O’zbekiston eksporti va importining tovar strukturasi (jamiga nisbatan %da)
|
1994y.
|
1995y.
|
1996y.
|
1997y.
|
1998y.
|
1999y.
|
2000y.
|
2001y.
|
Eksport
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Paxta
tolasi
|
50,0
|
57,9
|
38,1
|
36,0
|
38,6
|
27,3
|
27,5
|
17,2
|
Kimyoviy mahsulotla r va plastmassa
lar
|
2,4
|
2,9
|
2,4
|
1,7
|
1,4
|
3,1
|
2,9
|
2,9
|
Rangli va qora
metallar
|
2,7
|
2,6
|
3,5
|
4,6
|
5,1
|
4,3
|
6,6
|
6,8
|
Mashina va as-bob
uskunalar
|
3,4
|
2,5
|
2,8
|
6,3
|
4,2
|
3,2
|
3,4
|
6,1
|
Oziq-
ovqatlar
|
3,4
|
2,5
|
2,8
|
6,3
|
4,2
|
3,2
|
3,4
|
2,6
|
Energiya tashuvchil
ar
|
14,6
|
14,6
|
6,0
|
12,0
|
7,9
|
11,5
|
10,3
|
9,7
|
Xizmatlar
|
4,5
|
9,3
|
8,3
|
8,2
|
8,8
|
9,5
|
13,8
|
14,9
|
Boshqalar
|
18,7
|
25,5
|
34,4
|
27,4
|
30,8
|
34,7
|
30,2
|
39,8
|
Import
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oziq-
ovqatlar
|
31,5
|
18,2
|
29,5
|
19,3
|
15,6
|
13,1
|
12,3
|
10,1
|
Kimyoviy mahsulotla r va plastmassa
lar
|
6,2
|
9,3
|
12,5
|
12,5
|
12,4
|
11,7
|
13,6
|
13,1
|
Rangli va qora
metallar
|
8,5
|
5,7
|
6,7
|
7,5
|
9,2
|
7,9
|
8,6
|
8,2
|
Mashina va as-bob
uskunalar
|
16,2
|
47,9
|
35,8
|
45,9
|
47,2
|
44,8
|
35,4
|
44,1
|
Energiya tashuvchil
ar
|
13,5
|
1,9
|
1,1
|
0,6
|
0,5
|
2,1
|
3,8
|
2,3
|
Xizmatlar
|
0,3
|
5,0
|
|
7,5
|
5,1
|
8,1
|
8,5
|
9,9
|
Boshqalar
|
22,0
|
12,0
|
14,3
|
6,7
|
10,1
|
11,7
|
17,8
|
12,3
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Respublika korxonalarining xom ashyo eksport ulushi pasay- moqda, qayta ishlangan mahsulotlar eksporti esa ko’paytiril-moqda. Bugungi kunda, ip-gazlama, trikotaj hamda boshqa to’qi-machilik mahsulotlari eksport ulushi 2003 yildagi hajmi 14,3 foizni tashkil etadi. Eksport nomenklaturasiga polietilen, pax-ta tsellyulozasi, shisha tolasidan quvurlar, kabel-sim va elektro texnika mahsulotlari va ko’pgina boshqa tovarlar qo’shildi. Shu-ningdek, yil yakuni bo’yicha mineral va kimyo mahsulotlarining eksporti 1,4 martaga o’sganligi, qora va rangli metall, ulardan tayyorlangan mahsulotlar 25,5 foizga, mashina va uskunalar 87,4 foizga, boshqa tovarlar 28,4 foizga, turli xildagi pudrat ishlari, norezident sub’ektlarning nomoddiy xizmatlari 12,6 foizga osh-di.
Sanoat tarmoqlari talablari, kichik biznes va xususiy tadbir- korlikning rivojlanishi bizga chet eldan kelayotgan tovarlarning tegishli nomenklaturasini shakllantiradi.
Importda ishlab chiqarish jihozlari - mashina va uskunalar solishtirma hajmi doimo oshmoqda. Investitsion loyihalar yo’na-lishi bo’yicha olib kelingan ushbu mahsulotlar, lokalizatsiya dastu-ri doirasida, shuningdek, chet el investorlari qo’shma korxona-larining nizom fondiga qo’shgan ulushlari hisobiga amalga oshi-rilyapti.
Sanoat korxonalarida, respublika hududida xom ashyo resurs-larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish uchun yo’naltirilgan qator ustuvor dasturlar amalga oshirilayapti. Bu 2004 yilning in-vestitsiya dasturi, hududlarda qo’shma korxonalar tashkil qilish bo’yicha dasturlar, xom ashyo bazasida mahsulot ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash dasturi, xalq iste’moli mollari kabilarni ish-lab chiqarishni ko’paytirish dasturlaridir.
2003 yilda mashina va uskunalarning importi 192,1 mln. AQSh dollariga oshdi, unda ishlab chiqarish vositalarining ulushi 3 foizga o’sdi. Import dinamikasi va iste’molga mo’ljallangan to-varlarning ko’plab turlari bo’yicha iste’mol tarkibi ichki bozor-ning xorijiy mollarga bo’lgan talabi ta’minlanganligini ifoda-laydi.
Tashqi savdo sohasiga kichik biznes tobora jadal sur’atlarda kirib kelmoqda. Respublika hududida tashqi iqtisodiy aloqalar-ning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shayotgan 1,5 mingdan oshiq kichik va xususiy korxonalar ishlab chiqarishda faol ishtirok et-moqda. Ishlab chiqarishda ushbu sektorning respublika iqtisodi-yotidagi roli va ahamiyati solishtirib bo’lmas darajada o’sdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy fao-liyatdagi ko’rsatkichlari sanoat
korxonalari ko’rsatkichlaridan de-yarli ikki barobar oldinda bormoqda. 2003 yilda ularning eks-porti - 56,1 foizga, importi - 44,7 foizga ortdi. Ishlab chiqarish faoliyati rivojlanishi, yangi turdagi mahsulotlar, xizmatlarni o’zlashtirish, yangi ishlab chiqarishlar tashkil qilinishi, o’z nav-batida, ijtimoiy masalalar hal qilinishiga ham yordam beradi. Aholining ish bilan bandlik darajasi oshirilishi ta’minlanadi, ichki bozor arzon narxlardagi mahsulotlar bilan to’ldiriladi. Hozirgi kunda ba’zi tovar va xizmatlar sifati chet elnikidan o’tsa-o’tadiki, ammo undan qolishmaydi.
Yil sayin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari soni ko’-paymoqda va tashqi iqtisodiy aloqalarning geografiyasi ham ken-gaymoqda. Hozirgi vaqtda jami tashqi savdo almashinuvining 60,3 foizi Evropa qit’asi mamlakatlari bilan bo’lgan iqtisodiy aloqalarga tegishli. Osiyo mamlakatlari bilan tovar almashinuvi hajmi 33 foizdan ko’proqni tashkil etadi, 2003 yilda ular bilan olib borilgan savdo operatsiyalari uzluksiz o’sib bordi. Amerika bilan tovar almashinuvining umumiy hajmidan tushgan ulush ancha past (6,5%), shu jumladan, Shimoliy Amerika mamlakatlari bilan savdo operatsiyalari 80,9 foizga to’g’ri kelyapti. Afrika, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlari bilan tovar almashinuvining solishtir-ma hajmi uncha ahamiyatsiz va davlatning tashqi iqtisodiy aloqa-lariga ta’siri deyarli sezilmayapti.
So’nggi yillarda O’zbekistonning EI, MDH, Shanxay hamkor-ligi tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining ri-vojlanishi keskin darajada o’sdi. Mamlakatimizning Buyuk Brita-niya, Germaniya, Polsha, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston kabi doimiy hamkorlari va bir qator boshqa mamlakatlar bilan tashqi savdosi hajmi o’sdi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakat-lari bilan tovar almashinuvi 2003 yilda 5,2 foizni tashkil etdi. Respublika korxonalarining Afg’oniston, Eronga eksporti keskin ko’tarildi.
O’zbekistonning tashqi savdo sohasidagi asosiy hamkorlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Eron, MDH davlatlaridan esa – Rossiya, Ukraina, Qozog’iston hisoblanadi.
Mamlakatimizning ishlab chiqarish va resurslar salohiyati xo-rijiy investorlarni tobora ko’proq o’ziga jalb qilmoqda. Vaqt o’tgan sari respublika korxonalari bilan savdo va iqtisodiy alo-qalar o’rnatishga intilayotgan nufuzli, dunyoga mashhur firma va kompaniyalarning doirasi kengaymoqda.1
1 Jurnal. «£zbekiston iktisodiy axborotnomasi» 3-4, 2004.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi Osiyoning markaziy qismida joylashganligi, ya’ni, Shimoldan Janubga, Sharqdan G’arbga o’tuvchi savdo yo’li chorrahasida geosiyosiy o’rin egallaganligi ham yordam beradi. Markaziy Osiyo va MDH davlat-larining 200 milliondan ortiq aholisi va butun dunyo resurslar salohiyati hajmining
40 foizdan ko’prog’ini tashkil qilgan bozo-ri, yuqori industriya va iqtisodiy taraqqiy etgan Evropa, Amerika Qo’shma Shtatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, hamda endi kuchga kira-yotgan Janubi-Sharqiy Osiyo, Hindiston, Xitoy va boshqa mamla-katlarning bozorlari uchun katta imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Ushbu jihatlarni inobatga olgan holda, xalqaro moliya insti-tutlari va tashkilotlari bilan ikkiyoqlama va ko’pyoqlama hamkor-lik aloqalari rivojlanib, 1994 yildan beri O’zbekiston kuza-tuvchi bo’lib kelayotgan Xalqaro Savdo Tashkilotiga kirish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlar, jumladan, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Islom taraqqiyot banki, Evropa tik-lanish va taraqqiyot banki (ETTB) kabi moliya institutlarining a’zosidir. Ushbu tashkilotlar ishtirokida O’zbekistonda ijtimo-iy infratuzilma, sog’liqni saqlash, transport, ta’lim, kichik biz-nes va xususiy tadbirkorlik va boshqa sohalarda turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugunga kelib, Jahon banki O’zbekiston Res-publikasiga 596,84 million AQSh dollari miqdorida 12 ta zayom, ETTB - 795,2 million AQSh dollari ajratdi. OTB bilan birga amalga oshirilayotgan jami loyihalar portfelining umumiy qiy-mati esa 1 mlrd. 340 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda respublika korxonalariga tashqi iqtisodiy faoliyatlari rivojlantirilishi uchun barcha qulay shart-sharoit-lar yaratildi. Investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish ko’p hollarda xo’jalik faoliyati sub’ektlari tashabbusiga, bevosi-ta ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchilarga, ularning iqtisodiy sharoitlarini o’rganish qobiliyatiga, amal qilayotgan marketing mexanizmlaridan samarali foydalanishlariga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |