M. M. Abralov payvandlash materiallari


Termik mustahkamlangan po‘latlarni payvandlash



Download 1,49 Mb.
bet10/111
Sana22.06.2022
Hajmi1,49 Mb.
#690518
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
Bog'liq
M. M. Abralov payvandlash materiallari

Termik mustahkamlangan po‘latlarni payvandlash


Termik ishlov berib (toblash plyus bo‗shatish) uglerodli po‗latlarning ham, legirlangan konstruksion, issiqqa chidamli, issiqqa bardosh va boshqa po‗latlarning ham (masalan, 10Г2С1, 09Г2С, 14Г2, 15XСНД, 12Г2СMФ, 15Г2СФ, 15Г2СФР, 15Г2AФ, 15XГСA va boshqalar)
mexanik xossalari oshiriladi.
Tarkibidagi uglerod miqdori 0,12% dan ortiq bo‗lganda payvandlash jarayonida termik mustahkamlangan po‗latlar termik ta‘sir zonasida toblash mikrostrukturalari hosil qiladi, agar payvand birikmaga payvandlashdan keyin termik ishlov berilmagan bo‗lsa, mustahkamligi ham pasayadi. Termik mustahkamlangan po‗lat payvand birikmasi qattiqligining o‗zgarishi 1.2-rasmda ko‗rsatilgan.


1.2-rasm. Termik mustahkamlangan po‘lat payvand birikmasida qattiqlik HV ning o‘zgarish egri chiziqlari:
Ch.M. – chok metalli; 1, 2, 3, 4 – to‗la suyuqlanmagan (har xil jinsli mikrouchastka), toblangan, chala toblangan, yumshatish (mustahkamligini pasaytirish) uchastkalari; A.M. – asosiy metall.

Rasmdan ko‗rinib turibdiki, payvandlashda toblanishga moyil bo‗lgan mustahkamlangan po‗latni payvandlashda termik ta‘sir zonasi quyidagi uchastkalarga bo‗linadi: 1 – to‗la suyuqlanmagan yoki uni yana asosiy metall suyuqlangan donalari bir qismining intensiv diffuziyalanadigan va kimyoviy jihatdan bir jinsli bo‗lmagan


mikrouchastkasi deb atash mumkin, 2 – qizdirish haroratlari 920 – 950
°С dan yuqori bo‗lgan toblanish va o‗ta qizish uchastkasi, 3 – qizdirish haroratlari 720 dan 920 °С gacha bo‗lgan chala toblanish uchastkasi, 4 – qizdirish haroratlari 720 °С dan past bo‗lgan mustahkamligini yo‗qotish uchastkasi.
Toblash uchastkasida metall qattiqligi maksimal, chala toblash uchastkasida esa pastroq bo‗ladi. Boshqa uchastkalarga, shuningdek, asosiy metallga nisbatan mustahkamligi yo‗qotiladigan uchastkaning qattiqligi eng past bo‗ladi. Mustahkamligini yo‗qotish uchastkasi payvand birikma statik yuklanishda ishlayotganda uning eng bo‗sh joyidir.
Mustahkamligini yo‗qotish uchastkasining kengligi payvand birikmaning ishlash moyilligiga ta‘sir qiladi: bu uchastkaning eni qancha kichik bo‗lsa, ishlash moyilligi shuncha yuqori bo‗ladi. Mustahkamlik yo‗qoladigan uchastka eni sovitish tezligiga bog‗liq.
Metallning mustahkamligi yo‗qoladigan uchastkasining enini hamda butun termik ta‘sir zonasini kichiklashtirish uchun past pogon issiqlik energiyali payvandlash rejimlaridan foydalanish lozim.
Termik mustahkamlangan po‗latlarni gaz alangasida payvandlash mustahkamligini yo‗qotadigan keng uchastkaning hosil bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Agar payvand birikmani keyinchalik termik ishlab bo‗lmasa, gaz alangasida payvandlashni tavsiya etib bo‗lmaydi.



    1. Download 1,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish