M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


14-BOB. XALQARO MUNOSABATLARDA OSIYO TINCH



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

198


14-BOB. XALQARO MUNOSABATLARDA OSIYO TINCH
OKEANIMINTAQASI DAVLATLARI
Dars maqsadi:
• mazkur ma’ruzani o‘qitishdan ko‘zlangan maqsad talabalar- 
ning Osiyo Tinch okeani mintaqasi davlatlarining zamonaviy xalqaro 
munosabatlardagi o ‘mi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish;
• talabalar jahon mamlakatlaridagi, xususan, OTOM siyosiy ja- 
rayonlar borasida tasavvur hosil qilishlariga ko‘maklashish;
• magistrant va talabalarga nazariy tushunchalardan foydala- 
nishni hamda amaliyotda ulami qo‘llashni o‘rgatish;
• magistrant va talabalarga OTOMdagi siyosiy jarayonlar bora- 
sidagi to‘la maTumotlami yetkazish hamda ushbu jarayonlarning 
o‘ziga xos jihatlari bilan ulami tanishtirib borish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
ASEAN va OTOM, Janubi-
sharqiy Osiyo, Vyetnam, Laos, Myanma, Kambodja, Tailand, Ma-
layziya, Indoneziya, Filippin, Singapur, Bruney.
14.1. OTOM davlatlari va ulam ing siyosiy xususiyatlari
Jahonda jo ‘g ‘rofiy o‘lchamlari va davlat chegarasi bilan aniq 
belgilanadigan “tabiiy” mintaqalar ko‘p emas. Aksariyat mintaqa- 
lar jahon davlatlari va mintaqaviy davlatlaming manfaatlariga qarab 
o ‘zgarib turadi. Ular jumlasiga bir-biridan jiddiy siyosiy, iqtisodiy, 
madaniy-sivilizatsion farqlar bilan ajralib turuvchi davlatlami bir- 
lashtirgan 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
ham kiradi. Tinch okeani 
havzasiga kirish belgisiga ko‘ra, mamlakatlaming mazkur mintaqaga 
kiritilishi mintaqani shakllantirishga nisbatan sof iqtisodiy yondashuv- 
ni aks ettiradi. Bunda asosiy urg‘u savdo, investitsiyalar va boshqa 
sohalarda Tinch okeani havzasida joylashgan mamlakatlar o‘rtasidagi 
aloqalarga beriladi. Bu holda Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga Shar­
qiy, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, 
Avstraliya va boshqalar kiradi.
Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasini 
mustaqil mintaqa sifatida ajratish jahon xalqaro munosabatlar tizimi-
199


dagi vaziyatni buzadi. Shu bois, ular Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 
tushunchasidan voz kechish va baholar berishni uning submintaqalari 
darajasida amalga oshirishni taklif qiladi. B a’zi tadqiqotchilar min- 
taqani universal geosiyosiy va geoiqtisodiy asosda tuzadi va jahondagi 
jarayonlaming qarshi oqimlari to ‘rt “eski” mintaqa - Markaziy, Janu- 
biy, Shimoli-sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyoni jipslashtirishini, bu 
esa Sharqiy Yevrosiyo makonida yangi geosiyosiy mintaqaviy komp- 
leks - Katta Sharqiy Osiyo pay do bo‘lishiga imkoniyat yaratishini 
qayd etadi. Bu yerda gap uning g‘arbiy chegarasida Xitoy ta’sirining 
mustahkamlanishi, ASEAN mamlakatlari bilan integratsiya jarayon- 
lariga XXR va Yaponiyaning qo‘shilishi, Hindiston iqtisodiy va har- 
biy-siyosiy mavqeyining kuchayishi, Markaziy Osiyoda AQSHning 
faollashuvi singari jarayonlar haqida boradi.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining o ‘zaro foydali 
hamkorligi manfaatlarida Tinch okeani iqtisodiy uyushmasini tashkil 
etish g ‘oyasi havoda 60-yillardan beri kezib yurar edi. “Osiyo-Tinch 
okeani iqtisodiy hamkorligi” (OTOIH) hukumatlararo forumining 
paydo bo‘lishiga asosan yirik biznesning harakatlari va 1980-yilda 
ta’sis etilgan Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik kengashining faoliyati 
zamin yaratdi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti doirasida Osiyo- 
Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha 
muloqotga ishtirokchi-mamlakatlaming hukumat, amaliy va ilmiy 
davralaming vakillaridan tarkib toptirilgan milliy qo‘mitalari jalb 
qilindi. Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik kengashining institutsional 
mexanizmlari va ko‘p tomonlama xalqaro tajribasidan OTOIHni tu- 
zishda keng foydalanildi.
OTOIH forumi, bir tomondan, Osiyo mintaqasida globallashuv 
jarayonining in’ikosiga, boshqa tomondan esa, Qo‘shma Shtatlar to­
monidan ittifoqchilar - Yaponiya va Avstraliya ko‘magida ro‘yobga 
chiqarilgan Tinch okeani regionalizmi g ‘oyasining amaliy ifodasiga 
aylandi. Yaponiya va Avstraliyaning bu boradagi harakatlariga boshqa 
mintaqalarda savdo bloklarining tashkil topishi, shuningdek, jadal 
sur’atlarda rivojlanayotgan Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasi bilan 
aloqalarni mustahkamlashga intilish turtki berdi. Umuman olganda, 
OTOIH forumi asoschilari unda umumiy bozomi yaratish yo‘lida faol
200


harakatlanayotgan Yevropaning “qudrati”ga qarshilik ko‘rsatish vosi- 
tasini ko‘rdilar. Shimoliy Amerikadan tashqarida joylashgan mam­
lakatlar uchun esa, bu mazkur qit’ada proteksionizmning kuchayishi 
ehtimolidan himoyalanishga urinish edi.
Shunday qilib, OTOIHning tashkil etilishi asosan iqtisodiy omillar 
bilan belgilanar edi. Ammo keyinchalik mazkur Forum faoliyati siyo­
siy xususiyat kasb etib bordi. Avstraliya, Bruney, Indoneziya, Kanada, 
Koreya Respublikasi, Malayziya, Yangi Zelandiya, Singapur, AQSH, 
Tailand, Filippin va Yaponiya OTOIH muassislariga aylandi.
Mazkur davlatlar tashqi ishlar, iqtisodiyot va savdo vazirlarin- 
ing birinchi uchrashuvi 1989-yil noyabrda Kanberra shahrida (Avs­
traliya) bo‘lib o ‘tdi. Keyinchalik tashkilotga 9 mamlakat: XXR, 
Gonkong, Tayvan, Meksika, Papua-Yangi Gvineya, Chili, Peru, Ros­
siya va Vyetnam qo‘shildi. OTOIHning jadal rivojlanishi uning faoli­
yati globallashuv jarayonlariga, regionalizm mezonlariga va a’zo- 
davlatlaming rivojlanish ehtiyojlariga mos kelishidan darak berar edi. 
Atigi to‘rt yil ichida bu hukumatlararo tashkilot vazirlar darajasidagi 
konferentsiyadan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yetakchi davlatlari- 
ning rahbarlari ishtirokida har yili o‘tkaziladigan sammitlar daraja- 
siga ko‘tarildi. 1993-yil Siyetlda o ‘tkazilgan birinchi sammit AQSH 
Prezidenti B.Klinton tashabbusi bilan tashkil etildi.
Hozirgi vaqtda OTOIH forumining 21 ishtirokchisi jahon YalM 
ning 55% (18 trillion dollar)ni, jahon savdosining 54% (5,2 trillion 
dollar)ni beradi, ular hududida yer kurrasi aholisining 40% dan ortig‘i 
(2,5 milliarddan ziyod kishi) yashaydi. Konsultativ maqomga egaligi- 
ga qaramay, bu hukumatlararo tashkilot mintaqada savdo, investitsiya 
va moliya faoliyati qoidalari va m e’yorlarini ishlab chiqadi, butun 
dunyoda kuzatilayotgan davlatlar xo‘jalik faoliyatining intematsio- 
nallashuvi jarayonini aks ettiradi.
0 ‘z ishida OTOIH ikki asosiy prinsipga: 

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish