Cho ‘kishda ко ‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Suv toshqinlari, sel olib ketishi hollari ham favqulodda holatlar qatoriga kiradi. Bunda cho‘kish hollari ko‘p uchraydi. Shuning uchun cho ‘ kayo tganlami qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi.
Inson suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi. U suv yuzasiga chiqishga va turishga intiladi, tez-tez moslashmagan harakatlar qiladi. Cho‘kish vaqtida cho‘kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi.
Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat angidridining to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, beixtiyor nafas olishga olib keladi. Bu vaqtda suv ko‘p miqdorda traxeya, bronx va alveolalarga tushadi. Suv ostida muntazam nafas olish bir necha sekundgacha davom etadi. So‘ngra bir minutgacha ikkilamchi nafas to‘xtashi, keyin esa agonal nafas bo‘ladi.
Yurak faoliyatining to‘xtashi cho‘kishda qorinchalar fibrilyatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvga cho‘kish vaqtida o‘pka orqali qonga ko‘p miqdorda suyuqlik tushib, qonning suyuqlashshiga, eritrotsitlar gemoliziga va ionlar tengligi buzilishiga olib keladi. Bu omillar gipoksiya sharoitida qorinchalar fibrilyatsiyasini keltirib chiqaradi. Yurak faoliyati nafas olishdan avvalroq to‘xtab qoladi.
Dengiz suvida cho‘kish vaqtida suv o‘zining gipertonikligi natijasida o‘pkadan qonga o‘tmaydi, lekin tarkibidagi tuz moddalari qonga o‘tadi, qondan o‘pkaga esa plazma oqsillari o‘tishi kuzatiladi. Yurak faoliyati nafas olishdan ancha keyin to‘xtaydi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga qadar bo‘lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu vaqt о‘limning turiga, suv haroratiga, cho‘kish vaqtidagi markaziy nerv tizimining holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Cho‘kkanlarga birinchi tibbiy yordam berishga kirisha turib, cho‘kuvchining hushidan ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko‘rsatish hodisa yuz bergan j oydan boshlanib, yo‘lda davom ettiriladi. Kasalni faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin.
Agar cho‘kuvchi hushidan ketmagan bo‘Isa, tinchlantirib, ho‘l ki- yimlar yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana tindirmasi beriladi. Bunday shaxsni kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiqdir.
Cho‘kuvchi suvdan hushsiz, lekin yurak faoliyati va nafasi saqlangan holda olib chiqilsa, unga navshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi. Agar zarurat bo‘Isa, yurak va nafas faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qilinadi va eng yaqin davolash muassasasiga jo‘natiladi.
0‘lim holatidagi cho‘kkanlaming, awalo, nafas yo‘llari yot jismlar, suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun’iy nafas oldiriladi va yurak massaji o‘tkaziladi. Agar yot jismlar cho‘kuvchining og‘iz bo‘shlig‘ida bo‘Isa, ular qo‘l bilan olib tashlanadi. Ko‘rsatkich barmoq tomoqqa kiritilib, nafas yo‘lining ochiq yoki yopiqligi tekshirib ko‘riladi. Jag‘lar bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo‘Isa, nafas oldirish og‘izdan-burunga qilinadi. Havo burun orqali o‘tmasa, og‘iz tezda ochilishi kerak. Og‘iz ochuvchi asbob bo‘lmasa, og‘izni har qanday yupqa metallda ochish va uni ochiq holda biron-bir buyum bilan ushlab turish mumkin. Nafas yo‘llari, oshqozondan suyuqlik va ko‘piklarni chiqarib yuborish uchun cho‘kuvchi qomiga yotqizilib, sonidan ko‘tariladi va qomi bilan qutqaruvchining tizzasiga yotqiziladi. Chap qo‘l bilan cho‘kuvchining orqasiga bosiladi. Nafas yo‘llari va oshqozonning bu yo‘l bilan butunlay tozalanishi qiyindir. Laringoskop yordamida traxeyani intubatsiya qilish nafas yo‘lini tozalashning ishonchli usullaridan biridir.
Traxeyaga kirgizilgan intubatsion naycha orqali yuqori nafas yo‘llaridan suv va ko‘piklami tortib olish mumkin.
Qon aylanishini tiklash yurakni yopiq massaj qilish bilan boshlanadi. Bu muolaja cho‘kuvchi suvdan chiqarib olinishi va sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Shunday qilib, cho‘kish vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi o‘z vaqtida tez va to‘g‘ri o‘tkazilgan, shuningdek markaziy nerv tizimi funksiyasi, nafas hamda yurak faoliyatini tiklashga qaratilgan muolajalar majmuasiga bog‘liqdir.
Ko‘p favqulodda holatlar vaqtida (zilzila, suv bosishi) shikastlanganlarda tipik, o‘ziga xos shikastlanishlaming birga kelishi, bir qancha sindromlaming rivojlanishiga olib keladi va insonlaming ko‘p o‘limiga sabab bo‘ladi. Jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan yuzlab zilzilalaming tibbiy oqibatlari tahlili o‘lganlarning og‘ir jarohat olganlarga nisbati 1:3 ekanligini ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu nisbat oMganlar hisobiga yana ham oshishi mumkin.
Favqulodda holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish yakka shikastlanganlarga yordam ko‘rsatishdan ancha farq qiladi. Ularning pirovard maqsadi umumiy bo‘lgani bilan, tibbiy yordam ko‘rsatish xususiyati turlichadir. Bunda tibbiy yordam, birinchi navbatda, tirik qolish ehtimolligi yuqori bo‘lgan shikastlangan shaxslarga ko‘rsatilishi hamda iloji boricha shikastlanganlarning ko‘p miqdorini qamrab olishi kerak.
Shifoxonagacha bo‘lgan (tabiiy о fat joyida va transportirovka vaqtida) va shifoxona (shikastlanganlar olib borilgan shifo maskani) bosqichlarida nafaqat jarohatni davolash, balki organizm asosiy faoliyatini omillab beruvchi organlar funksiyasini tiklab, jabrlanganlaming hayotdan ko‘z yummasligini ta’minlash katta ahamiyatga egadir.
Shikastlanganlarni bosib qolgan joylardan yoki yong‘in o‘chog‘idan olib chiqish yordam ko‘rsatishning birinchi vositasi hisoblanadi. Bunday yordam ko‘rsatishda shoshilish kerak emas, chunki shikastlanganga qo‘shimcha jarohat yetkazilishi mumkin. Odamlami bosib qolgan binolardan chiqarib olishda, bu harakatlar bino bo‘laklari ostida qolgan shaxslarda ezilishning kuchayishiga yoki о‘tish yo‘llarini to‘sib qo‘ymasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bosib qolish holatlarida ko‘pincha tana sohalarining turli jismlar (sim, truba, armatura va boshqa jismlar) bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Bunday holatlarda yot jismlami tanadan chiqarib olish kerak emas, chunki kuchli qon ketishi mumkin. Shuning uchun shikastlanganlarni yot jismlar bilan transportirovka qilish yoki bu jismlarni arralab yoki avtogen bilan kesib tashlash kerak.
Bosib qolgan joylardan chiqarib olishdan oldin narkotik darmonlardan foydalanib og‘riq qoldirish, shikastlangan oyoq-qo‘llarni immobilizatsiya qilish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday yordam kuyish holatlarida ham qo‘llaniladi. Ayrim hollarda bosib qolgan joylardan oyoq-qo‘llami ajratib olish imkoniyati bo‘lmasa, kesish (amputatsiya) masalalarini hal qilishga to‘g‘ri keladi. Yuk ostida qolgan oyoq-qo‘llarni chiqarib olishdan awal ezilgan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yish kerak. Ko‘pgina shikastlanganlarga, ya’ni bosqin ostida oyoq-qo‘llari bosilib turgan, ammo qorin bo‘shlig‘i shikastlanish belgilari sezilmagan shaxslarga og‘iz orqali suyuqlik yoki glukoza, limon kislotasining kaliyli eritmalarini yuborish mumkin.
Ko‘p hollarda birinchi tibbiy yordam favqulodda holatlarda qutulib qolganlar tomonidan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rinishida amalga oshiriladi, chunki har doim ham tibbiyot xodimlari yetarli bo‘lmaydi. Bunga esa faqat aholi va yangidan tashkil qilinayotgan qutqaruv guruhlarini joylarda, awaldan inson hayotini saqlab qolish bo‘yicha birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlariga doimiy o‘qitish bilangina erishish mumkin. Bu dastur 6 ta asosiy elementdan iborat:
yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, jaro- hatlanganning boshini orqa tomonga maksimal egish, pastki jag‘ni oldinga tortib barmoq bilan og‘iz bo‘shlig‘i va tomog‘ini yot jismlardan tozalash;
ekspirator sun’iy (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga) nafas berishni amalga oshirish;
tashqi qon ketishini bosuvchi bog4lam yoki jgut yordamida to‘x- tatish;
koma holatiga tushgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
shok holati kuzatilgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
bosib qolgan joylardan bemorlarni qo‘shimcha shikast yetkazmasdan chiqarib olish.
Keyingi bosqich shikastlanganni xavfsiz joyga olib chiqish, saralashni o‘tkazish, evakuatsiyaga tayyorlash va davolash maskaniga transportirovka qilishdan iborat. Armanistonda bo‘lib o‘tgan yer qimirlashi oqibatlari bo‘yicha xalqaro tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar og‘ir jarohatlanganlaming transportirovkasi tayyorgarliksiz, ya’ni immobilizatsiyasiz va og‘riqsizlantirmasdan amalga oshirilsa hamda transportirovka uchun moslanmagan (shaxsiy avtomobillarda) vositalarda olib borilsa, shikastlanganlaming aksariyati yo‘lning o‘zida juda og‘ir va terminal holatga tushadilar yoki dunyodan ko‘z yumadilar.
Shuning uchun ham shikastlanganlaming vaqtincha to‘planish joyida jarohat og‘irlik darajasini asbob-anjom tashxisi talab qilmaydigan elementar belgilar (bemor hushidami yoki yo‘qmi, nafas olish xususiyati, asosiy va periferik tomirlardagi puls) orqali baholash, jarohatning tanada joylashuvi hamda xususiyatini aniqlash va eng yaqin shifo maskaniga evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish katta ahamiyatga ega.
Shikastlanganlar holati va jarohatning og‘irlik darajasiga qarab to‘rt gumhga ajratiladi.
Birinchi gumhga kechiktirib bo‘lmaydigan jarrohlik muolajasiga muhtoj bo‘lgan, og‘ir holatdagi bemorlar kiradi. Bu gumh umumiy shikastlanganlaming 20 % ni tashkil qiladi.
Ikkinchi gumhga holati o‘rtacha og‘irlikdagi bemorlar kirib, yordamni
8 soatga kechiktirish mumkin. Bu gumh umumiy shikastlanganlaming 20 % ni tashkil qiladi.
Uchinchi gumhdagilar holati yengil bemorlar bo‘lib, ambulatoriya yordami bilan chegaralanish mumkin. Ular umumiy shikastlanganlaming 40 % ni tashkil qiladi.
To‘rtinchi gumh - holati juda og‘ir, aziyat chekishini yengillashtirishga muhtoj bemorlar. Ular umumiy shikastlanganlaming 20 % ni tashkil qiladi.
Shikastlanganlar ko‘p miqdorda to‘plangan joylardan birinchi navbatda hayoti xavf ostida qolgan (masalan, davomli ichki qon ketishi), lekin tirik qolish imkoniyati bor bo‘lganlami transportirovka qilish talab qilinadi. Terminal holatdagi bemorlami shu joyda simptomatik yo‘l bilan davolab, transportirovka qilinmaydi.
Shikastlanganlarni transportirovka qilish faqat sanitar transportida amalga oshirilishi kerak. Yordamchi transport vositasi sifatida yuk avtomobillaridan, avtobuslardan foydalanish mumkin, bunda bemorlami matrasli shitlarga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir. Olib boriladigan shifoxona 20 km va undan uzoq bo‘Isa, vertolyotdan foydalanish ma’quldir.
Tabiiy ofatlar sonini kamaytirishda binolaming chidamli qurilishi, to‘siqlar o‘rnatilishi va boshqa maxsus himoya choralari bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Xona ichida zilziladan ko‘riladigan talafotlarga qarshi himoya choralari sifatida quyidagilar bajarilishi lozim: isitish va boshqa moslamalarning bino devoriga qattiq mahkamlanishi, tom va tom yopg‘ichlarining yengil, qattiq jihozlaming pol va devorlarga mahkamlanishi, shkaf va muzlatgichlaming zarbalardan himoyalangan bo‘lishi, televizorlar yong‘in va portlash xavfi bo‘lganligi uchun devorga mahkamlangan bo‘lishi kerak. Aholini zilzila xavfidan va undan ko‘riladigan talafotni kamaytirish maqsadida muntazam o‘qitib borish kerak.
YOL-TRANSPORT HODISALARIDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH XUSUSIYATLARI
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda yo‘ 1-transport hodisalari tufayli kelib chiqadigan jarohatlanish asosiy jarohatlanish turiga kiradi. Dunyo yo‘llarida har yili 8 millionga yaqin kishi yo‘ 1-transport hodisalari natijasida turli xildagi jarohatlar olib, ulardan qariyb 300 mingtasi halok bo‘ladi.
Ayniqsa, XX asming ikkinchi yarmida transport turlarining ko‘payishi va iqtisodiyotimizga keng kirib borishi transport travmatizmining keskin o‘sishiga olib keldi. Transport travmatizmi bo‘yicha o‘lim darajasini cheklangan urushlar (Afg‘oniston, Checheniston) natijasida qurbon bo‘lganlar soniga solishtirsa bo‘ladi.
Odatda ko‘pgina hollarda yo‘1-transport hodisalari harakat ishtirokchilarining xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, uni qo‘pol ravishda buzishlari va mensimasliklari tufayli kelib chiqadi. Yo‘ 1-transport hodisalarining faqatgina 1/3 qismigina yo‘l holati va transport vositalarining texnik nosozligi natijasida sodir bo‘ladi. Yo‘ 1-transport hodisalarining qariyb yarmisi va undan ко‘prog‘i mastlik holatida, oxirgi yillarda esa narkotik moddalarni qabul qilish tufayli sodir etilmoqda. Shu tufayli yo‘1-transport hodisalarining oldini olishda ichkilik va giyohvandlikka qarshi chora-tadbirlar ham muhim o‘rin tutadi.
Yo‘ 1-transport vositalari tufayli sodir bo‘ladigan jarohatlar mexanik jarohatlar turiga kiradi. Ular boshqa turdagi mexanik jarohatlardan murakkabligi, ko‘p toifali va ba’zi hollarda, ayniqsa temir yo‘l va aviatsiya halokatlarida ko‘p sonli bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Yo‘ 1-transport vositalari tufayli sodir bo‘ladigan jarohatlar xususiyati transport turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Jarohat yetkazgan transport turiga qarab jarohatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
avtomobil;