Birinchibosqich: 1991 yildan 1994 yilgacha Importnirag’bat-lantirish siyosati o’tkazildi. Buning sababi, respublikada bir qator ishlab chiqarish va sanoat mahsulotlarining etishmayotganligi edi. Negaki, Sobiq Ittifoq parchalanib ketishi bilan uning bir butun xalq xo’jalik kompleksi - majmuasi parokandalikka yuz tutdi. Oqibatda boshqaruv tizimi va xalq xo’jaligidagi aloqalarga ham pu-tur etdi. Bu bosqichda importga bojxona to’lovlari yo’q edi. Eksport uchun litsenziyalanadigan va kvotalanadigan mahsulotlarning turlari 71 ta edi. Eksport bojxona to’lovlari faqatgina alohida ko’rinish-dagi xom ashyo resurslariga nisbatan qo’llanilardi.
Birinchi bosqichning muhim tomoni shuki, bozor munosabatlari-ni qaror toptirishda import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish,
eksport imkoniyatlarini rivojlantirish va mustahkam-lash, tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va kengaytirish siyosati yuritildi. Tashqi savdoda davlat monopoliyasiga barham berildi va tashqi iqtisodiy aloqalarning yangi mexanizmlari shakllantirildi. Korxonalarning mustaqil ravishda tashqi bozorga chiqishlarining me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi, chet el investorlarining faoli-yat yuritishi uchun ishonchli kafolat ta’minlandi.
Ikkinchibosqich: 1995 yildan 1998 yilgacha.
Mahalliy xom ashyolardan foydalanish orqali bir vaqtning o’zi-da eksport uchun yo’naltirilgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ish-ga solib, ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash asosida rivojlantirish siyosati yuritildi.
1995 yilda tashqi savdoning notarif tartibga solish usullari o’rniga tarifli tartibga solish usullari joriy qilindi. 1996 yilda litsenziyalanadigan va kvotalanadigan mahsulotlar soni to’rttaga qisqartirildi. Bular: paxta, don, rangli metallar va elektr quvvat-lari edi. Eksportning maksimal boj stavkasining miqdori 40% ga kamaytirildi va eksport tarifi bir turkum tovarlar uchun bekor qi-lindi. Eksport uchun mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga im-tiyozlar berildi.
1997 yil fevralida hukumat tomonidan Eksportsalohiyatinirivojlantirish Dasturi ishlab chiqildi. Bu dastur mavjud resurs-lardan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan maksimal darajada foy-dalanish asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport hajmi-ni barqaror o’stirish uchun sharoit yaratish va uning tizimini tako-millashtirib borishga qaratilgan.
1997-1998 yillarda tashqi savdoni erkinlashtirish siyosati da-vom etdi. Importga bo’lgan bojxona badalining maksimal stavkasi 30% edi (avtomobilga bo’lgan badaldan tashqari), 65 xil tovarlar turkumi uchun import bojxona badali solig’i qo’llanildi. (Bu o’rtacha 28% qilib belgilandi). Bu turkumlarga kiritilmagan mahsulotlarga eng minimal – 3%lik stavka qo’llanildi. Bundan ko’zlagan maqsad o’tish davrida milliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish masala-sini hal qilish edi. Import qilinadigan xalq iste’moli mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, mashinalar, asbob-uskunalarning sifati ustidan nazorat o’rnatish maqsadida yuk jo’natishning avvalgi ins-pektsiya tizimi joriy qilindi; xo’jalik sub’ektlarining shaxsiy valyuta vositalari hisobiga tuzilgan import kontraktlarini ro’y-xatga olish bekor qilindi.