M. Mirsaidov


II bob. XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARNING TAShKILIY-HUQUQIY ASOSLARI



Download 0,66 Mb.
bet17/143
Sana25.10.2022
Hajmi0,66 Mb.
#856008
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143
Bog'liq
68-Хalqaro-iqtisodiy-munosabatlar

II bob. XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLARNING TAShKILIY-HUQUQIY ASOSLARI





  1. Jahon xo’jalik aloqalarining huquqiy asoslari

  2. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning asosiy guruhlari

  3. BMT tizimidagi tashkilotlarga qisqacha tavsifnoma va ularning tuzilishi

  4. Xalqaro valyuta-moliya tashkilotlari

  5. O’zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi ishti-roki
    1. Jahon xo’jalik aloqalarining huquqiy asoslari


Jahon mamlakatlarining hukumatlar darajasidagi munosabat-lari Xalqaro huquq asosida tartibga solib boriladi. Xalqaro huquq - huquqiy me’yorlarning alohida tizimi bo’lib, bu me’yorlar mus-taqil sub’ekt sifatida davlatlarning huquq va majburiyatlarini o’rnatish orqali xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qara-tilgan. Xalqaro huquqda huquqiy me’yorlarni vujudga kelishi xalqaro shartnomalar tuzish natijasida yoki xalqaro an’analarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.
Ikki yoki bir nechta xalqaro iqtisodiy munosabatlar qatnash- chilarining birgalikdagi har qanday faoliyati kelishilgan, huquqiy kuchga ega bo’lgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Bu kamida ikki mamlakat o’rtasida tuziladigan xalqaro bitim-lardir.
Ular bir qancha turlarda bo’ladi:

  1. Umumiy xarakterga ega ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosa- batlar asosida tuzilgan bitimlar, diplomatik munosabatlar o’rna-tish haqidagi bitimlar, bunda iqtisodiy munosabatlar alohida bo’-lim sifatida ajratiladi.

  2. Maxsus bitimlar, ya’ni iqtisodiy masalalar bo’yicha ikki yoki ko’p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlar:

  1. savdo bitimlari va shartnomalar. Bular mahsulotlar va xizmatlar eksport-importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi hujjatlar bo’lib hisoblanadi. Bulardan tashqari alohida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli maxsus bitim-lar. Masalan, o’simlik va hayvonot dunyosining yo’qolib borayotgan turlarining xalqaro savdosi bo’yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar manfaatlarini ko’zlagan holda keskin narx tebranishining oldini olish yoki yumshatish maqsadida xom ashyo resurslari savdosida qo’llaniladigan ko’p tomonlama shartnomalar. Bu bitimlar kontragentlar yoki xorijiy sheriklar o’rtasida xalqaro tijorat shartnomalari-kontrakt tuzish uchun bo’lib xizmat qiladi:

  2. bojxona bitimlari,

v) turli mamlakatlar darajasida tenglashtirish va qayta soliq olinishining oldini olish maqsadida xalqaro munosabatlar qatnashchilarining soliq solishning umumiy qoidalari, sharoitlari va tartibi to’g’risidagi soliq bitimlari. Hozirgi vaqtda barcha rivojlangan mamlakatlar o’rtasida o’zaro soliq bitimlari imzo-langan. Birinchi bor bunday shartnomalar IXTT tomonidan 1963 va 1973 yillarda ishlab chiqilgan va bular boshqa shu turdagi bitimlar uchun namuna bo’lib
qolgan;
g) investitsiyalarni himoyalash haqidagi davlatlararo bitimlar, ya’ni ikki mamlakat o’rtasida tuziladigan kapital qo’yilmalarning o’zaro kafolati va rag’batlantirish haqidagi shartnomalar.
Jahon amaliyotida xalqaro iqtisodiy munosabatlarni o’rnatish va tartibga solishda yuqorida sanab o’tilgan bitim va shartnoma-lardan tashqari, boshqa qator hujjatlar ham qo’llaniladi. Bu huj-jatlar majburiy yoki tavsiya shaklida bo’lishi mumkin. Tavsiya xarak-teriga ega hujjatlar qatoriga 1974 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan Davlatlarning iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari Xartiyasini kiritish mumkin. Bu hujjatda Yangi xalqaro iqtisodiy tartibni (YaXIT) o’rnatishga qaratilgan asosiy qoidalar quyidagilar ekanligi ko’rsatilgan.

  1. har bir davlatning o’z boyligi va iqtisodiy faoliyat sohasi-dagi mustaqilligi;

  2. dunyo bo’yicha xom ashyolardan foydalanish dasturlarini birlash-tirish;

  3. rivojlanayotgan mamlakatlar mahsulotlarini sanoati rivoj-langan mamlakatlar bozorida erkin sotilishidagi to’siqlarni bartaraf etish;

  4. rivojlanayotgan mamlakatlarni imtiyozli ravishda texnologiya-lar bilan ta’minlash;

  5. transmilliy korporatsiyalarning salbiy ta’sirini chegaralash;

  6. jahon valyuta tizimini isloh qilish. Bu me’yorlar va talablar BMTning barcha iqtisodiy tashkilotlari faoliyatida rivojlandi va 25 ta muhim dasturda o’z ifodasini topdi.

Boshqa muhim bir hujjat bu-1980 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan va tavsiya xarakteriga ega bo’lgan chegara- langan amaliy ishchanlikni nazorat qilish bo’yicha adolatli qoida-larning ko’p tomonli asosda kelishilgan kodeksidir.
Chegaralangan amaliy ishchanlik (ChAI) - bozordagi o’z mavqeini suiiste’mol qilayotgan korxonalar, birlashmalarning faoliyatidir. Ular raqobatni chegaralaydi, demping narxlarini qo’llaydi, xalqaro savdo qoidalarini buzadi. Shuning uchun ko’p mamlakatlar raqobatni himoyalash va ChAI bilan kurashish bo’yicha qonun loyihalariga ega. Bu qoidalar xalqaro darajadagi birinchi loyihalarga ega. Bu qoida-lar xalqaro darajada birinchi bor UST va EX da qabul qilingan. Ularning BMT doirasida qabul qilinishi raqobat sohasida keng ko’lamli xalqaro tizim barpo etilishini boshlab berdi. Bu tizim davlat va korxonalar darajasida olib borilayotgan raqobatga qarshi harakatlarning barcha turlarini yagona nazorat ostiga olish imkoni-ni beradi:

  • amaliy ishchanlikning chegaralanganligini;

  • ishlab chiqarishning umumlashuvini;

  • davlat subsidiyalarini;

  • tarif va notarif cheklashlarni.

Bu nisbatan qattiq qoidalar hozirgi vaqtda tavsiya xarakteriga ega. Har bir mamlakat o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini faqat xalqaro qonun loyihalari va me’yoriy hujjatlarga asoslanib tartibga soladi.
Ular o’rtasidagi qarama-qarshilik qanchalik past darajada bo’l-sa, xalqaro munosabatlar o’rnatish shunchalik oson kechadi.
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asosini yaratuvchi, yo’nalishlarini tartibga soluvchi bir qator qonunlar qa-bul qilingan. Ular O’zbekistonda o’z faoliyatini amalga oshirayotgan xalqaro ayirboshlashning barcha ishtirokchilari hamda xorijda fao-liyat ko’rsatayotgan mamlakatimiz vakillarining huquq va maj-buriyatlarini aniqlaydi. Jumladan, O’zbekiston Konstitutsiyasida mamlakatimiz xalqaro munosabatlarning mustaqil sub’ekti tarzida tashqi siyosatini o’z manfaatlarini ko’zlab belgilashi, xalqaro tashkilotlarga, davlatlararo tuzilmalarga kirish huquqi kafolatlab qo’yilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, O’zbekiston Respub-likasining etakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, valyu-tani tartibga solish to’g’risida, xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’ri-sida va shu kabi boshqa qonunlarda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy aloqalarning teng huquqli sub’ekti sifatida ta’riflangan. Bundan tashqari, «O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to’g’- risida»gi 1995 yil 22 dekabrda qabul qilingan qonunda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, to’x-tatish, to’xtatib turish va denonsatsiya qilish tartibi quyidagicha belgilab qo’yilgan:

    • Milliy valyutada a’zo-davlatlarning qo’shimcha to’lovlari.

    • XTTBning subsidiyalari.

    • Shveytsariya tomonidan ajratiladigan kreditlar va yordamlar.

XRA, asosan, unchalik rivojlanmagan mamlakatlarga uzoq mud-datli, 50 yillik kreditlar va qolganlarga 35 yillik kreditlar be-radi, kredit oluvchi davlat 10 yil davomida hech qanday to’lovlarni bajarmaydi (Faqatgina komissiya xarajatlariga 1,75% hajmda mab-lag’ olinadi). Ko’p tomonlama investitsiyalarni kafolatlovchi Agent-ligi - jalb qilingan mablag’larni sug’urtalashni amalga oshiradi.

    1. Download 0,66 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish