M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet2/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Katta qon aylanish doirasi. Kislorodga to‘yingan qon yurakning chap qorinchasidan boshlanib, arteriya va arteriolalarga bo‘linadi. Arteriolalar, o‘z navbatida, to‘qimalarda kapillar to‘rlami hosil qiladi va ular uchun kerakli bo‘lgan kislorod va boshqa oziq moddalarni berib, to‘qimalarda moddalar almashinuvi mahsuloti bo‘lgan karbonat angdrid (C02)ni yig‘ib venoz qonga aylanadi va vena tomirlari orqali o‘tib, yurakning o‘ng bo‘l- masiga quyiladi.

Kichik qon aylanish doirasi. Karbonat angdridga to‘yingan venoz qon yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pka arteriyasi ko‘rinishida boshlanib, o‘pka orqali o‘tadi. 0‘pkada venoz qon tarkibidagi karbonat angdridni chiqarib, kislorod bilan to‘yinadi. Natijada venoz qon arterial qonga aylanadi va o‘pka venalariga yig‘ilib, yurakning chap boMmasiga quyiladi. Demak o‘pka arteriyalarida oqayotgan qon venoz qon bo‘Isa, o‘pka venalarida oqayotgan qon esa arterial qondir.

Odam organizmidagi yirik qon tomirlarini bilish har bir inson uchun zarur, chunki bu qon ketishi vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun juda muhimdir.

Aorta chap qorinchadan boshlanadi. So‘ng yuqoriga ko‘tariladi. Keyin esa pastga qayrilib aorta ravog‘ini hosil qiladi. Aorta ravog‘idan tananing yuqori qismlarini bosh, tana, qo‘llami qon bilan ta’minlaydigan arteriyalar boshlanadi.

Aorta ravog‘ining o‘ng tomonidan o‘ng yelka - bosh (nomsiz) tarmog‘i chiqadi va undan, o‘z navbatida, o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyalari ajraladi. 0‘ng umumiy uyqu arteriyasi bosh sohasiga qon olib boradi. 0‘ng o‘mrovosti arteriyasi - o‘mrov suyagi va birinchi qovurg‘a orasidan o‘tib (shu yerda uni bosib qon to‘xtatish mumkin) o‘ng qo‘lga boradi.

0‘mrovosti arteriyasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga o‘tganda qo‘ltiqosti arteriyasi nomi bilan yuritiladi. Qo‘ltiqosti arteriyasini yelka suyagi boshchasiga bosib qon oqishini to‘xtatish mumkin. Qo‘ltiqosti arteriyasining davomi yelka arteriyasi bo‘lib, uni yelka ichki sohasida paypaslab bilsa bo‘ladi. Yelka arteriyasi tirsak bo‘g‘imi sohasida tirsak va bilak arteriyalariga bo‘linadi. Bilak arteriyasidan pulsni aniqlashda foydalaniladi.

Aorta qon tomirining pastga qayrilgan joyidan qorin bo‘shlig‘igacha qismi ko‘krak aortasi deyiladi, u diafragmani teshib o‘tgandan so‘ng qorin aortasi nomi bilan yuritiladi. Qorin aortasini kindik sohasida paypaslab aniqlash mumkin. Qorin bo‘shlig‘iga qon ketish vaqtida uni umurtqa pog‘onasiga taqab bosib qon ketishini kamaytirish mumkin. Qorin aortasidan qorin bo‘shlig‘i a’zolariga qon olib boruvchi asosiy tarmoq - qorin arterial o‘zani boshladi. U uchga bo‘linadi. Ulardan biri jigar umumiy arteriyasi, ikkinchisi taloq arteriyasi, uchinchisi esa oshqozon chap arteriyasidir.

Vena qon tomirlari har bir arteriya yonida bo‘lib, shu arteriya bilan parallel yo‘nalgan bo‘ladi. Bosh, qo‘l va tananing yuqori sohalaridan yig‘ilgan qon yuqori kovak venaga kelib quyiladi. Tananing pastki sohalaridan: oyoqlardan, qorin bo‘shlig‘i a’zolaridan yig‘ilgan qon pastki kovak venaga quyiladi. Yuqori va pastki kovak venalar o‘zidagi venoz qonni yurakning o‘ng bo‘lmachasiga quyadi.

LIMFA TIZIMI

Limfa tizimi - limfa tomirlari va limfa tugunlaridan iborat. Limfa tugunlari limfa tomirlari bo‘ylab joylashgan. Limfa tomirlarida limfa suyuqligi oqadi. U o‘zida ko‘plab limfotsit va monotsitlar saqlaydi. Eng yirik limfa tugunlari qo‘ltiq ostida, chov (qov) sohasida, pastki jag‘ ostida, bo‘yinda joylashgan. Limfa tizimi elementlari organizmning muhim hi- moya omili bo‘lib xizmat qiladi.

Taloq

Taloq chap biqinda, qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, 9—11 - qovurg‘alar sohasiga to‘g‘ri keladi. Taloq bajaradigan vazifasiga ko‘ra, ko‘proq limfa bezlari va ko‘mikka o‘xshaydi. Taloq limfotsit va monotsitlar (qon elementlari)ni ishlab chiqaradi. Taloq o‘zi orqali o‘tayotgan qon tarkibidagi zararli mikroblarni ushlab qoladi, ya’ni o‘ziga xos filtr vazifasini ham bajaradi va shu yo‘l bilan organizmni himoya qilishda qatnashadi. Taloqda umri tugagan qon elementlari (eritrotsitlar) parchalanadi. Ayrim yuqumli kasalliklar (qorin tifi, bezgak va boshqalar)da taloq kattalashadi. Bu uning faoliyati kuchayganligi, ya’ni limfotsitlar ko‘p hosil bo‘layotganligidan dalolat beradi. Jarrohlik yo‘li bilan taloq olib tashlansa, uning vazifasini suyak ko‘migi, jigar, limfa bezlari bajaradi.

SIYDIK AJRATISH TIZIMI

Odam organizmining faoliyati natijasida to‘qimalarda ko‘plab kerak- siz va zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalaming organizmdan chiqib ketishi uchun buyraklar, ya’ni siydik ajratish a’zolari tizimi xizmat qiladi.

Buyraklar juft a’zo bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i ortida, umurtqa pog‘o- nasining ikki yonida, 12-ko‘krak umurtqasi va 1-2-bel umurtqalari sathida joylashgan. Buyrak, shakliga ko‘ra, loviyasimon tuzilishga ega bo‘lib, uning egilgan (botiq) qismi buyrak darvozasi deb yuritiladi. Buyrak darvozasi kengayib, siydik jomiga o‘tadi. Undan pastga qarab siydik yo‘li boshlanadi. Buyraklar oson ajraladigan fibroz parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Buyrak yog‘ to‘qimasi buyrakning orqa tomonida yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Buyrak ustida buyrakusti bezi joylashgan.

Buyrak bezsimon tuzilishga ega a’zo bo‘lib, u kesib ko‘rilganda ikki, ya’ni po‘stloq va mag‘iz modda qavatlaridan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Po‘stloq modda jigarrang bo‘lib, qalinligi 4-5 mm keladigan po‘st moddadan iborat. Buyrak ichki qismida alohida, to‘dalashib, piramida shaklida joylashgan mag‘iz moddani ko‘rish mumkin. Piramidalar keng tomoni buyrak po‘stiga, so‘rg‘ich shaklidagi uchi esa buyrak bo‘shlig‘iga qarab joylashgan. Piramidalar, taxminan, 1 mln mayda kanalchalar (nefron)dan tuzilgan.

Buyrak kanalchalarining bir uchi berk bo‘lib, devori ikki qavatli kapsula bilan tugaydi. Ular, o‘z navbatida, qon tomirli koptokchani o‘rab turadi. Qon tomirli koptokcha va kapsula birgalikda buyrak tanachasini hosil qiladi. Buyrak tanachasi va kanalchalari birgalikda buyrakning struktural va funksional birligini tashkil qiladi. Nefronlarda yig‘ilgan siydik yig‘uvchi naychalar orqali buyrak so‘rg‘ichlariga, ulardan buyrak kosachalariga o‘tib, buyrak jomchalari orqali siydik yo‘liga tushadi. Siydik yo‘llari orqali buyrakdan ajralgan siydik qovuqqa kelib yig‘iladi.

Siydik hosil bo‘lish jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda buyrak tanachalarida hosil bo‘lgan birlamchi siydik (bir sutkada 1,5 /) buyrak kanalchalarida qayta so‘rilib, uning tarkibidagi suv va hayotiy zarur moddalar ushlab qolinadi. Siydik tarkibidagi kreatinin, ammiak va vodorod ionlaridan ikkilamchi siydik (bir sutkada 1,5 /) hosil bo‘ladi. Ikkilamchi siydik hosil bo‘lishi siydik hosil bo‘lish jarayonining ikkinchi bosqichini tashkil etadi. Umuman olganda, siydik hosil bo‘lish 3 ta bosqich, ya’ni filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya jarayoni natijasidir.

Qovuqda yig‘ilgan siydik tashqi siydik chiqaruv yo‘li orqali tashqariga chiqariladi. Qovuq eziluvchan a’zo bo‘lib, unda 1 / hajmdagi siydik yig‘ilishi va ma’lum muddat saqlanishi mumkin.

KO‘PAYISH A’ZOLARI

Inson organizmida ko‘payish a’zolari ikki qismga, ya’ni ichki va tashqi jinsiy a’zolarga bo‘linadi. Erkaklarda jinsiy bezlar spermatozoidlar ishlab chiqaradi. Ayollar tuxumdonida tuxum hujayralari ishlab chiqariladi.

Erkak jinsiy a’zolari

Erkak ichki jinsiy organlariga quyidagilar: erkak jinsiy bezlari - moyaklar, urug‘ chiqarish yo‘llari, urug‘ pufakchalari, prostata bezi, bulbouretral bezlari kiradi. Erkak tashqi jinsiy a’zolari erlik olati va yorg‘oqdan iborat.

Spermatozoid erkak urug‘ hujayrasi bo‘lib, u moyakning egri - bugri kanalchalarida ishlanadi hamda urug‘ pufakchalari va prostata bezida ishlab chiqarilgan suyuqlik bilan aralashib tashqariga chiqariladi. Balog‘atga yetgan odamning jinsiy faol bo‘lgan davrida urug‘ hujayralari

  • spermatozoidlar moyakda doimiy ishlanib turadi

Ayol ichki jinsiy a’zolariga tuxumdon, bachadon naylari, bachadon va qin kiradi. Tashqi jinsiy a’zolarga esa katta va kichik jinsiy (uyatli) lablar, klitor va qizlik pardasi kiradi.

Bachadon - kichik chanoq bo‘shlig‘ida, qovuq bilan to‘g‘ri ichak о‘rtasida joylashgan, nokka o‘xshash a’zo bo‘lib, unda homila rivojlanadi. Bachadon uch qismga: bachadon tubi (eng baland qismi), bachadon tanasi, bachadon bo‘yniga bo‘lib o‘rganiladi. Bachadon tubining ikki yon qismiga bachadon naylari ochiladi. Bu naydan bachadon ichiga tuxumdonda yetilib chiqqan tuxum hujayrasi kelib tushadi.

Tuxum hujayra bachadon ichiga kelib tushgan paytda urug‘lanish sodir bo‘lmasa, ayollar va voyaga yetgan qizlarda hayz (menstruatsiya) kuzatiladi, ya’ni urug‘lanmagan tuxum hujayra bilan birga bachadon ichki shilliq qavati ko‘chib tushadi. Agar bachadon bo‘shlig‘ida yetuk tuxum hujayra bilan erkak urug‘ hujayrasi (spermatozoid) qo‘shilsa, urug‘lanish hodisasi ro‘y beradi. Urug‘langan tuxum hujayra bachadon shilliq qavatiga jips yopishib, homiladorlik boshlanadi. Ayollarda homiladorlik vaqtida hayz kuzatilmaydi.

ASAB TIZIMI

Asab tizimi ikki, ya’ni markaziy va periferik qismga bo‘linadi. Markaziy asab tizimiga bosh miya va orqa miya kiradi. Periferik asab tizimiga esa bosh va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari kiradi. Nerv tolalari butun organizm bo‘ylab tarqalgan.

Asab tizimi tashqi ta’sirlami qabul qiladi va unga javob qilishda ishtirok etadi. Nerv tolalari markazga intiluvchi (ta’simi qabul qiluvchi) va markazdan qochuvchi (ta’sirga javob beruvchi) qismdan iborat.

Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashgan bo‘lib, uning uzunligi 45 sm. Uzunchoq miya bilan tutashgan orqa miyaning pastki qismi konussimon shaklda tugaydi. U ham bosh miya kabi uchta parda bilan o‘ralgan.

Orqa miyadan 31 juft orqa miya periferik nerv tolalari chiqadi. Bular quyidagilar: 8 juft bo‘yin, 12 juft ko‘krak, 5 juft bel, 5 juft dumg‘aza va 1 juft dum nervlaridir.

Umurtqalararo teshikdan chiqqan orqa miya nerv tolalarining oldingi va orqa shoxchalari bir-biriga qo‘shilib, nerv tugunlari (yon shoxlar)ni hosil qiladi.

Orqa miya nerv tolalari bir-biri bilan qo‘shilib, quyidagi nerv tutamlarini hosil qiladi: bo‘yin, yelka, bel, dumg‘aza tutamlari.

Orqa miya ko‘ndalang kesimida uning «N» harfini eslatuvchi kulrang va oq moddadan iborat ekanligini ko‘rish mumkin. Uning oldingi shoxlaridan harakatlantiruvchi, orqa shoxlaridan esa sezuvchi nervlar chiqadi.

Asab tizimi inson organizmi bilan uni o‘rab turgan tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi. Markaziy asab tizimi tashqi ta’sirlar, hayotiy ko‘nikmalarni o‘zida qayta ishlaydi, ulami tahlil qilib, javob reaksiyasini ishlab chiqadi. Javob reaksiyasi reflekslar majmuasidan iborat bo‘lib, reflekslar reflektor yoyi orqali o‘tadi. Reflektor yoyi sezuvchi (markazga intiluvchi) va javob qaytaruvchi (markazdan qochuvchi) asab tolalari elementidan iborat bo‘ladi.

Uzunchoq miyada odam faoliyati uchun muhim bo‘lgan markazlar joylashgan. Bular nafas olish, yurak-tomir markazlaridir. Bu markazlar boshqalari bilan aloqada bo‘ladi va faoliyat izchilligini ta’minlaydi.

Vegetativ asab tizimi

Vegetativ asab tizimi markaziy asab tizimining ajralmas bir qismidir. Vegetativ nerv tolalari barcha ichki a’zolarning shilliq muskullariga tarqalib, ular ishini qisman ixtiyorsiz (avtomatik, mahalliy) ravishda bajarib turadi. Ammo vegetativ nervlar ham miya po‘stlog‘i boshqaruvi ostida ishlaydi. Vegetativ asab tizimi yurak-qon va limfa tomirlari, ichki a’zolarni, ya’ni tarkibida silliq muskullarga ega bo‘lgan a’zo va bezlami innervatsiya qiladi.

Vegetativ asab tizimi ikki, ya’ni simpatik va parasimpatik asab tizimidan iboratdir.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish