Madraximova Mahliyo
1.O’zbekiston importining tovar va geografik tarkibi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida import hajmi 13 677,1 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati 33,3 %) teng bo`ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar (40,7%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,3 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 %) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi. Xizmatlar importi hajmi 1657,6 mln. AQSh dollarini yoki jami import hajmining 12,1 %ini tashkil etdi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 21,5 %ga o`sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo`ldi.
2.O’zbekiston tashqi savdosini tarkibiy takomillashtirish yo’nalishi
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003 yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002 yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AKSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avg .) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dek.) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
3. O’zbekiston tashqi savdosining tovar va geografik tarkibi
O`zbekiston jahonning 181 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (18,7 %), Rossiya Federatsiyasida (14,9 %), Qozog`istonda (8,3 %), Koreya Respublikasida (6,6 %), Turkiyada (5,8 %), Germaniyada (2,4 %) va Qirg`izistonda (2,0 %) qayd etilgan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo`yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan besh davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg`oniston (424,2 mln. AQSh dollari), Qirg`iziston (423,7 mln. AQSh dollari), Tojikiston (104,0 mln. AQSh dollari), Fransiya (44,0 mln. AQSh dollari) va Eron (6,1 mln. AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda
Hisobot davrida tovarlar va xizmatlar eksporti bilan shug`ullanuvchi xo`jalik yurituvchi subyektlarning eksport hajmi 13 677,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`sish sur`ati 45,5 % ga teng). Eksport tarkibida tovarlar 81,4 % ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,1 %), to`qimachilik va to`qimachilik buyumlari (8,6 %), oziqovqat mahsulotlari (8,4 %), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (5,2 %) hamda kimyo mahsulotlari va buyumlari (4,9 %) hissasiga tog`ri kelmoqda.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 17 968,8 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati 31,5 %) teng bo`ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44,8 %), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,7 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (7,5 %) hisobiga to`g`ri keldi.
O’zbekiston importining tovar va geografik tarkibi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida import hajmi 13 677,1 mln. AQSh dollariga (o`sish sur`ati 33,3 %) teng bo`ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob-uskunalar (40,7%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,3 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 %) guruhlari hisobiga to`g`ri keldi. Xizmatlar importi hajmi 1657,6 mln. AQSh dollarini yoki jami import hajmining 12,1 %ini tashkil etdi va o`tgan yilning shu davriga nisbatan 21,5 %ga o`sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo`ldi.
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikaga 156 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 ta eng yirik bo`lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozog`iston va Turkiya kabi hamkor davlatlarning jami import hajmi 8 356,0 mln. AQSh dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,0 %ini tashkil qiladi. Shu bilan birga ta`kidlab o`tish kerakki, 2018 yilning o`tgan davri mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar sentyabr oyida, avgust oyiga nisbatan 207,3 mln. AQSh dollarga kamroq import qilindi va 1656,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi
Do'stlaringiz bilan baham: |