M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


ASEAN doirasida integratsiya jarayoni quyidagilarni o‘z ichi-



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

ASEAN doirasida integratsiya jarayoni quyidagilarni o‘z ichi-
ga oladi:
• Preferensial savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga 
(1977-y.) muvofiq ishtirokchi-mamlakatlarga savdoga oid imtiyozlar 
berish;
• AFTA (ASEAN Free Trade Arrangment) bitimiga muvofiq 
erkin savdo zonasini tashkil etish. Bitim 2002-yil 1 -yanvardan kuch- 
ga kirgan;
• ASEAN sanoat sohasida hamkorlik sxemalari;
• ASEAN investitsiyalar zonasi (AIA) to‘g‘risidagi hadli bi­
timga muvofiq kapitalning harakatini liberal lashtirish.
1980-yillaming oxirida Malayziya siyosiy lideri M.Moxammad 
“Look East” degan nom ostida “Osiyoni osiyolashtirish” konsepsiya- 
sini taklif qildi. Bu konsepsiyaga binoan Osiyoning rivojlanayotgan 
mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishning yapon modelini qabul qilish- 
lari, Yaponiya esa mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning markaziga ayla-
214


nishi lozim edi. Shu o ‘rinda R.Akamatsu tomonidan ishlab chiqilgan 
“uchayotgan yow oyi g ‘ozlar galalari” (wild flying geese) yoki “quvib 
yetuvchi rivojlanish” konsepsiyasini qayd etish mumkin. Yaponiyada 
e ’zozlanadigan mazkur obraz Janubi-sharqiy Osiyoning shakllanish 
va sanoatlashish jarayoninigina emas, balki mamlakatlar o‘rtasidagi 
kuchlar nisbatini ham namoyish etadi. Konsepsiyaga ko‘ra, gala 
(Janubi-sharqiy Osiyo) boshida boshlovchi (Yaponiya) uchadi, unga 
qolgan g‘ozlar (Osiyo mamlakatlari - Singapur, Gonkong, Koreya 
Respublikasi, Tayvan, Malayziya, Tailand, Filippin, Indoneziya va 
boshqalar) ergashadi.
Janubi-sharqiy Osiyo, shuningdek, mazkur mintaqa mamlakat­
lari so‘nggi o ‘n yilliklar mobaynida tashqi siyosat sohasidagi tad- 
qiqotlaming muhim obyektiga aylandi. Bu, eng aw alo, jahon siyosati 
va iqtisodiy tizimida mazkur mintaqa va bosh mintaqaviy markaz- 
ASEANning ahamiyati oshgani bilan belgilanadi. 1980-90-yil- 
larda mintaqaning yetakchi mamlakatlari - Indoneziya, Malayziya, 
Singapur va Tailand YalM hajmini har yili o‘rta hisobda 7% gacha 
ko‘paytirish va o‘n yillik ichida uni ikki baravar oshirish yo‘li bilan 
iqtisodiy sakrashni amalga oshirdi. 2000-yilda jahon umumiy YalM 
da Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining ulushi 3,9% ni tashkil etdi. 
Mintaqadagi aksariyat mamlakatlaming jami ichki mahsuloti miqdori 
2-3 baravar o ‘sdi. Ayni vaqtda, 4,5 ming kv. km. maydonni egalla- 
gan Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida jahon aholisining taxminan 
8,3%i (500 mln. kishi) yashaydi, ulaming yillik jami milliy mahsuloti 
miqdori qariyb 800 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi. 2003-yilda 
ASEAN aholisining jon boshiga YalM miqdori 1266 AQSH dollarini 
tashkil qildi.
Shunga qaramay, Osiyoda 1997-yilda yuz bergan iqtisodiy inqiroz 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining zaif jihatlarini namoyish etdi. 
Moliyaviy inqirozning oldini olish imkonini beruvchi vositalar ularda 
mavjud emasligi ay on bo‘lib qoldi. Inqirozning mintaqa mamlakat- 
lariga ta’siri mintaqaviy aloqalaming siyosiy jihatdan nozik tizimi 
buzilishi xavfini paydo qildi.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari innovatsion rivojlanish mode- 
liga amal qiladi. Mazkur model iqtisodiy o‘sish uchun yangi imkoni-
215


yatlar yaratishni, eksportga xos ashyo ishlab chiqarishdan voz ke- 
chishni, axborot-kommunikatsiya sohasidagi yutuqlardan foydala- 
nishni, jahon darajasidagi infratuzilmani davlatning faol ishtirokida 
amalga joriy etishni, Janubi-sharqiy Osiyoda integratsiya jarayonla- 
rini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun yangi shart-sharoitlar 
yaratishni nazarda tutadi.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari jadal sur’atlarda rivojlanishi 
ASEAN doirasida yevroga o ‘xshash yagona valyutani joriy etish im- 
koniyatlari bilan integratsiya jarayonini olg‘a siljitish uchun zamin 
yaratdi. Yevropa komissiyasi iqtisodiyot va moliya bosh boshqarma- 
sining rahbari K.Regling fikriga ko‘ra, “hozirgi vaqtda Osiyoda, shu 
jumladan, Janubi-sharqiy Osiyoda yuz berayotgan iqtisodiy jarayon- 
lar Yevropa qit’asida birlashtirish va yagona valyutani joriy etishdan 
oldingi yillarda sodir bo‘lgan jarayonlarga ko‘p jihatdan o ‘xshash. 
Mintaqa mamlakatlariga xos bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlik, 
moliya vazirlari va Osiyodagi yetakchi banklar rahbarlarining yaqin 
hamkorligi bunga misol boiishi mumkin”130. Bizningcha, Janubi- 
sharqiy Osiyo mamlakatlarida yagona valyuta joriy etilishi mum­
kin, lekin bunga hali ancha vaqt bor. Ayni vaqtda shu narsa ayonki, 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari integratsiyaning mavjud samarali 
modellaridan nusxa ko‘chirish niyatida emas, lekin o ‘z mintaqasi­
ning xususiyatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy tizimlaming rivoj- 
lanish darajasi, shuningdek, davlatlarning maqsad va vazifalari bilan 
to‘qnashmaydigan elementlami ular tanlab oladi.
ASEAN tashkil topgan paytdan boshlab keskin muammolarga 
duch keldi: uyushma a’zolari harakatlarining kelishilmaganligi, ular 
o ‘rtasidagi ishonchsizlik, mamlakatlaming rivojlanish darajasi va ta- 
rixiy shart-sharoitlaridagi farqlar salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Siyosiy ke- 
lishmovchiliklar va millatchilik omillari “yagonalik rang-baranglik- 
da” degan shior ostida milliy manfaatlaming ustunligiga asoslangan 
o‘zaro aloqa jarayoniga, umumiy sa’y-harakatlar bilan o‘zaro ishonch 
muhitini yaratishga, integratsiyani chuqurlashtirishga, “kommunizm 
xuruji”ni qaytarishni tashkil etishga turtki berdi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish