oyoq panjasi osti qitiqlan- ganda reaksiya kuzatilmaydi
reaksiyalar sust, harakatlar paydo bo‘ladi
harakatchan kuchli qichqiriq
Sog‘lom chaqaloqlarda ballar mikdori 7-10 ga, kuchsiz chaqaloqlarda
6 ga, og‘ir holatlarda esa \-4 ga teng bo‘ladi. Chaqaloqlarni
jonlantirishda, birinchi navbatda nafas yoMlarini shilimshiqlardan tozalash kerak. Kindik tizimchasi orqali kaliy xloridning 10 % eritmasini 3 ml miqdorda yuborish kerak. Samara kutilganidek bo‘lmasa, u holda sun’iy nafas apparatiga o‘tkazish kerak va yurakni bilvosita yo‘l bilan asta-sekin uqalash kerak.
Chaqaloq va uning onasini transportiravka qilish
Tug‘ish jarayonining barcha asoratli kechish hollarida homilador ayol tug‘uruqxonaga yotqizilishi shart. Qolgan hollarda shifoxonadan tashqarida yordam ko‘rsatib, parvarish qilish mumkin.
Homilani tos tomoni bilan kelishi va qo7 bilan yordam ко‘rsatish usuli
Tos tomoni bilan kelishida homila tos tomoni bilan tug‘ish kanaliga yo‘nalishi tushuniladi. U ikki xil bo‘ladi: dumba va oyoq tomoni bilan kelishga bo‘linadi. Bunday holatlarda tug‘ish 4 bosqichda boradi:
homilaning kindikkacha tug‘ilishi;
kindikdan kuraklaming pastki burchagigacha tug‘ilishi;
qo‘llaming tug‘ilishi;
boshning tug‘ilishi.
Tos tomoni bilan kelishida Sovyanovning qo‘l bilan yordam berish usuli qo‘llaniladi. Bu usul qo‘l va oyoqlaming to‘g‘ri joylashishiga asoslangan.
Homilaning noto ‘g ‘ri holati va joylashishi
Bunga homilani ko‘ndalang va qiyshiq joylashishi kiradi. Homila bachadonning o‘rta o‘qiga nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lsa ko‘ndalang, agar homila bu o‘q bilan o‘tkir burchak hosil qilsa, u holda qiyshiq joylashgan deyiladi. Bu holatlarda ona va bola hayotiga xavf soluvchi asoratlar kelib chiqishi mumkin: suvning oqib ketishi, homila mayda qismlarining ajralib chiqishi, bachadon yorilishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu kabi asoratlar yuz bermasligi maqsadida jarrohlik usuli (Kesar kesish)dan foydalaniladi.
Tor tos haqida tushuncha, tug‘ish va uni olib borish xususiyatlari
Tor tos deganda sog‘lom homila boshining tug‘ish jarayonida tos suyagi orqali o‘tishida tos suyak skletining torayishi tufayli mexanik qarshilikka duch kelishi tushuniladi. Bu kabi qarshiliklar turlicha rivojlangan bo‘ladi. Tos unchalik toraymagan hollarda tug‘ish jarayoni asoratsiz tugashi mumkin. Keskin toraygan tos tug‘ish jarayonining amalga oshishiga butunlay to‘sqinlik qiladi.
0‘lchami bo‘yicha tos torayishining 4 ta darajasi: I, II, III, IV farqlanadi.
Shakli bo‘yicha:
umumiy bir tekis toraygan;
oddiy yassi toraygan;
yassi raxitik toraygan;
umumiy toraygan.
Ill va IV darajali torayishda sog‘lom tirik homilani tug‘ish imkoni umuman yo‘q. Suvning oqib ketishi, homila mayda qismlarining tushib qolishi va tug‘ish kuchining anomaliyasi kabi asoratlar kuzatiladi. Ko‘pincha homila hayotiga asfiksiya, bachadon-yo‘ldosh sistemasida qon aylanishining buzilishi kabi asoratlar bilan xavf soladi. Hozirgi vaqtda jarrohlik usullari qo‘llaniladi.
Kesar kesish
Operatsiyaga mutlaq va nisbiy ko‘rsatmalar mavjud.
Mutlaq ко ‘rsatmalarga: mutlaq tor tos;
o‘sma hisobiga keskin toraygan tos;
sinish va siljish hisobiga tos deformatsiyalanishi;
qinning keskin stenozi (torayishi);
yo‘ldoshning to‘liq noto‘g‘ri joylashishi;
yo‘Idoshning barvaqt joyidan ko‘chishi.
Nisbiy ко ‘rsatmalarga: yo‘ldosh operatsiyalar;
yo‘ldoshning qisman noto‘g‘ri joylashishi;
yurak-tomir kasalliklari;
og‘ir shakldagi xafaqonlik kasalligi;
homilaning ko‘ndalang joylashishi;
homila boshi va tanasining noto‘g‘ri joylashishi.
Tug‘ishda bachadonning qisqaruvchanlik faoliyati patologiyasi
Normada tug‘ish jarayonida bachadon qisqarishi to‘lqin ko‘rinishida
uning burchagidan tanasiga va pastki qismiga tarqaladi. Bachadon funksional holatining eng muhim ko‘rsatkichlariga uning tonusi va qo‘zg‘atuvchanligi kiradi. Shunga bog‘liq ravishda uning silliq muskullari xossalari tug‘ish faoliyatining anomaliyasida kuzatiladi, gipo, normo va gipertonuslarga bo‘linadi.
Tug‘ish faoliyatining uch xil anomaliyasi kuzatiladi: tug‘ish faoliyatining susayishi;
diskordinatsiyalangan tug‘ish faoliyati;
juda kuchli tug‘ish faoliyati.
FAVQULODDA HOLATLAR (YER QIMIRLASHI, SUY TOSHQINI, OTIRILISH YA BOSIB QOLISH)DA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI
Ko‘p insonlaming o‘limida asosiy sabablardan biri tabiiy ofatlar hisoblanadi. Hozirgi kunlarda u yoki bu tabiiy ofatlarning qachon bo‘lishini bashorat qilish mumkin emas, ammo xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalarni bilish mumkin. Zilzila va yog‘ingarchilik xavfi yuqori bo‘lgan mintaqalar mavjud. Yer qimirlashi natijasida katta issiqlik uzatuvchi tarmoqlar, kollektorlar, elektrostansiyalar va boshqalaming ishdan chiqishi hamda xavfli yong‘inlaming sodir bo‘lishi og‘ir kuyish va zaharlanishlarga ham olib keladi.
Yer qimirlashi qishloq aholisiga nisbatan shahar aholisiga va turar joylarga katta talafot yetkazishi mumkin. Tabiiy ofat bo‘lgan mintaqalarda industrial obyektlar qancha ko‘p bo‘Isa, xavf shuncha yuqori va vujudga kelgan holat murakkab bo‘ladi.
Zilzila vaqtida yuzaga keladigan jarohat shikastlantiruvchi agentning ta’sir qilish tezligi, kuchi, davomiyligi, ta’sir qilish joyi va jarohatlanganning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Shikastlanishning jarohatlanish mexanizmiga qarab quyidagi turlari kuzatiladi: zarbali, kompression va aralash.
Zarbali shikastlanish ta’sirida uning ta’sir kuchiga bog‘liq bo‘lgan har xil og‘irlikdagi - miya chayqalishidan tortib, bosh miyaning og‘ir jarohatlanishigacha bo‘lishi mumkin. Jarohat olgandan so‘ng hush va xotirani yo‘qotish holatlari kuzatilgan. Zarba tekkan joyda yumshoq to‘qimalaming shikastlanishi, har xil sinishlar ham aniqlanishi mumkin.
Kompression (bosib qolish) mexanizmi ta’sirida (bino va qurilish bo‘laklari va boshqa jihozlar bilan ko‘p kuzatilgan) jarohatlovchi kuch katta bo‘lmaydi. Bunda kam hollarda suyaklarning sinishi va deformatsiyaga uchrashi aniqlanishi mumkin.
Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat organlari, bosh suyagi, miya to‘qimasining jarohatlanishi bilan birga, tana sohalarining yuk ta’sirida ezilishi ham kuzatiladi.