Nisbiy afzallik qonuni
Shu bilan birga, mamlakat qandaydir mahsulot ishlab chiqa-rishda mutlaq afzallikka ega bo’lmagan holatlar ham keng tarqal-gan. Bunday vaziyatda mamlakat xalqaro ayirboshlashdan manfa-atdormi, jahon xo’jaligi muomalasi doirasidan chiqib ketmay-dimi degan savol tug’iladi. Bu savolga David Rikardo nisbiy afzallik qonuni bilan javob berdi. Ushbu qonun ayirboshlashga qanday amal qilinishini yana yuqoridagiga o’xshash misol yordamida tushuntirishi mumkin (7- jadval).
jadval
Ayirboshlash va mutlaq afzallik (bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan zarur vaqt, soatlarda)
|
G’arb
|
Sharq
|
Televizor
|
3
|
10
|
Kiyim
|
6
|
8
|
1 dona televizor qiymati kiyimlar
|
|
|
sonida ifodalangan
|
0,5
|
1,25
|
1 birlik kiyim qiymati televizor-
|
|
|
lar sonida ifodalangan
|
2
|
0,8
|
Jadvaldagi raqamlardan ko’rinib turibdiki, Sharq hech qaysi bir mahsulot bo’yicha mutlaq afzallikka ega emas. Biroq nisbiy afzallik qonuniga muvofiq bunday holat Sharqni G’arb bilan foydali savdo munosabatlariga kirishi uchun to’siq bo’la olmaydi. Chunki buning uchun qandaydir mahsulot bo’yicha mutlaq emas, balki nisbatan kamroq qiymatga ega bo’lishi etarlidir. Misolimizda, 1 dona televizor G’arbning ichki bozorida 0,5 birlik kiyimga, Sharqning ichki bozorida esa 1,25 birlik kiyimga almashtiriladi, ya’ni G’arbda televizor nisbatan arzonroq.
Kiyimlar ayirboshlashni ko’rib chiqsak, yuqoridagi nisbatlar aksincha, G’arbda 1 birlik kiyim 2 dona televizorga to’g’ri kelsa, Sharqda bor-yo’g’i 0,8 dona televizorga to’g’ri keladi, ya’ni kiyim- larning nisbiy qiymati Sharqda birmuncha pastroq. Shu bois, G’arb mamlakatlari uchun kiyim-kechaklarni o’zining bozoridan ko’ra arzonroq bo’lgan Sharq mamlakatlaridan xarid qilish qulay, chunki bu ularga arzonroq tushadi, ya’ni 1 birlik kiyimga 2 donadan kamroq televizor sotib olish mumkin bo’ladi.
O’z navbatida, Sharq mamlakatlari 1 birlik kiyimni berishga buning evaziga ular 0,8 dona televizordan ko’proq, ya’ni o’z ichki bozoridagidan ko’proq televizor olsa rozi bo’ladi.
Shunday qilib, ayirboshlashda qatnashuvchi ikki tomonni qondiruvchi mahsulotlarning xalqaro bahosi ichki narxlarning ik-ki nisbati o’rtasida belgilanishi lozim (kiyim bo’yicha 0,8 va 2,0 televizor bo’yicha 0,5 va 1,25).
Agarda almashuv nisbati 1 ga teng bo’lsa, ya’ni bir dona tele-vizor
1 birlik kiyimga o’zaro almashtirilsa, o’sha xarajatlar bi-lan birinchi mamlakat 2 dona televizor va 1 birlik kiyimga, ik-kinchi mamlakat 1 dona televizor va 1,25 birlik kiyimga, jahon xo’jaligi 3 dona televizor va 2,25 birlik kiyimga ega bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, bunday ayirboshlashdan hamma yutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |