YUQUMLI К AS ALLIKL ARNIN G ASOSIY BELGILARI
Infeksiya (lotincha
infectio - yuqish) - makroorganizmlarga mikroorganizmlaming
kirib rivojlanishi, keyinchalik bular orasida murakkab kompleks muloqot yuzaga kelib, kasallikning to‘liq namoyon bo‘lishi yoki shu kasallikni chaqaruvchilaming tashuvchisi ham bo‘lib qolishi mumkin.
Arxeologik tekshirishlar va bizgacha yetib kelgan qo‘lyozmalardan ma’lumki, hatto qadimgi davrlarda ham yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi omillar va ularga qarshi kurash choralari aniq bo‘lgan.
Yuqumli kasalliklaming
keng tarqalganligi, o‘lim ko‘rsatkichlarining о‘sib borganligi sababli, ular bu kasallikni shamol orqali tarqaladigan va hamma chalinadigan kasallik deb qarashgan.
Tarixdan ma’lumki, ilm fidoyilarining ko‘pchiligi toshmali va qaytalama tif chaqiruvchilariga ilmiy nuqtai nazardan shohidlik berish maqsadida bunday kasalliklarni o‘zlariga ham yuqtirganlar.
Tabiiy hollarda insoniyatning yuqumli kasalliklarga chalinishining to‘rtta yo‘li bor: fekal-oral (najas (axlat)-og‘iz orqali);
havo va tomchi orqali; transmissiv (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qon quyish, ignalar orqali); muloqot orqali.
Inson organizmida kasallik chaqiruvchisining yuqish yo‘llari va joylashgan о‘mi bir-biriga muntazam bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, ichaklarda kasallikni chaqimvchilar
najas bilan tashqariga chiqadi, turli yo‘llar bilan oziq-ovqat mahsulotlariga tushadi va ularni yuvmasdan iste’mol qilinganda kasallik kelib chiqadi, ya’ni bu fekal-oral yo‘li bilan yuqish hisoblanadi.
Najas-og‘iz
orqali yuqadigan kasalliklar, ichakning yuqumli kasalliklari guruhiga kiradi.
Bular quyidagilarga bo‘linadi:
antroponozlar - insondan insonga yuqadigan;
zoonozlar - hayvondan insonga yuqadigan.
Birinchi (antroponoz) guruhga kiradiganlar:
qorin tifi;
dizenteriya (ichburug‘);
paratiflar (ichterlama);
poliomiyelit (shol kasalligi);
xolera (vabo);
yuqumli enterokolitlar;
vimsli gepatit.
Ikkinchi (zoonoz) guruhga kiradiganlar:
botulizm;
brutsellez;
salmonellez.
Yuqumli kasalliklarning havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan turlari deganda, kasal odamning nafas olish yo‘llaridan ajralgan suyuqliklar (so‘lak tomchilari) xonada tarqalganda (gapirganda, aksa urganda), shu zararlangan havo orqali boshqa sog‘ insonlarning nafas olishida yuqadigan kasalliklar tushuniladi.
Nafas olish yo‘llari orqali yuqadigan (antropoonoz) kasalliklariga quyidagilar kiradi:
adenovirusli infeksiya;
gripp;
difteriya (bo‘g‘ma);
koklyush (ko‘kyo‘tal);
kor (qizamiq);
krasnuxa (qizilcha);
meningokokkli infeksiya;
mononukleoz infeksiya;
suvchechak;
qorachechak (chin);
paragripp;
skarlatina;
sil;
epidemik tepki.
Do'stlaringiz bilan baham: