Jahon bozori - ishlab chiqarish omillarining xalqaro mehnat taqsimoti bazasida mavjud bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi barqa-ror tovar pul munosabatlari sohasi.
Import- tovarlar va xizmatlarni chet eldan sotib olish.
Investitsiyalar- milliy daromadning mamlakatda investitsiya tovarlarini ishlab chiqarishga yo’naltiriladigan qismi.
Protektsionizm - ichki bozorni chet el raqobatidan himoya qi-lish maqsadida tovar va xizmat xalqaro oqimlari yo’liga qo’yiladi-gan g’ov - davlat tomonidan joriy etiladigan cheklovlar tizimi.
Transmilliy korporatsiyalar - xalqaro kontsernlar; xalqaro bozorda faoliyat ko’rsatuvchi, muayyan tovarni ishlab chiqish va sotish-da etakchi mavqeni egallagan eng yirik kompaniyalar.
To’lov balansi - mamlakatning muayyan davriy vaqt uchun tashqi dunyo bilan moliyaviy bitimlarining natijalarini hisoblash.
Xalqaro valyuta rezervlari - boshqa davlatlar va xalqaro tash-kilotlar bilan hisob-kitob qilish uchun foydalanish mumkin bo’lgan oltin, erkin konvertatsiyalanadigan valyuta va boshqa aktivlar.
Eksport- tovar va xizmatlarni xorijga sotish.
Embargo- mamlakat bilan savdo qilishga to’liq taqiqning jo-riy etilishi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar deganda nimalarni tushunasiz?
Xalqaro ayirboshlashning hajmi va jadallashuvi nimalarga bog’liq?
Jahon ayirboshlashi rivojlanish jarayonida qanday asosiy bosqichlardan o’tgan?
Hozirgi bosqichda xalqaro iqtisodiy munosabatlar qanday xu- susiyatlarga ega?
Mamlakatlar nima sababdan xalqaro iqtisodiy aloqalarga katta ahamiyat beradilar?
Mutlaq afzallik va nisbiy afzallik deganda nimani tushunasiz?
Xalqaro ayirboshlashning rivojlanib borishi jarayonida nis-biy afzallik nazariyasiga qanday qo’shimchalar kiritilgan?
Tashqi iqtisodiy sohada davlat siyosatining mohiyati va zaru-riyati nimalardan iborat?
O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosatini belgilashda bozor iqtisodiyotiga o’tishning boshlang’ich davriga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Respublikaning iqtisodiy imkoniyatlari deganda nimalarni tushunasiz?
Mustaqillikning dastlabki yillarida, islohotlarning bi-rinchi bosqichlarida tashqi iqtisodiy sohada O’zbekiston olib bora-yotgan davlat siyosatining asosiy maqsadlari nimalardan iborat?