O‘rtacha legirlangan po‘latlarni payvandlash
O‗rtacha legirlangan po‗latlarning (ГОСТ 4543-71) uzilishga vaqtinchalik qarshiligining qiymati va mo‗rt holatga o‗tishga qarshi chidamliligi yuqori bo‗ladi; shu sababli ular past va yuqori haroratlarda, zarbiy yoki yo‗nalishi o‗zgarib turadigan yuklanishlar agressiv muhitlar ta‘sirida va boshqa og‗ir sharoitlarda ishlaydigan konstruksiyalar uchun ishlatiladi.
O‗rtacha legirlangan po‗latlar (20XГСA, 25XГСA, 30XГСA, 30XГСНA, 30XН2MФA va boshqalar) issiqni sezuvchan bo‗ladi, payvandlanayotganda ular toblanishi, o‗ta qizishi, sovuqda darzlar hosil qilishi mumkin, bular ularni payvandlashni qiyinlashtiradi. Tarkibidagi uglerod va legirlovchi aralashmalar miqdori qancha ko‗p va metall qancha qalin bo‗lsa, bu po‗latlarning payvandlanuvchanligi shuncha yomon bo‗ladi.
Bu po‗latlar teskari qutbiylikdagi o‗zgarmas tokda asos xarakterli qoplamli elektrodlar bilan choklar kaskad va blok usullarida ko‗p qatlamli qilib payvandlanadi. Payvandlash texnologiyasi chok metalining sekin sovitilishini nazarda tutishi kerak. Metallda darzlar hosil bo‗lishining oldini olishda uning haroratini 150 °С dan yuqori ko‗tarish katta yordam beradi. Kaskad usulida payvandlashda bosqich uzunligi chokning navbatdagi qatlamini yotqizish oldidan chokning oldingi qatlami ko‗rsatilgan qizdirib olish hisobidan tanlanishi kerak. Odatda, payvandlash bosqichining uzunligi 150 – 200mm ni tashkil qiladi.
O‗rtacha legirlangan po‗latlarni (ВИ9-6, ВИ12-6, НИAT-3M va boshqalar) payvandlashda qoplamali elektrodlar markasi payvand birikmaning termik ishlanish turiga qarab tanlanadi.
Mikrostrukturasiga ko‗ra issiqqa chidamli po‗latlar perlit klassli (12MX, 12X1M1Ф, 20X1M1Ф1TР va boshqalar) va martensit klassli (15X5, 15X5M va boshqalar) po‗latlarga bo‗linadi.
Barcha issiqa chidamli po‗latlar iste‘molchiga termik ishlangandan so‗ng (toblash plyus yuqori darajada bo‗shatish, yumshatish) etkazib beriladi, bu po‗latlardan tayyorlangan buyumlarning ish harorati (bug‗ o‗ta qizdiriladigan quvurlar, gaz turbinalarining detallari, neft zavodlari pechlarining quvurlari va boshqalar) 600 °С dan oshmaydi. Agar ba‘zi
buyumlar 600 °С dan yuqori haroratda ishlatilsa, u holda ular ko‗p legirlangan olovbardosh va issiqbardosh po‗latlardan tayyorlanadi.
Issiqqa chidamli po‗latni yoy yordamida payvandlash uchun ГОСТ 9467-75 elektrodlarning to‗qqizta tipini nazarda tutadi (Э09M, Э-09MX, Э-09X1M, Э-05X2M, Э-09X2M1, Э-09X1MФ, Э-10X1M1НФБ, Э- 10X3M1БФ, E-10X5MФ).
Istalgan markadagi issiqqa chidamli po‗latni payvandlash texnologiyasida payvandlanayotgan buyumni oldindan yoki mahalliy joyini payvandlayotgan paytda yoxud hamma yog‗ini qizdirish, chok metali va asosiy metall strukturalarining mumkin qadar bir jinsli bo‗lishini ta‘minlash va payvand buyumning termik ishlanishi nazarda tutiladi.
Payvandlanayotgan buyumni qizdirish metallda payvandlash darzlari hosil bo‗lmasligi uchun zarurdir.
CHok metali va asosiy metallning kimyoviy jihatdan bir jinsliligi payvand buyumlarni ishlatayotgan vaqtda yuqori haroratlarda diffuzion hodisalar sodir bo‗lmasligi uchun kerak, chunki diffuziya jarayonida kimyoviy elementlarning ko‗chib yurishi buyumlarni ishlatish muddatining qisqarishiga olib keladi.
Termik ishlov berish bilan butun payvand birikmada metall sikrostrukturasini yaxshilashga erishiladi. Lekin buyumning ishlash muddatini oshirish uchun termik ishlash rejimini to‗g‗ri tanlash va amalga oshirish kerak. Issiqqa chidamli po‗latlardan yasalgan payvand buyumlarni termik ishlashning eng yaxshi rejimi toblash va yuqori darajada bo‗shatishdir. Amalda faqat yuqori darajada bo‗shatish yoki taxminan 780 °C haroratgacha qizdirib yumshatishdan foydalaniladi.
Payvandlanayotgan buyumni zarur darajada qizdirib olish, shuningdek payvand birikmalarni termik ishlash odatda, sanoat chastotasidagi yoki yuqori chastotali induksion tok yordamida amalga oshiriladi. Bo‗shatishda maksimal qizdirish haroratida tutib turish vaqti devor qalinligining 4 – 5min/mm hisobidan olinadi; payvand buyum oldindan qizdirish haroratigacha (200 – 450 °C) asta-sekin sovitilishi kerak.
Montaj sharoitlarida qizdirish va keyinchalik termik ishlash mumkin bo‗lmaganda issiqqa chidamli po‗latlarni payvandlash uchun AН-ЖР-2 markali (E.O. Paton nomidagi institut konstruksiyasidagi elektrodlar) elektrodlar qo‗llaniladi. Bunda chok metalidagi nikel miqdori kamida 31% bo‗ladi va chok metali austenitli strukturaga ega bo‗ladi. Elektrodlar barcha fazoviy holatlarda payvandlash uchun yaroqli.
Issiqqa chidamli po‗latlarni payvandlash uchun СЛ (ЦНИТмаш, legirlangan po‗latlar, masalan СЛ-14, СЛ-30 va boshqalar), TMЛ seriyalardagi va boshqa qoplamali elektrodlardan keng foydalaniladi.
Kam legirlangan konstruksion po‗latlar payvandlansa qanday rejimlarda issiqqa chidamli po‗latlar ham qoplamali elektrodlar bilan shunday rejimlarda payvandlanadi. Bunda chok tubini to‗la payvandlash zarur, buning uchun birinchi qatlam 2 – 3mm diametrli elektrodlar bilan payvandlanadi. Elektrodlarning aksariyat qismi teskari qutbiylikdagi o‗zgarmas tokda payvandlashni talab qiladi.
Issiqqa chidamli po‗latlarni payvandlash texnikasi kam uglerodli po‗latlarni payvandlash texnikasiga o‗xshash. Ko‗p qatlamlab payvandlash kaskad usulida (chokning har bir qatlamini sovitmasdan) bajariladi.
Issiqqa chidamli po‗latlarni gaz alangasida payvandlash ba‘zan qoplamali elektrodlar bilan yoy yordamida payvandlashga qaraganda ishga layoqatliligi yuqori bo‗lgan payvand buyumlar olishga imkon beradi. Issiqqa chidamli po‗latlar gaz alangasida payvandlanganda alanga quvvati metallarning 1mm qalinligiga 100dm3 atsetilen/soatni tashkil qiladi; payvandlash faqat normal (tiklovchi) alanga yordamida bajariladi. Qo‗shilma metall sifatida payvandlanayotgan po‗lat markasiga qarab Св-08XMФA, Св-10XMФT, Св-10X5M, Св-18XMA va boshqa markali payvandlash simlari ishlatiladi. Legirlovchi aralashmalar kuyib ketishining va mikrodarzlar hosil bo‗lishining oldini olish maqsadida avval detal qirralari suyuqlangan metalning yupqa qatlami bilan ―oqartiriladi‖ va tayyorlash formasi tezda suyuq metallga to‗lg‗aziladi. Payvandlashda qo‗shimcha metall har vaqt payvandlash vannasida bo‗lishi kerak; legirlovchi elementlar kuyib ketmasligi uchun tomchilatib payvandlash usulidan (priyomidan) foydalanilmaydi.
Quvurlarning uchma-uch choklari gaz alangasida oldindan butun chokni qizdirib payvandlanadi. Chokni quvur perimetri bo‗ylab chok hosil qilganda foydalaniladigan gorelkaning o‗zi bilan qizdirish mumkin. Issiqqa chidamli po‗latlarni payvandlash texnikasi kam uglerodli po‗latlarni payvandlash texnikasiga o‗xshash. Uchma-uch payvand chokka termik ishlov berish shart; uni payvandlash gorelkasi bilan, yaxshisi quvurning diametri, devorning qalinligi va boshqa sharoitlarga ko‗ra ancha kuchli gorelka bilan qizdirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |