M. M. Muhammadsidiqov xalqaro mintaqashunoslik


 Xitoy Xalq Respublikasining tashqi siyosiy maqsadlari



Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/154
Sana22.07.2022
Hajmi6,64 Mb.
#839951
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik, Muxammadsidiqov M.M.

15.3. Xitoy Xalq Respublikasining tashqi siyosiy maqsadlari
Xitoy Xalq Respublikasi, garchi u BMT Xavfsizlik Kengashining 
doimiy a ’zosi bo‘lsa-da, rivojlanayotgan davlatlar sirasiga kiradi va 
tabiiyki, birinchi navbatda sarmoya chiqarishga emas, aksincha, kiri- 
tishga intiladi. Mamlakatda dunyoning yetakchi firma va kompani- 
yalari bilan ko‘plab qo‘shma korxonalar tuzilgan yoki yaqin ham­
korlik o‘matilgan. Qariyb barcha sohaga xorijdan ilg‘or texnologiya 
jalb qilinmoqda. XXR o ‘zining 1,25 mlrd.lik nufusi bilangina emas, 
iqtisodiy qudrati bilan ham e ’tiborli. So‘nggi yillarda mamlakatda 
iqtisodiy o ‘sish yiliga 8-10 foizni tashkil qilmoqda. Dunyo bo‘yicha 
sarmoyaning qariyb 20-22 foizi XXRga kiritilmoqda. Bu juda kat- 
ta ko‘rsatkichdir. Biroq XXRning o ‘zi hozircha xorijga sarmoya 
chiqarish uchun unchalik katta imkoniyatga ega emas. Ayni holatni 
0 ‘zbekistonda ham kuzatish mumkin.
1964-1986-yillarda jahon taraqqiyoti muammolariga Xitoyning 
yangi konseptual yondashuvi shakllandi. Xalqaro ahvolni tahlil etish-
238


da ko‘pqutblilik yondashuvi qoilaniladi. 1988-yil may oyida XXR 
ning o‘sha paytdagi tashqi ishlar vaziri Syan Sichen Pekin rasmiy qa- 
rashlarini konsepsiya shaklda ifoda etdi. Unda XXRning Markaziy 
Osiyo davlatlariga nisbatan siyosatining asoslari ishlab chiqilgan.
So‘nggi 50-yil mobaynida XXR tashqi siyosati sobiq SSSRga 
yo‘naltirilgan «bir vektorlik»dan jahondagi yetakchi davlatlarga nis­
batan «ochiq eshiklar siyosati»gacha bo‘lgan y o in i bosib o‘tdi.
XXR mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tashqi siyosati oldiga o ‘z 
mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, o ‘zini tan olgan barcha 
davlatlar bilan keng qamrovli aloqalar o‘matish va Tayvanni jahon 
hamjamiyatidan ayirish maqsadini qo‘ydi. Shunga tayangan holda 
Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqalami o ‘matish istagi 
bo‘lgan mamlakatlar oldiga quyidagi 3 shart qo‘yish belgilab olindi:
Birinchidan, Tayvan bilan aloqalami uzish va XXR hukumatini 
yagona Xitoy hukumati, Tayvan esa XXR tarkibida ekanligini tan 
olish.
Ikkinchidan, XXRga do‘stona munosabatda bo‘lish va BMTda 
o ‘zining qonuniy o‘mini egallashda ko‘mak berish.
Uchinchidan, Xitoy Xalq Respublikasiga samimiy ehtiromni mu- 
zokaralar o ‘tkazish orqali ifoda etish.
Bugungi kunda XXR oldida turgan muhim masalalardan biri -
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham ikki tomonlama, ham ko‘p 
tomonlama aloqalami shakllantirish, o ‘z milliy va davlat xavfsizligini 
ta ’minlashdan iborat. Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim omillar- 
dan biri - mintaqadagi yadro qurolining mavjudligi edi.
Markaziy Osiyo mintaqasi Pekin tomonidan XXR uchun hayotiy 
muhim mintaqa sifatida qaralmoqda. Xitoylik tadqiqotchilaming fik­
richa, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z xavfsizliklarini Xitoy Xalq Res­
publikasi yordami va qo‘llab-quvvatlashisiz ta’minlay olmaydilar.
Xitoylik mutaxassislar XXRning Markaziy Osiyo mintaqasiga 
nisbatan pozitsiyasini quyidagicha ifodalaydilar:
Birinchidan, Markaziy Osiyo Rossiya monopoliyasidan chiqib, 
XXR va jahonning boshqa mamlakatlariga ochildi. Bu bilan uzoq 
muddat davom etgan Rossiyaning XXRga nisbatan bosimining 
yo‘qolishiga olib keldi.
239


Ikkinchidan, XXR va Yevropani bog‘lovchi «Ikkinchi temir yo‘l 
ko‘prigi»ni o‘tkazish imkoniyati tug‘ildi. Bu holat XXRning Yev- 
ropaga xomashyo va Xitoy eksport mollarini olib o‘tishda Rossiyaga 
bog‘liqlikdan ozod etdi. Eron temir yo‘llarini Mashxad - Seraxs -
Tejen qismida Transosiyo magistrali bilan bog‘lanish XXRga Shan- 
xaydan shimolroqda joylashgan Lyanyungan portidan Stambulgacha 
bo‘lgan y o id a tovar yetkazish vaqtini 25 30%ga tejashga imkon be­
radi.
Uchinchidan, Markaziy Osiyo hududi XXR uchun Yevropa va Ja- 
nubiy Osiyo mamlakatlari, Yaqin Sharqqa ham siyosiy, ham iqtisodiy 
jihatdan qulay koridor bo‘lib qoldi.
XXRning Rossiya bilan chegarasi nisbatan ahamiyatsiz, muno- 
zarasiz va xavfsiz bo‘lib qoldi. Eng muhimi, xitoylik siyosatshunos- 
laming fikricha, ikki mamlakat o‘rtasida Xitoyga tahdid solmaydigan
- Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, 0 ‘zbekiston, Tojikiston va 
Turkmaniston kabi davlatlardan iborat «bufer hudud»ning paydo 
bo‘lganligidir.
XXRning hisoblashicha, Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida 
nisbatan tinchlik va barqarorlik hukm surmoqda. Biroq uning 
o‘zgaruvchanligi bir qator muammo va mojaroni keltirib chiqarmoq- 
da. Ular orasida quyidagi mojarolami ko'rsatish mumkin: Koreya 
Yarim orolidagi vaziyatni, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi 
hududiy bahslar yoki bu mintaqadagi quryDanish poygasi. Yana bu 
ro‘yxatga Pekin bir qancha iqtisodiy qarama-qarshilikni qo‘shmoqda. 
Bu esa “nizoli hudud”ning kengayishiga olib kelishi mumkin. Yaqin 
vaqtlar surilib, o ‘miga iqtisodiy xavfsizlik, iqtisodiy qarama-qarshi- 
lik yuzaga keladi. Buni AQSH va Yaponiya o‘rtasida ko‘rish mum­
kin. Uning kelajagi xatarli boigani uchun bu mintaqa xavfsizligini 
ta’minlash muhim masaladir.
Xitoy manbalarida bunday qarama-qarshilik juda ham katta aha- 
miyat kasb etishi ta’kidlangan. Ulami ko‘rsatishicha, bunday holat 
mazkur mintaqadagi davlatlami birlashtirish o‘miga bo‘lib yuboradi.
Buning ustiga Sharqiy Osiyo mintaqasida diniy qarama-qarshi- 
liklami alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bu nafaqat davlatlar 
o‘rtasida, balki, Xitoy tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Xitoy ichkarisida
240


ham yuz berishi mumkin. Masalan, Tibet avtonom rayonidagi bud- 
dist ayirmachilari harakati. Xitoy ekspertlari Sharqiy Osiyo mintaqa- 
sidagi xavfsizlik masalasini hal qilish haqida o‘ylar ekan, 4 asosiy 
derjavalami ham hisobga oladi. Bularga AQSH, Xitoy, Yaponiya va 
Rossiya kiradi.
Xitoy va Yaponiya rivojlanish pallasida Rossiya sobiq Ittifoq par- 
chalanganidan so‘ng “mintaqa derjavasiga aylanib qolgan bo‘lsa, 
AQSH “buyuk Derjava”ga aylandi. Shuning uchun aynan AQSH bu 
mintaqada XXR hamma manfaatlarini hisobga olgan holda harakat 
qilishi kerak. Sshuning uchun iqtisod, siyosat, xavfsizlik sohasida 
AQSH Pekinning keng qamrovli tashqi siyosatiga alohida e’tibor 
bermoqda. Xitoy va AQSH olimlari shu narsani e ’tirof etishadiki, 
AQSH va Xitoyning Sharqiy Osiyodagi qarashlari bir-biriga mos 
kelsa-da, biroq ular o ‘rtasida keng qamrovli muammolarga nisbatan 
farqlar mavjud. Biroq AQSHning bu mintaqadagi siyosati Xitoyni 
ancha xavfsiratib qo‘ygan. Bu, ayniqsa, AQSHning Xitoy ichki si­
yosatiga aralashishida namoyon bo‘ladi. AQSH asosan, Xitoyning 
inson huquqlarini buzishi, Osiyo-Tinch Okeani mintaqasida o ‘z har­
biy qudratini oshirishga intilishi, Yaponiya va Avstraliya bilan harbiy 
aloqalaming mustahkamlanishidan norozi. Shu sababli AQSH doim 
Xitoy ishiga aralashgan va Tayvanni ko‘p bora qo‘llab-quwatlagan.
Pekin oddiygina qilib aytganda, AQSHdan “ustunlik”ka erishish 
uchun unga qarshi chiqqani yo‘q. Balki u AQSHning harbiy ustun- 
ligiga qarshi kurashmoqda. Shuning uchun Sharqiy Osiyo amerika- 
liklarga muhtoj emas. Bu pozitsiya birinchi bor Xitoy tashqi ishlar 
vazirligi tomonidan 1997-yil aprelda Vashingtonning Osiyoda 100 
ming harbiy xizmatchilarini saqlab turish kerakligini tasdiqlashiga 
javoban rasmiy ravishda e ’lon qilindi.
Janubiy Osiyoda Xitoy 60-yillardan boshlab Pokiston bilan 
aloqalarni mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Chunki, 
Xitoy Pokiston orqali 0 ‘rta Sharqqa kirish imkoniyatlarini qo ‘lga 
kiritdi. U yerda Xitoy 70-yillardan iqtisodiy hamkorlik tashkilo- 
ti a ’zolari bilan aloqalarni mustahkamlay boshladi. Bu B og‘dod 
pakti SENTO o ‘rnidagi tashkilot edi. U, ayniqsa, Turkiya, Eron 
va Pokiston bilan aloqalarni mustahkamladi. 1992-yilda Iqtisodiy
241


hamkorlik tashkilti (EKO)ga 5 ta Markaziy Osiyo Respublikasi va 
A fg‘oniston qo‘shildi.
Xitoyning bir-biriga yaqin bo‘lgan mintaqalardagi davlatlar bilan 
aloqalarining mustahkamlanishi, Xitoy uchun dunyo “okeani”dagi 
geosiyosiy “shelfidir.
Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari hududiy-akvatoriyasi bilan 
bog‘liq muammolar, birinchi navbatda, mintaqadagi yetakchi tashilot 
sanalgan ASEAN oldiga ulami iloji boricha qurolli tortishuvlar da- 
rajasiga ko‘tarilmay turib bartaraf etishdek muhim vazifani qo‘yadi. 
Buning uchun, eng avvalo, tashkilot muhim iqtisodiy hamkori 
sanaluvchi Xitoy bilan murosaga borishi va bu jarayonda iloji bori­
cha boshqa qudratli mamlakat aralashuviga yo‘l qo‘ymasligi kerak 
bo‘ladi. Chunki 1970-yillarda Sharqiy Timomi Indoneziya tarkibidan 
mustaqil qilish jarayonida sobiq SSSR bilan hamkorlikdagi Xitoy va 
AQSH manfaatlarining to‘qnashuvi natijasida mintaqadagi vaziyat 
tarang holatga kelib qolgan edi. Ayrim siyosiy va ijtimoiy jihatdan de- 
mokratik boigan mamlakatlami hisobga olmaganda, deyarli barcha 
mintaqa davlatlari harbiy tuzumga asoslangan hukumat boshqaruvi 
ostida bo‘lib kelgan. Vyetnamdagi kommunistik hukumat, Indonezi- 
yada 1975-yildan 1998-yilgacha hukumat tepasida bo‘lgan Suxarto 
harbiy hukumati, Tailandda bir necha yillardan buyon davom etib ke- 
layotgan siyosiy inqiroz va Myanmadagi harbiy xunta faoliyatlarini 
yuqorida ta’kidlab o‘tgan voqealar natijasida sodir bo‘lgan, deya be- 
malol aytishimiz mumkin. Shu sababli ham, ASEAN bu kabi holatlar 
у ana qayta takrorlanmasligini ta’minlashi uchun eng avvalo mintaqa­
da yirik davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan siyosiy o ‘yinlardan 
himoyalanishga harakat qilishi kerak bo‘ladi.
Umuman aytganda, XXR mustaqillikni qo‘lga kiritgach yuqorida 
ta’kidlaganidek, tashqi siyosati oldiga o ‘z mustaqilligi va suvereni- 
tetini mustahkamlash, o‘zini tan olgan barcha davlatlar bilan keng qa­
mrovli aloqalar o‘matish va Tayvanni jahon hamjamiyatidan ayirish 
ni maqsad etib belgiladi.

Download 6,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish