M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet15/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Ovqat hazm qilish a ’zolari ichiga о ‘tkir qon ketishi. Bunday hollarda qon ketishining manbai bo‘lib, ko‘pincha oshqozon (me’da) va o‘n ikki barmoqli ichaklarda uchraydigan jarohatlar, qizilo‘ngach pastki venalarining jigar sirrozlarida uchraydigan varikoz kengayishlari, oshqozon va ichaklardagi o‘smalaming yemirilishi, alimentar (ovqat iste’moli tufayli uchraydigan) gemorragik gastritlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.

Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakdan qon ketishi pinhona (ko‘z ilg‘amaydigan darajadagi kichik venalardan) va profuz (biron-bir arteriyadan shovullab) qon ketishi ko‘rinishlariga bo‘linadi.

Pinhona qon ketishining asosiy manbaini aniqlash bir oz qiyin kechishi mumkin, ammo asosiy klinik simptomlaridan biri bo‘lib, sababsiz о‘sib borayotgan kamqonlik xizmat qiladi.

Ovqat hazm qilish yo‘llaridan qon ketishi o‘z navbatida klinik kechishi bilan ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:

  1. latent (pinhona) qon ketishida bemoming umumiy qon tahlili shuni ko‘rsatadiki, qondagi gemoglobin miqdorining 85-100 g/l gacha (normada 140-160 g/l) kamayib ketishi bilan birga bemorlar umumiy darmonsizlik va bosh aylanishidan shikoyat qiladilar, ularning rangi oqarib, yuragi tez- tez uradi (taxikardiya), arterial bosimi pasayib ketgan bo‘ladi, ba’zan ular hushidan ketib qoladi;

  2. oshkora (shovullab) qon ketishida, gemoglobin miqdori 50 g/l gacha, ba’zan bundan ham ko‘proq kamayib ketishiga sabab bo‘ladi, bemorlarda og‘ir kollaps holati kuzatiladi, qon qusish va axlatining qorayib ajralishi bilan birga kechadi. Bu hollarda bemor rangi oqarib ketadi, qon bosimi keskin tushib ketishi, badanini muzdek sovuq ter bosishi, lab va barmoqlarining ko‘karib ketishi kuzatiladi.

Shoshilinch yordam: bemor qomining (epigastral) yuqori qismiga sovuq narsa (muz, qor, sovuq suvga shimdirilgan mato) qo‘yish, shoshilinch holatda bemorni turg‘izmay, zambilda kasalxonaga yetkazish zarur.

0‘tkir qorin bo‘shlig‘iga qon ketishi

Bunday ko‘rinishdagi qon ketishi bachadondan tashqarida rivojlangan homiladorlikda, taloq va tuxumdonning yorilishida, qorin aortasi anevrizmasining yorilish holatlarida uchraydi.

Asosan qon ketishining bu ko‘rinishi biron-bir jismoniy og‘ir zo‘ri- qishdan keyin to‘satdan kamquwat, bosh aylanishi, ko‘z oldi qoron- g‘ilashishi, terining oqarib, sovuq terga tushishi, tomir urishining keskin ortishi va tana haroratining tushib ketishi, qon bosimining pastligi va qorin pardasining yallig‘lanishi, ya’ni Shetkin-Blyumberg simptomining keskin musbatligi ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi.

Ko‘p hollarda bu bemorlarda og‘riq ikki yelkaga, taloq yorilishida esa ko‘proq chap yelkaga berishi, diafragma yuzasining qon bilan qoplanganligidan yuzaga keladi. Bunday bemorlarda «Vanka-Vstanka» simptomi musbat bo‘ladi, ya’ni bemor o‘troq yoki yarim o‘tirgan holatda o‘zini yaxshi his qiladi, majburiy gorizontal holatga o‘tganda, yelka sohasida og‘riqning zo‘rayishini ta’kidlaydi va zudlik bilan o‘tirgan holatga qaytadi.

Bachadon tashqarisidagi homiladorlikda ko‘p hollarda hayz ko‘rishning kechikkanligi kuzatiladi.

Aorta anevrizmasining yorilishi aksar hollarda qari va keksa kishilarda uchraydi.

Vrachgacha bo‘lgan tez yordamda bemorlardagi kasallik belgilariga asoslanib: bachadon tashqarisidagi homiladorlikda va urug‘donning yori­lishida, ginekologiya; taloq yorilishi va aorta anevrizmasining yorilishida jarrohlik bo‘limiga, qorin sohasiga sovuq qo‘yib, zambilda yotqizilgan holatda olib borish shart.

QORIN DEVORI VA QORIN A’ZOLARINING SHIKASTLANISHI

Yopiq lat yeyish

Bunday lat yeyish asosan o‘tmas va to‘mtoq narsalar (musht va to von) zarbalaridan keyin kelib chiqadi. Asosiy belgilari: og‘riq, shish, qontalash va qorayish (gematoma) bilan chegaralanadi. Zarba kuchli bo‘lgan hollarda qorin devori mushaklarining yorilishi ham kuzatiladi, unda yuqoridagi klinik ko‘rinishlar nisbatan og‘ir kechishi, gematomaning keskin о4 sib borishi, yuza sohada «fluktuatsiya» belgilari paydo bo‘lishi mumkin.

Agarda yopiq lat yeyishning og‘ir holatlari kuzatilsa, parenximatoz a’zolar (jigar, taloq) yorilsa, unda qorin bo‘shlig‘iga qon ketishining belgilari namoyon bo‘ladi (bexosdan bemor rangining oqarib ketishi, umumiy quwatsizlik, uyquchanlik, og‘iz qurishi, tomir urishining tezlashganligi va qon bosimining keskin tushib borishi va h. k.).

Birinchi tez yordam ko‘rsatish vaqtida bemomi yotqizib, unga to‘liq tinchlik berish kerak. Qomiga muzli pufak, agarda ichki qon ketishining belgilari bo‘lsa, shokka qarshi shoshilinch muolajalar - qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar quyish lozim.

Bunday holatlarda shuni unutmaslik kerakki, bemorlarga og‘riqni qoldiruvchi morfin va boshqa analgetiklami yuborish taqiqlanadi, ya’ni og‘riqni qoldimvchi bunday dori-darmonlar ta’siri kasallik belgilarini aniqlashda ba’zi bir chalkashliklarga olib kelishi mumkin.

Har qanday holatda sodir bo‘lgan qorin devorining lat yeyishi bilan murojaat qilgan bemorlarni statsionarga kuzatib, tekshirish uchun yotqizish shart. Og‘ir hollarda bemorlarni shoshilinch jarrohlik bo‘lim- lariga zambilga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir.

Ochiq jarohatlar

Qorin devorining jarohatlari qorin devorini teshib o‘tgan (oshqozon, ichak tutqichi (charvi), jigar, taloq va h. k.) va teshib o‘tmagan ko‘rinishlarda bo‘ladi.

Qorin bo‘shlig‘ini teshib o‘tgan jarohatlarda qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan birontasi jarohatlangan bo‘Isa, bu holatlarga qorindagi kuchli og‘riq, qorinning oldingi devori muskullari taranglashganligi va qorin pardasining yallig‘lanish simptomlarining musbatligi misol bo‘la oladi.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida jarohatlarga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi, agarda jarohatdan qorin a’zolari chiqib turgan bo‘lsa, ulami qorin bo‘shlig‘iga to‘g‘rilab, qaytadan joylashtirish qat’iyan man qilinadi, aksincha, bu a’zolami sterillangan matolar bilan o‘rab, qurib qolishining oldini olish choralarini ko‘rish tavsiya qilinadi.

Agar teshib o‘tgan jarohat belgilari aniq bo‘Isa, u holda bemorga shoshilinch og‘riqni qoldimvchi dori-darmonlar (promedol, morfin) qilinib, zudlik bilan operatsiya o‘tkaziladi. Ovqat hazm qilish yo‘li a’zolari jarohati borligi gumon qilinganda bemorlarga suv ichish qat’iyan man qilinadi.

QORIN BO‘SHLIG’I A’ZOLARINING KASALLIKLARI

Ma’lumki, har bir jarrohlik muassasalarida shoshilinch chora ko‘- rishni talab etadigan jami operatsiyalaming 2/3 qismini tashkil etadigan qorin bo‘shlig‘ining о‘tkir jarrohlik kasalliklariga (o‘tkir appenditsit, o‘tkir xoletsistit, oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining teshilishi (perforatsiyasi), oshqozon va ichaklar yarasidan qon ketishi, ichak tutilishi, о‘tkir pankreatit va boshqa kasalliklar bitta «о‘tkir (xavfli) qorin» nomi bilan ataladi.

Asosiy klinik simptomlari quyidagilar:

  1. qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan boshlanadigan og‘riq;

  2. qorin pardasining yallig‘lanishi, ya’ni qorin devori muskullarining taranglashishi;

  3. yurak-tomir doirasidagi o‘zgarishlar, shokkacha borishi, ovqat hazm qilish doirasidagi disfunksional o‘zgarishlar (ko‘ngil aynishi, qayt qilish, qabziyat bo‘lishi, ichak yurishining (perestaltika) to‘xtashi kabilar.

«0‘tkir qorin» tashxisi gumon qilingan barcha holatlarda, qisqa vaqt ichida bemorni zambilga yotqizib, bosh tomonini bir oz ko‘tarib, oyoqlarini tizzasidan bukib, tagiga yostiq qo‘yib, shoshilinch ravishda yaqinroqda joylashgan jarrohlik bo‘limiga eltish maqsadga muvofiqdir. Agarda bemorda shok belgilari bo‘Isa, muskul oralig‘iga yurak va nafas analeptiklari (2 ml—10% li kofein va 2 ml kardiamin) dori-darmonlarini qilish tavsiya etiladi.

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari ichida shoshilinch, muntazam ravishda davolash muolajalariga muhtoj kasalliklardan biri bo‘lgan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligini alohida ko‘rsatish kerak. Bu kasallikni alohida ta’kidlashimizga sabab, u bilan 8-

  1. % dan ko‘proq erkaklar og‘riydilar va asoratlari ham ko‘p uchraydi. Bu kasallik asoratlari kutilmaganda kasallik rivojining turli vaqtlarida, qolaversa klinikalarda birinchi bor aniqlanishi ham mumkin.

Oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yarasining teshilishi (per- foratsiya) bu kasallikning eng katta va eng xavfli asoratlaridan biri sanaladi va shoshilinch jarrohlik muolajalarini talab etadi.

Birinchi davr (perforatsiya boshlangandan so‘ng 4-6 soat ichida) - bu vaqtda to‘satdan «xanjar» sanchilgandek kuchli og‘riq qorinning yuqori qismida boshlanadi, qorinning oldingi devori muskullari taranglashib, taxtasimon qattiq holatga o‘tadi. Ayrim hollarda shok holati kuzatiladi (bemor oqarib, sovuq terga tushadi, bradikardiya - tomir urishi pasayadi, nafas olishi yuzaki va h. k.), tana harorati bu vaqtda me’yorida bo‘ladi.

Ikkinchi davr (teshilgandan keyin 6-12 soatgacha) davom etadi, bu vaqtda o‘tkir shok belgilari yo‘qolib, bemor o‘zini bir oz yaxshi his qiladi, gohida eyforiya - mast odamga o‘xshab alahsirashi mumkin.

Ammo bu holat «soxta» yaxshilanish vaqti hisoblanib, bu vaqtda qorin pardasining yallig‘lanishi rivojlanadi.

Uchinchi davr teshilishdan keyingi 12-18 soatni o‘z ichiga oladi va peritonit (qorin pardasi yallig‘lanishi)ning mahalliy va umumiy simptomlari butkul rivojlanganligi bilan ifodalanadi.

Kasallikning umumiy belgilari organizmning umumiy zaharlanishi (intoksikatsiya) asosida rivojlanadi: tili quruq, oq parda bilan qoplangan, tana harorati ko‘tarilgan, tomir urishi tezlashgan, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ayrim hollarda siydik ajralishining buzilishi (ko‘pincha to‘xtashi) kabilar. Kasallik o‘tib ketgan hollarda bemoming yuz ifodasi shunchalik najot istab turganga o‘xshaydiki, bu ifodaga qarab ham bemorga peritonit tashxisini qo‘yish mumkin. Yuz ifodasining bu ko‘rinishiga «Gippokrat yuzi» deyiladi, ya’ni yuz ifodasi bir nuqtaga qaratilgan, ko‘zlari cho‘kkan, ko‘zlari tagida qoramtir dog‘lar hosil bo‘lganligini kuzatish mumkin. Bemor vaqti-vaqti bilan alahsiraydi va og‘ir hollarda hushidan ketish kuzatiladi.

Peretonitning asosiy belgilarini ifodalovchi mahalliy simptomlari: qorindagi kuchli og‘riq, paypaslagandagi og‘riqlar, qorin muskullarining tarangligi va nafas olishda ishtirok etmasligi.

Oshqozon perforatsiyasida bemorni qutqarib qolishning birdan-bir chorasi shoshilinch jarrohlik muolajalariga hamda muolajalarning qancha erta boshlanganligiga bog‘liqdir. Shu qoidalami qat’iyan esda tutish shart.

Oshqozon yarasidan qon ketishi

Oshqozon yarasidan qon ketishi umumiy qon ketishining 15-20 % ni tashkil qiladi. Qon ketishi qisman yashirin va о‘tkir (profuz) qon ketishlarga bo‘linadi. Asosan qon ketishi yara devori buzilishi bilan boshlanadi.

Qisman (yashirin) qon ketishida 200 ml miqdorgacha qon ketgan vaqtda bemor qon ketganligini payqamasligi mumkin. Bu hollarda keyingi kuni bemor bir oz bequvvatlikni va axlatining qorayib chiqishini kuzatish bilan anglashi mumkin.

Profuz (ko‘p miqdorda) qon ketishida qon ketishiga xos bo‘lgan barcha belgilar о‘tkir anemiya (kamqonlik) belgilari bilan kechadi. Bu holda umumiy darmonsizlik, tanglik, teri rangining keskin oqarib ketishi, quloqlardagi shovqin, bosh aylanishi, kuchsiz va tez tomir urishi, qon bosimi va tana haroratining tushib ketishi kabi belgilar bilan kuzatiladi.

Bexosdan boshlanadigan qonli qusiq asosan «quyuq qahva» rangida bo‘ladi, bu holat qonning tuzli ishqorlari ta’sirida gematin moddasi hosil bo‘lish jarayoni bilan ifodalanadi. Ba’zan kuchli qon ketishida qusiqdagi qon qip-qizil, ya’ni tuzli ishqor ta’sir qilib ulgurmaganligi sababli o‘z ho- lida ajralishi mumkin. Ketayotgan qonning ichaklarga tushgan qismi esa qabziyat bilan qora tusda suyuq (melana) holda chiqadi.

Shu o‘rinda ta’kidlab о‘tish kerakki, qon ketishi nafaqat yara kasalligida, qolaversa jigar sirrozida qizilo‘ngach venalarining keskin kengayishida ham bo‘lishi mumkin.

Shifokorgacha bo‘lgan tez yordam bemorga berilgan tinch holat, qorinning yuqorigi qismiga qo‘yilgan muzli pufak, vena ichiga 5-10 ml

  1. % kalsiy xlorid eritmasini yuborish, muskul oralig‘iga 1-2 ml bir foizli vikasol eritmasini yuborish va shoshilinch ravishda zambilda jarrohlik bo‘limiga eltish kabi tadbirlardan iboratdir.

Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o4kir yallig‘lanish kasalliklari


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish