Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati kommotsion-kontuzion sindrom ko‘rinishidagi organizmning o‘ziga xos belgisi bilan tavsiflanadi. Bosh suyagining jarohati yumshoq to‘qimalarda gematomalarning paydo bo‘lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar), bosh suyagining sinishi hamda miya shikastlanishlari bilan kechadi.
Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to‘qimalaming anatomik butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi tufayli gematoma hosil bo‘ladi va bosh sohasida turli o‘lchamli shish (g‘urra) paydo bo‘ladi.
Shikastlangan soha og‘riq, qizarish, keyinchalik esa ko‘karish kuzatilishi mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to‘qimalar anatomik butunligi buzilishi tufayli jarohatlar paydo bo‘ladi va jarohatlarga xos belgilar kuzatiladi.
Bosh suyagi shikastlanishida 8-15 % holatlarda bosh miya funksi- yasining buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq shikastlanishlarga qaraganda 3 marta ko‘proq uchraydi.
Jarohatlanganni tekshirayotganda bosh suyagi jarohatining bor yoki yo‘qligi, yaraning chuqurligi, miyaning shikastlanishini aniqlash katta ahamiyatga ega. Teri butunligi, yaralar, gematomalar yoki bosh suyagi ezilishini aniqlashga e’tibor berish kerak. Bosh suyagi aponevrozi yaralari, odatda, teri va teriosti qavati yaralariga qaraganda ko‘proq ochiq boMadi. Jarohat chuqurligini aniqlashda undan chiqayotgan ajralmalar xususiyatiga ham e’tibor beriladi. Jarohatdan oqayotgan qon hajmi bosh suyaklarining shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin. Chunki bosh suyaklari shikastlanganda diploye tomirlari va miya qavatlaridan qon ko‘p ketadi.
Jarohat ajralmasida orqa miya suyuqligi yoki miya to‘qimasi bo‘laklarining bo‘lishi jarohat miya to‘qimalariga o‘tganligidan dalolat beradi.
Ko‘z qovog‘ining «ko‘zoynak» ko‘rinishidagi qontalashuvi bosh suyagi asosi oldingi sohasining sinishi belgisidir, quloqlardan qon ketishi esa bosh suyagi asosi o‘rta qismining singanligini ko‘rsatadi.
Bosh miya jarohatida miya shikastlanishining asosiy uch turi farqlanadi: miya chayqalishi, lat yeyishi va ezilishi
Miyaning chayqalishi. Miyaning chayqalishi mexanik kuchning tez va kuchli ta’siridan kelib chiqadi. Klinik kechuviga qarab miya chayqalishining yengil, o‘rtacha va og‘ir darajalari tafovut qilinadi.
Yengil darajali miya chayqalishida qisqa muddatli hushni yo‘qotish, ba’zan bosh aylanishi, quloqlar shang‘illashi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, bosh og‘rishi, teri oqarishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish ro‘y beradi. Shikastlanganda retrograd amneziya (jarohat olishdan oldingi voqelikni esdan chiqarish) holati kuzatiladi. Yuqorida qayd qilingan belgilar miya chayqalishining bu og‘irlik darajasida 5-7 kundan so‘ng asta-sekin yo‘qo- ladi.
0‘rta darajali miya chayqalishida bir necha soat davomida hushni yo‘qotish, adinamiya, ruhiy qo‘zg‘alish, qusish, reflekslaming pasayishi, nistagm, ko‘z qorachig‘ining torayishi, pulsning sustlashuvi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi.
Og‘ir darajali miya chayqalishida hushni uzoq muddatga (bir necha soatdan kungacha) yo‘qotish bilan tavsiflanadi. Bunda nafas olishning yuzakilanishi, pulsning sustligi va kuchsizligi, teri qoplamlarining oqarishi, reflekslarning yo‘ qolishi, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka bo‘lgan reaksiyasining yo‘qolishi, siydik va najasning ixtiyorsiz ajralishi yuz beradi.
Buning hammasi koma va o‘lim bilan tugashi mumkin.
Miyasi chayqalgan bemorlar faqat yotishlari shart. Yengil chayqa- lishda uch haftagacha, og‘irroq chayqalishlarda bir oydan ikki oygacha.
Miyaning lat yeyishi. Miya lat yeyishi deb, miya moddasining shikastlanishi tushuniladi. Og‘ir jarohatlarda bu shikastlanish fizik kuch ta’sirining qarama-qarshi tomonida joylashgan bo‘ladi.
Miya lat yeganida miya funksiyasining buzilishi ham tavsiflidir, hamda bu holat jarohatdan so‘ng birdan rivojlanadi. Oyoq yoki qo‘lning (monoplegiya) yoki gavda yarmi mushaklarining (gemiplegiya) falaj lanishi kuzatiladi, ovoz yo‘qoladi (afaziya), yuz nervlarining shikastlanishi tufayli yuz qiyshayishi (assimetriya) va ko‘rishning yomonlashuvi yuz beradi. Tana harorati 40 °C gacha keskin ko‘tarilishi mumkin. Siydikning sutkalik miqdori oshadi, undagi qand miqdori ko‘payadi.
5 hafta davomida kompleks davolash tadbirlari qo‘llaniladi. Bunda asosiy e’tibor nafas olish va qon tomir tizimlarining faoliyatini yaxshilash, keyinchalik esa nevrologik o‘zgarishlami yo‘qotishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |