M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet21/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Shoshilinch yordam. Asosiy vazifa astma xurujini to‘xtatish va astmatik holatdan bemomi olib chiqish hisoblanadi. Davolash ko‘proq kasallikning og‘ir yoki yengilligiga bog‘liq bo‘ladi.

Bronxial astma va astmoid sindromning yengil xumjida tabletkalar va adrenomimetiklami ingalatsiya qilish tavsiya qilinadi: 1-2 ta 0,025 li efedrin tabletkasi, 0,005 li izadrin (novodrin, euspiran)ni til ostiga qo‘yishi yoki 1 % li 0,5-1,0 ml eritmasini ingalatsiya qilish, 0,02 li alupentni til ostiga qo‘yishi yoki 2 % li 0,5-1,0 ml eritmasini ingalatsiya qilish, 0,1- 0,15 eufillin, 1 ta tabletka teofedrin qabul qilish.

0‘rtacha va og‘ir darajadagi xurujlarda eufillinning 2,4 % li eritmasidan 10 ml shpris yordamida tomirga asta-sekin yuboriladi.

Agar bemorlarda kuchli taxikardiya bilan yurak yetishmovchiligi belgilari bir vaqtda kuzatilsa, u holda eufillin eritmasi bilan bir vaqtda

  1. 06 % li 1 ml korglikon yoki 0,05 % li 1 ml strofantin eritmasi qo‘llaniladi. Adrenomimetik preparatlar: 40-50 minutli interval bilan

  1. 1 % li 0,2-0,5 ml adrenalin eritmasini teri ostiga; 2,5 % li 1 ml efedrin eritmasini teri ostiga; 0,05 % li 1-2 ml alupent eritmasini teri ostiga yoki muskul orasiga yoki tomir ichiga asta-sekin; antigistamin preparatlar tomir ichiga yoki muskul orasiga: 1 % li 1-2 ml dimedrol eritmasi, 2 % li 1-2 ml suprastin eritmasi, 2,5 % li 1 ml pipolfen eritmasi; xolinomimetiklar adrenomimetik vositalar bilan birga yuboriladi: 0,1 % li 1 ml atropin teri ostiga, 0,2 % li 1 ml platifillin eritmasi teri ostiga yuboriladi.

Bundan tashqari, namlangan kislorod bilan 20-30 minut davomida ingalatsiya qilinadi. Bronxial astmaning og‘ir xumjlarida bemorlarga 60- 90 mg prednizolon yoki 50-100 mg gidrokortizon tomir ichiga yuboriladi. Balg‘am ko‘chishini yengillashtirish uchun intubatsion tmbka yoki kateter orqali traxeya ichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 5-10 ml tripsin yoki ximotripsin eritmasidan yuboriladi. 1-2 minut o‘tgach, balg‘am maxsus apparat yordamida so‘rib olinadi. Ushbu muolajalar umumiy narkoz ostida o‘tka- ziladi.

Adrenomimetiklar va eufillin bronxlar torayishini kamaytirib, ularni kengaytiradi, xolinomimetiklar va gistamin preparatlar bronx bezlarining sekretsiyasini kamaytiradi, antigistamin vositalar spazmolitik va tinchlantimvchi samara beradi.

Astmatik holatdagi bemorlarga shifoxonagacha bo‘lgan yordam hajmi astmaning bosqichiga bog‘liq bo‘ladi.

  1. -bosqichida:

  1. vena tomiriga tomchilatib 400-800 ml poliglyukin (reopoliglyukin) yoki 400-800 ml natriy xloridning izotonik eritmasi yuboriladi. Yubo- rishdan maqsad balg‘am ko‘chishini yengillashtirish va organizmning suvsizlanishiga qarshi kurashdan iborat;

  2. vena tomiriga oqim bilan desensibilizatsiya, hujayra qobig‘i o‘tkazuvchanligini kamaytirish, adrenomimetik va antigistamin vosita- larining ta’sir samarasini oshirish maqsadida 60-90 mg prednizolon, 2-4 mg deksametazon, 100-200 mg gidrokortizon yuboriladi;

v) atsidoz rivojlanishiga qarshi vena tomiriga gidrokarbonat natriy- ning 4 % li eritmasidan (200 ml) tomchilatib yuboriladi.

  1. bosqichida:

  1. vena tomiriga oqim bilan qaytadan 180-360 mg prednizolon va 4-8 mg deksametazon yuboriladi.

  2. geksenal (10 % li eritmasidan 3-5 ml vena tomiriga sekin yuborib yoki 10 % li eritmasidan 3-10 ml muskullar orasiga yuborib) yordamida narkoz ostida nafasni sun’iy boshqarishga o‘tiladi hamda keyinchalik bronxlami isitilgan bikarbonat natriy eritmasi bilan yuviladi va balg‘am yaxshi ko‘chishi uchun ferment vositalardan foydalaniladi.

  1. bosqichida bemor nafasini sun’iy boshqarishga to‘liq o‘tiladi va 1 hamda 2-bosqichdagi tadbirlar qaytariladi.

Bronxial astmaning og‘ir xuruji va yordam samarasiz bo‘lgan birinchi marta tashxis qo‘yilganlar shifoxonaga yotqiziladi.

Qon tuflash va o‘pkadan qon ketishi

Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida ko‘pgina bemorlar qon tuflashdan shikoyat qilishadi, vaholanki, o‘pkadan qon ketishi hamma vaqt ham bu narsaning tashxisi bo‘lavermaydi.

Bemor tupugiga (balg‘amda) qon aralashgan bo‘Isa, buni yuqori nafas yo‘llaridan (eng oldin burundan) yoki oshqozon ichak yo‘llaridan (oshqozondan qon ketishi) ketayotgan «qon tuflash»dan farqlash kerak. Haqiqiy qon tuflash ko‘pincha qonning diapedez sizib chiqishi, kichik qon aylanish doirasida gipertenziya (yurak poroklari, birlamchi o‘pka gipertenziyasi) bo‘lganda, o‘pka silida, o‘pka o‘smasida va pnev- mosklerozda kuzatiladi.

Arzimas qon tuflash keyinchalik odam hayotiga xavf soluvchi o‘pkadan birdaniga ko‘p miqdorda qon ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday holatda bemomi davolash va kuzatish talab qilinadi. 0‘pkadan qon ketishida qisqa vaqt ichida ko‘p miqdorda (10 ml dan ko‘p) yo‘tal turtkilari ta’sirida och ko‘piksimon ajralmaning og‘iz orqali chiqishi xosdir.

0‘pkadan qon ketishini oshqozondan va burun-tomoqdan qon keti- shidan farqlash zamr. Burun-tomoqdan qon ketganda qon ko‘piksimon aralashmasiz va to‘q rangda bo‘ladi, ko‘pincha, bumnga tampon tiqilganda u to‘xtaydi. Oshqozondan qon ketganda qon to‘q xira rangda bo‘lib (gemoglobin bilan xlorid kislotasining o‘zaro ta’siri natijasida), ovqat massasi bilan aralashgan bo‘ladi hamda qusish vaqtida ajraladi. 0‘pkadan qon ketishining asosiy sabablariga: o‘pka sili, bronxoektaz kasalligi, o‘pka gangrenasi va abssessi, o‘pka o‘smasi, pnevmoskleroz, ba’zan yurak kasalliklari (mitral va aortal poroklar) va aorta anev­rizmasining yorilishi kiradi.

Shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida o‘pkadan qon ketishini aniqlash ancha qiyin.

Shifoxonaga yotqizishda bemorga o‘pka sili tashxisini o‘z vaqtida qo‘yish katta ahamiyatga egadir. 0‘pka sili tashxisi shifoxonagacha bo‘lgan yordam bosqichida bemoming kasallik tarixi (sil kasali bor bemorlar bilan kontakt), yo‘tal borligi, nafas qisishi, harorat ko‘tarilishi (subfebril), terlash, ishtaha pasayishi, ozish va boshqalarga asoslanadi.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish