M. Mirsaidov


Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar



Download 0,66 Mb.
bet8/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

Turli ko’rsatkichlar bo’yicha globallashuv darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar





Iqtisodiy integratsiya



Shaxsiy aloqalar



Texnologiya-lar

Jahon iqtisodiga tortilganlik

Integratsiya- lashgan
ko’rsatkichlar




Irlandiya

Shvetsiya

AQSh

Avstriya

Irlandiya




Singapur

Irlandiya

Yangi Zelandiya

Frantsiya

Singapur




Gollandiya

Singapur

Singapur

Yangi Zelandiya

Shveytsariya




Panama

Chexiya

Chexiya

Portugaliya

Gollandiya




Slovakiya

Kanada

Kanada

Germaniya

Finlyandiya




Chexiya

Avstriya

Daniya

Italiya

Kanada




Finlyandiya

Isroil

Shveytsariya

Buyuk Britaniya

AQSh




Malayziya

Daniya

Gollandiya

Shvetsiya

Yangi Zelandiya




Shveytsariya

Xorvatiya

Shvetsiya

Argentina

Avstriya




Shvetsiya

Yangi Zelandiya

Singapur

Daniya

Daniya



Globallashuv reytingini tuzishda 4 ta asosiy parametr hisoblangan:

  1. Iqtisodiy integratsiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha;

  2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro tele-fon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari hajmi bo’yicha;

  3. Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internet-dagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha;

  4. Mamlakatni xalqaro siyosatga tortilganligi – davlatni xal-qaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxona-lar soni bo’yicha.

Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mam- lakatlar egalladi.
O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametr-lari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda.
    1. O’zbekiston jahon xo’jaligi tizimida


O’zbekiston - umumjahon xo’jaligida ko’zga ko’ringan mamlakat hisoblanib, dunyoning 200 dan ziyod mamlakatlari ichida bir qator xom ashyo resurslari, ishlab chiqarish infrastruktura salohiyati miq-yoslari bo’yicha muhim o’rinni egallaydi.


O’zbekiston hududi va zamini turli xil boyliklarga ega. Ular-dan ko’plari jahon miqyosida ajralib turadi. Mamlakat hududi say-yoramizning 1,5% dan ortiq sug’oriladigan erlariga to’g’ri keladi hamda bu erlarda etarli harorat va quyosh nuri tufayli qimmatbaho qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olinadi. O’zbekiston zaminida 3 mingdan ziyod konlar va foydali qazilma boyliklari aniqlangan. Xususan, bu zaminda dunyoning 5% oltin zaxirasi joy-lashgan. Respublika jahon bozorida xaridorgir bo’lgan mis, uran, kumush, volfram, molibden, tabiiy gaz, fosforitlar, kaliy tuz-lari, nodir metallar bilan ta’minlanganligi bo’yicha etakchi o’rin-larni egallaydi.
Hozirgi O’zbekiston xalqaro miqyosda bir qator strategik muhim foydali qazilmalarni qazib olishda sezilarli darajada ajralib turadi. Xususan, dunyoning 0,33 foiz hududini egallagan, jahon aho-lisining 0,41% ega bo’lgan O’zbekiston ulushiga dunyoning barcha mam- lakatlarida qazib olinayotgan uran rudasining 6%i, oltinning 3,4%i, tabiiy gazning 2,2%i to’g’ri keladi. O’zbekiston qishloq xo’jalik mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish bo’yicha ham dunyoda etakchi o’rinlarni egallaydi. Jumladan, O’zbekiston hissasiga qora-ko’l terisi bo’yicha jahon ishlab chiqarishining to’rtdan bir qismi, paxta xom ashyosining 4%i to’g’ri keladi.
O’zbekiston ko’plab turdagi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsu- lotlarini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda salmoqli o’ringa ega. Masalan, paxta etishtirishda – 6 o’rin, uran qazib chiqarishda – 5 o’rin, volfram qazib olishda – 6 o’rin, oltin zaxiralari bo’yicha – 4-o’rin va qazib olishda 9-o’rinda, shuningdek, meva-sabzavotlarning ayrim turlarini etishtirishda, gaz, bir qator nodir metall qazib olishda, to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda jahonning 15-20 etakchi mamlakatlari qatoridan o’rin olgan.
Mustaqillik yillarida yangidan – yangi ishlab chiqarish tarmoq-lari tufayli O’zbekistonda yuqori texnologiyali avtomobil neft-kimyo, farmatsevtika, elektronika sanoatlari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. O’zbekiston birinchi bor avtomobillar, televizor-lar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalar, portlovchi moddalar va boshqa tovarlar ishlab chiqarish bo’yicha jahon statistikasidan o’rin oldi. Shu davrda O’zbekiston
bir qator mahsulotlar, xususan, neft qazib olishda gaz, uran, kumush qazib olishda, g’alla, kartoshka etishtirishda o’zining dunyodagi o’rnini yanada mustahkamladi. Jahon ishlab chiqarish hajmida o’z ulushini ko’paytirdi.
Eng oliy sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ro’yxatlari ham kengayib bormoqda. Eritilayotgan oltin va kumushning sifati nu-fuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan etalon qilib olingan. Mam-lakatda etishtirilgan uzum, mevalar, pomidor tomatlari, poliz mah-sulotlari o’zining ta’mi va shifobaxshligi bo’yicha dunyoda tengi yo’q hisoblanadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoatidagi ayrim mahsulot-lar sifati bo’yicha jahon bozorida ham raqobatbardosh hisoblanadi.
O’zbekiston iqtisodi so’nggi yillarda jahon iqtisodining o’sish sur’atlaridan yuqori bo’lgan sur’atlarda rivojlanmoqda. Jahon Banki ma’lumotlari bo’yicha O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 2002-2003 yillarda 4,4% dan o’sdi, jahon iqtisodi o’sish sur’ati 2,8%ni tashkil etdi, 2004-2005 yillarda esa bu ko’rsatkichlar o’rta-sidagi farq yanada kattaroq bo’ldi. 2004 yilda muvofiq ravishda 7,7% va 3,1% dan; 2005 yilda 7% va 4,3% ni tashkil etdi.
O’zbekiston iqtisodiyot strukturasi va dinamikasidagi bunday ijobiy o’zgarishlar tashqi savdo aloqalarimizda o’z aksini topdi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonning eksport va import tarkibi tubdan o’zgardi. Eksport hajmida xom ashyo mahsulotlari ulushi kamayib, tayyor mahsulot ulushi ko’payib bormoqda, import hajmida oziq-ovqat kiyim-kechak ulushi kamayib zamonaviy texnologiyasida investitsiya tovarlari ulushi ko’paydi. Tashqi savdo balansi yaxshi-lanib, oldingi salbiy qoldiq o’rnini barqaror ijobiy qoldiq egalladi.
O’zbekiston jahon bozoriga ayrim mahsulotlar chiqarishda etak-chi davlatlar guruhiga kiradi. Paxta xom ashyosini o’zimizda qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishiga qaramay, bizning mamlakatimiz bu qimmatli sanoat xom ashyosini eksport qilishda dunyoda (AQShdan keyin) ikkinchi o’rinni egallaydi, xuddi shunday ikkinchi o’rinni (Afg’onistondan keyin) qorako’l bo’yicha egallasa, uran rudasi eksporti bo’yicha esa 3-o’rinni egallaydi. 2003 yilda mamlakatimiz hissasiga paxta eksportining 13%i, elektr energiyasining – 2,3% oshiqrog’i, oltinning – 1,1%i to’g’ri keladi.
Mustaqillik yillarida jahon bozoriga etkazib berilayotgan milliy mahsulotlarimizning iste’mol qiymati va texnik para-metrlari sezilarli darajada yaxshilandi. Agarda mustaqillik dav-rigacha O’zbekiston paxtasi jahon bozorida oddiy mahsulot hisob-langan bo’lsa, hozirgi paytda AQSh va Avstraliya paxtalari kabi elita mahsulot hisoblanadi, ilgarilari kalava
iplarining past va o’rta navlari xorijga chiqarilgan bo’lsa, hozirda faqat zamonaviy texnologiyalarda yigirilgan oliy navli kalavalar jahon bozorida sotilmoqda. Xuddi shunday bahoni O’zbekistonning meva sabzavot-lariga nisbatan ham aytish mumkin.

    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish