M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet29/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Cho‘kish - o‘tkir patologik holat bo‘lib, insonning tasodifan yoki ko‘zlangan holda suyuqlikka (asosan suvga) botishi natijasida rivojlanadi va bu atrof muhit bilan gaz almashinuvini hamda nafas organlariga havo tushishini qiyinlashtiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Nafas olish organlarining anatomik butunligi saqlangan hollarda, nafas olish saqlanganda, nafas olish yo‘llariga suv yoki boshqa suyuqlik aspiratsiyasi (tiqilishi); laringospazm natijasida o‘pka gaz almashinuvining to‘xtashi; psixik yoki reflektor ta’sirlar (sovuqdan shok, suvga urilish) natijasida yurakning to‘xtashiga sabab bo‘lishi mumkin. Cho‘kishning terminal holatga o‘tishi suvda sovqotishning oxirgi bosqichida rivojlanadi, bunda gaz almashinuvining va yurak faoliyatining hamda muskul harakatlarining buzilishi organizmni stupor holatga va hushning yo‘qotilishiga olib keladi

Asfiksik va haqiqiy cho‘kish tafovut qilinadi. Asfiksik cho‘kishda to‘satdan kuchli sovqotish natijasida yurak faoliyati va nafas olishning reflektor to‘xtashi kuzatiladi. Bunga bog‘liq cho‘kish juda tez sodir bo‘ladi. 0‘pkalar suv bilan to‘lmagan, teri qoplamlari esa oqish rangda bo‘ladi. Jabrlanuvchini suvdan olib chiqqandan keyin yuqori nafas yo‘llaridan ko‘piksimon moddalar ajraladi.

Haqiqiy cho‘kishda esa jabrlanuvchi asta-sekin cho‘kadi, suv sekinlik bilan o‘pkaga tushadi, bemor ko‘karadi, ko‘pincha og‘iz va bumidan pushti rangdagi ko‘piksimon moddalaming ajralishi kuzatiladi. Yurakning yopiq massajini o‘tkazganda va ko‘krak qafasiga bosilganda ko‘pik miqdori nisbatan ko‘payadi. Dengiz suvida cho‘kishdan chuchuk suv havzasiga cho‘kish bir-biridan katta farq qiladi. Chuchuk suv havzasida natriy ionlari qon plazmasidagiga qaraganda kamroq, nafas yoMlariga tushgan suv tezda qonga so‘riladi, bu qonning suyulishiga olib keladi, qon eritrotsitlari o‘zgaradi. Dengiz suvi natriy ionlariga boy va uning osmotik bosimi qonnikidan balandroq. Dengiz suvi o‘pka alveolasiga tushganda qonning suyuq qismi alveolaga yo‘naladi, bu o‘tkir o‘pka shishini chaqiradi.

Voqea sodir bo‘lgan joyda va qutqarish stansiyasiga transportirovka qilish vaqtida tez yordam berishning jonlantirish usullarini yaxshi biluvchi shaxslar bilan o‘tkazish qutqarish imkoniyatini yanada oshiradi. Cho‘kishning boshlang‘ich davrida yordam berish tinchlantirishga, qon va qon aylanishini yaxshilashga (shokka qarshi, isitish, artish, analeptiklar) qaratilgan bo‘ladi. Agoniya va klinik o‘lim davrlarida mustaqil nafas olish va yurak qisqarishlarini tiklash uchun kompleks jonlantirish chora- tadbirlari о4 tkaziladi.

Vrachgacha bo‘lgan tez yordam chora-tadbirlari:

  1. og‘iz bo‘shlig‘i va halqumni barmoqqa o‘ralgan bintli bo‘lakcha yoki tortib oluvchi nasos yordamida har xil yot narsalardan va suvdan tozalash;

  2. tezda sun’iy nafas (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga) va yopiq yurak massaj ini o‘tkazishni boshlash;

  3. oksigenoterapiya;

  4. jabrlanuvchini issiq choyshab bilan yopish;

  5. hayot funksiyalari tiklangandan so‘ng reanimatsion chora-tad- birlami to‘xtatmagan holda davolash muasasalariga shoshilinch yuborishni amalga oshirish.

Cho‘kkanlar zambillarda gorizontal holatda, bosh tomonini pastga qaratilgan holatda tashiladi. 0‘pka shishganda esa tananing yuqori qismiga ko‘tarilgan holat beriladi.

«Ikkilamchi cho‘kish» haqida tushuncha

Qutqarish vaqtida davolash muassasi chora-tadbirlariga muhtoj bo‘lmagan cho‘kkanlami ham shifoxonaga yuborish kerak. Cho‘kish vaqtidagi yoki undan keyingi, hatto qisqa muddatli, hushdan ketish ham cho‘kishning og‘ir asoratlari sifatida jiddiy ogohlantirish deb qaralishi kerak. Transportirovka vaqtida nafas olishning о‘tkir buzilishi yana qaytalanishi yoki birinchi marta boshlanishi mumkin.

«Ikkilamchi cho‘kish» sindromi ko‘krakda og‘riqlar paydo bo‘lishi yoki ularning kuchayishi, havo yetishmasligini sezish, teri va shilliq qavatlaming ko‘karishi, taxikardiyaning kuchayishi kabi belgilar bilan boshlanadi. Qon aralash balg‘am ko‘chishi kuzatiladi. «Ikkilamchi cho‘kish» sindromi ba’zan abortiv holda, ba’zan kuchayib boruvchi o‘pka qalinlashuvi, ba’zan esa kuchayuvchi alveolyar shish rivojlanishi bilan kechadi. «Ikkilamchi cho‘kish»ning boshlang‘ich belgilarida bemorda o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi o‘tkaziladi, natriy oksibutirat va albumin, saluretiklar eritmalarining konsentrlangan aralashmalaridan yuboriladi.

Bo‘g‘ilish - o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelib chiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlaming tushishi, shikastlanishi yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin. U ko‘krak qafasining tashqaridan uy bo‘laklari bilan, yer ko‘chmalari bilan bosilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Nafas siqishida birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora- tadbirlarini boshlash kerak.

0‘zini o‘zi o‘ldirish maqsadida ham bo‘g‘ilish hodisalari kuzatiladi. Bu kabi o‘z joniga qasd qilishda sirtmoqdan foydalanadilar. Ahvolning og‘irlik darajasi bo‘g‘ilish davomiyligiga va sirtmoqni qo‘yish usuliga bog‘liq. Osilish yoki sirtmoq bilan bo‘g‘ishning doimiy belgilaridan biri oqish yoki qo‘ng‘ir rangdagi strangulyatsion egat hosil bo‘lishi, yuzning ko‘karishi, burun-halqum giperemiyasi, shish va ovoz bog‘lamlari orasiga qon quyilishidir. To‘liq osishda hushdan ketish bilan birga, koma rivojlanadi, ko‘z qorachiqlarining yoruqlikka javob reaksiyasining yo‘qolishi, muskullarning bo‘shashishi, nafasning to‘xtashi, ba’zi hollarda ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajratish ham kuzatiladi. 0‘lim 4-5 minutdan so‘ng boshlanadi. Birinchi yordam osilgan shaxsni tezda ko‘tarish va fiksatsiya qilish, arqonni tugunidan yuqoriroqdan qirqish va tugunni bo‘shatishdan iborat. So‘ngra kichik reanimatsion yordam ko‘rsatiladi:

  • traxeyaga intubitsion trubka qo‘yib havo beriladi;

  • yurakning bilvosita massaji o‘tkaziladi;

  • oksegenoterapiya;

  • yurak va nafas analeptiklar (strofantin, kardiamin);

  • asosiy hayot funksiyalari tiklangandan so‘ng eng yaqin shifoxonaga transportirovka zambilda amalga oshiriladi.

Zaharlanish - о‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.

Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:

  1. maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);

  2. ishlab chiqarishdagi;

v) bolalardagi;

g) tibbiy;

  1. biologik;

  2. ovqatdan.

Organizmga zahaming tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:

  1. ingalyatsion (tutun holida);

  2. teri orqali;

  3. ichak orqali;

  4. parenteral (ko‘pincha tibbiy).

Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali 18-20 °C haroratdagi 12-15 / suv bilan (har bir porsiyasi 300-500 ml bo‘lishi kerak) yuvish lozim.

Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda tushganda 6-8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi.

Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.

Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.

Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.

Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.

0‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. Nevrologik o‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab tizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamda zaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining buzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi. Eng og‘ir psixonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik koma, tirishish sindromi kiradi.

Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo4 lib, u arterial bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon tarkibining o‘zgarishi bilan kechadi.

Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va kollaps rivojlanadi.

Nafas olishning buzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:

  1. aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi;

  2. nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi;

  3. o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq - o‘pka shishi, pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan о‘tkir traxeobronxit.

Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi о‘tkir gastro-enterit, qusish, ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlar ko‘rinishida kechadi.

Jigaming shikastlanishi jigaming kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘z sklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida asabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi - bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq qavatlarga qon quyilishi.

Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetish­movchiligi rivojlanadi.

Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuning uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak.

Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi. Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish), harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan ko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalami yuborish shart.

Alkogol bilan zaharlanganda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich davrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidan ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash, yurak dorilarini berish va iloji bo‘Isa, kislorodoterapiyani boshlash kerak.

Gazdan zaharlanish. Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. 0‘tkir zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar o‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.

Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.

Davolash:

  • iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash (oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalami qo‘llash);

  • maxsus antidot moddalar yuborish.

Kuydimvchi moddalar bilan zaharlanishga uksus (sirka) essensiyasi taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydimvchi ta’sirdan va umumiy - rezorbtiv ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni yo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi - qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish, promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan suvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan ko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalami ishlatish man etiladi).

0‘tkir allergik reaksiyalar

Barcha dori-darmonlar (antibiotiklar, zardob va vaksinalar) hamda muayyan meva mahsulotlari allergik xususiyatga ega bo‘ladilar: tuxum, shokolad, asal, qulupnay, sitms mevalar. Allergik reaksiyaning og‘irligi sensibilizatsiya darajasi bilan belgilanadi.

Anafilaktik shok allergik reaksiyalar to‘plaini hisoblanib, juda og‘ir darajada kechadi. Anafilaktik shokning doimiy belgilaridan bo‘lib, o‘tkir tomir yetishmovchiligi, qon bosimining keskin tushishi bilan, yuzning oqarishi yoki giperemiyasi, sianoz, kuchli terlash, puls ipsimonligi hisoblanadi. Yurak ritmi chastotasi va to‘g‘riligi buziladi. 0‘pka shishi rivojlanishi mumkin va qo‘ng‘iroqsimon nafas paydo bo‘lishi, ko‘p miqdorda ko‘pikli balg‘am ajralishi, o‘pkaning barcha yuzasi bo‘yicha xirillashlar, bronxospazm paydo bo‘lishi kuzatiladi. Psixomotor qo‘zg‘alishlar paydo bo‘lishi mumkin, u adinamiyaga, hushni yo‘qotishga, ixtiyorsiz siydik ajralishiga va defekatsiyaga sababchi bo‘ladi. Ba’zan alohida muskul guruhlarining fibrillyar uchishi hamda tonik yoki klonik tirishishlar yuz berishi mumkin.

Anafilaktik shokda birinchi yordam quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi:

  • allergik reaksiya chaqirgan preparatning inyeksiya qilingan yoki hasharot chaqqan joyining proksimal (yuqorigi) qismiga bog‘lagich siqib qo‘yiladi, bu venoz shishni blokada qiladi va organizmga allergen kirishiga yo‘l qo‘ymaydi;

  • teri ostiga 0,5 adrenalin qilinadi;

  • maska yordamida kislorod berish kerak;

  • tomoqning o‘ta shishida va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi buzilganda Dyufo ignasi yordamida konikotomiya qilinib, kateter kiritiladi;

  • agar adrenalin kiritilishi natijasiz bo‘Isa, gemodinamikani stabilizatsiya qilish va sirkulatsiya bo‘layotgan qon haj mini tiklash uchun poliglyukin tomchilatib yuboriladi;

  • bronxospazmni yo‘qotish uchun 5-10 ml 2,4 % eufilin yuboriladi;

  • shu bilan birgalikda, antigistamin (dimedrol, suprastin, pipolfen) preparatlar yuboriladi;

  • vena ichiga kortikosteroidlar (prednizolon, gidrokortizon) yuboriladi.

HUSHDAN KETISH, KOLLAPS VA SHOKDA BIRINCHI

YORDAM KORSATISH


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish