M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet9/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshga quyidagi bintli bogMamlar qo‘yiladi: qaytar bog‘lam, «Gippokrat qalpog‘i», qalpoqchali bog‘lam, bir yoki ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam, «yugan»simon va boshqalar.

«Gippokrat qalpog‘i» quyidagicha qo‘yiladi: bir qo‘lga birinchi о‘ram, ikkinchi qo‘lga ikkinchi о‘ram bint olinadi. Har ikkala bintning bo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga joylashtiriladi. Har ikkala bint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda peshona do‘ngi o‘rtasiga olib boriladi. 0‘ng qo‘ldagi bint о‘rami sirkular aylanishlar hosil qiladi, bunda har bir qaytib keladigan aylanish undan awalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3 qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir paytda sirkular aylanish hosil qilayotgan bint qaytar aylanish qilayotgan chap qo‘ldagi bintni har doim mahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liq qoplangunga qadar davom ettiriladi.




16-rasm.
Boshning qalpoqchali bog‘lami (16- rasm). Bu bog‘lam eng qulay va ishonchli hisoblanadi, chunki bunday bog‘lam qo‘llanil- ganda uning bo‘shashib, o‘midan qo‘zg‘a- lishiga hech qanday imkon bo‘lmaydi. Bun- dan tashqari, bu bog‘lamni qo‘yish texnikasi sodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi: uzunligi 80-90 sm bo‘lgan bint olinadi (bint bog‘ich). U tepa suyagining o‘rta qismiga shunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari quloqlaming old qismidan pastga vertikal tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchini tarang holda ushlab turish kerak (bintni kasal yoki yordamchi tortib ushlab turadi). 0‘ng qo‘l bilan bint o‘ramini olib bosh atrofidan birinchi sirkular yo‘l bilan aylantiriladi (bu mahkamlovchi yo‘l bo‘lib hisoblanadi). Uni

  1. 3 marta aylantirib ishonchliligini oshirish ham mumkin.

Mahkamlovchi sirkular yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uning atrofidan va pastidan aylantirilib, peshona yoki ensa tomonga o‘tiladi, keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, undan

aylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har bir galdagi aylana awalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh gumbazi berkilgunga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlaming biridan o‘tkaziladi va bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi.

Kozga qo ‘yiladigan bog‘lamlar. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam monokulyar bog‘lam deyiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasal ko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh atrofidan sirkular yo‘l bilan o‘tkazib (bunda peshona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) mahkamlovchi aylana hosil qilinadi. Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, uni shikastlangan ko‘z tomondagi quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqali yuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni berkitadi. Mana shu ikkinchi yo‘l orqali sirkular mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llami galma-gal almashtirib kasal ko‘z berkitiladi.




17-rasm.
Har ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam - binokulyar bog‘lam deb ataladi. Bu bog‘lam ham bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi. Sirkular-mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi yo‘l quloq ostidan o‘tadi, ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkular yo‘l hosil qilib, keyin peshona orqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi, uni quloq ostidan o‘tkazib yana mahkamlovchi sirkular yo‘lga qaytiladi.

Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l navbatma-navbat takrorlanadi: sirkular - mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan bir ko‘zga, uchinchisi peshonadan ko‘zga tushib uni berkitgach, quloq ostiga yo‘naladi.

«Yugan» bog‘lami (17-rasm). Bu bog‘- lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananing tukli qismlarini bog‘lashda tavsiya etiladi.

«Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchi yo‘llardan tashkil topadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar - sirkular mahkamlovchi (ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) yo‘l- lardir. Uchinchi yo‘lda bint ensa orqali iyakka o‘tadi. Keyin bint vertikal holatda 4,

  1. va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi.

Keyin bint gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llami hosil qiladi. Keyin bog‘lam qotiriladi. Mana shu yo‘llami navbati bilan almashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan yopish mumkin.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish