M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


“A S E A N yo'li” xulq-atvor m e ’yorlari



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

“A S E A N yo'li” xulq-atvor m e ’yorlari
zamirida indoneziyaliklar- 
ning ikki prinsipi: muloqot - “mushavarax” va murosai madora -
“mufvkat” yotadi. A.Acharya “ASEAN yo'li’Yii “bosqichma-bosqich- 
likka, norasmiylikka, murosai madoraga, shaxsiy siyosiy aloqalarga, 
muzokaralar olib borishning nokonfrontatsion uslubiga, jarayonning 
natijaga qaraganda muhimligiga asoslangan mintaqaviy o‘zaro aloqa­
lar va hamkorlik jarayoni” 127 sifatida tavsiflaydi. Mahalliy elitalar 
uchun muloqot jarayonida “obro‘sizlanish” imkoniyatini deyarli is- 
tistno etuvchi mazkur muloqot shakli kuchli raqobat va aniq yuridik
127 
Acharya A. Culture, Security, Multilateralism: The “ASEAN Way” and
Regional Order // Culture and Security: Multilateralism, Arms Control and
Security Building / Ed. By K. Krause. - L.: Frank Cass, 1999, 78 p.
202


asos bilan tavsiflanuvchi G‘arb modelidan butunlay farq qiladi. “ASEAN 
yo‘li” uchun tashkilot a ’zolarining ichki ishlariga aralashmaslik print- 
sipi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U davlat suverenitetining 
daxlsizligini so‘zsiz tan olishga asoslanadi.
О ‘z tuzilishiga ко ‘ra,
OTOIH - muayyan qoidalarga muvofiq ish- 
laydigan forumlar birlashmasi. Oliy organ qarorlari ijro etish uchun 
majburiy emas. Oliy organ ikki “palata”: vazirlar (tashqi ishlar va 
savdo vazirlari) uchrashuvi va liderlar (davlat va hukumat rahbarlari) 
ning norasmiy sammitidan iborat. Sammit qaysi mamlakat hududida 
o ‘tkazilsa, shu mamlakat yil mobaynida forumga raislik qiladi. U 
sammitni tashkil etish xarajatlarini o‘z bo‘yniga oladi va o ‘z raislik 
muddati (bir yil) uchun OTOIH ishining mavzularini belgilaydi. Sam­
mit natijalariga ko‘ra, deklaratsiyalar qabul qilinadi va ularda o‘tgan 
yil uchun tashkilot ishining yakunlari ko‘rib chiqiladi, ishtirokchi- 
laming mintaqa yoki jahon iqtisodiyoti voqealari xususidagi nuqtayi 
nazari va forum strategiyasi ta’riflanadi.
Katta mansabdor shaxslar uchrashuvi - vazifasi liderlar va vazir­
lar qabul qilgan qarorlami amalga oshirish borasidagi ishlami mu- 
vofiqlashtirishdan iborat bo‘lgan organ; u oliy organ bilan OTOIH 
tarkibiy bo‘linmalari maqomiga ega boigan forumlar o ‘rtasida 
bog‘lovchi bo‘g‘in sifatida ham amal qiladi. Tuzilmaning muhim ele- 
menti Amaliy maslahat kengashi bo‘lib, u har bir davlatdan uchtadan 
vakil kiruvchi mustaqil biznes-forumni o ‘zida ifodalaydi.
OTOIH organlari forumlar deb ataladi. Ular jumlasiga uch qo‘mita 
(savdo va investitsiyalar bo‘yicha, iqtisodiy, budjet 
v&
boshqaruv 
bo‘yicha) va 11 ishchi guruh kiradi.
OTOIH Kotibiyati Singapurda joylashgan va vazifalarini joriy 
yilda raislik qiluvchi mamlakat vakili bajaradigan ijrochi direktor, 
ijrochi direktor o ‘rinbosari (OTOIHda kelasi yili raislik qiladigan 
mamlakat vakili), professional xodimlar shtati (forumning har bir 
ishtirokchisi amaldorlari) va mahalliy texnik xodimlardan iborat.
1994-1995-yillar OTOIH faolligi o‘z cho‘qqisiga etgan davr hisob- 
lanadi. Bu davrda vazifalar belgilandi va mintaqada erkin savdo va 
investitsiyalami shakllantirish borasidagi harakatlar rejasi e’lon qi­
lindi. Bogor deklaratsiyasi (1994-y.)ga muvofiq, erkin savdo zonasini
203


tashkil etish iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun 2010-yilgacha, 
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun esa - 2020-yilgacha bo‘lgan davr 
uchun nazarda tutildi. 1995-yilda qabul qilingan Osaka harakatlar 
dasturida hukumatlararo tashkilot faoliyatining prinsiplari mustahkam- 
landi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy hamkorlikning 
uch asosiy yo‘nalishi belgilandi: savdo va investitsion liberallashti- 
rish, savdo va investitsiyalarga ko‘maklashish, iqtisodiy va texnik 
hamkorlik.
Shunga qaramay, OTOIH negizida keng ko‘lamli integratsion gu- 
ruhni shakllantirish imkoniyatlari muayyan emas va bu asosan anglo- 
sakson va rivojlanayotgan Osiyo davlatlari manfaatlarining muvofiq 
emasligi bilan belgilanadi. Chunonchi, AQSH savdo va moliyaviy 
oqimlami tez va to‘liq liberallashtirishdan, Sharqiy Osiyo mamlakat­
lari bozorlarining ochilishidan manfaatdor. Shu sababli Vashing- 
ton OTOIHning institutsionallashuv darajasini oshirishni va qabul 
qilinayotgan qarorlaming majburiyligi prinsipini joriy etishni talab 
qilmoqda. Bunda AQSHni Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va 
boshqa bir qator davlatlar qo‘llab-quwatlamoqda. 0 ‘z navbatida, 
ASEAN mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreya bu jarayonning 
ixtiyoriy xususiyatini himoya qilmoqda128. Janubi-sharqiy Osiyoning 
rivojlanayotgan mamlakatlari OTOIH uchun birinchi o‘ringa savdo 
va kapitalni liberallashtirishni emas, balki savdoga ko‘maklashish 
hamda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni qo‘ymoqda.
Pekinga kelsak, u ham OTOIH, ham Kengash faoliyatida 
faol ishtirok etmoqda. Chunonchi, XXR' Kengashning har yili 
o‘tkaziladigan yig‘ilishini Pekinda tashkil etish (1990-y.) va OTOIH 
sammitini Shanxay da o‘tkazish (2001-y.) tashabbusi bilan chiqdi, bu 
anjumanlarda mazkur tashkilot a’zolari sifatida Tayvan va Gonkong 
vakillari ishtirok etdi. Umuman olganda, Xitoy OTOIH ishiga eng 
avvalo iqtisodiy va texnik hamkorlik, kichik va o ‘rta biznesni rivoj­
lantirish singari yo‘nalishlarda salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish