Xalqaro ayirboshlashda mutlaq afzallik tushunchasi
Nima sababdan davlatlar xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirishga alohida ahamiyat beradilar?
Chunki har qanday ayirboshlashning ahamiyati, uning samara- dorligi, xalqaro miqyosda kelishilgan bitimlardan tomonlar ola-digan afzalliklar bilan belgilanadi.
Bu erda iqtisodiy nazariya, xoh tovarlar va xizmatlar savdosi bo’lsin, xoh axborotlar, kapital, ishchi kuchi savdosi bo’lsin, ayirboshlashdan olinadigan afzallikka-har bir qatnashuvchi mam-lakat ega bo’ladi va natijada butun jahon xo’jaligi yutadi, deb tushuntirishga va isbotlashga harakat qiladi.
Adam Smit birinchi bo’lib, qaysi mamlakat o’z mahsulotini boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqarsa, shu mamlakat xalqaro ayirboshlashda qatnashishi mumkin, deb tushuntiradi. U iqtisodiy nazariyaga mutlaq afzallik tushun-chasini kiritdi.
Ayirboshlashdagi mutlaq afzallik tushunchasini quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Faraz qilaylik, dunyoda faqat ayirboshlashning ikki qatnashuvchisi, yohud ikki guruh mamla-katlar: G’arb bilan Sharq mavjud hamda ular faqat ikki xil mahsulot – televizor va kiyimlar ishlab chiqaradilar. Bunda ishlab chiqarish sharoitlaridagi farqni hisobga olgan holda mah-sulot tayyorlashga ketgan sarflar turlicha. Bu sarflar mahsulot ishlab chiqarishga zarur bo’lgan ish soatlarida ifodalanadi (6- jad-val)
jadval
Ayirboshlash va mutlaq afzallik (bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan zarur vaqt, soatlarda)
|
G’arb
|
Sharq
|
Televizorlar
|
3
|
10
|
Kiyimlar
|
6
|
4
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, G’arb televizorlar ishlab chiqarishda mutlaq afzallikka ega. Chunki u bu tovarlarni ishlab chiqarishga kamroq mehnat sarflaydi. Ammo ayirboshlash bo’lmasa, mamlakatlar o’zlarining mutlaq afzalliklaridan foydalana olmaydilar va natijada ularning har biri sarflangan xarajat-lari bo’yicha bir donadan televizorga, bir birlik kiyimga, butun jahon 2 dona televizor va 2 birlik kiyimga ega bo’ladi.
Ayirboshlash sharoitida vaziyat butunlay o’zgaradi. G’arb bir birlik kiyim ishlab chiqarish o’rniga, unga sarf bo’ladigan meh-natni (6 soatni) qo’shimcha 2 dona televizor ishlab chiqarishga, Sharq bir dona televizor ishlab chiqarishga ketadigan mehnatni (10 soatni) qo’shimcha 2,5 birlik kiyim ishlab chiqarishga sarflaydi. Shu taxlit o’zaro ayirboshlash natijasida, masalan, bir dona G’arb televizoriga Sharqdan bir birlik kiyim ayirboshlashdan har ikki tomon va butun jahon ishlab chiqarishi yutadi. Chunki keltirilgan mehnat sarflari bo’yicha G’arb 2 dona televizor va 1 birlik kiyim-ga, Sharq bir dona televizor va 2,5 birlik kiyimga, butun jahon esa 3 dona televizor va 3,5 birlik kiyimga ega bo’ladi.
Shunday qilib, misolimizda mamlakatlarni kamroq xarajat-lar bilan biror-bir mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi shu mamlakat uchun qo’shimcha foyda manbai bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |