M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


  Yaponiya va Janubiy Koreya OTOIH bu yo‘lda ildam harakatlanishidan



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

128 
Yaponiya va Janubiy Koreya OTOIH bu yo‘lda ildam harakatlanishidan
manfaatdor emas, chunki bu ulami sanoat va qishloq x o ‘jaligining siyosiy
ta’sirchan tarmoqlarini tashqi raqobat uchun ochishga majbur etishi mumkin.
204


Osiyo moliyaviy inqirozi avjga chiqqan palla - 1998-yilda Kuala- 
Lumpur shahrida (Malayziya) o‘tkazilgan sammitda OTOIH doira- 
sidagi iqtisodiy va moliyaviy integratsiyaga majburiy tus berish 
haqida takliflar yangradi. Ammo inqiroz bartaraf etilishiga qarab ular 
shu jumladan Yaponiya pozitsiyasi tufayli o‘z rivojini topmadi. To- 
kio vakillari “Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish” dasturining 
amal qilish doirasiga kiruvchi ro‘yxatga baliqchilik va o‘rmon sanoati 
mahsulotlarining kiritilishiga qarshilik ko‘rsatdi. Bu borada Yaponi­
ya bilan til topa olmagan AQSH tez orada asosiy e’tibomi Osiyo- 
Tinch okeani mintaqasida savdoni liberallashtirishning eng muhim 
yo‘nalishi sifatida Xitoyning BSTga qo‘shilish shartlarini kelishishga 
qaratdi.
Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish mavzusi BSTga muho- 
kama uchun berildi. Bu OTOIH savdo sohasida muzokaralar olib 
borishga tayyor emasligidan va mazkur hukumatlararo tashkilot in- 
qirozidan darak berar edi. Tarmoqlami ilk ixtiyoriy liberallashtirish 
tashabbusining barbod bo‘lishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar 
taklif qilgan umummintaqaviy erkin savdo zonasini jadal sur’atlarda 
tashkil etish konsepsiyasi fommning rivojlanayotgan mamlakatlardan 
iborat a’zolari tomonidan qo‘llab-quwatlanmaganini ko‘rsatdi.
Osiyo moliya inqirozi sharoitida “ochiq regionalizm” prinsipiga 
tayanish ham jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam bermadi. OTOIH, 
bir tomondan, mintaqadan tashqaridagi kuchlaming salbiy ta’siri 
oqibatlarini yumshata olmadi, boshqa tomondan esa, ko‘p miqdorda 
valyuta zaxiralariga ega bo‘lgan Osiyo davlatlarini mintaqa bo‘yicha 
qo‘shnilariga tezkorlik bilan yordam ko‘rsatishga majbur etuvchi 
mexanizmlami yaratishga ojizlik qildi. Natijada global moliyaviy ar- 
xitekturani o ‘zgartirish va Osiyodan tashqaridagi aktorlarga qarshilik 
ko‘rsatishga qodir bo‘lgan Osiyo institutsional mexanizmlarini (ya- 
gona valyuta, Osiyo valyuta jam g‘armasi va sh.k.) yaratish g ‘oyalari 
keng qo‘llab-quwatlandi. Mintaqaviy va submintaqaviy integratsi- 
yani rivojlantirishga doir yangi g‘oyalar va konsepsiyalami topish 
yo‘lidagi izlanishlar faollashdi. 1997-yilda “ASEAN+3” (ASEAN 
mamlakatlari, Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi) paydo bo‘ldi.
205


Umuman olganda, OTOIH faoliyatida 1990-yillaming oxiridan 
e’tiboran kuzatila boshlagan inqiroz asta-sekin Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasining dekonstruksiya qilinishiga olib keldi. Bunga maz­
kur mintaqa mamlakatlari o‘rtasida tarixiy va madaniy aloqalaming 
yo‘qligi, norasmiy regionallashuv jarayonlari rivojlanmagani ham 
imkoniyat yaratdi. Amerika yoki aytaylik, Avstraliyaga xos bo‘lgan 
zehniyat Sharqiy Osiyoga xos bo‘lgan zehniyatdan ancha farq qiladi, 
shu bois, umumiy mintaqaviy tafakkurning mavjudligi to‘g ‘risida 
so‘z yuritish o‘rinli bo‘lmaydi.
Shu bilan bir vaqtda, aynan ishtirokchilaming rang-barangligi va 
a’zolikka nisbatan keng yondashuv OTOIHning Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasidagi ulkan rolini belgiladi: har yili o ‘tkaziladigan sammitlar 
jahon davlatlari va mintaqaviy davlatlar - AQSH, Yaponiya, Xitoy, 
Rossiya, shuningdek, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, Tayvan va 
boshqalaming liderlarini bir joyda to‘playdi. Sammitlar ularga ikki 
tomonlama va mintaqaviy munosabatlar masalalarini muhokama 
qi-lish uchun “bir chekkada” uchrashish imkoniyatini ham yaratadi. 
Natijada OTOIH sammitlarining kun tartibi unga iqtisodiy muammo- 
lardan tashqari xavfsizlik sohasida hamkorlik masalalarining kiritili- 
shi hisobiga sezilarli darajada kengaydi. Chunonchi, 1999-yil Oklend 
(Yangi Zelandiya)da o ‘tkazilgan sammitda BMT qo‘shinlarini Shar­
qiy Timorga yuborish to‘g ‘risidagi qaror, tezkorlik bilan kelishildi,
2001-yil Shanxay (Xitoy)da bo‘lib o ‘tgan sammitda terrorizmni 
qoralovchi rezolyutsiya qabul qilindi, bir qator sammitlarda Koreya 
yarim orolining xavfsizligi muammolari muhokama qilindi.
1990-yillaming oxirida BST formatida va makro-mintaqaviy da- 
raja (OTOIH)da savdoni liberallashtirish g ‘oyasini ilgari surishda 
mavjud jiddiy muammolar Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ikki to­
monlama savdo bitimlarining jadal o‘sishiga olib keldi. Dastavval bu 
sohada Singapur peshqadamlik qildi - rivojlangan qishloq xo‘jalik 
sektorining yo‘qligi muzokaralarda uni qulay hamkorga aylantirar 
edi. Bu jarayonga AQSH ham asta-sekin qo‘shildi. Tinch okeani 
havzasidagi mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama savdo bitimla- 
rini tuzishga Vashington Osiyo-Tinch okeani mintaqasida o‘z ta’siri 
doirasini kengaytirish vositasi sifatida qaradi. 0 ‘z navbatida, Xitoy
206


ASEAN mamlakatlari bilan erkin savdo to‘g‘risida bitimlar tuz- 
ish orqali Janubi-sharqiy Osiyoda o ‘z mavqeyini sezilarli darajada 
mustahkamladi.
1997-1998-yillar moliyaviy inqirozi barham topganidan so‘ng, 
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun siyosiy-iqtisodiy faoli- 
yatda urg‘u savdodan moliyaviy oqimlarga ko‘chdi va mazkur omil 
o‘z-o‘zidan “ASEAN+3” tashkiloti faoliyatida birinchi darajali aha- 
miyat kasb etdi. Ammo bu jiddiy omil OTOIH faoliyatida o‘z aksini 
topmadi, AQSH esa moliyaviy inqirozni bartaraf etish va mintaqada 
o‘z tashqi siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun boshqa me- 
xanizmlami qo‘llashni ma’qul deb topdi.
Qayd etilgan salbiy omillaming muhimligini tan olgan holda, bu 
yerda OTOIHning institutsional yashovchanligidan darak beruvchi 
ikki jihatni qayd etib o ‘tish mumkin.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish