Travmatik shok turli a’zolar va tana qismlarining shikastlanishi tufayli sodir bo‘ladi. Travmatik shok rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillar:
og‘riq;
qon yo‘qotish;
v) shikastlangan to‘qimaning parchalanish mahsulotlari bilan organizmning zaharlanishi.
Klinikasi: travmatik shokning kechishida 2 davr farqlanadi:
erektil (qo‘zg‘alish);
torpid (tormozlanish).
Erektil davr travmadan so‘ng birdaniga boshlanib, hushning saqlanishi, harakat va nutq qo‘zg‘alishlari, o‘ziga va atrofdagilar holatiga tanqidiy qarashlarning yo‘qligi bilan tavsiflanadi. Terisi oqargan, ko‘z qorachiqlari yorug‘lik ta’sirida yaxshi kengaygan, qon bosimi normada bo‘lib, tomir urishi biroz tezlashgan. Bu davr o‘rtacha 10-20 minut davom etadi. Shundan so‘ng torpid davr boshlanadi, bunda qon bosimi birdan keskin pasayadi, sovuq ter bosadi, tana harorati pasayadi, yaqqol tormozlanish rivojlanadi va o‘lim yuz berishi mumkin.
Birinchi yordam:
nafas yoMlarining o‘tkazuvchanligini tiklash;
qon ketishini to‘xtatish;
chiqishlarda immobilizatsiya qilish;
og‘riqsizlantirishni o‘tkazish;
jarohatlangan kishini eng yaqin tibbiyot muassasasiga tezda va ehtiyot qilgan holda olib borish kerak.
Kuyish shoki jarohatlangan kishi tanasining 15-20 % qismi kuyganda kuzatiladi.
Klinikasi ikki bosqichda kechadi:
qo‘zg‘alish bosqichida kuchli og‘riq, harakat bezovtaligi, ter bosishi, qaltirash;
6-12 soatdan keyin kuygan kishi og‘riqni sezmaydi, sovuq ter bosishi kuzatiladi, «qahva quyqasi» ko‘rinishida qusishi mumkin, qon bosimi keskin pasayadi, tomir urishi tezlashadi, umumiy tormozlanish kuzatiladi.
Tez yordam:
kuyish manbasini o‘chirish;
kuyishning aniq vaqtini aniqlash;
v) «kaft» qoidasi bo‘yicha tananing qancha qismi jarohat-langanini aniqlash;
g) og‘riqsizlantirishni o‘tkazish;
vena ichiga suyuqliklar yuborish;
tezkor va ehtiyotkorlik bilan jarrohlik-kuyish boMimiga gospitalizatsiya qilish. Tashishda jarohatlanmagan tomon bilan yotqizish kerak.
Gemorragik shok asosida o‘tkir qon yo‘qotish yotadi (masalan, bachadondan tashqaridagi homiladorlikda). Qon yo‘qotishga puls tezlashishi, arterial qon bosimining pasayishi, teri va shilliq qavatlaming rangi oqarishi, ong tormozlanishi, hushning buzilishi qo‘shiladi. Arterial qon bosimining 75 mm simob ustinidan pasayib ketishi chegara holat hisoblanadi. Aylanib yurgan qon hajmining tezda kamayishi 30 % ga yetsa, yurak to‘xtashidan o‘lim yuz beradi.
Elektr shoki tok urganidan so‘ng 2-3 soat mobaynida hayot uchun muhim sanalgan uzunchoq miyadagi nafas markazining falaji evaziga sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham, elektr shikastlari qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, bunday bemorlar shifoxonaga yotqizilishlari shartdir.
EKSTREMAL HOLATLAR (KLINIK OLIM)DA YORDAM KO‘RSATISH
Tanglik (terminal) holat - inson hayotidagi, sog‘lig‘iga xavf soluvchi, butun bir a’zolar majmuasidagi, nafas olish, qon aylanish doiralaridagi keskin o‘zgarish va moddalar almashinuvining buzilishidir. Qon aylanish doirasining, nafas olish va yurak urishining to‘xtashi klinik o‘lim nomi bilan tavsiflanadi.
Tanglik holatining turlari:
agoniya oldi;
agoniya;
klinik o‘lim.
Agoniya oldi holati umumiy karaxtlik, hushni yo‘qotish, qon bosimining tushib ketishi, tomir urishining uyqu va son arteriyalaridan tashqari boshqa
YURAK
URISHI
NAFAS
OLISH
KO’Z QORACHIQLARI REFLEKSLARI
(26-rasm).
tomirlarda aniqlanmasligi, nafas buzilishlari yuzaki nafas bilan cheklanib, teri va shilliq pardalarining ko‘karib oqarishi kabilar bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |