajralishining vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtashi kuzatiladi.
Siydik qopini va siydik chiqarish a’zolari shikastlanishlarida yuqoridagi belgilardan tashqari, ko‘p hollarda siydikning qorin bo‘shlig‘ida yig‘ilish xavfi ham ko‘p uchrab turadi va bu holat siydikli peretonit va infiltratga olib keladi.
Birinchi yordam: jarohat sohasiga yaxshilab spirt va yod bilan birlamchi ishlov berilgandan keyin, aseptik bog‘lam qo‘yib, shoshilinch zambilda yotqizilgan holda shokka qarshi chora-tadbirlami qo‘llab, zudlik bilan jarrohlik, yaxshisi, maxsus urologiya bo‘limlariga eltish maqsadga muvofiqdir.
Siydik chiqarish a’zolari kasalliklari
Bu kasalliklami ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: yallig‘lanish tufayli kelib chiqadigan (piyelit, sistit, paranefrit) va yallig‘lanishga xos bo‘lmagan (buyrak-tosh kasalligi) kasalliklar.
Adabiyotlaming xabar berishicha, buyrak-tosh kasalligi umumiy jarrohlik kasalliklarining 16 % ni tashkil qiladi. Ayni vaqtgacha tosh hosil bo‘lish jarayoni to‘liq ochilgan bo‘lmasa-da, ba’zi sabablari aniqlangan. Bularga vitaminlar yetishmovchiligi (avitaminoz), buyrak va suyak sistemalari shikastlanishlari, siydik yo‘llari infeksiyalari, ishqor va asoslar tengligining yo‘qolishi, issiq iqlim sharoiti, ekologik ko‘rsatkichlar kiradi. Kimyoviy tuzilishiga qarab, toshlar, uratlar, oksolatlar, fosfatlar va boshqa turlarga boMinadi. Toshlaming buyrak va siydik yo‘llarining shilliq pardalarida siljishidan buyrak jomi va siydik yoMlari muskullarining torayishi (spazm) paydo bo‘ladi.
Asosan sanchiq va og‘riqlar tosh yoki qumlarning buyrakdan chiqib, siydik yo‘llarida siljishi vaqtida kuchli bo‘ladi. Bunday hollarda siydikning chiqishi qiyinlashib, bo‘yrak jomlari va qobig‘ini katta bosim ostida kengaytirib, og‘riqning yana ham zo‘rayib ketishiga olib keladi. Bo‘yrak sanchig‘i bemor to‘liq xotirjam bo‘lgan paytda birdan boshlanib, og‘riq XII qovurg‘a yoki qorin sohasiga uzatilishi mumkin. Bunday sanchiqsimon og‘riqlar bir necha daqiqalardan to bir necha soatlargacha cho‘zilishi mumkin. Ko‘p hollarda, og‘riqlar siydik chiqarish yo‘llari, siydik pufagi, son sohalari va jinsiy a’zolar atrofida ham bo‘lishi mumkin. Siydikda qon aniqlanishi buyrak sanchig‘ining doimiy ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ayrim hollarda siydik bilan toshlarning tushishi 15 % gacha uchraydi.
Buyrak-tosh kasalliklarini davolash konservativ va jarrohlik yo‘li bilan bo‘lishi mumkin.
Birinchi yordam: bunday bemorlarga bel sohasiga issiq qo‘yish, issiq vannalar, atropin, og‘riq qoldimvchi dori-darmonlar va ko‘p miqdorda suyuqlik ichirish muolajalari tavsiya etiladi.
Yuqoridagi muolojalar ko‘p hollarda sanchiqlarni qoldirishda katta yordam beradi. Jarrohlik muolajalarining asosan siydik yo‘llariga tiqilib qolgan toshlar va ayrim hollarda buyrakni olib tashlash turlari qoMlaniladi. Oxirgi vaqtlarda toshlami ultratovush nurlari bilan parchalash yo‘li orqali
operatsiyasiz, tabiiy yo‘llar bilan ajratib olinmoqda.
О TKIR YURAK-TOMIR KASALLIKLARI YA BRONXIAL ASTMADA BIRINCHI TIBBIY YORDAM
Yurak ishemik kasalligi (YUIK) yig‘ma tushuncha bo‘lib, uning asosida yurak toj arteriyalaridagi qon oqishi va to‘qimalardagi energetik ehtiyoj o‘rtasida muvozanatning buzilishi natijasida kelib chiqadigan yurak muskuli kasalligi yotadi. YUIK yuzaga kelgach, ko‘pincha surunkali xususiyat kasb etadi, bunga toj arteriyalarida aterosklerozning jadallashishi sabab bo‘ladi. Ma’lum bosqichlarda u o‘tkir kechishga o‘tishi, ba’zan birlamchi infarkt yoki turg‘un bo‘lmagan stenokardiya xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Agar kasallik kechishi yaxshi tomonga o‘zgarsa, turg‘un stenokardiya ko‘rinishida u yana YUIKning surunkali shakliga o‘tadi.
YUIK AQSH, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya kabi industrial rivoj- langan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ko‘proq 40-66 yoshdagi erkaklar kasallanib, ularnning 23,4 % da YUIK ning og‘riqsiz shakllari kuzatiladi. Bunday kishilar shifokorlarga murojaat qilishmaydi, shu sababli ularda miokard infarkti ko‘p uchraydi. YUIK natijasida har yili 5,4 dan 11,3 % gacha o‘lim yuz berishi aniqlangan. Yurak-tomir kasalligidan kelib chiqadigan hamma o‘limlaming 53 % YUIK ga to‘g‘ri keladi. V. Lawn (1980 y) ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH da har kuni to‘satdan 1200 kishi vafot etib, ularning 75 % yorib ko‘rilganda, YUIK belgilari mavjud bo‘lgan. YUIK 0‘zbekistonda 8 % dan 15,5 % gacha tarqalganligi ma’lum.
YUIK patogenezida 3 ta asosiy jarayon muhim o‘rin tutadi:
lipoproteid spektrining buzilishi;
lipoproteid tashuvchi apo-V ning arteriya intima qavatiga tushishi;
arteriyaning intima qavati hujayralarida qondagi lipoproteidlaming boshqarilmaydigan tarzda ushlanib qolishi.
Bundan tashqari, quyidagilar katta ahamiyat kasb etadi:
toj tomirlar trombozi;
toj tomirlar spazmi;
mikrotsirkulatsiyaning izdan chiqishi va qon yopishqoqligining ortishi. Bu omillar miokard ishemiyasini chuqurlashtiradi.
YUIK ning rivojlanish mexanizmidagi xatarli omillarga:
giperxolesterinemiya;
modda almashinishining buzilishlari (qandli diabet, podagra);
v) arterial gipertenziya;
g) chekish;
gipodinamiya;
semirish;
j) asab va hissiyotning toliqishlari va boshqalar kiradi.
YUIK ning quyidagi turlari tafovutlanadi:
to‘satdan bo‘ladigan koronar o‘lim;
stenokardiya;
miokard infarkti;
kardioskleroz;
xos bo‘lmagan ko‘rinishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |