M. N. Rizayev, I. R. Mavlyanov, O. R. Mirtursunov birinchi tibbiy yordam



Download 1,59 Mb.
bet38/44
Sana30.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#193819
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
Bog'liq
Биринши тиббий ёрдам

Ikkinchi o‘rta davr (3 kundan 10-12 kungacha). Bunda ko‘z oqining sarg‘ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi, plazma yo‘qotilishi, qonning quyulishi va о‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. О‘tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va kunlardan kuzatilib, bu vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo‘ng‘ir rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilib, qonda azot miqdori oshib ketadi.

Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og‘ir hollarda 3-7 kunga kelib hushdan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligidan o‘lim sodir bo‘ladi.

Uchinchi kechki davr. Kasallik unchalik og‘ir kechmaganida ikkinchi hafta oxiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrak faoliyati asta- sekinlik bilan tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo‘qolib boradi.

Yumshoq to‘qimalaming ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu sindromning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalari yoki kechish turlari farqlanadi.

Yengil darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar kam muddat (4 soatgacha) og‘irlik ostida eziladi: bunda buyrak faoliyati sal buzilib, bir necha kun ichida bemor sog‘ayib ketadi.

0‘rtacha og‘irlik darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar og‘irlik ostida 6 soatgacha qolib ketganda kuzatilib, bir necha kun mobaynida siydik mioglobin hisobiga rangi o‘zgaradi. Bemor kamharakat bo‘lib qoladi, ko‘ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshadi.

Og ‘ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6-8 soat qolib ketganda) shok bilan о‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, hushdan ketish kuzatiladi. siydikda oqsillar, xilma-xil silindrlar miqdori oshib ketadi. Qonda esa azot miqdori ko‘tariladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo‘yadi.

0‘ta og‘ir darajasi yoki turi 6-8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib ketganda kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko‘tarilishi, buyrak siydik ajratmay qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Jabrlanganlar bir-ikki kun ichida o‘ladilar.

Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatiladi. Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan xalos etmasdan turib yoki xalos etilgandan so‘ng tezda shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yiladi. Ezilgan soha bog‘lov materiallari bilan qattiq bog‘lanadi va bu sohaning immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Shikastlangan soha iloji boricha sovitiladi. Jabrlanganlar transportirovkasi shoshilinch ravishda amalga oshiriladi.

Zilziladan so‘ng talafot ko‘rganlaming 1/3 qismida ezilish sindromining og‘ir turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlan- ganlaming 1/3 qismida bu sindromning namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi.

Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr ko‘rganlarda ezilgan to‘qimalar va autoliz mahsulotlari qonga so‘rilishi natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi.

Portlash to‘lqini ta’sirida ichki a’zolarda kelib chiqadigan o‘zgarishlar. Portlash ta’sirida kishi organizmida o‘ziga xos buzilishlar kuzatiladi. Bu buzilishlar «kontuziya» yoki «karaxtlik» iborasi bilan yuritiladi.

Portlash natijasida havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi va portlash yuz bergan soha tashqarisida esa bosimning aksincha kamayib ketishi sodir bo‘ladi. Havo bosimining bunday o‘zgarishi inson organizmiga jarohatlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, portlash quloqqa ta’sir etib, quloq pardasini yorishi, o‘rta va ichki quloqni shikastlantirishi mumkin. Portlash vaqtida chiquvchi kuchli tovush impulslari ko‘p hollarda miyaning akustik sohalariga ta’sir etib, kar bo‘lib qolishga, havodagi bosimning keskin o‘zgarishi - ichki a’zolarni zararlantirishga, portlash to‘lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli mexanik jarohatlar olishga sabab bo‘ladi.

Portlash to‘lqini ta’sirida nerv tizimiga oid shikastlanishlar eng ko‘p uchraydi. Ko‘plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba’zilari darrov o‘ziga kelsa, boshqalari anchagacha behush bo‘lib yotadilar. Kontuziyaga uchraganlaming ko‘pchiligi hushiga kelganidan so‘ng ham eshitish, gapirish, hidlash, ta’m bilish va ko‘rish a’zolari faoliyati tiklanmasligi mumkin. Bu holat uzoq davom etadi va yaxshilab davolanishdan so‘ng ko‘pchilik hollarda bemor sog‘ayib ketadi. Agar jarohat og‘ir bo‘lsa, kontuziyaga uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi, vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga befarq bo‘ladi. Kuchli shikastlanganlarda umurtqa va miya asosiy arteriyasida qon aylanishining buzilishi bilan bog‘liq holat kuzatilib, yutishning qiyinlashuvi, nutqning buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi belgilari va aritmiyada o‘z ifodasini topadi.

Portlash to‘lqini ta’sirida bosh zararlanib, qo‘l va oyoqlar shol bo‘lib qolishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, u yoki bu darajada vazomotor buzilishlar: kaft va oyoq tagi ko‘karishi, yuzning oqarishi va qizarishi, qo‘l-oyoqlaming sovishi, terlashning kuchayishi kuzatiladi.

Portlash to‘lqini ta’sirida o‘pkada ham qator o‘zgarishlar kelib chiqishi aniqlangan. Bunda bemoming hansirashi, yo‘talishi, o‘pkaga qon quyilishi natijasida qon aralash tupurish kuzatiladi. Yurak-tomir tizimida pulsning sekinlashuvi va o‘ta o‘zgamvchanligi kuzatiladi.

Ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan keyingi dastlabki soatlarda ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish, ich ketishi va yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi. Portlash to‘lqinining me’da- ichak a’zolariga yana bir ta’siri me’da yarasi bilan og‘riganlarda me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo bo‘ladi.

Kontuziya bo‘lganlarda, ba’zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karaxtlik, parishonxotirlik, tushkunlik davom etadi. Harakat asta-sekin tiklansa-da, nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha saqlanadi.

Uyqu buzilishi holati bunda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yo‘qolib, har ikkalasidan bemor qoniqmaydi.

Portlash to‘lqini ta’sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7-8 oy) shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo‘ladilar. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, uyqusizlik kabi serebral holatlar ko‘pchilikda uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Kontuziyaga uchraganlar kasalxonalarda uzoq vaqt davolanadilar.


Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish