M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


partiya rahbariyati a ’zolarining Rossiya, Yaponiya, Amerika va Af-



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.


partiya rahbariyati a ’zolarining Rossiya, Yaponiya, Amerika va Af- 
rika qit’asidagi mamlakatlariga tashriflarini ko‘rishimiz mumkin.
1998-yil 25-iyundan 3-iyulgacha AQSHning o ‘sha paytdagi prezi­
denti B.Klinton Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi. Tashrif 
chog‘ida o‘tkazilgan muzokaralarda yadro qjjrolining tarqalishi, 
jinoyatchilikka qarshi kurash, energetik va ekologik masalalar, fan va 
texnologiya, iqtisodiyot masalalari bo‘yicha fikr almashdilar. Tashrif 
chog‘ida, shuningdek, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlarini 
tinch yo‘l bilan hal etish xususida hamfikr ekanliklarini bildirgan edi- 
lar. Shunga qaramay, ikki davlat munosabatlarida ziddiyatli holatlar 
ham yo‘q emas. Bunday omillar sirasiga Osiyo-Tinch okeani mintaqa- 
si xavfsizligi, inson huquqlari masalasi, Tayvan muammosi, intellek- 
tual mulkni noqonuniy o ‘zlashtirish kabi masalalami kiritishimiz 
mumkin. Tashrif chog‘ida Tayvan masalasiga oid «To‘rtinchi kom- 
myunike» « to iiq ishlab chiqilmagan»ligi sababli AQSH prezidenti 
tarafidan imzolanmaganligini aytish joiz.
236


M a’lumki, birinchi kommyunike 1972-yilda XXRning AQSH 
tarafidan tan olinganligi, ikkinchi kommyunike 1978-yilda AQSH 
elchixonasining Taypeyidan Pekinga ko‘chirilishi va Tayvanni BMT 
a ’zoligidan chiqarish, uchinchi kommyunike 1982-yilda imzolangan 
bo‘lib, Tayvanga AQSH tarafidan ko‘rsatilayotgan harbiy yordam 
miqdorini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutilgan. Shu sa- 
babli, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mazkur masala bora- 
sida ikki davlat manfaatlari bir-biriga zid bo‘lganligi uchun, Tayvan 
muammosi ma’lum vaqtgacha ochiq qolishini taxmin qilish mumkin.
Jorjtaun Universiteti tashqi aloqalar maktabi professori Robert 
Satter Tayvan masalasini sharhlar ekan:
«XXR Tayvanni mustaqillik tomon yurishini oldini olish uchun 
harbiy kuchga suyanadi. Agar Tayvan mustaqillik e’lon qilish tarad- 
dudida muayyan chora-tadbirlami amalga oshirsa va bu borada Xi­
toy hukumatiga bo‘ysunmasligini aniq m a’lum qiladigan b o isa, Xi­
toy Xalq Respublikasi mazkur muammoning oldini olish maqsadida 
qurolli kuchlami harakatga keltirishi ham mumkin. Bu esa o‘z nav- 
batida, XXRning AQSH bilan to‘qnashuviga ham olib kelishi mum­
kin», - degan fikmi ilgari suradi.
Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy jihatdan o‘sib borishi uning 
harbiy kuch-qudratini oshirishga xizmat qilishi ham mumkin.
M a’lumki, Xitoy Xalq Respublikasi hukumati 2005-yilda mam- 
lakat harbiy xarajatlarini 12.6 foiz, taxminan 30 milliard dollarga 
ko‘paytirishni bildirdi. Hukumat matbuot vakili Szyan Enjuning ayti- 
shicha, qo‘shimcha xarajatlar oyliklami to‘lash, harbiy mashg‘ulotlar 
o ‘tkazish va armiyani zamonaviy qurollar bilan ta’minlashga yordam 
beradi. Harbiy xarajatlami oshirish taklifi Parlament sessiyasiga tas- 
diqlash uchun taqdim etildi.
XXR tarafidan harbiy texnikalami sotib olish tashqi siyosiy 
yo‘nalishlardan kelib chiqqan bo‘lib, qisqa fursatlarda harbiy salo- 
hiyatini jahonning yetakchi davlatlari darajasiga yetkazishni maqsad 
qilib qo‘yganligidan dalolat beradi.
Bu borada XXR Rossiyadan harbiy qurol-yarog‘, zamonaviy 
texnologiyalami sotib olishga intilmoqda. M a’lumki, XXR Rossi- 
yadan 10 ta havoda samolyotlarni yoqilg‘i bilan ta ’minlaydigan II-
237


78 rusumdagi samolyot, S-300 PMU-1 zenit qurilmasini hamda aniq 
nishonga uruvchi «Тог-M l» raketalarini sotib olgan. Shuningdek, 
XXR Rossiyadan 877EKM va 636 (Kilo-class) rusumidagi to‘rtta 
dizel-elektrik suvosti kemasini hamda «Sovremenniy» turkumida- 
gi bir nechta esmineslar sotib olgan. M a’lumotlarga ko‘ra, Rossiya 
2004-yilda XXRga ikki milliard dollardan ortiq qiymatda harbiy 
texnika sotgan.
2004-yil 13-dekabr kuni Pekinda Rossiya va Xitoy o ‘rtasida har­
biy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan hukumatlararo qo‘mitasining nav- 
batdagi majlisi bo‘lib o ‘tdi. Unda ikki davlat o ‘rtasida harbiy soha- 
dagi hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq qator masalalar 
muhokama etildi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bugun O ‘zbekiston XXRga oziq- 
ovqat mahsulotlari, paxta tolasi, momiq, nokimyo va kimyo mahsu- 
lotlari, mineral o‘g‘itlar eksport qilayotgan bo‘Isa, u yerdan qahva, 
choy, plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar, mexanik va elek- 
tron jihozlar, kir yuvish vositalari va boshqa turli xil xalq iste’mol 
mollarini keltirmoqda.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish