XIM strukturasi quyidagilarni o’rganishni taqozo qiladi:
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
Kapital va chet el investitsiyalarining xalqaro harakati;
Ishchi kuchlarning xalqaro migratsiyasi;
Xalqaro valyuta-moliya munosabatlari;
Xalqaro iqtisodiy integratsiya.
XIM ob’ektlariga quyidagilar oid hisoblanadi:
moddiy shakldagi tovarlar: xom ashyo va ishlab chiqarish tovar- lari, tayyor buyumlar, sanoatda qayta ishlanadigan mahsulotlar, ma-shina, asbob-uskunalar, mahsulot;
xizmatlar: xalqaro injiniring, konsalting, audit, lizing, turizm, tashish, hisob-kitoblar va boshqalar;
texnologiyalar: patentli va patentsiz litsenziyalar, tovar bel-gilari;
kapital: to’g’ridan-to’g’ri va portfelli chet el investitsiyalari, xalqaro kredit;
ishchi kuchlari.
XIM sub’ektlari (kontragentlari) sifatida quyidagilar ish- tirok etadi:
xalqaro iqtisodiy va tashkilotlar;
hukumat nomidan milliy davlatlar;
investitsiya qurilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashki-lotlar;
tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organ-lari va tashkilotlari;
tadbirkorlar birlashmalari;
xalqaro korporatsiyalar;
firmalar.
XIMning ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi tashkil qiladi. Lekin XIM jahon xo’jaligi vujudga kel-masidan avval ham mavjud bo’lgan. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtiso-diy organizm bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro ahamiyatga ega bo’lish jarayoniga bo’ysunadi.
Hozirgi zamon jahon xo’jaligining xususiyatlari:
globallashuv;
rivojlanishning birligi va qarama-qarshiligi;
raqobatning keskinlashuvi va ayni paytda global hamkorlik-ning rivojlanishi;
ishlab chiqarish tarmoqlari dunyoning turli mamlakatlarida joylashtirilgan xalqaro ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va bu jarayon natijasida transmilliy korporatsiyalar roli(TMK) ning o’sib borishi;
davlatlar tashqi iqtisodiy faoliyatlarini liberallashuvi;
jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiy- me’yoriy bazasini barpo etilishi;
mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning millatlararo tizimini tashkil qilinishi;
aksariyat mamlakatlar milliy iqtisodiyotining yopiq tizimdan ochiq tizimga o’tish evolyutsiyasi (bunda YaIM ulushi 35% dan oshishi kerak).
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga xos xususiyatlar:
iqtisodiy o’sishning barqarorligi XX asrning 90-yillarida o’sish sur’ati 1-3% bo’ldi;
iqtisodiy o’sishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyatini oshishi;
moliya bozorlarini globallashuvi va milliy iqtisodiyotlar-ning o’zaro uzviy bog’liqligini kuchayishi;
hududiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi.
Hozirgi paytda XIM shakllari bir muncha kengaygan. Ularning kengayishi, asosan, XX asrning 60-yillar boshidan 80-yillarning o’rtalarigacha bo’lgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Shu bilan bir paytda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tarkib topgan XIMning ayrim shakllari amal qilib kelayapti. Bu faoliyat tashqi savdo, chetga kapital chiqarish, valyuta munosabatlariga tegishlidir. Hozirgi sharoitda XIMning quyidagi asosiy shakllari vujudga keldi:
Xalqaro savdo
Xalqaro kredit munosabatlari
Xalqaro munosabatlar
Xalqaro kapital harakati
Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi
Xalqaro integratsiya
Transmilliy korporatsiyalar
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar
Xalqaro axborotlar almashinuvi
Do'stlaringiz bilan baham: |