XIMningintensivlikdarajasini bir necha miqdoriy indi-katorlar bilan tavsiflash mumkin:
Eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
Import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga
nisbatan foizda hisoblanadi.
Tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo hajmi aylanma mablag’i YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi.
XIM rivojlanish jarayonida bir necha bosqichni bosib o’tgan va ularni shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin:
qadimgi dunyodan V asrgacha bo’lgan muddat.
V asrdan XV-XVI asrlargacha – buyuk geografik kashfiyot dav- rigacha bo’lgan davr.
XV asrdan – XVI asrgacha - sanoat to’ntarishi davrigacha.
Sanoat to’ntarishi paytidan Birinchi Jahon urushining bosh- lanishigacha bo’lgan davr;
XX asrning birinchi yarmi;
XX asrning 60-yillaridan 90-yillarigacha;
XX asrning 90-yillaridan XIM va jahon xo’jaligining hozirgi rivojlanish davri.
12
Manba: Jurnal “Mirovaya ekonomika i mejdunarodnie otnosheniya”, №7, 2005.
XIMning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi omillar se-zilarli ta’sir qiladi:
ilmiy-texnika taraqqiyoti;
hududiy–iqtisodiy integratsiya taraqqiyoti;
XIMning ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomil- lashtirilishi;
global muammolarning keskinlashuvi;
tashqi iqtisodiy siyosatni liberallashtirish;
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jiddiy o’zgarishlar, XX asr oxirlarida dunyo fanidagi kashfiyotlar XIMning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyoda ro’y bergan o’zgarishlar XXI asr bo’sag’asida XIMning o’ziga xos rivojlanish tendentsiyasini belgilab berdi:
xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish, jahon xo’ja- ligidagi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yo’li bel-gilandi;
xalqaro savdoning an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ish-lab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga ay-lanib borishi;
kapital migratsiyasining globallashuvi va intensivlashuvi;
fan-texnika sohasida bilimlar bilan ayirboshlashning jadal-lashuvi, xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;
ishchi kuchlari migratsiya ko’lamlarini sezilarli o’sish sur’ati;
hudud va mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining kengayishi va jadallashuvi.
Kapitalning xalqaro migratsiyasi, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, xalqaro savdoning tovarlar, turli xil xizmatlar ko’rsatish, texnologiya, ish-chi kuchlarining, ayniqsa, malakali ishchilarning xalqaro migra-tsiyasi geografik yo’nalishlarda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarda hal qiluvchi omil bo’lmoqda.