M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


Bahadirov  - siyosiy fanlar nomzodi, dotsent. ISBN 978-9943-5010-8-9



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

Bahadirov 
- siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
ISBN 978-9943-5010-8-9
©«Barkamol fayz media», 2017.


KIRISH
XX asr insoniyat tarixida muhim ahamiyat kasb etgan turli ijobiy 
va salbiy jarayonlaming sodir bo‘lganligi bilan iz qoldirdi. Bulaming 
biri barqarorlikni, taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilsa, boshqasi 
bashariyat ucffun ulkan muammolar tug‘dirgan bo‘ldi. Ana shunday 
ijobiy jarayonlardan biri davlatlararo hamkorlikning yangi bosqichga 
ko‘tarilishidir. Hamkorlik jarayonlari tom m a’noda dunyoda tinch- 
likni, tenglikni, taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qilib, yangi xalqaro 
tartibotning shakllanishiga imkoniyat tug‘diradi.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining globallashuvi va uning 
transformatsiyasi sharoitida xalqaro hayotning barcha sohalarida 
keskin o‘zgarishlar natijasida davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar 
shafTollashib, integratsiyalashuv jarayonlari kuchayib bormoqda. 
Zamonaviy xalqaro munosabatlaming yangi ishtirokchilar sifatida 
xalqaro hukumatlararo moliyaviy, iqtisodiy va nodavlat tashkilotlar, 
hamda yangi mustaqil davlatlar yangi subyekt sifatida kirib kelishi 
bilan harakallanmoqda. Hozirgi davrda mintaqaviylashuv, mintaqa 
davlatlari o'rtasida integratsiya jarayonlarining borishi, mintaqashu- 
noslikning mazmun va mohiyatini, o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur 
anglab yetishni hamda uning ishtirokchilarining asosiy maqsad va 
vazifalarini ham yakuniy, ham amaliy jihatdan tahlil etishni talab 
qiladi. Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro munosabatlarda turli min- 
taqalarda kechayotgan o‘ziga xos jarayonlami to‘g ‘ri baholay olish 
hamda davlatlararo o‘zaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yetarli 
bilimlarga ega bo‘lgan malakali mutaxassislami tayyorlash, ulami bu 
yo‘nalishdagi tajriba va malakasini oshirish muhim ahamiyat kasb 
etib borayotgan vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqaro 
munosabatlaming mintaqaviy jihatlarini, tashqi siyosat va diploma­
tik qoidalar, xalqaro siyosat va jahon siyosati, siyosiy jarayonlar va 
xalqaro muammolar, ulami hal etish usul va uslublarini o ‘rganishga 
urg‘u berish muhimdir.
Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ijtimoiy islohotlar- 
ning negizida asosiy bosh g ‘oya qilib yurt tinchligi va xalq farovon-


ligi maqsad qilib olingan ekan, shubhasiz, xalqaro maydondagi tajri- 
balami o‘rganish va tegishli xulosalar chiqarish orqali bu maqsad- 
larga osonroq va jadallik bilan erishish mumkin.
“Xalqaro mintaqashunoslik” kursida ham aynan turli mintaqalarda 
yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlami keng va atroflicha yori- 
tishni maqsad qiladi. Ushbu o‘quv kursining maqsadlaridan yana biri 
talabalarda mazkur fanning oliy o ‘quv yurtlarida zamonaviy talablar 
asosida o‘qitish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Talabalar zamonaviy xalqaro munosabatlaming mintaqaviy jihat- 
lari o ‘quv kursini o‘rganish jarayonida fanning asosiy kategoriyalari 
bilan tanishish bilan birga, bu fanning xalqaro munosabatlar va jahon 
siyosati fanlari tizimidagi o‘mini aniqlaydilar. Bundan tashqari, tala­
balar jahon siyosati va bugungi kundagi zamonaviy siyosiy jarayonlar 
borasida tushunchaga ega bo‘ladilar.
Talabalar o ‘quv kursi mavzulari bo‘yicha tahliliy materiallar bi­
lan tanishtiriladi. Ular о‘qish jarayonida zamonaviy siyosiy jarayon­
lar tendensiyalari va bugungi kundagi ijtimoiy muammolami tahlil 
etishda ko‘nikmalar hosil qiladilar. Natijada talabalarda yuz berayot­
gan siyosiy hodisalami muhokama etishda faollik va bashorat qilish 
mahorati oshib boradi. 0 ‘quv mashg‘ulotlari m a’ruzalar va amaliy 
m ashg‘ulotlarning ketma-ketlikda olib borilishi shaklida amalga 
oshiriladi.
Mazkur o‘quv kursini o ‘qitish davomida jahon mamlakatlarining, 
qator integrasion birlashmalaming zamonaviy xalqaro munosabat- 
lardagi o ‘mi va roli to‘g‘risida umumiy maTumotlar beriladi. Ushbu 
kursni o‘qitishda Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerika davlatlarin­
ing xalqaro munosabatlar tizimida tutgan mavqeyini hamda mazkur 
hududlarda mintaqaviylashuv jarayonining borishi, mintaqaviy ham­
korlik kabi masalalami tahlil etishga alohida e’tibor qaratadi. Shu bi­
lan birga, talabalarda davlatni har tomonlama rivojlantirish jarayonida 
o‘ta muhim, o‘ziga xos rol o ‘ynovchi tashqi siyosat, ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlar va xususan, xorijiy davlatlaming tajribasidan foydalanish 
mamlakatimizning chet mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlarini 
yanada mustahkamlashda va tashqi siyosatining yo‘nalishlarini bel- 
gilashda nazariy bilim va amaliy mahoratni shakllantirishdan iborat.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish