M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet27/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Profilaktikasi: o‘choqlardagi asosiy chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: kemiruvchilarga qarshi kurash; quduqlarga sichqon va boshqa kemimvchilaming kirib, suvning zararlanishidan asrash; tulyaremiya o‘choqlari tarqalgan joylarda aholi o‘rtasida emlashni tashkil qilish.

Chinchechak - virusli о‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, organizmning kuchli zaharlanishi hamda terida va shilliq qavatlarda papulopustullez toshmalar toshishi bilan kechadi.

Qadimgi yuqumli kasallik hisoblangan chinchechak insoniyat tarixida o‘zining og‘ir kasallik ekanligi bilan chuqur iz qoldirgan bo‘lib, «тог» deb atalgan. Misrda chinchechak bilan kasallangan va mumifikat- siyalangan inson murdalarini topishgan. Chinchechak kasalligining yuqumliligini birinchi bo‘lib aniqlagan ulug‘ olim Abu Ali ibn Sinodir. IV asrda ham chinchechak kasalligi Shimoliy Afrika va arab mamlakatlariga hamda VI asrda Yevropa mamlakatlariga tarqalgandir. XVI asr boshlarida kasallikni Amerikaga ispan mustamlakachilari ataylab tarqatganlar. Meksika qabilalari chinchechak bilan kasallangan insonlami sovg‘a tariqasida olib kasallanganlar va bu epidemiyaning tarqalishiga olib kelgan.

Epidemiologiyasi: chinchechak asosiy karantin kasalliklar qatoriga kiritilgan bo‘lib, infeksiya manbai kasal odamdir. Yuqish yo‘li havo- tomchi va ba’zi hollarda havo-chang. Hozirgi vaqtda bu kasallik Afrika (Keniya, Samoli, Efiopiya)da saqlanib qolgan.

Patogenezi: infeksiya darvozasi bo‘lib, nafas yo‘llarining shilliq qavatlari, ba’zilarda teri qoplami hisoblanadi. Organizmga kirgan vimslar ko‘payadi. Ko‘payish limfa tugunlarida va o‘pka to‘qimasida yuz beradi, so‘ngra qonga chiqib butun tanaga tarqaladi. Terining epiteliy qoplamida maxsus toshmalar paydo bo‘ladi. Asosan terining ochiq joylari shikastlanadi, ichki a’zolar va buyrak usti bezining kasallanishi, natijada infeksion kollaps rivojlanishi mumkin.

Klinikasi: yashirin davri 6-16 (ba’zan 17-22) kungacha davom etadi. Kasallik о‘tkir boshlanib, tana harorati 39-40 °C gacha ko‘tariladi, bosh og‘rig‘i, qayt qilish, orqa umurtqa pog‘onasida og‘riq, yuz sohasining qizarishi kabi belgilar paydo bo‘ladi. Yurak urishining tezlashishi, nafas siqishi, 2-3 kunlarida «dastlabki» toshmalar paydo bo‘ladi. Ular qizamiqni eslatuvchi toshmalarga o‘xshaydi va qo‘ltiq ostiga, sonnning ichki yuzasiga joylashadi. 1-2 sutkada toshmalar izsiz yo‘qoladi.

Kasallikning 4 sutkasiga kelib tana harorati pasayadi, bemor holati yaxshilanadi va «chin toshmalar» paydo bo‘ladi. Ular yuz sohasida, bilakda, panja sohasida va boldirning oldingi yuzasida joylashadi. Ko‘pgina hollarda toshmalar kaft va oyoqlarda joylashadi. 2-3 sutkasida toshmalarda suyuqlik to‘planadi, ularning markazlari botiq bo‘lib, chetlari pushti rangda bo‘ladi. Shilliq pardalarda esa yarachalar paydo bo‘ladi. 7-8 sutkalarda ular yiringlaydi, bemoming ahvoli og‘irlashadi, tana harorati ko‘tariladi, alahsiraydi. 10-14 sutkalarida toshmalar quriydi va to‘q rangli po‘stloq hosil qiladi. Shishlar kamayadi va kuchli qichish paydo bo‘ladi. Uchinchi hafta oxirida po‘stloq ко‘chib, uning o‘mida chandiq (cho‘tir)lar hosil bo‘ladi. Bu kasallikning yengil shakli faqat emlangan odamlarda uchraydi.

Toshmali tif va Brill kasalligi

Toshmali tif - o‘tkir riketsioz kasallik bo‘lib, organizmning isitmalashi, umumiy zaharlanishi, qon tomir va asab tizimining zararlanishi bilan kechadi. Kasallik bir necha yildan keyin qaytalanishi mumkin (Brill kasalligi). Bu antroponoz kasallik hisoblanib, bitlar chaqqanda transmissiv yuqish mexanizmi orqali tarqaladi.

Etiologiyasi va patogenezi: kasallik qo‘zg‘atuvchisi Provachek riketsiyalari organizmga terining mayda jarohatlari, terini qashlash natijasida zararlangan bitlar orqali tushadi.

Klinikasi: yashirin davri 12-14 kun davom etadi, kasallik o‘tkir boshlanadi. Bosh og‘rig‘i, qaltirash, uyqusizlik, tana harorati 39^0 °C gacha ko‘tariladi. Yuz va bo‘yin terisi qizaradi. 4-5 sutkaga kelib toshmali terlama chilla yarasi (ekzantema) paydo bo‘ladi. Toshmalar ko‘p miqdorda, turli-tuman bo‘ladi. Yurak urishi va nafas tezlashishi kuzatiladi.

  1. 5 sutkasida jigar va taloq kattalashadi. 8-12 sutkasida tana harorati birdan pasayadi. Kasallikning og‘ir shakllarida ensefalit rivojlanishi mumkin.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish