M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


OTOM davlatlarining mintaqaviy jarayonlardagi siyosati



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

14.2. OTOM davlatlarining mintaqaviy jarayonlardagi siyosati
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Xitoy hudu- 
di, shuningdek, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari va Yaponiya bilan 
bog‘laydigan magistral yo‘lining qurilishi va uning ishga tushirilishi 
ulkan ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlarda ham Yaponiya va 
Xitoyning faoliyati alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa, savdo-iqtisodiy 
sohasidagi hamkorligi eng muhim ahamiyatga ega. Boshqa Marka­
ziy Osiyo davlatlari kabi 0 ‘zbekiston ham Dunyo okeaniga chiqish 
imkoniyatini qidirmoqda. Bunday vaziyatda «Ipak Yo‘li» g ‘oyasini 
ilgari surish ikki tomonlama munosabatlarda samarali natija beradi. 
0 ‘zbekiston bu davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishda amaliy 
qadam tashlamoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov «Bizning 
maqsadimiz 0 ‘zbekistonning eng qulay geosiyosiy holatidan maksi- 
mal tarzda foydalanishdir. Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch 
okeani mintaqasidan keladigan yo‘llar 0 ‘zbekistonda kesishadi»129.
«Buyuk Ipak yo‘li»ni tiklash buyicha TRASEKA dasturi Yev- 
ropani ulkan Tinch okeani va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari bilan 
bog‘laydigan eng yaqin yoidir. Bu esa o‘z navbatida, millatlararo va 
davlatlararo muamolami hal etishning yana bir samarali yo‘lidir. Bu 
transport magistrali Farg‘ona vodiysini Xitoyning sharqiy viloyatlari 
bilan bog‘lab, ko‘prik vazifasini o ‘taydi.
14.3. ASEAN
Hozirgi nazariy tadqiqotlarda regionallashuvning ikki asosiy turi 
farqlanadi. Birinchi tip mintaqaviy davlatlaming paydo bo‘lishi va
129 
Каримов И.А. Узбекистан - XXI 
б у с а г а с и д а :
хавфсизликка
тахдид,баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари. -Т., 1997, 296 б.
212


faol yuksalishi hamda buning natijasi o ‘laroq, mintaqaviy muhitni 
o ‘z manfaatlarida tashkillashtirishga, ya’ni uncha yirik bo‘lmagan 
mintaqaviy davlatlar bilan mintaqaviy davlatning siyosiy va iqtisodiy 
vazifalariga mos keluvchi munosabatlami kelishuvlar yoki norasmiy 
amaliyotlar vositasida o ‘matishga ulaming intilishi bilan bog‘liq.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida mintaqaviy va submintaqaviy 
darajadagi savdo-iqtisodiy tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Submin­
taqaviy tashkilotlar jumlasiga Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari 
uyushmasi - ASEAN ham kiradi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 
integratsiya jarayoni ayni shu tashkilotdan boshlangan.
ASEAN siyosiy, iqtisodiy va madaniy mintaqaviy hukumatlararo 
tashkilot hisoblanadi. U o‘z saflarida JShOda joylashgan mamlakat- 
lami birlashtirgan. Uni bevosita tashkil etgan davlatlar Indoneziya, 
Malayziya, Singapur, Tailand va Filippin hisoblanadi. ASEAN 
tarkibiga quyidagi davlatlar kiradi: Indoneziya, Malayziya, Singapur, 
Filippin (1967-y.), Bmney (1984-y.), Vyetnam (1995-y.), Laos (1997- 
y.), Myanma (1997-y.), Kambodja (1998-y.). ASEAN a’zolari egal- 
lagan umumiy maydon 4,5 mln. kv. km.ga teng. Mazkur hududda 592 
mln. kishidan iborat aholi yashaydi. Uyushma a’zolari 14 rasmiy tilda 
so‘zlashadi, kamida 7 dinga e’tiqod qiladi.
Janubi-sharqiy Osiyoda umummintaqaviy integratsion guruhni 
tuzish g‘oyasi taniqli yapon tahlilchisi K.Kodzima Sharqiy Osiyo 
erkin savdo zonasi konsepsiyasini ta’riflab bergan 1960-yillaming 
o'rtalarida ilgari surilgan. 1970-yillarda Tinch okeani ffiintaqasini 
shakllantirish konscpsiyasi paydo bo‘lgan. XX asr 80-yillarining oxi- 
ri 
90-yillari boshida Janubi-sharqiy Osiyoda Avstraliya va Yangi 
Zclandiya ham qo'shilgan “ycna” integratsion guruhini shakllanti­
rish imkoniyatlari muhokama qilingan. Bu ssenariy “yena valyutasi” 
doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi Osiyo mamlakatlari blokining vu- 
judga kelishini nazarda tutadi. Bunda uning asosiy harakatlantiruvchi 
kuchi siyosat emas, balki iqtisod, ya’ni mazkur blokni shakllantiruv- 
chi keng savdo-investitsiya oqimlari hisoblanishi ko‘zda tutiladi. Ya­
poniya bu yerda bosh o ‘yinchi hisoblanadi (masalan, G‘arbiy yarim 
sharda AQSH singari). Bu ssenariy jahonda uch blokning mavjudligi- 
dan kelib chiqadi: shulardan biri - Yaponiya atrofida birlashgan mam-
213


lakatlardan iborat bo‘lgan, Shimoliy Amerika va Yevropa bloklari bi­
lan raqobatlashadigan blok.
0 ‘z milliy mustaqilligi va suverenitetini himoya qilib, Osiyo- 
Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari 1967-yilda Janubi-sharqiy 
Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN)ga birlashdi. ASEAN Bang­
kok deklaratsiyasida qayd etilishicha, mazkur birlashishning maqsadi 
mintaqada jadal iqtisodiy va madaniy rivojlanish, ijtimoiy taraqqi­
yot, tinchlik va barqarorlikni saqlashni ta’minlovchi tashkilotni tu- 
zishdan iborat. Mintaqa mamlakatlari tomonidan tuzilgan ASEAN 
tashkiloti Janubi-sharqiy Osiyoda mintaqa doirasida davlatlararo 
munosabatlar uchun zamin yaratdi. Xalqaro voqealami baholashda 
kelishmovchiliklar mavjudligiga qaramay, ASEAN davlatlari tash­
kilotning mavjudlik davri mobaynida jahonda yuz berayotgan siyo­
siy jarayonlarga nisbatan umumiy nuqtayi nazami shakllantirishga 
muvaffaq bo‘ldi. Bu jarayonda Yevropa bilan o‘zaro munosabatlami 
chetga surish va Yaponiya bilan yaqinlashish birinchi darajali ahami­
yat kasb etdi. Mazkur yaqinlashish eng avvalo iqtisodiy aloqalaming 
rivojlanishida, shuningdek, ushbu mintaqada AQSH ta’sirining chek- 
lanishida namoyon bo‘ldi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish